Mualliflar

  • Amandavlatov Adham Absamat o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.115500

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Temur tuzuklari Movarounnahr harbiy faoliyat davlat boshqaruv iqtisod adolat diplomatiya siyosat.

Annotasiya

 

Annotatsiya: Mazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi, qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan. Shu bilan birga, maqolada Temuriylarning xalqaro munosabatlarni tashkil etishi, yagona markazlashgan siyosiy tartibni yo’lga qo’yish doirasida olib borgan islohotlari yoritilgan. Maqola fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizda buyuk bobokalonimizning deyarli butun Osiyo mintaqasida olib borgan siyosati, uning davlatni adolatli idora etish borasidagi mahoratidan o’rnak olgan holda, buyuk ajdodimiz shon-shuhratini ko’z o’ngimizda yana bir qadar yuksaltirishga xizmat qiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 24

AMIR TEMUR DAVLAT BOSHQARUVIDA XALQARO MUNOSABATLARI

Amandavlatov Adham Absamat o’g’li

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Amir Temur davlatining tashkil topishi,

qonunchiligi, tashqi siyosati va diplomatiyasi, davlat va harbiy boshqaruvda tutgan siyosati
hamda strategiyasi doirasidagi ayrim masalalar tahlil etilgan. Shu bilan birga, maqolada
Temuriylarning xalqaro munosabatlarni tashkil etishi, yagona markazlashgan siyosiy
tartibni yo’lga qo’yish doirasida olib borgan islohotlari yoritilgan. Maqola fuqarolarimiz,
ayniqsa yoshlarimizda buyuk bobokalonimizning deyarli butun Osiyo mintaqasida olib
borgan siyosati, uning davlatni adolatli idora etish borasidagi mahoratidan o’rnak olgan
holda, buyuk ajdodimiz shon-shuhratini ko’z o’ngimizda yana bir qadar yuksaltirishga
xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Temur tuzuklari, Movarounnahr, harbiy faoliyat, davlat, boshqaruv,

iqtisod, adolat, diplomatiya, siyosat.


Xalqaro munosabatlarda Amir Temur davlatining rolini ko’rib chiqar ekanmiz,

davlat, davlatchilik mohiyatida muayyan bir makon va jamiyatda mavjud turli
imkoniyatlarni shu yerlik xalq manfaati yo’lida yuzaga chiqaruvchi tashkilotchilik
yotganini eslatib o’tish g’oyatda muhimdir. Zero, davlat asoslari, davlatchilik har bir
jamiyat va xalq boshiga bir marta bitilgan bo’ladi”. Shu ma'noda o’zbek davlatchiligi
miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmidan o’z tarixini boshlab to Amir Temur
davlatimiz tepasiga kelgunga qadar deyarli 2100 yillik taraqqiyot yo’lini bosib o’tgandi.
Bu ulkan davr ichida davlatimiz boshqaruviga turli sulolalar kelib ketdi. Ularning faoliyati
turli zamonlarda, turli ob'ektiv-sub'ektiv shart-sharoitlarda turlicha kechdi.

XIV asrning 50- 60- yillarida Movarounnahrda feodal tarqoqlik g’oyatda kuchayib,

sinfiy kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka
ajralib, ular o’rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Siyosiy
parokandalik o’zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo’lib, mamlakat aholisini,
ayniqsa dehqonlar xo’jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va
Yettisuvda tashkil topgan Mug’iliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat
qilardilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar.
Mo’g’iliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi.
Mug’illar istibdodi va zulmga qarshi xalq harakati boshlanadi. Mana shunday ichki o’zaro
urushlar qizigan, Mug’illar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir
davrda qisqa vaqt ichida katta imperiyani vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur
siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qo’ydi. XIV asrning 60- yillarida


