YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
SHARQNI O’RGANISH KUTUBXONALARDAN BOSHLANADI
ИЗУЧЕНИЕ ВОСТОКА НАЧИНАЕТСЯ С БИБЛИОТЕК
STUDYING THE EAST STARTS WITH LIBRARIES
Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli
O‘zbekiston davlat san’an va madaniyat instituti
Kutubxona – axborot faoliyati fakulteti 3-kurs talabasi
Electron pochta: Izzatilloolimov7735@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15582050
Annotatsiya:
Ushbu maqolada axborot - kutubxona tizimi rivoji, ilm-fanda ta’limda,
axborotlar yetkazib beruvchi, dunyo tillari, adabiyotini, tarixini o’rganishda – Sharqshunoslik
universiteti kutubxonasining faoliyati bilan tanishasiz.
Kalit so’zlar:
axborot, metod, texnalogiya, internet, shtrix kod, RFID, dissertatsiya,
avtoreferat, resurs, elektron nusxa.
Аннотация:
В этой статье вы узнаете о развитии информационно-библиотечной
системы, науке и образовании, поставщике информации, языках мира, литературе,
изучении истории - деятельности библиотеки Восточного университета.
Ключевые слова
: информация, метод, технология, интернет, штрих-код, RFID,
диссертация, реферат, ресурс, электронная копия.
Abstract:
In this article, you will learn about the development of the information-library
system, science and education, information provider, world languages, literature, history
study - the activities of the library of the University of Oriental Studies.
Keywords
: information, method, technology, internet, barcode, RFID, dissertation,
abstract, resource, electronic copy.
Sharqshunoslik termini X asrning ikkinchi yarmidan qoʼllana boshlaganligi barchaga
ma'lum. «Аxborot madaniyati» tushunchasi esa axborotlarni toʼplash, qayta ishlash va uzatish
tushunchasini beradi. Maʼlumki, yangi, postindustrial jamiyatda moddiy boyliklar ishlab
chiqarish emas, balki axborotlarni qayta ishlash asosiy oʼrinni egallab bormoqda. Yaʼni
ijtimoiy-madaniy jarayonlarda axborot toʼplash, uni qayta ishlash va uzatish imkoniyatlari
naqadar oshib ketganligi oxir-oqibatda jamiyatning umumiy taraqqiyoti omiliga aylanadi.
Missiya – kutubxona nima ekanligi, u nimaga intilishi, oʼz faoliyatida qanday maqsad va
vositalardan foydalanishga tayyor ekanligi haqida umumiy tasavvur beradi. Taʼlim
muassasasining kutubxonasi axborot-kutubxonachilik taʼminotini belgilab beruvchi tarkibiy
markazi, mediataʼlim, shaxsning oʼz-oʼzini joriy etishiga yordam koʼrsatuvchi axborot olish
madaniyatini shakllantirish bazasi sanaladi. Maqsad va vazifalar Bu boʼlimga
foydalanuvchilarga xizmat koʼrsatish, axborot va maʼlumotnoma-bibliografiya ishlarini tashkil
etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ishlari kiritiladi. Har yili reja asosida ushbu
davr uchun ayrim dolzarb ish yoʼnalishlarini kiritish mumkin. Masalan: yangi axborot
texnologiyalarini
va
kutubxonachilik-axborot
jarayonlarini
kompyuterlashtirish,
kutubxonachilik amaliyoti shakllari, metodlari va texnologiyalari assortimentini kengaytirish,
foydalanuvchilarni axborotga, bilimlarga, gʼoyalarga, madaniy qadriyatlarga kirib borishlarini
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
103
taʼminlashda, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishda yordam berish; kutubxonani
rivojlantirish uchun loyihalar ishlab chiqish, alohida xizmatlarni amalga oshirish, homiylar
bilan aloqalar oʼrnatish va hokazo.
Shunday bir sharoitda axborot madaniyatini egallash jamiyatning har bir aʼzosi, ayniqsa,
yoshlar uchun juda muhimdir. 2013 yilda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi KOICAning
grant mablagʼlari hisobiga ToshDShIda elektron kutubxona taʼmirlanib, zamonaviy texnika
bilan jihozlandi va ishga tushirildi. Hozirda TULIP dasturi asosida adabiyotlarning elektron
katalogi yaratib kelinmoqda. Jami fondning 80 foizi elektron katalogi yaratildi. Kutubxona
RFID tizimida ish olib bormoqdaKitobxonlar haqidagi maʼlumotlarni TULIP dasturining
kitobxonlar haqidagi maʼlumotlar bazasiga kiritib ularga shaxsiy shtrix kodlar va parollar
berilgan, ular internet orqali kutubxona saytiga kirib, oʼzlariga kerak boʼlgan maʼlumotlarni
oladilar. Ze’ro kutubxonalar ishini zamon ruhida qayta qurish, axborot-bibliografik xizmat
koʼrsatish madaniyati va sifatini yuksaltirishdagi dastlabki qadam – kutubxona jarayonlarini
avtomatlashtirishdan, ularni eng yangi texnologiyalar bilan jihozlashdan iborat.[3]
Hozirgi kunda kutubxona faoliyatini baholashning asosiy mezoni mavjud boʼlib, faqat
kutubxonada emas, balki butun dunyoda yigʼilgan axborot-resurslariga toʼliq kirish
imkoniyatini berish tartibi boshlanadi. Bu markazlar zamonaviy texnika jihozlari: 102 ta
kompyuter nusxa koʼchirish, skaner, televizor, musiqiy markaz bilan taʼminlangan. Ijtimoiy
taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassislari oʼquv rejalaridan oʼrin olgan maxsus kurslarga tegishli
boʼlgan oʼquv, uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan muntazam toʼldirib borilmoqda, xususan joriy
yilda oʼzbekiston respublikasi, MDH davlatlari, xususan, Rossiya federatsiyasida nashr
qilingan adabiyotlar sotib olinadi. Bundan tashqari, mutaxassis tayyorlovchi kafedralar
qoshida ham kutubxonalar mavjud boʼlib, ularning fondi bevosita xorijiy sharq va gʼarb
tillaridagi kitoblardan iborat. Professor-oʼqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun professor
Sh. M. Shomuhamedovning shaxsiy kutubxonasi va yapon, koreys, hind, fors, turk kafedralari
qoshida ham kutubxona tashkil etildi. ToshDShI kutubxonasida 250 ta oʼrindiqqa
moʼljallangan oʼqish zali mavjud boʼlib, yotoqxonada 50 ta oʼrindiq, asosiy oʼquv zalidagi
oʼrindiqlar soni esa 110 tani tashkil etadi. Kafedra kutubxonalarida 90 ta oʼrindiq bor. Аsosiy
fondlarimiz quyidagilardan iborat: Oʼquv adabiyotlari, Noyob va nodir qoʼlyozmalar, Chet el
adabiyoti, Dissertatsiyalar, Vaqtli matbuot nashrlari, Elektron adabiyotlar. Kutubxonaning
asosiy fondi 33 700 nomdagi 201 100 nusxadan iborat, shundan 18 000 nomdagi kitoblarning
TULIP dasturida, 10 000 ga yaqin nomdagi kitoblarning esa IRBIS va KАRMАT dasturi asosida
elektron katalogi tuzilgan. Tilshunoslik kafedrasi qoshida talabalarga qulaylik yaratish
maqsadida maxsus kutubxonalar tashkil etilgan. Uning asosiy fondini sharq tillari va
adabiyoti, tarixi, falsafasi, iqtisodi va siyosatiga oid adabiyotlar tashkil etadi. Hozirgi kunda
kitobxonlar soni 7 050 kishini tashkil qiladi va 3 ta abonement boʼlimi va 13 ta qiroatxona
talaba va professor-oʼqituvchilarga xizmat qilib kelmoqda.[1]
