YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
KUTUBXONA – AXBOROT MUASSASALARIDA FOYDALANUVCHILARGA
XIZMAT KO’RSATISHNING TAMOYILLARI
Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli
O‘zbekiston davlat san’an va madaniyat instituti
Kutubxona – axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabasi
Electron pochta: Izzatilloolimov7735@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582069
Annotatsiya:
Ushbu maqolada foydalanuvchilarni bibliografik manbalar; ensklopediya,
lugg’at, yo’l ko’rsatkichlari. taqvimlar yordamida ma'lumotlar bilan ta'minlash borasida
kutubxonachilarning salohiyati, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishning yangi turlari, sifat
samaradorligini oshirish va manbalarni baholay olish qobiliyatiga ega bo’lish nechog’lik zarur
ekanligi tahqiq etilgan.
Kalit so’zlar:
Media, retrospektiv bibliografiya, verbal, noverbal muloqot, wikipediya,
google, internet tarmog’i, elektron ensklopediya, texnologik jarayon.
Аннотация:
В трех статьях рассматривается необходимость предоставления
библиотекарями пользователям информации с использованием библиографических
источников; энциклопедий, словарей, дорожных знаков. календарей, новых видов
обслуживания пользователей, оценки и доступа к ресурсам.
Ключевые слова:
Медиа, ретроспективная библиография, вербальная,
невербальная
коммуникация,
Википедия,
Google,
Интернет,
электронная
энциклопедия, технологический процесс.
Abstract:
In three articles, the need for librarians to provide users with information
using bibliographic sources; encyclopedias, dictionaries, road signs. calendars, new types of
user services, assessment and access to resources are examined.
Keywords:
Media, retrospective bibliography, verbal, nonverbal communication,
Wikipedia, Google, Internet, electronic encyclopedia, technological process.
Zamonaviy axborot texnologiyalari davrida ham kitobxonlarga ma”lumot berishda
bibliografik manbalar o'zining muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'rnini saqlab turibdi.
Bibliografik manbalar kitoblar, jurnallar, gazetalar, turli axborot vositalari (media),
kutubxonalar va nashriyot ishi to'g'risidagi axborotni tashkillashtirilgan va izchil tarzda
taqdim etishning eng maqbul usulini taklif etmoqda. Foydalanuvchilar bunday ma'lumotlarni
Internet tarmog’ orqali qism-qism ko'rinishida topish imkoniyatiga ega bo'lsalarda,
bibliografik ko'rsatkich ko'plab manbalardan olingan ma'lumotlarni bir-biriga taqqoslash
asosida qiyosiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
So’nggi yillarda savollarning ko'pchiligi foydalanuvchilar ilgari ko'zdan kechirgan
manbalardan olgan ko'chirmalarni tasdiqlash yoki o'rganilayotgan mavzu bo'yicha yangi
manba bor yoki yo'qligini tekshirish zarurati tufayli kelib chiqmoqda. Vaholangki bibliografik
manbalar, shuningdek, o'tgan asrlarda chop etilgan kitoblar yoki jurnallarning nusxasini
topish, maxsus kolleksiyali kutubxonalar fondidagi adabiyotlarni aniqlashga yordam berishini
bilmasligi o’ziga pand bermoqda. Bibliografik ko'rsatkichlar, muallif, sarlavha, mavzu bo'yicha
tartibga solinishi mumkin bo'lgan kitoblar va boshqa materiallar ro'yxatini soha mutaxasislari
foydalanuvchiga topib berishi zarur. Chunki ushbu ro'yxatda har bir adabiyotning muallifi,
nomi, tahriri, chop etilish joyi, nashriyot nomi, nashr sanasi, necha betdan iborat ekanligi
ko'rsatib o'tiladi. Bibliografik ko'rsatkichlar o'z miqyosiga ko'ra keng qamrovli, barcha zaruriy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
axborotlarni qamrab oluvchi yoki tanlab olinadigan ko'rinishda bo'lishi kerak. Ayrim
bibliografik ko'rsatkichlar zamonaviy axborotni o'z ichiga olib, ular muntazam ravishda
yangilanib boriladi. Boshqalari esa, endilikda nashr qilinmaydigan adabiyotlar ro'yxatini
jamlaganligi uchun "retrospektiv bibliografiya" deb nomlanadi.[2]
Bibliografiya tarixi juda uzoq o'tmishga ega bo'lib, chop etish uskunalari ixtiro
qilingunga qadar ham insonlar yozma materiallarning ro'yxatini tuzib borganlar. Eramizdan
avvalgi XVII asrda Ossuriyadagi Nineviya shahri Sennacherib kutubxonasida loydan yasalgan
taxtalarga yozilgan ma'lumotlar ro'yxatlari yuritilgan. Bugungi kunda aniqlik, ishonchlilik,
qamrov va uslub, bibliografik tarkib, dolzarblik bibliografik manbalarni baholashning asosiy
mezonlaridan bo’lib qolmoqda. Quyida keltirilgan prinsp va funksiyalar shular jumlasidan:
Aniqlik – bibliografik manbalar uchun eng asosiy, muhim me'zon boʻlib, bibliografik
ko'rsatgichlar, kitoblar va boshqa materiallar haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlash, ularning
joylashuvini aniqlash maqsadida foydalanilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun ham bibliografik qaydning har bir qismi to'g'ri va aniq bo'lishi shart.