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 25

Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og’irlashib ketadi. Feodal
tarqoqlikning kuchayishi, ichki o’zaro urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi
dushman hujumlarining avj olishidan dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq
ishlari zarbaga uchrab, aholi og’ir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan
savdogarlar, hunarmandlar va dehqonlar g’oyatda norozi edilar. Aholining bunday
tabaqalari orasida mavjud og’ir ahvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir
davlat tashkil etish harakati kuchayadi. Temur o’z zamonining bunday talabini yaxshiroq
tushunardi. Shuning uchun ham u o’z faoliyatining dastlabki boskichida barcha harakatni
Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni
amalga oshirishda u ruhoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand
tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi
Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370- yilda Temur yaxshi qurolangan qo’shini bilan
Balxni qamal qiladi va katta talafotlar berib, shaharni egallaydi. Movarounnahrning
hukmdori Amir Husayn o’ldiriladi. Bu voqealardan so’ng mamlakatda Temurning siyosiy
mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movaraunnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan
edi. Shu yili Balxda qo’shin boshliqlarining yig’ilgan qurultoyida Temurning hukmronligi
rasman qaror topadi. Manbalarda ta'riflanishicha, qurultoyda avvalgi Chig’atoy
xonligining e'tiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq
dushmanlari hozir bo’lgan edilar. Ular orasida Amir Shayx Muhammad Bayon sulduz,
Amir O’ljaoytu, Amir Kayxisrov huttaloniy, Amir Dovud dug’lot, Amir Sorbug’o jaloyir,
Amir Joku barlos, Amir Zinda Chashm va boshqa yetakchi arboblar bor edi. Xerman
Vamberining ta'riflashicha, Temur qadimgi turk odatiga binoan oq kigiz ustiga o’tqazilib,
yuqori ko’tariladi. Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u
Movarounnahrning egasi - amiri deb e'lon qilinadi. Movarounnahrning yagona hukmdori
bo’lib olgach, Temur o’z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga
kirishadi. Avvalambor bu davrda Temurga mustahkam poytaxt - bebosh mahalliy
hukmdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda u
1370- yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shahar devorlari, qal'alar va saroylar bino
qilishga kirishadi. Bu imoratlar Samarqand mug’ullar tomonidan vayron etilgandan keyin
150 yil o’tgach birinchi marta bunyod qilingan umumjumhuriy inshootlar edi. So’ngra u
holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. To’g’ri, deyarli bir asrlik
boshboshdoqlik hukm surgan mamlakatda qonunlar joriy etib, tartib o’rnatish oson ish
emas edi. Uni oz-ozdan amalga oshirish mumkin edi. Shuning uchun ham Temur o’ziga
mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil
qiladi. Chunki bunday ishonchli harbiy kuch uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi.
Shuning uchun ham u bu harbiy qismga va barlos qabilasiga katta imtiyozlar beradi.
Tashqaridan qaraganda Temur qonunlarni joriy etish bilan band ko’rinsa-da, lekin o’z
davlati chsgaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va
Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, shuningdek, Farg’ona va Shoshni birlashtirib, ularni o’ziga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 26

bo’ysundiradi. Ammo Mug’iliston tomonidan bo’ladigan xavf hali tamoman sindirilmagan
edi. Temur davlati uchun Jo’ji ulusida qad ko’targan Oltin O’rda nihoyatda xavfli edi.
Temur saltanati bilan Oltin O’rda xonligi oralig’ida bu davrga kelib mustaqil bo’lib olgan
Xorazm yerlaridan Qo’ng’irot so’filarining davlati qaror topgan edi. Qadimdan iqtisodiy,
siyosiy va madaniy jihatdan Movarounnahr bilan yaqindan aloqada bo’lgan Xorazm
mug’ullar davrida ikki qismga bo’linib, markazi Urganch shahri bo’lgan Shimoliy Xorazm
Oltin O’rdaga, markazi Kat qal'asi bo’lgan Janubiy Xorazm Chig’atoy ulusiga qaragan.

