132
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING OʻZINGA
XOSLIGI
Ismoilova Sevinchoy Baxtiyor qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika
psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yoʻnalishi 2-kurs student.
Sobirova Barno Oybek qizi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika
psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yoʻnalishi 2-kurs student.
Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika
psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14258005
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 30-noyabr 2024 yil
Ota-ona va farzand munosabatlari inson hayotining
asosiy va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu
munosabatlar farzandning ruhiy, emotsional va
ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Ota-ona va
farzand o'rtasidagi ishonch, muhabbat, o'zaro
tushunish va qo'llab-quvvatlash bolada o'zini qadrlash
hissini shakllantiradi.
KEY WORDS
Oila,Ota-Ona, farzand
Oila- o'ziga xos ijtimoiy birlik bo'lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik
munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma'suliyat hamda jamiyat tomonidan
o'rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo'yicha va farzandlarning o'z ota-onalari
uchun muayyan majburiyatlari turadi..Bugungi kunda ham inson o'zining to'laqonli baxtini his
etishida oila va undagi shaxslararo munosabatlar o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
24 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy
tarmog'idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga bag'ishlangan «Janob
Prezident» nomli hujjatli film namoyish qilindi. Intervyuda O'zbekiston prezidenti oila va baxt
haqidagi fikrlarini o'rtoqlashdi. Uning fikricha, har bir inson hayotida eng muhimi, bu oila. Oila
men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor qayerda ishlashidan qat'i nazar, kim
bo'lishidan qat'i nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga
alohida e'tibor bermasa, hech qachon natija bo'lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning
tarbiyasiga juda katta e'tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida
o'zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini,
istagini bilaman», dedi u. «Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan
sen baxtli bo'lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo'lsa
men o'zimni baxtli deb bilaman», deya ta'kidladi prezident. Haqiqatan ham, oila muqaddas
dargoh, chunki u insonning eng yaqin qarindoshlaridan tashkil topuvchi maskan, uning har
bir a'zosi bir-birini qo'llab-quvvatlaydi, bir-biri bilan samimiy munosabatda bo'ladi, bir-biriga
ko'mak beradi, xatolarini anglashga va ko'maklashishga yordam beradi va bu muhitda inson
kamol topadi. Shuning uchun ham oila jamiyatning eng muhim bo'lagi hisoblanadi va
davlatimiz tomonidan doimo katta e'tibor qaratiladi.
Oila - jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o’zining
rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni,
qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro
133
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila - bu umrning boshlanishi, barcha
narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi
bilan bogʻlaydi, ya’ni o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his
etadi.
Oilaviy ijtimoiylashuvining qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida birinchidan, shaxs
katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o'ziga yarasha sifat va
fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sogʻ va
salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ya'ni, oila va uning sog'lom ma'naviy
muhiti bolani Jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda
faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada ahloq-odob normalariga tayyorlaydi.
bo'ysunishga o'rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiológ Olimi A.Antonovning ta'kidlashicha, oila ijtimoiy psixologik yaxlitlik sifatida
shaxsga shunday normativ va axborot ta'sirlarini ko'rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo,
jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va
mustahkam bo'lsa, uning normativ ta'siri ham shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada
o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar
hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilgan bo'ladi. Uning ahamiyati
shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki
Iitseyda o'qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas'uliyat
bilan vijdonan bajdaradigan bo'lib, bolalar jamiyatida hamisha o'zining oʻrniga ega bo'la oladi.
Bunday farzandga turli bemaza, chaqiriqlar, da'vatlar ta'sir etmaydi, mustqil fikrli, pok
vijdonli inson bo'lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan
andozası, oila mustahkam bo'lsa, Jamiyat ham mustahkam bo'lishini oʻzbek xalqi juda yaxshi
biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda
qadrlanadi,nikoh muqaddas rishta sifatida e'zozlanadi.
Ijtimoiylashuvning
dastlabki
yillarida
uning
samaradorligi
ko'proq
yuqorida
ta'kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik
burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo'lsa, uning keyingi bosqichlarida ta'lim
muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv
usullari ham turlicha bo'ladi.
Ko'plab olimlar va oila masalalari bo'yicha mutaxassislarni xavotirga solgan Jihat shuki,
zamonaviy oila o'zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to'liq ado
etmayapti.
A Antonovning ta'kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira
olmayotganligi sababli ham o'zining bola tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon
eta olmayapti. Bundan tashqari, G'arb mamlakatlarida o'tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat
ayollarda onalik ustanovkalarining yo'qligi, bola tarbiyalash xohishining yo'qligi,
qo'ydichiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYO bo'limlarini nikohni qayd etmay
yashash (fuqarolik nikahi), ajrımlardan keyingi erkak va ayolning o'zaro yomon
munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday er-
xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila institutiga va nikohga nisbatan salbiy
qarashlarga ega bo'lib, voyaga yetsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan
xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak,
jamiyatda o'z davriga munosib, sog'lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, t, voyaga
yetkazishning muhim omili bu rasmiy nikohda bo'lgan er-xotinlar oilasining hamjihatlikda
yashashlaridir.
134
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
Psixolog olim V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o'rganib, baxtli bolalik bu
oiladagi quvonchni, xam jixatlikni hamda ota-onalarning bolalariga g'amxo'rligining
samarasidir degan xulosaga keladi.
Foydalangan adabiyotlar
1.Aleshina Y.YE, Individualnoyei semeynoye psixologicheskoye konsultirovaniye. -M.: Klass,
2004.
2. Jalilova S.X., G'ayibova N.A. Umumiy psixodiagnostika, T.:-2017.
3. G'ayibova N.A. "O'smir sibling maqomining tengqurlari bilan bo'ladigan shaxslararo
munosabatlarga to'siri". Monografiya T: -2016. 4. G'ayibova N.A. Oilada farzandlar o'zaro
munosabatlarini o'rganish. Metodik qo'llanma. T.: 2014.-68-6.
5. Karabanova O.A. Psixologiya semeynix otnoshenly i osnovi semeynogo konsulrirovaniya:
Uchebnoye posobiye. M.: Gardariki, 2005. 320 s.