Ishonchlilik – Bibliografik ko'rsatgich tuzuvchisi va uni chop etuvchi nashriyotga
nisbatan qat'iy ishonch kutubxonachi va foydalanuvchiga bibliografik manbadan hech qanday
shubhasiz foydalanish imkonini beradi.
Qamrov va uslub – Bibliografik ko'rsatkichning kirish qismida uning qamrovi va
uslubining tavsifi beriladi.
Dolzarblik – Bibliografik ko'rsatkich o'zi qamrab olgan materiallar va manbalar
doirasida dolzarb bo'lishi zarur. Ana shundagini bibliografik ko'rsatkichga foydalanuvchilarni
ma'lumot bilan ta'minlashning asosiy manbalaridan biri sifatida tayanish mumkin.
Foydalanuvchilarni ensiklopediyalar vositasida ma'lumot bilan ta'minlash borasida
aytadigan bo’lsak, internet paydo bo'lgunga qadar inson faoliyatining hamma jihatlarini
qamrab olgan asosiy ma'lumot manbai bo'lib kelgan. Bugungi kunda esa afsuski
ensiklopediyalar har qanday kutubxonaning axborot negizini tashkil etsada, Wikipedia
ma’lumotlaridan, sun’iy intellekt tizmlaridan ortda qolmoqda, negaki har qanday savolga eng
tez javobni aynan ensiklopediyadan topish mumkin bo'lganligi uchun internet tarmog'ining
ko'lami kengayib borayotganligidir.
Sohaning yana bir konflikt tomoni bugungi kunda Google kabi qidiruv saytlaridan
foydalanishning nisbatan osonligi, sun’iy intellektning kirib kelishi bilan birga
foydalanuvchilarga qidiruv saytlari bilan savol-javob tizimlari orqali olinayotgan axborotlar
har doim ham to'g'ri boʻlavermasligini tushuntirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Shuning uchun ham har bir kutubxonachi jamiyatda axborot savodxonligini yuqori darajada
shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishi va foydalanuvchilarga topilgan axborotlarni
chuqur o'rganish, taqqoslash, tahlil qilish, to'g'ri baholash, undan to'g'ri foydalanish
malakasini tarbiyalashda yordam berishi zarurligini taqozo etmoqda.[1]
Ilmiy yo’sin bilan aytish joiz bo’lsa ensiklopediyalarning ikki turi mavjud, barcha
savollarga javob berishga yo'naltirgan umumiy ensiklopediyalar (Masalan, "O'zbekiston milliy
ensiklopediyasi") va ixtisoslashgan ensiklopediyalar (Masalan, "Pedagogika ensiklopediyasi")
shaklida bo'lishi mumkin. Kutubxonachi foydalanuvchilar ehtiyojiga to'la javob berishi nuqtai
nazaridan ensiklopediyaning kimlar uchun mo’ljallanganligi, sifati va ishonchliligi darajasini
bilishi uchun quyidagi omillarga e'tibor berishi kerak:
–
Foydalanuvchining yoshi;
–
Ensiklopediyaning yangilanib borishi tartibi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
– Ensiklopediyada qo'shimcha ma'lumot va manbalar haqida axborot berilganligi,
– Ensiklopediyaning elektron shakli bor-yo'qligi;
–
Ensiklopediyaning o'ziga xos, diqqatga sazovor jihatlari.