XIV asrning 60- yillari oxirida Oltin O’rdada yuz bergan g’alayonlar vaqtida

Qo’ng’irot so’filari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil hukmronligini tiklab
oladilar. So’ngra Kat va Xiva shaharlarini bosib olib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy
Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Temur butun Xorazmni Chig’atoy ulusining ajralmas
qismi deb hisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni bosib olish siyosatini tutdi. 1372- yilda
Temur Xorazmga hujum qildi. Biroq xorazmliklar mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar-da,
Temurga qarshi bir necha bor bosh ko’tardilar. Shuning uchun ham Temur Xorazmga besh
marta yurish qilishga majbur bo’ldi. Nihoyat 1388- yilda u Xorazmni butunlay qo’lga
kiritishga muvaffaq bo’ladi. Uning oxirgi yurishi oqibatida Urganch shahri vayron etilib,
shahar aholisi esa Samarqandga ko’chiriladi. Shunday qilib, Temur Movarounnahr va
Xorazmda feodal tarqoqligiga va o’zaro nizolarga zarba berib, Sirdaryo vohasidan to Orol
dengizigacha bo’lgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtirdi.
Bu shubhasiz, Movarounnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Ammo
Temurning harakati bu bilan cheklanmadi. U tez orada qo’shni davlatlar va xalklar ustiga
yurish qilib, ularni o’z davlati hududiga birlashtirish va markazlashgan ulkan saltanat
barpo etishni oldiga maqsad qilib qo’yadi. Temur davlati va uning hukmdorlik davri
zamondoshlarining e'tiborinigina o’ziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosiy doiralarida
yuz bergan barcha voqealarga ham ta'sir ko’rsatdi. Bunday voqelik Temurning G’arbga
tomon „yitti yillik" yurishlari davrida (1399-1404- yillar) qudratli usmonli turklari
imperiyasiga qarshi urush boshlashga qadar qilgan vaqtdan boshlab yaqqol namoyon
bo’ladi. Chunki XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Yaqin Sharqda sodir bo’lgan murakkab
siyosiy vaziyat buni jiddiy taqozo qilardi. Ma'lumki, bu davrda bir tomondan harbiy qudrati
tobora oshib borayotgan Turkiyaning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi
kuchayib, butun Yevropani xavf ostiga solayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu qudratli
davlatning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan bosib kelayotgan raqib - Temur davlatining
kuchli tazyig’iga duchor bo’lgan edi. Shunday qilib, Kichik Osiyoda ikki istilochining -
o’sha vaqtda o’z harbiy qudrati jihatidan eng yuksalgan Temur bilan G’arbiy Yevropaga
dahshat solib turgan Boyazidning manfaatlari duch keladi. Bunday siyosiy vaziyatda
Turkiyaga qarshi vujudga kelgan dushman kuchlarining ma'lum darajada birlashuvi tabiiy
edi. Avvalambor, Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan mahrum bo’lgan Kichik
Osiyo mamlakatlarining amirlari Temurdan madad istab, uning Qorabog’dagi o’rdugohiga
borib qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G’alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 27

