Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56865

Аннотация

Ushbu maqolada Inson salomatligi uchun zarur bo’lgan go’sht va go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarishda sanitariya gigiena qoidalariga amal qilish, inson sog’ligi uchun muhim qoidalar va amallar haqida so’z yurutiladi.


background image

112

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

GO'SHT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA

SANITARIYA-GIGIYENA MASALALARI

Eshimbetov Islombek Karimboy ogʻli

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

2-bosqich talabasi

Eshmuratov Marat Tangatarovich

Ilmiy maslahatchi: Berdaq nomidagi Qoraqalpaq davlat

universiteti, «Kimyoviy texnologiya» kafedrasiassistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14162829

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 14-noyabr 2024 yil

Ushbu maqolada Inson salomatligi uchun

zarur bo’lgan go’sht va go’sht mahsulotlarini ishlab

chiqarishda sanitariya gigiena qoidalariga amal qilish,

inson sog’ligi uchun muhim qoidalar va amallar haqida

so’z yurutiladi.

KEY WORDS

Go’sht , maxsulot, kolbasa,

qoida, sanitariya gigienasi.

Umumiy qoidalar

1. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

go‘sht-suyak to‘qimasi qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan holda mushak, yog‘, biriktiruvchi

to‘qimalarning majmuidan tashkil topgan tana go‘shti yoki tana go‘shtining bir qismi

ko‘rinishidagi so‘yish mahsuloti;

go‘sht mahsulotlari-qiymalangan, qaynatilgan, yarim dudlangan, qaynatilgan-

dudlangan, pishloqli va dudlangan, o‘pka-jigarli va qonli kolbasalar, go‘shtli nonlar, sosiskalar,

sardelkalar, pashtetlar, shuningdek, cho‘chqa, qoramol, qo‘y, parranda va boshqa so‘yiladigan

hayvonlar go‘shtlardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar.

2. Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 0350-

17-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish

sanitariya qoidalari va normalari”ning 6.1.8-bandiga muvofiq belgilanadi.

3. Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining kirish va chiqish joylarida dezinfeksiyali gilamchalar

to‘shalishi, shuningdek nobarqaror epizootik vaziyatlarda esa dezinfeksiyalovchi eritma bilan

to‘ldirilganmaxsusdezinfeksiyalito‘siqlarhamtashkiletilishilozim.

Kolbasa mahsulotlari

–Bevosita isteʼmol qilishga tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Goʻsht, yogʻ hamda hayvon va oʻsimliklardan olinadigan yordamchi mahsulotlar qoʻshib

tayyorlanadi. Kolbasa mahsulotlariga

dudlamalar,

pishirilgan (shu jumladan, sosiska va

sardelkalar), qiymali, liver, hayvon qonidan tayyorlangan, yarim dudlangan, (pishirilib

dudlangan, nam dudlangan) kolbasalar kiradi. Kolbasa mahsulotlari umumiy isteʼmol, davo-

parhez va bolalar isteʼmoliga moʻljallangan turlarga boʻlinadi. Kolbasa mahsulotlarining

ayrimlari konservalar holida ishlab chiqariladi. Kolbasa mahsulotlari tayyorlashda mol,

choʻchqa, oz miqdorda qoʻy, parranda va quyon goʻshti ishlatiladi. Ichiga turli qoʻshimchalar:

sut oqsili, un, kraxmal, yormalar, ziravorlar solinadi. Koʻpgina kolbasa mahsulotlari uchun

qiyma (qiymalangan goʻshtga yogʻ va turli qoʻshimchalar aralashtiriladi) tayyorlanadi, soʻngra

uni qobiqqa tiqib yoki maxsus qoliplarga solib olingan yarim fabrikatlar qovuriladi,


background image

113

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

qaynatiladi yoki dudlab, soʻng zarurat boʻlganda quritiladi va sovitiladi.

1

Kolbasa

mahsulotlarini sovitilgan holda saqlash muddatlari: nam dudlangan kolbasalar -9 oygacha,

pishirib dudlangani -4 oygacha, yarim dudlangani -15 sutkagacha, pishirilgani -2 sutkagacha,

liverli -24 soatgacha.

Ishlab chiqarish sanitariyasi

-sanitariyannng bir boʻlimi; sogʻlom va xavfsiz mehnat

sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariya sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab

chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u

joylashgan

hududda

sanitariyagigiyena normalariga

bekamu-koʻst

rioya

qilish,

ishchixizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va hokazoning

gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bulyrdan

tashqari, omillari, mas, havodagi chang , kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya

kuchi, shovqin va hokazo, shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida boʻlishini nazorat

qiladi. Korxona kurilishi va ichga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari

va gigiyena kridalariga asoslangan holda ish yuritadi. Korxona, mu-assasa, tashkilotlarning

gigiyena normalariga, sanitariyagigiyena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi

ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari,

shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat

qiladi

Xulosa tariqasida shuni aytib o’tsak bo’ladiki Go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarishda

sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilish birinchi o’rinda turadi. Sababi inson butun hayoti

davomida go’sht va go’sht mahsulotlarini istemol qilib yashashadi. Albatta sanitariya gigiena

qoidalariga rioya qilishmasa inson salomatligi uchun xavf tug’dirishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar

1. 1.Q.Majidov, R.A.Maxmudov, D.Yu. Maxmudov, N.Q.Majidova “Oziq ovqat kimyosi va

biokimyosi” 253 b.

2. 2.V. L. Kretovich "Osnovi bioximii rasteniy" Izdatel'stvo «Visshaya shkola» Moskva -

1964.

3. V.G.SHerbakov «Bioximiya rastitel'nogo sir'ya» Moskva «Kolos» 1999.

4. V.G.SHerbakov «Bioximiya i tovarovedenie maslichnogo sir'ya». -4-e izd., pererab i

dop.-M., Agropromizdat, 1991,- 304 s.

5. Raxmatov N.A., Maxmudov T.M., Mirzaev S. Biokimyo. Darslik -Т.: Ta'lim, 2009. -528 b


background image

114

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

6. Eshmuratov M., Sabirova D. ENSURING FOOD SAFETY IS THE NEED OF THE HOUR

//Центральноазиатский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 1. – №.

2. – С. 11-13.

7. Eshmuratov M., Sabirova D. ECOLOGY AND NUTRITION IN THE REPUBLIC OF

KARAKALPAKSTAN //Journal of Agriculture & Horticulture. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С.

29-30.

8. Ешмуратов М., Джулдасбаева А. ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЯСНОЙ И

МОЛОЧНОЙ ОТРАСЛИ ПРИ АРАЛЬЕ //Евразийский журнал академических

исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 738-740.

9. Ешмуратов М. Т. ВЛИЯНИЕ КОНЦЕНТРАЦИИ ЩЕЛОЧИ И КОЛИЧЕСТВО

ЭКСТРАГИРУЕМОГО ХЛОПКОВОГО МАСЛА В ПРОЦЕССЕ НА КАЧЕСТВО

ВЫСОКОТЕМПЕРАТУРНОЙ НЕЙТРАЛИЗАЦИИ РАФИНИРОВАННОГО МАСЛА

//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 75-77.

10. Qo‘chqorova Z., Eshmuratov M. OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI MINERAL MODDALAR

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 436-438.

ЭНЕРГОСБЕРЕГАЮЩИЕ ИННОВАЦИИ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ В

ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ.

Библиографические ссылки

Q.Majidov, R.A.Maxmudov, D.Yu. Maxmudov, N.Q.Majidova “Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi” 253 b.

V. L. Kretovich "Osnovi bioximii rasteniy" Izdatel'stvo «Visshaya shkola» Moskva -1964.

V.G.SHerbakov «Bioximiya rastitel'nogo sir'ya» Moskva «Kolos» 1999.

V.G.SHerbakov «Bioximiya i tovarovedenie maslichnogo sir'ya». -4-e izd., pererab i dop.-M., Agropromizdat, 1991,- 304 s.

Raxmatov N.A., Maxmudov T.M., Mirzaev S. Biokimyo. Darslik -Т.: Ta'lim, 2009. -528 b

Eshmuratov M., Sabirova D. ENSURING FOOD SAFETY IS THE NEED OF THE HOUR //Центральноазиатский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 11-13.

Eshmuratov M., Sabirova D. ECOLOGY AND NUTRITION IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN //Journal of Agriculture & Horticulture. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 29-30.

Ешмуратов М., Джулдасбаева А. ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЯСНОЙ И МОЛОЧНОЙ ОТРАСЛИ ПРИ АРАЛЬЕ //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 738-740.

Ешмуратов М. Т. ВЛИЯНИЕ КОНЦЕНТРАЦИИ ЩЕЛОЧИ И КОЛИЧЕСТВО ЭКСТРАГИРУЕМОГО ХЛОПКОВОГО МАСЛА В ПРОЦЕССЕ НА КАЧЕСТВО ВЫСОКОТЕМПЕРАТУРНОЙ НЕЙТРАЛИЗАЦИИ РАФИНИРОВАННОГО МАСЛА //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 75-77.

Qo‘chqorova Z., Eshmuratov M. OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI MINERAL MODDALAR //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 10. – С. 436-438. ЭНЕРГОСБЕРЕГАЮЩИЕ ИННОВАЦИИ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ПИЩЕВОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ.