143
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN
METODLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Shermatova Qunduz Bahrom qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va
psixologiya kafedrasi Amaliy psixologiya yoʻnalishi talabasi
Rajaboyeva Marjona Oybek qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va
psixologiya kafedrasi Amaliy psixologiya yoʻnalishi talabasi
Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Pedagogika va
psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14258394
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil
Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil
Nashr qilindi: 30-noyabr 2024 yil
Ushbu
maqolada
etnopsixologiya
va
uning
tadqiqotlarida oʻtkaziladigan shkalali oʻlchov,kuzatish
va soʻrov hamda proyektiv metodlari haqida soʻz
yuritiladi.
KEY WORDS
etnopsixologiya, proyektiv metod,
reprezentativ, stereotip, ma’naviy
qadriyatlar, anʼanalar
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar
psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o'rganadi.
"Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va “psixologiya” tushunchalarining qo‘shilishidan
tarkib topgan bo’lib, yunoncha "etnos" - xalq, qabila,"psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni
anglatadi. Bu fan ma’lum millat va etnik birlik vakillarining o‘ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-
atvorini, zamonaviy tilda ataladigan bo’sa "mentalitetini" o‘rganadi.Millatlararo munosabatlar
tobora yaxshilanib borayotgan, OAV orqali dunyoning qaysi chetidan bo‘lmasin u yoki bu
xalqqa oid ma’lumotlarga ega bo‘lish juda oson bo‘lib qolgan bir sharoitda turli millat va
xalqlarning psixologiyasini o‘rganish, millatlararo qiyosiy tajribalar o‘tkazish fan
manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois ham olimlar ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammosi
bo‘lmasin, uni u yoki bu ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy muhit nuqtayi nazaridan o‘rganishni
afzal ko‘radilar. Bu etnopsixologik tadqiqotlarda reprezentativ, ishonchli metodlar masalasini
dolzarb etadi.Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilgan ilmiy ishlarni tahlil qilar
ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo‘llanilganining guvohi
bo‘lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan
tortib, proyektiv metodlar, eksprementlarning turlicha ko'rinishlari, so‘rov metodlari - anketa,
intervyu, sotsiometriya, shkala metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi
kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy
tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlami faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki
umumiy psixologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar. Lekin shunday
bo'lishiga qaramay, etnopsixologik metodlaming tanqisligi kun sayin sezilmoqda. Chunki
etnopsixologiya muammosi bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan har bir tadqiqotchi yo
mavjud metodikalardan birini qayta o‘zgartirishga, yoki bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf
etishga majbur bo‘lmoqda.Nihoyat etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi
shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to‘ plashga
imkon bergan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman
144
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
hech narsani o‘lchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit
ta'sirlari daxlsiz, deb hisoblangan Kettellmng intellekt testi ham baribir, qisman bo‘lsa-da,
muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi. Bundan tashqari, ularn sharhlash,
ma’lumotlann tahlil qilish masalasida alohida ehtiyotkorlik va ziyraklikni talab qiladi.Bizning
nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng muhimi u yoki bu millat
vakillaridagi etnik stereotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda qanday metodlardan foydalanish
mumkin? Rus tadqiqotchisi G. U.Ksoyevaning yozishicha, bu yerda toʻrt guruhli metodlarni
koʻrsatish mumkin:
1. Shkalali oʻIchov metodlari - ular asosan millat vakillaridagi turlicha etnik ustanovkalarni
tekshiradi. Masalan, Bogardusning mashhur shkalasi: qiyosiy fikrlash yo’li bilan berilgan
juftliklar - ustanovkalarni har bir tekshiriluvchi tomonidan aniq baholanishga asoslangan.
2. Kuzatish va so‘rov metodlari - bunda o‘sha madaniy muhitga xos bo’lgan, uning bevosita
boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar
va hokazolar tashqaridan o‘rganiladi. Amerikalik olimlar Katts va Breydilar so'rov metodining
o‘ziga xos ko'rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular
qiziqtirayotgan masala bo‘yicha imkoni boricha ko‘p javoblar ro'yxatini tekshiriluvchiga berib,
undan shu javoblar ichidan “o‘zinikini” tanlab belgilashni so‘rashgan. Bundan tashqari, 84 xil
sifatni o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan o‘z millatiga va boshqa millatga xos bo'lgan 5 yetakchi
sifatni ajratib berish topshirig'ini berishgan. Shu yo‘i bilan etnik stereotiplar aniqlangan.
3. Proyektiv metodlar — etnopsixologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan ushbu metodlarga
asosan Rorshaxning “siyoh dog‘lari” testi, tematik appersepsion test (TAT), boshlangan
jumlalarni tugatish testi, fotosuratlarni baholash testi, Lovenfel’chling mozaikalari testi va
boshqalar kiradi. Mavhum berilgan topshiriqlarni bajarish sifati va javoblarning yo‘nalishi
bo‘yicha ham turli millatlarga oid stereotiplar o'rganilgan.
4. Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G.Deyker va
N.Friydlsning milliy xarakter xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan
shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksiyalarini o’rganadi. Bundan tashqari, shu guruh
testlarga alohida intellektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o‘rganish, adolat hissini
aniqlash, badiiy did testlari va boshqa testlar kiradi.Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda
millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o‘rganib chiqish ham juda qimmatli
ma’lumotlar to‘plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o‘zi mansub
millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o‘zlashtirishda asosiy vosita rolini o'ynaydi.
Shuning uchun ham etnopsixologik o‘z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, tetnolog, sotsiolog,
tarixchilar hamkorligida o‘tkaziladi. Tadqiqotchi avvalo tekshiruv o‘tkazayotgan muhitdagi
insonlar tilini, til orqali “dili”ni bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov o'zlarining “Oʻzbekiston mustaqillik ostonasida" asarlarida ta’kidlaganlaridek,
“Oʻz ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q
odam, kishi tilini bilmaydigan, uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi.
Xulosa qilib aytganda,yuqorida aytib o‘tilgan metodologik va metodik uslublar milliy
psixologiyani o‘rganishda faqat asosiylari xolos. Chunki millatning ko‘p qirralari psixologik
holatini o‘rganishda yana ko‘plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning
maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Галустова О.В. Этнопсихология: Конспект лекций. - М.: Приор- Издат, 2005. -160 с.
2. Karimova V.M. Etnopsixologia. Т.2012.
145
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)
3.Маматов М.М. “Этнопсихология” Т., 2006.