qiroli, hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so’rab Temurga murojaat
qiladilar. Turkiya sultoni Boyazidga birlashib zarba berish maqsadida Vizantiya
imperatorining Konstantinopoldagi noibi Ioann VII Paleolog va Genuyaning Peradagi
(Konstantinopol atrofidagi mavze) hokimi Trapezund imperatori Manuil III vositasida
Temurni Turkiyaga qarshi yurish boshlashga undaydilar. Buning evaziga ular harbiy
yurish vaqtida unga yordam berish, hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to’lab
kelgan bojini bundan buyon Temurga to’lashga va'da qiladilar. Bunday taklif shubhasiz,
Temurga juda maqbul tushadi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Turkiya
sultoni Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan
Temur ustalik bilan foydalanadi. Bu davrda Temur Boyazid bilan o’zaro diplomatik
yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, Turkiya bilan bo’lajak to’qnashuvda Trapezund
va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u
Genuya va Venesiyaga sovg’a-salomlar hamda maktublar bilan arxiepiskop Ioann
Galonifontibus boshchiligida elchilar yuboradi. O’zaro yordam masalasida Temur
Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Temurning
1402- yil 15 may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo’llagan xatining mazmuniga
qaraganda, Konstantinopol imperatori va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi
kurashda Temurga xizmat qilish, hatto unga "odamlar va har qaysisi 20 tadan 40 tagacha
harbiy kemalar bilan" yordam berish kabi majburiyatni o’z zimmalariga oladilar. Buni
Ispaniya elchisi Klavixo ham o’z kundalik daftarida qayd qilib o’tadi. Bu davrda Temur
Fransiya koroli Karl VI (1360-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) va Kastiliya
hamda Leon qiroli Genrix III Trastamara (1390- 1407)lar bilan diplomatik aloqalar
o’rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu davlatlar orasida Fransiya Vizantiya taqdiriga befarq
qaray olmas edi. Shu boisdan Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va
mulklarini, ayniqsa G’alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o’z
navbatida Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga urinar edi.
Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, sohibqiron qirolni jiddiy qo’llab-
quvvatlaydi. Shunday qilib, Temurning Kichik Osiyo va G’arbiy Yevropa davlatlari bilan
olib borgan dastlabki diplomatik yozishmalari va elchilik aloqalari uning G’arbgaTurkiya
ustiga yurishi munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Boyazidga qarshi birgalikda
kurashish rejalari ko’zda tutiladi. Biroq Anqara yaqinida turklarning ikki yuz minglik
qo’shini ustidan qozonilgan buyuk g’alabadan so’ng Temurning G’arbiy Yevropa
davlatlari bilan bo’lgan aloqalarining mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda u ular bilan
do’stona munosabatlarni mustahkamlash, elchilik va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yo’lga
qo’yish kabi masalalarga ahamiyat beradi. Vizantiya imperatoridan boj olib, uni bilvosita
bo’ysundirish bilan kifoyalangan Temur 1402- yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus
elchilik yuboradi. Elchilikka zamonasining mohir diplomati Arxiepiskop Ioann
Galonifontibus boshchilik qiladi. Ioann orqali Temur Karl VI va Genrix IV nomlariga
maxsus maktublar yo’lladi. Elchilar Parijga 1403- yil mayda yetib boradilar. Bu yerda


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 28

Ioann tantanali vaziyatda Temurning Turkiya ustidan qozongan g’alabasi, Sulton
Boyazidning asirga olingani, turklar asir olgan xristianlarning ozod qilingani to’g’risida
xabar berar ekan, ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib
borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo’lsalar, bu erkin savdoni tegishli
bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Buning uchun avvalambor
muntazam o’zaro elchilik aloqalarining barqarorligi lozim edi. Shuning uchun ham Temur
1402- yil avgustda Fransiya qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida bu haqda quyidagilarni
alohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning
(kishilarimiz) sizning o’lkangizga o’tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar,
sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari
uchun foyda keltirishsa, ko’p xursand bo’lar edik. Shuni ham aytish kerakki, endilikda
bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi". Fransiya qiroli Karl
VIning 1403- yil 15- iyunida Temurga yo’llagan javob maktubidan ma'lum bo’lishicha,
Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Demak, Temurning
Anqara jangidan keyin fransuz qiroli bilan olib borgan yozishmalari, o’zaro savdo
shartnomasi tuzishga qaratilgan diplomatik yozishma bo’lib, bunda Vatikan vakili
Arxiepiskop Ioann Galonifontibus muhim rol' o’ynagan. Chunki unga fransuz qiroli Karl
VI ning javob xatini Temurga yetkazishdek mas'uliyat yuklangan edi. Temur davlati bilan
Angliya o’rtasida o’zaro diplomatik aloqalar o’rnatilishida ham Vatikan vakilining
vositachilik roli katta bo’ldi. Xuddi shu davrda u bu buyuk davlatning g’arbiy viloyatlari
hokimi Mironshoh (1366-1408) bilan Angliya koroli Genrix IV o’rtasida olib borilgan
diplomatik yozishmalarda, ayniqsa faol qatnashdi. 1393- yilda Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz
va Sultoniyani o’z ichiga olgan xulogular tasarrufidagi mulklarga hokim qilib tayin etilgan
Mironshoh Temurning keksayib qolgan davrida G’arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-
e'tiborini o’ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o’zaro savdo aloqalarini
jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning
daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu sababli G’arbda
Mironshoh tez orada "katolik dinining homiysi sifatida" shuhrat qozonadi. Temur,
Mironshoh va Genrix IVlarning o’zaro diplomatik yozishmalaridan ma'lum bo’lishicha,
Angliya bilan elchilik aloqalarini o’rnatib, savdo-sotiqni jonlantirish yo’lida olib borilgan
harakatlarda, ayniqsa Mironshohning tashabbusi katta bo’lgan. Bu tabiiy hol bo’lib, buyuk
Temur imperiyasining G’arbiy davlatlar bilan olib borgan aloqalari - xoh u elchilar qatnovi,
xoh savdo karvonlari bo’lmasin, dastavval Mironshoh tasarrufidagi o’lkalar orqali o’tar
edi. Bundan avvalo ushbu viloyatlarning noibi manfaatdor edi. Chunki Mironshoh qo’l
ostidagi mulklarning g’arbiy chegaralari Yevropaning Bolqon yarim oroli orqali O’rta Yer
dengizi mamlakatlari bilan tutashgan edi. Angliya qiroli 1403 yilning o’rtalarida Temur va
Mironshohga yo’llagan javob maktublarida ular bilan shartnoma tuzish istagini izhor etadi
va shu maqsadda Angliyaning ahvoli hamda shart-sharoitlaridan yaxshi xabardor bo’lgan
Arxiepiskop Ioanni vakil qilib tayinlab, unga to’la ishonch bildiradi. Angliya qiroli Genrix


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 29

IV 1403- yil 15- iyunda Temurga yozgan javob maktubida "o’zaro aloqalarimiz doirasini
kengaytirish, davlatlarimiz savdogarlarining bir-birlari bilan ilgari, ajdodlarimiz davrida
bo’lganidek uchrashib turishlarini ta'minlash niyatidamiz" deb ta'kidlagan edi. Misr va
Turkiya sultonlari ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng Temur G’arbiy Yevropada yanada
keng shuhrat qozondi. Yevropa mustabidlarining Sharqqa bo’lgan azaliy qiziqishi va
intilishi yanada kuchaydi. Ayniqsa Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda
ham qiziqib qolgan edi. U Temurning Turkiya sultoni Boyazidga qarshi olib borgan
shiddatli jangu jadallarini diqqat bilan kuzatib boradi. 1402- yilning bahorida Payo de
Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelos boshchiligida dastlab Ispaniya elchilari
Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Temur va Boyazidlarning
kuch-qudrati, boyligi va armiyasining adadini bilish hamda ular qo’l ostida yashayotgan
xalqlarning urfodatlari dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to’plash topshiriladi.
G’alaba munosabati bilan tashrif buyurgan Sharq va G’arbning ko’pgina davlatlari
elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga
yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo’shib Temur
Muhammadqozi ismli o’z vakilini ham Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Bunga javoban
Genrix III o’zaro do’stlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida 1403- yilda Temur
huzurida ikkinchi marta maxsus elchilik yuboradi. Unga Rui Gonzales de Klavixo boshliq
qilib tayinlanadi. 1403- yil 21- mayda Ispaniyadan jo’nab ketgan elchilar dengiz orqali
Konstantinopolga o’tib, u yerdan Trapezundga, bu yerdan quruqlik orqali Eronni kesib
o’tib Balxga yetib kelishadi. Bu shahar yaqinida Amudaryodan kechib o’tib, avval Termiz
va Kesh shaharlarida bo’lishadi, so’ngra Samarqandga tashrif buyurishadi. Ispaniya
elchilari Samarqandda Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor va
zo’r hurmat ko’rsatiladi. Temurning Samarqand va uning atrofida bino qildirgan
hashamatli saroy va bog’larida o’tkazilgan rasmiy qabul va tantanali marosimlarda
Ispaniya elchilari Xitoy, Hindiston, Rum, Zobuliston, Iroq, Shom, Misr, Oltin O’rda,
Saqlab (Russiya) kabi Sharq va G’arbning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan elchilarning
barchasidan ham yuqoriroqqa o’tqazilib, ularga alohida e'tibor beriladi. Rasmiy qabul
vaqtida Ispaniya elchilari "Xitoy podshosining elchisidan pastroqda o’tirganini ko’rib
qolgan Temur, - deb yozgan edi bu haqda Klavixo o’z kundaligida,- ularga to’rga, Xitoy
elchisini esa pastroqqa o’tqazishni buyurdi". O’rta asr diplomatiyasida bunday
rasmiyatchilikka alohida e'tibor berilgan. Chunki rasmiy qabul va tantanali marosimlarda
elchilar uchun belgilangan maxsus joylar davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning ramziy
darajasini ko’rsatar edi. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404- yilning sentyabr-noyabr
oylarida Samarqandda bo’ladilar. Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan
boshqa ko’pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Ispaniya elchilari ham 1404-
yilning 21- noyabrida Samarqanddan jo’natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-
yilning mart oyida qaytib keladi. Oradan bir oy o’tgach, Klavixo Samarqand safarida
bo’lgan Ispaniya elchiligi haqidagi axborotni yozib Kastiliya qiroli Genrix IIIga topshiradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 30

Keyinchalik uning bu axborotnomasi "Buyuk Temur tarixi" va "Temur qarorgohi
Samarqandga saforot kundaligi" nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi.
Temur vafotidan so’ng mamlakatda boshlangan siyosiy boshboshdoqlik va uning bir
qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi oqibatida G’arbiy Yevropa davlatlari bilan
Temurning o’rnatgan bevosita savdo va elchilik aloqalari asta-sekin susayib, keyinchalik
esa butunlay uziladi. Bu, shubhasiz, O’rta Osiyoning G’arbiy Yevropa va unda
shakllanayotgan jahon tashqi bozoridan ajralib, O’rta Osiyoliklarning dunyo xalqlarining
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidan chetda qolishining boshlanishi edi. Xulosa o’rnida
shuni aytish mumkinki, Amir Temur deyarli butun Osiyo mintaqasida 40 yil davomida olib
borgan siyosati davrida o’zini mohir davlat arbobi sifatida namoyon eta olgan tarixiy
shaxsdir. Uning adolatga yo’g’rilgan davlatni idora etish borasidagi mahorati esa, nafaqat
yurtimiz tarixchilarinig, balki xorijiy mamlakatlar olimlarining ham e'tiborini hanuzgacha
o’ziga jalb qilib kelmoqda. Bu esa, fuqarolramizda buyuk ajdodimiz shon-shavkatini ko’z
o’ngimizda yana bir qadar yuksaltiradi.

ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna
bo’laversin. Asarlar, 4 - jild. - T.: O’zbekiston, 1996.
2. Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. Asarlar, 5 - jild. - T.: O’zbekiston,
1997.
3. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: Sharq, 2000. -B. 151 - 234.
4. S.A. Vdovina Amir Temur v mirovoy istorii. Izd.: "Shark" - Toshkent, 1996.
5. S.A. Akramov Buyuk o’zbek olimi Ulug’bek. - T.: 1961.
6. B.Ahmedov Ulug’bek. - T.: Kamalak, 1994. “FORMATION OF PSYCHOLOGY AND
PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES” [324]
7. B.Ahmedov Tarixdan saboqlar. - T.: O’qituvchi, 1994. - B.105-130; 299- 316; 316-328.
8. B.Ahmedov Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy siyosiy faoliyati). - T.: 1996.
9. H.Vamberi Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. - T.: G’ofur G’ulom, 1990.
10. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2 - jildlik. - T.: Mehnat, 1992.
11. Lyus'en Keren. Amir Temur saltanati. - T.: Ma'naviyat, 1999.
12. Ma'naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). - T.:
A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2001.
13. Mustaqillik: Izohli ilmiy - ommabop lug’at. - T.: Sharq, 2006.
14. A. Muhammadjonov Temur va temuriylar davri. - T.: Fan, 1996.
15. A.Sagdullaev va boshqa. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. I qism. -
T.: Akademiya, 2000. - B. 128 - 145.
16. Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog’uniy va H.Karomatov tarjimasi. - T.: 1996.
17. Q.Usmonov, M.Sodiqov, N.Oblomurodov O’zbekiston tarixi. I qism. O’quv
qo’llanma. - T.: 2002. - B. 171 - 193.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

