Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56802

Аннотация

Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu — agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu bo’lib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi.


background image

44

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

SHAXSLARARO MUNOSABATDA SHAXS AGRESSIVLIGI

MUAMMOSI

Boranbaeva Mohinur Komekbay qizi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs

student.

Jangabayeva Ozoda Zinatdinovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs

student.

Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14059616

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 1-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 5-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’luvchi

xulq-atvor tiplaridan biri bu — agressiyadir. Inson

agressiyasini o‘rganish serqirra mavzu bo’lib, u

ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga

urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga tortib

keladi.

KEY WORDS

Psixologiya,

agressiya,

frustratsiya, autoagressiv xulq-
atvor.

Agressiya — kishilar o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har

qanday xulq-atvor modellaridan biri bo’lib, u shunday atamaki, unga oid mulohazalar nafaqat

psixologlarni, balki sotsiolog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha

xodimlarining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish

qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida

qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni

boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z

g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor

qiladigan inson deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta’rif to‘g‘ri

yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim.

Shaxs agressivligi shaxslararo munosabatlarda eng ko‘p uchraydigan, ammo ko‘pincha

e'tibordan chetda qoladigan muammo bo‘lishi mumkin. Agressivlik nafaqat shaxsning o‘ziga,

balki uning atrofidagi odamlar va jamiyatga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shaxs agressivligi,

shubhasiz, ijtimoiy tizimni buzuvchi, noxush muhitni yaratadigan, insonlar orasida

ishonchsizlikni oshiradigan, muammolarni hal qilishni qiyinlashtiradigan bir holatdir.

Menimcha, agressivlikni tushunish va uning sabablarini aniqlash, uni boshqarish yo‘llarini

izlash shaxsiy va ijtimoiy barqarorlik uchun muhimdir.

Agressivlikning oqibatlari ko‘p jihatdan shaxsning o‘ziga, uning ruhiy salomatligiga,

jamiyatga va atrofidagi insonlarga zarar yetkazadi. Birinchidan, agressiv xatti-harakatlar

shaxslararo munosabatlarni buzadi. Agressivlik davomida odamlar orasida ishonch yo‘qoladi,

bu esa ularning o‘rtasida uzoq muddatli ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agressiv

xatti-harakatlar doimiy ravishda boshqalarga tahdid qilish, ularga zarar yetkazish yoki ularni

noto‘g‘ri tushunishga olib keladi, bu esa jamiyatda noxushlikka sabab bo‘ladi.


background image

45

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

Ikkinchidan, agressivlik shaxsning ruhiy salomatligini yomonlashtiradi. G‘azabni va

stressni boshqarishda qiynalgan odamlar ko‘pincha ichki noqulayliklarni his qilishadi, bu esa

depressiya va ansiyete kasalliklariga olib kelishi mumkin (Novaco, 1994). O‘zini va

boshqalarni nazorat qilolmaslik, ba'zan shaxsni ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi, chunki

boshqalar undan qo‘rqishlari yoki undan uzoqlashishlari mumkin.

Agressivlikni kamaytirish va boshqarish uchun bir nechta yondashuvlar mavjud.

Shaxsiy fikrimcha, eng muhim yondashuv bu o‘z-o‘zini anglash va ichki hissiy muvozanatni

tiklashdir. O‘z his-tuyg‘ularini tan olish, boshqarish va boshqalarga to‘g‘ri ifodalash shaxsning

agressivligini kamaytirishi mumkin. Misol uchun, kognitiv-behavioral terapiya (CBT) shaxsga

o‘z fikrlarini va his-tuyg‘ularini boshqarishni o‘rgatadi, bu esa agressivlikni kamaytirishda

samarali usul hisoblanadi (Bandura, 1973).

Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan

bunday fe’l-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng

tarqalgan bo’lib, unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar

«programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir bo’ladi.Insonning

agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtayi nazarlar

ichida eng mashhuri U. Makdaugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa olimlarning «inson va

hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi»degan qarashlaridir.Lekin

agressiya doimiy ravishda genetik omillarga bog'liq deya olmaymiz. Shaxsda agressiyaning

namoyon bo'lishi ga boshqa omillarga ham o'z ta'sir ini ko'rsatmaydi qolmaydi. Bu kabi

ta'sirlarga ijtimoiy muhit, tengqurlari bilan munosabatlar kiradi, shuningdek, o'ta sovuqqonlik

hamda juda hayajonli holatlarni ham kiritishimiz mumkin.

L. Berkovits (1968, 1981, 1995) va boshqa tadqiqotchilar bunday stimullar qatoriga

qurol kirishini aniqlashdi. Tajribalarning birida o‘yinchoq qurol o‘ynagan bolalar o‘yindan

so‘ng boshqalar kubiklardan qurgan uychani osongina buzib tashlashgani kuzatilgan. Yoki

yana bir tajribada Viskoniya universiteti talabalari ko‘z oldilarida qurol turganda (ularning

nazarida bu qurol oldingi tajribadan so‘ng tasodifan unutib qoldirilgan edi) o‘z «dilozor»lariga

ko‘proq kuchlanishli tok yuborishgan. «Tasodifan unutib qoldirilgan predmet»lar qurol emas,

tennis raketkasi bo‘lganida esa tokni kamroq yuborishgan. AQSHda sodir bo‘layotgan

qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol orqali amalga oshirilishini bilganda, L. Berkovits

unchalik lol qolmadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda uyda qurol saqlansa, u qachondir

otiladi va qandaydir begona kishi emas, balki atrofdagi tanishlardan birovi jabrlanadi. «Qurol

nafaqat jinoyat sodir qilishga imkon beradi, — deydi L. Berkovits, — balki u jinoyat sodir

qilishga un-dashi ham mumkin. Barmoq tepkiga talpinadi, shuningdek, tepki ham barmoqqa

talpinadi».Bu tushuncha agressiyani emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma sifatida emas, balki xulq-

atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo etadi. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug‘dirdi.

Agressiya termini ko‘p hollarda g‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular bilan, haqorat qilish

va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto negativ ko‘rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va

etnik xurofot bilan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo‘lgan xulq-

atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday harakatlar uchun asos boia

olmaydi. G’azab boshqalarga tajovuz qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi,

boshqacha qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik holatida yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgani kabi, o‘ta kuchli hayajon holatida ham paydo boiishi mumkin. Shuningdek,

agressorlarning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki ularni yoqtirishlari

umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o‘tkazadilar.

Agressivlik shakllanishida oilaviy muhitning ahamiyati katta. Agarda oilada nizolar,

turli xil kelishmovchiliklar, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlar salbiy bo'lishi

holatlari kuzatilsa, albatta, bolalarda agressivlik namoyon bo'lishiga olib keladi. Tengqurlari

bilan munosabatlar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Haddan tashqari agressiv insonlar do'stlari


background image

46

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

davrasidan siqib chiqariladi. Hozirgi kunda agressivlikning shakllanishida asosiy rol

o'ynayotgan sabablardan biri bu ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda,

innternet hisoblanadi. Bugungi kunga kelib ko'pchilik insonlar virtual olamga bog'lanib

qolishmoqda. Ular tomosha qilayotgan jangarilikni, agressivlikni targ'ib etuvchi filmlar,

o'yinlar inson psixikasiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Shu tariqa insonlar ongostida agressiv

xulq-atvor shakllanmoqda. Autoagressiya tushunchasiham mavjud.

Autoagressiv xulq-

atvorda agressiya shaxsning o'ziga qarshi yo'naltirilgan bo'ladi.

Shaxs agressivligi shaxslararo munosabatlarda, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni

keltirib chiqaradigan jiddiy muammo hisoblanadi. Agressivlikning sabablari ichki va tashqi

omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shaxs agressivligini kamaytirish va boshqarish uchun

psixoterapiya, stressni boshqarish, samarali kommunikatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

tizimlaridan foydalanish zarur. O‘z-o‘zini anglash va ichki tinchlikka erishish orqali, nafaqat

shaxsning salomatligi yaxshilanadi, balki atrofidagi odamlar bilan munosabatlar ham ijobiy

tomonga o‘zgaradi.

REFERENECES

1. N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” o’quv qo’llanma. T.:2013

2. Anderson, C.A., & Bushman, B.J. (2002). Human Aggression and Violent Behavior: A

Social Psychological Perspective. Psychology Press.

3. Bandura, A. (1973). Aggression: A Social Learning Analysis. Prentice-Hall.

4. Novaco, R.W. (1994). Anger as a Risk Factor for Violence. Clinical Psychology Review,

14(6), 441-456.

5. Geen, R.G. (2001). Human Aggression. Open University Press.

Библиографические ссылки

N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” o’quv qo’llanma. T.:2013

Anderson, C.A., & Bushman, B.J. (2002). Human Aggression and Violent Behavior: A Social Psychological Perspective. Psychology Press.

Bandura, A. (1973). Aggression: A Social Learning Analysis. Prentice-Hall.

Novaco, R.W. (1994). Anger as a Risk Factor for Violence. Clinical Psychology Review, 14(6), 441-456.

Geen, R.G. (2001). Human Aggression. Open University Press.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

, , , OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING OʻZINGA XOSLIGI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 13 (2024)

, , , ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 13 (2024)

Sevinch Abdullayeva , Nargiza O’rozboyeva , Venera Mambetiyarova, DIN PSIXOLOGIYASINING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 13 (2024)

, , , SHAXSLARARO MUNOSABATDA SHAXS AGRESSIVLIGI MUAMMOSI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 12 (2024)

Ozoda Qadambayeva , SAYLOV TIZIMI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 8 (2024)

Qunduz Shermatova , Marjona Rajaboyeva , Venera Mambetiyarova , ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 1 № 14 (2024)

Dilorom Yuldasheva, Mohinur Suvonqulova, VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TEXNIKA FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGI. , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 2 № 3 (2025)

Ozoda Ro'zimurodova , THE USE OF DIGITAL STORYTELLING AS A METHODOLOGICAL TOOL IN LANGUAGE LEARNING , Журнал академических исследований нового Узбекистана: Том 2 № 5 (2025)