Авторы

  • Sevinch Abdullayeva
  • Nargiza O’rozboyeva
  • Venera Mambetiyarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59055

Аннотация

Ushbu maqolada din tushunchasining moxiyati , uning inson hayotidagi o’rni, dinning vazifalari, diniy kechinmalarning psixologik tahlili haqida ,bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.


background image

12

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

DIN PSIXOLOGIYASINING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI

Abdullayeva Sevinch Quvvatboy qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va

psixologiya kafedrasi Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi

O’rozboyeva Nargiza Baxram qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va

psixologiya kafedrasi Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi

Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Pedagogika va

psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14198165

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 21-noyabr 2024 yil

Ushbu maqolada din tushunchasining moxiyati , uning

inson hayotidagi o’rni, dinning vazifalari, diniy

kechinmalarning psixologik tahlili haqida ,bugungi

globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda

dinning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati haqida so’z

yuritiladi.

KEY WORDS

Din, diniy e’tiqod ,kompensatorlik,

regulyativ, legimitizatsiya.

Istiqlol yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklash, ularni kelajak avlod qalbi va

ongiga singdirish, shuningdek, barkamol avlodni milliy va diniy qadriyatlarni qiyosiy tahlil

qila olish hamda ruhan his qila olishiga katta ahamiyat berildi. “Din” so‘zi arab tilidan olingan

bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi “ishonch”, “e’tiqod”dir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi,

yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan

tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini

ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak,

qarash, ta’limotdir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan

ma’naviy-axloqiy kuchdir.Aynan din tufayli xalqlarning ming yillar mobaynida boy

ma’naviyati va merosi, o‘zligi omon saqlanib kelindi. Din psixologiyasining asosiy o‘ziga xos

jihati shundaki, unda dinning manbai insonni o‘rab turgan dunyoda emas, balki, insonning

o‘zida, uning ichki dunyosida deb tushuntiriladi.G’arbdagi din psixologiyasi olimlari XX

asrning 90-yillaridan boshlab diniy his-tuyg’ular masalasiga alohida e’tiborlarini

qaratishadi.Dinshunoslik fanida diniy his-tuyg’ularni dinning asosiy manbasi sifatida qarash

e’tiborga olinadi.Masalan,daniyalik faylasuf va psixolog G.Geffding shunday deb yozadi:”His-

tuyg’ular barcha dinlarning,barcha diniy qarashlarning eng muhim xususiyatini tashkil

etadi.Unga qiyosan barcha tasavvurlar unga bog’liq va bo’ysungan holda kechadi”.Shunga

o’xshagan fikrlarni U.Jeyms tomonidan ham ilgari surilgan. Din jamiyatda bir qator ijtimoiy,

ma’naviy, ruhiy vazifalarni bajaradi:
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik –

kompensatorlik vazifasini bajaradi va shaxs shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,

insonda doimiy ehtiyoj hosil bo‘lishi hodisasini olaylik: Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat

va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib

ko‘ringanida unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi.
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod qiluvchilar

jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu ijtimoiy hodisa dinning

birlashtiruvchilik – integratsion vazifasi deyiladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va


background image

13

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

ma’naviy hayotni qamrab olishga intiladi. Buning muntazamligini ta’minlash maqsadida din

xalqlarning ijtimoiy hayotiga, shuningdek, adabiyoti va san’atiga chambarchas bog‘lanib keta

olgan.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik –

regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari

tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, birlashtiruvchilik – kommunikativ vazifani ham bajaradi,

ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro aloqadorlikda

bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o‘z dinidagi

boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va

ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, din legitimizatsiya – qonunlashtiruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Dinning

bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqdi. Uning

fikricha, har qanday ijtimoiy sistema muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning

uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday

normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi.
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy-nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga

yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo masalalariga o‘z

munosabatini bildirib turishdan iboratdir. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ladi.Shuning uchun ham dinni

o‘rganish – bu insoniyatni o‘rganish demakdir.Dinni insoniyatdan,insoniyatni dindan ajratib

bo‘lmaydi.
Bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs tarbiyasidagi

o‘rnini o‘rganish dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Jahon tadqiqotchilari din psixologiyasi

bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Jumladan,g‘arb olimlaridan J.Pratt, G.Xall, D.Volf,

D.Mayers o‘z tadqiqotlarida din va psixologiyaning bolalar tarbiyasi va axloqida tutgan o‘rnini

tadqiq qilganlar. U.Jeyms,Z.Freyd o‘z asarlarida din psixologiyasining nazariy jihatlarini

yoritib berganlar.Mamlakatimiz olimlari esa o‘z asarlarida din psixologiyasining ba’zi

jihatlariga e’tibor qaratganlar. Masalan, N.Boymurodov “Amaliy psixologiya” o‘quv

qo‘llanmasida dinning tarbiya jarayoniga ta’sirining ayrim jihatlarini yoritib

bergan.S.K.Kamilov o‘zining falsafa fanlari nomzodligi dissertatsiyasida globallashuv

sharoitida din psixologiyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini o’rgandi. Hozirgi kunda

milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini shakllantirish va yoshlar ongiga singdirishda dinni to‘g‘ri

hamda tahliliy o‘rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi.Hozirgi kunda dinni o‘ziga niqob

qilib olib, uni mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda kuchli vositasiga aylantirishga

urinayotgan kuchlar soni oshganligi hech kimga sir emas. Din va diniy qadriyatlar kishilarni

hamisha yaxshilikka va ezgu ishlarga chorlagan hamda muqaddas e’tiqodlarga asoslanib,

shaxsda yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan, insoniyatni komillikka

da’vat etuvchi buyuk ta’limot bo‘lib kelgan. Afsuski, diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan

e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, vayronkor g‘oyalarni o‘zlariga maqsad

qilib olgan kimsalar ham foydalanmoqdalar. Bu esa butun kishilik jamiyatiga, jumladan,

mustaqil O‘zbekiston davlatiga nisbatan turli tahdidlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish, nafaqat islom dinining, balki, jahon dinlarining ham sof

insonparvarlik tamoyillarini yuzaga chiqarish bugungi kunning dolzarb masalalardan

hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va

yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik,


background image

14

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.Milliy va diniy qadriyatlarni yaxshi

bilmay, ularning hurmatini o‘rniga qo‘ymay turib,inson yuksak ma’naviyatli bo‘la olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahmanov F, Abdurahmanova Z.Din psixologiyasi.-T.,2011.

2. Karimova V.M.Ijtimoiy psixologiya.Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik.-T.,2012-

196-b.

3. Mirziyoyev Sh.M (2017) report from the 72-th session og the UN.(3)

Библиографические ссылки

Abdurahmanov F, Abdurahmanova Z.Din psixologiyasi.-T.,2011.

Karimova V.M.Ijtimoiy psixologiya.Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik.-T.,2012-196-b.

Mirziyoyev Sh.M (2017) report from the 72-th session og the UN.(3)