75-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 31

18. M.Xolbekov Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalari. - Samarqand:
1996.
19. O’zbekiston tarixi (Qisqacha ma'lumotnoma). - T.: Sharq, 2000. - B. 87 - 111.
20. O’zbekiston tarixi / R.Murtazaeva umumiy tahriri ostida. -T.: Yangi asr avlodi, 2003.
-B. 268 - 298.
21. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1,2,3 ... - 12 jildlar.
22. Sharofiddin Yazdiy. Zafarnoma. - T.: Sharq, 1997.
23. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‟zbekiston tarixi. - T.: 2006. - B.164-185.
24. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1 / Mas‟ul muharrir: A. Sagdullayev. -
T.: Sharq, 2010. - B. 338-485.

Bibliografik manbalar

Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo’laversin. Asarlar, 4 - jild. - T.: O’zbekiston, 1996.

Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. Asarlar, 5 - jild. - T.: O’zbekiston, 1997.

Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. - T.: Sharq, 2000. -B. 151 - 234.

S.A. Vdovina Amir Temur v mirovoy istorii. Izd.: "Shark" - Toshkent, 1996.

S.A. Akramov Buyuk o’zbek olimi Ulug’bek. - T.: 1961.

B.Ahmedov Ulug’bek. - T.: Kamalak, 1994. “FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES” [324]

B.Ahmedov Tarixdan saboqlar. - T.: O’qituvchi, 1994. - B.105-130; 299- 316; 316-328.

B.Ahmedov Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy siyosiy faoliyati). - T.: 1996.

H.Vamberi Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. - T.: G’ofur G’ulom, 1990.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 2 - jildlik. - T.: Mehnat, 1992.

Lyus'en Keren. Amir Temur saltanati. - T.: Ma'naviyat, 1999.

Ma'naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). - T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2001.

Mustaqillik: Izohli ilmiy - ommabop lug’at. - T.: Sharq, 2006.

A. Muhammadjonov Temur va temuriylar davri. - T.: Fan, 1996.

A.Sagdullaev va boshqa. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. I qism. - T.: Akademiya, 2000. - B. 128 - 145.

Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog’uniy va H.Karomatov tarjimasi. - T.: 1996.

Q.Usmonov, M.Sodiqov, N.Oblomurodov O’zbekiston tarixi. I qism. O’quv qo’llanma. - T.: 2002. - B. 171 - 193.

M.Xolbekov Amir Temurning Yevropa qirollari bilan yozishmalari. - Samarqand: 1996.

O’zbekiston tarixi (Qisqacha ma'lumotnoma). - T.: Sharq, 2000. - B. 87 - 111.

O’zbekiston tarixi / R.Murtazaeva umumiy tahriri ostida. -T.: Yangi asr avlodi, 2003. -B. 268 - 298.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1,2,3 ... - 12 jildlar.

Sharofiddin Yazdiy. Zafarnoma. - T.: Sharq, 1997.

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O‟zbekiston tarixi. - T.: 2006. - B.164-185.

Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1 / Mas‟ul muharrir: A. Sagdullayev. - T.: Sharq, 2010. - B. 338-485.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари