YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
BOLALAR VA O’SMOIRLARGA KUTUBXONA – AXBOROT XIZMATINI
KO’RSATISH TAMOYILLARI
ПРИНЦИПЫ ОКАЗАНИЯ БИБЛИОТЕЧНО-ИНФОРМАЦИОННЫХ УСЛУГ
ДЕТЯМ И ПОДРОСТКАМ
PRINCIPLES OF PROVIDING LIBRARY-INFORMATION SERVICES TO
CHILDREN AND ADOLESCENTS
Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli
O‘zbekiston davlat san’an va madaniyat instituti
Kutubxona – axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabasi
Electron pochta: Izzatilloolimov7735@gmail.com
Mirsoat Is’hoqov
“Kutubxona – axborot faoliyati”
kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsent, talabaning ilmiy rahbari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582034
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kutubxona-axborot faoliyati tizimida bolalar va
o’smirlarga xizmat ko’rsatishdagi yo’l-yo’riqlar, kutubxonachilardagi pedogogik mahoratning
naqadar dolzarbligi, sohadagi muammo, kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari
ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar:
Mutolaa, ehtiyoj, resurs, ma’naviyat, metodika, mustaqil bilim olish.
Abstract:
This article outlines guidelines for serving children and adolescents in the
library and information system, the relevance of pedagogical skills among librarians,
problems in the field, shortcomings, and measures to eliminate them.
Keywords:
Reading, need, resource, spirituality, methodology, independent learning.
Аннотация:
В статье изложены основные принципы обслуживания детей и
подростков в библиотечной и информационной системе, актуальность педагогических
навыков библиотекарей, проблемы в этой области, недостатки и меры по их
устранению.
Ключевые слова:
Чтение, потребность, ресурс, духовность, методология,
самостоятельное обучение.
Bilim, ta’lim, mutolaa va kitoblar bilangina mukammal bo‘luvchi intellektual kapitalni
takomillashtirish davlat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Bugungi kunda axborot-
kommunikasiya texnologiyalarining jadal o‘sishiga qaramay, aynan kitob va mutolaa –
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiga aylanmoqda. Global
axborot jamiyatining shakllanishi va jadal ijtimoiy o‘zgarishlar davrida kitob – bilim va
mutolaa manbai sifatida har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobni uqqan
holda mutolaa qilish axborot va bilimlarni, ta’limni o‘zlashtirish, shuningdek, madaniy
ko‘nikmalarni oshirishning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda va shu sabab kitobxonlik
madaniyatini yuksaltirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.
Afsuski, so’nggi yillarda yoshlar kutubxonalardagi ma'lumot va axborot xizmatlaridan
asosan uy vazifalarini bajarishda foydalanishmoqda. Shuning uchun ham kutubxonachilar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
99
o'ziga nima kerakligini unchalik bilmagan va bilishga unchalik ham intilmagan foydalanuvchi
bilan ma'lumot berish oldidan savol-javob o'tkazish ancha qiyin kechmoqda. Bunday savol-
javoblar odatda foydalanuvchining mavzuga qiziqishi, xabardorlik darajasi, izlanayotgan
ma'lumot qanday maqsadlarda ishlatilishiga oid tasavvuriga bog'liq bo'ladi.
Bunda vaziyatni chigallashtiruvchi ba'zi omillar mavjud bo'lib, ular quyidagi holatlarda
namoyon bo'ladi:
Birinchidan, kutubxona xodimi o'quvchi maktab kutubxonasida manbalarni izlash
malakasini shakllantirib ulgurgan deb hisoblashi natijasida o'quvchiga yetarli e'tibor
bermasligi;
Ikkinchidan, o'qituvchilar o'quvchilarga uy vazifasini berish chog'ida ularning o'zlari
uchun oson koʻringan vazifani bajarish keng ko'lamli izlanishlarni talab qilishi va qancha
manbadan foydalanish kerakligı haqida yetarli tasavvurga ega bo'lmasligidir. Bundan tashqari
ularning o'quvchilarga internetdan foydalanishni ma'n qilishi, o'quvchilarning ba'zi kerakli
ma'lumotlarni topishi va samarali foydalanishiga imkon bermaydi. [6]
Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni
keng ommalashtirish, «Kitobsevar millat» umummilliy g‘oyasini amalga oshirish bo‘yicha
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga
oshirish ishlari davom etmoqda So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati yoshlar bilan ishlashni
ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilagan. Xususan, 2020 yilda qabul qilingan “Yoshlar
siyosati to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qarorlar asosida kutubxonalar faoliyati ham
yangilanmoqda. Shunga binoan bosma nashr manbalari va kataloglardan foydalanish ancha
urinishlar va vaqtni talab qilganligi va elektron manbalardan foydalanish ancha oson
bo'lganligi bois o'quvchilar va talabalar bosma nashrlardan foydalanishni unchalik
yoqtirmayotgani bor gap. Shu boisdan yoshlar bilan ishlovchi kutuxonachi ushbu jarayonda
yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldindan ko'ra bilishi, ko'rilishi mumkin bo'lgan
choralar strategiyasini ishlab chiqishi lozim.[3]
Vaholangki, kutubxonada muammolar va to‘siqlar ham mavjud bo’lib buni bartaraf etish
choralari ko’rilishi zarur.
1. Kutubxona infratuzilmasining eskirganligi: Ko‘plab mahalliy kutubxonalar
zamonaviy texnika, mebel va sharoitlar bilan jihozlanmagan.
Chekka xududlarda haligacha bolalar va o‘smirlar uchun alohida o‘quv xonalari,
kompyuter jihozlari mavjud emas.
2. Kadrlar yetishmovchiligi: Kutubxonachilar orasida bolalar bilan ishlash bo‘yicha
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar soni kam.
Pedagogika va axborot texnologiyalarini yaxshi biladigan kutubxonachilar kamdan-kam
uchraydi.
3. O‘zbek tilidagi bolalar adabiyotining yetishmasligi: Xalqaro miqyosdagi bolalar
kitoblarining o‘zbek tilidagi tarjimalari kam.[1]
Bugungi kunda axborot savodxonligi axborotni topish, baholash, undan mas'uliyat bilan
foydalanishdangina iborat bo'lib qolmasdan, yangi texnologiyalardan samarali foydalana
bilish ham zarur. Aksariyat kutubxonachilar o'z vazifasini foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni
topib berish yoki kerakli ma'lumotni topishida yordamlashishdan iborat deb tushunishi
xatodir. Lekin ular shuni unutmasliklari zarurki, yoshlar o'zlari topgan axborotlarni o'rganish
va baholash uchun yetarli ma'lumotga ega emasliklari tufayli axborotni tartiblashtirishda
kutubxonachining yordamiga muhtoj bo'ladilar. Bunday sharoitda kutubxonachi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
foydalanuvchining savolini aniqlashtirishda ham ishtirok etishi lozim bo'lib, bu axborot
madaniyatini shakllantirishning bir turi bo'lib hisoblanadi Kutubxonachi yoshlarning
ma'lumot izlash jarayonida yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolari bilan bir qatorda ular uchun
mo'ljallangan axborot manbalari joylashtirilgan saytlardan ham xabardor bo'lishi, bir so’z
bilan aytganda zamonaviy kutubxonachi bo’lishi lozim. Shuningdek, ko'pchilik yoshlar
intellektual mulk tushunchasi bilan tanish bo'lmaganliklari bois internetdagi ma'lumotlar
kimningdir mulki bo'lishi mumkinligini hayoliga ham keltirmagan holda ularni ko'chirib
olishi, video yoki audiofayllarni o'zlashtirilib olishi ular uchun oddiy holat bo'lishi mumkin.
Bunday holatlar kutubxonachilar tomonidan hisobga olinishi va foydalanuvchilarning axborot
savodxonligini oshirishda, albatta, e'tiborga olinishi darkor.[2]
Yoshlarning ma'lumotga bo'lgan ehtiyoji o'qitiladigan fanlar dasturlari asosida
shakllanishi bois tajribali kutubxonachilar o'quvchilar va talabalar qanday ma'lumotlarni
so'rab murojaat qilishlarini oldindan yaxshi bilishadi. Bunda kutubxonachining yaqin
atrofdagi maktablarning o'quv dasturlari va uy vazifalari ketma-ketligi bilan tanish bo'lishi
muhim ahamiyatga egadir. Maktab kutubxonalarida esa uy vazifalari ketma-ketligini
belgilashda o'qituvchilar bilan oldindan maslahatlashib olish ham alohida ahamiyatga
egadir.[4]
Psixologiya fanida o'quvchilarning biologik-jismoniy, prixologik jihatlariga ko'ra ularni
6 yoshdan 1l yoshgacha kichik maktab yoshi davriga kiritiladi. Bu yosh davriga ajratish qat'iy
va mutlaq tarzda qabul qilinmasada, umumiy holatda bola idrokining o'tkirligi, aniqligi,
qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, hayoliy dunyosining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan
boshqa yoshdagi o'quvchilardan ajralib turadi
Bola shu paytgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan
bo'lsa, endi u o'z xohish irodasi bilan, muayyan motivasiyaga asoslangan holda zarur
ma'lumotlar va axborotlar olishga, o'z oldiga aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi.
Bu yoshdan bolalar o'qish, idrok qilish, o'zlashtirish texnikasi bilan tanishishning muayyan
darajasiga erishgan bo'ladilar. [5]
Bolalarda so'z mantiq xotirasining mavjudligi ularda matoning ma'nosini tushunib, esda
olib qolish jarayonining samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Yoshlarning
o'qish faoliyatiga qiziqish, moyillik, keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga
keltiribgina qolmay, balki bilim olish ehtiyojini tug'diradi, o'qish motivlarini ham tarkib
toptiradi.
Bugungi kunda kutubxona axborot xizmati koʻrsatishda o'smirlar guruhiga alohida
e'tibor berilayotganligining asosiy sabablari quyidagilardir:
1) Fan-texnikaning rivojlanishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning
o'zgarayotganligi;
2) Axborot tizimining misli ko'rilmagan darajada kengayishi tufayli o'smirlar onglilik
darajasining oshishi;
3) O'smirlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan yetarli darajada
xabardorligi;
4) Jismoniy va aqliy kamolotlarining jadallashganligi;
5) O'smirlar bilan ishlashda ma'naviy ma'rifiy tartibga alohida yondashish zarurligi,
6) Shaffoflik, ijtimoiy adolat, demokratiya normalarining ijtimoiy hayotdan to'la o'rin
olayotganligi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
101
Xolbuki, mamlakatimizning kelajagi bo'lgan yosh avlodni har tomonlama kamolotga
erishgan shaxslar sifatida tarbiyalash, ularni ilk yoshlik davridan ilm-fan, ijod, yaratuvchilik va
ma'naviyatga yo'naltira bilish tarbiyaning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jumladan oilada
ham ta'lim-tarbiya jarayoni qanchalik erta va maqsadga muvofiq tarzda yo'lga qo'yilsa, uning
ijobiy samarasi ham shunchalik yuqori bo'lishi dunyo tajribasida ham, milliy
qadriyatlarimizda ham o'z ifodasini topgan. Bugungi yuksak texnologiyalar asrida televizorlar,
internet o'yinlari, uyali telefonlar bolalar hayotidan keng o'rin egallab borayotgan bir davrda
ularning ma'naviy oziqlanishi, ma'lumot olishi, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishida kitob
mutolasining ahamiyatini anglab yetish o'ta dolzarb masaladir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev SH.M. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz".
Toshkent: O'zbekiston, 2017. – 485 b.
2.
Mirziyoyev SH.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz". I jild Toshkent: O'zbekiston, NMIU, 2017. – 592 b.
3.
Mirziyoyev SH.M / Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish halqimiz ma'naviy
olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. [Prezident Mirziyoyev Shavkat
Miromonovichning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi] //
"Xalq so'zi" gazetasi, 2017 yil, 4 avgust.
4.
Yo'ldoshev E. Bolalar o'qishiga rahbarlik qilish. Toshkent: O'zbekiston, 2012. 266 b.
5.
Pedagogika. Ensiklopediya 1-jild. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.
318 b.
6.
Pedagogika Ensiklopediya 2-jild, Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.
374 b.