Ushbu omillarni tahlil qilish orqali ensiklopediyaning afzalliklari, foydalilik darajasi va
muayyan kamchiliklarini aniqlash mumkin. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek bugungi kunda
ensiklopediyalarning onlayn shakli kengayib bormoqda. 1808 -yildan buyon Germaniyada
chop etiluvchi eng nufuzli ensiklopediyalardan biri Brokgauz (Brockhaus) 2008 - yildan
boshlab o'zining 300 mingga yaqin maqolasini elektron hajmga oʻtkazdi va ulardan onlayn
tarzda bepul foydalanish imkoniyatini yaratib berdi. Avval umumiy mazmundagi
ensiklopediyalar onlayn ko'rinishga o'tgan bo'lsa, ayni paytda ixtisoslashgan ensiklopediyalar
ham internet tarmog'iga kirib bormoqda.[7]
Jumladan, 2001 - yil 15 - yanvardan internetga kiritilgan wikipediya onlayn
ensiklopediyasidan xohlagan odam ma'lumot olishi, ma'lumot joylashtirishtirishi va tahrir
qilishi mumkin. 2008 - yil 23 - iyulda Google ham o'zining Knol erkin ensiklopediyasini sinov
rejimida ishga tushirdi Mazkur manbalarning wikipediyadan farqi shundaki, mualiflar o'z ism-
familiyasini ko'rsatishi shart qilib qo'yilganligidan tashqari o'z surati va biografiyasini ham
joylashtirish imkoniyati yaratilgan. Elektron ensiklopediyalar axborot izlash jarayonini
osonlashtirish va tezlashtirish imkoniyatini berishdan tashqari foydalanuvchiga qisqa vaqt
ichida katta hajmdagi ma'lumotga ega bo'lish imkoniyatini bermoqda. Shuningdek Online
shakldagi manbada ma'lumotlarni tez tahrir qilish va yangilab borish bosma nashrga nisbatan
osonroq bo'lganligi uchun elektron ensiklopediyalar ommalashib bormoqda.[6]
Foydalanuvchilarga
ma'lumot
berish
xizmati
samaradorligini
oshirishda
kutubxonalarning innovatsion usulga o’tayotganligi quvonarli. XXI asrda jamiyat hayotining
barcha sohalarida yuz berayotgan o'zgarishlar tabiiyki kutubxonalar faoliyatiga ham yangi
texnologiyalarning kirib kelishiga sabab bo'ldi. So'nggi o'n yilliklarda kutubxona - axborot
xizmati ko'rsatish sohasidagi o'zgarishlarning sur'ati jadallashdi. Ayniqsa ma'lumot berish
xizmatlari va foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish maqsadida manbalar yanada
takomillashmoqda. Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi, Internet tarmog'ining
taraqqiyoti, Wikipediya singari erkin saytlarning kishilar hayotiga kirib kelishi, ijtimoiy
tarmoqlarning ommalashuvi kutubxona -axborot xizmatidagi ba'zi tamoyillar va avval ustuvor
bo'lgan yo'nalishlarning oʻzgarishiga olib kelmoqda. Bu jarayonlar yanada takomillashishda
davom etmoqda. Shuning uchun ham kutubxonachilar foydalanuvchilarining qanday
texnologiyalardan foydalanayotganliklarini alohida hisobga olishlari, ularning axborotga
bo'lgan ehtiyojlarini yanada samaraliroq ta'minlash maqsadida kutubxona axborot xizmati
jarayonida takomillashgan texnologiyalardan foydalanishni yo'lga qo'yishlari zarur bo'ladi.[4]
IT, Sun’iy intellektning birdan - bir yordami shuki, foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish
jarayonida uning verbal va noverbal hatti-harakatlarini kuzatish, uning fikrlarini o'rganish,
tahlil qilish kutubxonachiga mavjud vaziyatni to'g'ri baholash, ma'lumotni izlash to'g'ri
yo'nalishda borayotganligiga ishonch hosil qilish imkonini berish bilan bir qatorda
foydalanuvchining ba'zi savollariga javob qaytarishda ensasi qotayotganligi,
asabiylashayotganligini sezdirmasligi kerak. Ayniqsa jahli chiqayotganligini namoyon qilishi
kutubxonachining o'z kasbiga loyiq emasligini, uning xizmatidan iloji boricha tezroq voz
kechish lozim ekanligini ko'rsatadi.[5]
Kutubxona-axborot xizmati iste'molchilarga xizmat ko'rsatish ahvoli, taraqqiy ettirish
yo'llari va muammolar haqida so’z ketganda: Foydalanuvchini umummadaniy dunyoqarashini
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
taraqqiyoti alohida ahamiyatga ega. Iste'molchi jamiyatda o'zi yashab turgan muhitda
bo'layotgan barcha voqea -hodisalarni fikrlay olishi shart. Har bir shahsni o'ziga hos
dunyoqarashi mavjud. Kutubxona xodimlari buni yaxshi xis qilgan taqdirdagina
iste'molchilarni dunyo qarashini kamolotiga ta'sir ko'rsatadi.
Kutubxonalar Kutubxona-axborot xizmati ko'rsatish orqali kitobxonlarning
dunyoqarashini takomillashtirishi, ularni xayotni to'g'ri tasavvur etishga, siyosatda, fan-
texnikada, badiiy ijodiyotda, barcha amaliy faoliyatda ishonchli yo'l ko'rsatuvchi, maslaxat
beruvchilik vazifasini bajarishi kerak. Insonni dunyoqarashini shakllanishida turli bilim
sohalarini o'zlashtirganlik alohida ahamiyatga ega. Jumladan turli bilim sohalaridan xabardor
bo'lishi kitobxonni tabiatga va atrof muhitga, o'zi yashayotgan jamiyatga, odamlarga va
boshqalarga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Shuningdek hozirda planetamizda ekologiya masalasi muhim masalalar qatoridan joy
oldi. Kutubxona-axborot xizmati ko'rsatish jarayonida kutubxonalar faoliyati ularda shunday
ekologik tasavvurni shakllantirishi kerakki, inson tabiatdan ustun degan g'oyadan ularni asta-
sekin qaytarmoq kerak. Tabiatga alohida munosabatda bo'lish ruhida va uni qo'riqlash va
asrash zarurligi haqida fikr shakllansin. Buning uchun tabiatshunoslikka oid adabiyotlar
targ'ibotini rivojlantirish zarur. Buni o'z navbatida texnikadan ajratilgan holda amalga oshirib
bo'lmaydi. Kutubxonalar texnika taraqqiyotini so'nggi yutuqlarini ham targ'ib qiladilar.
Jamiyatga ilmiy texnika taraqqiyoti ham ta'sir ko'rsatmoqda.[8]
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Davlatov S.X., Nosirov O'..Berdiyeva Z.SH., Oʻrozov Α.Ν., "Kutubxonashunoslik"/
Kutubxona-axborot faoliyati ta'limy o'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Mas'ul
muharrir: Yo'ldashev L.J. – Toshkent.: 2021 y. 343-344b.
2.
M. Mahmudov. Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarish, Toshkent: "Donishmand
ziyosi", 2023, 200 b.
3.
Sh. To'ychiyeva. Kutubxonalarning innovatsion faoliyati / O'quv qo'llanma. – Qo'qon.:
"ART PRESS", 2023, 109 b.
4.
Karimov U., Rahmatullaev M.A. Korporativ kutubxona-axborot tizimlari va tarmoqlari:
Monografiya. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2019. 168 b.
5.
Ganieva B. Axborot Kutubxona katalogi va fondi. O'quv qo'llanma.-Toshkent: Faylasuflar
nashriyoti, 2017.-178 b.
6.
Maxmudov m. Ziyadullaeva G. Umumiy bibliografiyashunoslik. O'quv qo'llanma.
Toshkent: Aloqachi, 2019.-170 b.
7.
Kutubxona
xodimlar
malakasini
oshirish
bo’yicha
uslubiy
qo’llanma
/
https://lib.bimm.uz/items/download/11747