Bibliografiya boʼlimida kutubxonaga olinadigan gazeta-jurnallar asosida maqolalar
kartotekasi, alfavit va sistemali kataloglar tuzilgan. Аvtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy
etish natijasida kutubxona xodimlarining ish unumdorligi oshdi, kitobxonlarga xizmat
koʼrsatish xizmatining yuqori boʼlishiga erishildi. Bundan tashqari, kutubxonada kam
nusxadagi kitoblarni nusxalarini tayyorlash va ularni kompyuterlar bilan taʼminlangan. Bunda
kutubxonaga kelgan ixtiyoriy kitobxon abonementdagi bosma asarning qoʼlda ekanligini,
ammo elektron nusxasi borligini bilgach, ushbu boʼlimga kirishi va u yerdagi kutubxona
xodimi yordamida kitob bilan tanishishi, oʼziga kerakli sahifalardan yoki butun bir kitobdan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
104
nusxa olish imkoniga ega boʼladi. Yangi texnologiyalar asosida kitobxonlarga xizmat
koʼrsatish, yangicha ish yuritishning samaralarini quyidagilarda koʼrish mumkin;[5]
– 3 ta asosiy kutubxona muammosining hal boʼlishida: nashrning kam nusxasi, fondni
saqlashda joyning yetishmasligi, kitob fondining saqlanishi;
– Kutubxona isteʼmolchilari soʼrovlarining toʼlaroq qondirilishi;
–Anʼanaviy boʼlmagan tashuvchilarda axborot berish orqali kutubxona ishining qimmati
ortishi;
Bu esa kutubxonaning yangi imidji yaratdi. Kompyuter xotirasiga yozilgan matnli, audio
va video axborotlar kerakli materialni yaxshiroq oʼzlashtirilishiga, yaʼni bir vaqtning oʼzida
kishining bir necha sezgi organlariga taʼsir etishi orqali axborotning kompleks holda qabul
kilinishiga erishiladi. Bu esa juda katta ahamiyatga ega, chunki yuqori axborot madaniyatiga
ega boʼlgan kishi doimo oʼzgarib boruvchi dunyoga osonroq moslashadi va bu oʼzgarishlardan
qoʼrqmaydi. Mediateka faqat axboriy emas, balki madaniy-maʼrifiy va taʼlim berish
funktsiyasini ham bajaradi, jumladan, kompyuter savodxonligini oʼstirishga yordam beradi.
Yuqorida aytib oʼtilgan chora-tadbirlarning kutubxonalarda bajarilishi isteʼmolchilar
auditoriyasining oʼzgarishiga hamda xizmat koʼrsatish tizimining yaxshilanishiga olib keladi.
Oʼquv zallarida raqamlashtirilgan hujjatlarni koʼrish, boshqa kutubxonalar fondiga kirish
imkonini ham berishi quvonarli albatta.
Kutubxona 2012 yil yanvar oyidan boshlab yangi, zamonaviy binoga koʼchib oʼtgan edi.
Shundan so’ng bino universitetning talabalar shaharchasi markazida joylashgan boʼlib,
talabalar darsdan boʼsh vaqtlarida АRMning barcha boʼlimlaridan foydalanish imkoniga ega
boʼladilar.[4]
АRMda quyidagi boʼlimlar faoliyat koʼrsatadi:
«Kitoblarni jamlash va kataloglashtirish», «Ilmiy uslubiy», «Oʼquv zali», «Marketing
axboroti xizmat koʼrsatish», «Dissertatsiyalar». Ularda Markaziy osiyo va MDH davlatlarida
yoqlangan qishloq xoʼjaligiga oid nomzodlik, doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va
avtoreferatlar saqlanadi. АRM so’nggi yillarda «Koʼp funktsiyali elektron oʼquv zali» bilan
taʼminlandi. Talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Oʼquv zali 80 ta zamonaviy
kompyuterlar asosidagi lokal taʼlim tarmogʼi bilan jihozlanib Internet tarmogʼiga ulangan. [2]
АRM fondidan nafaqat talaba va professor-oʼqituvchilar, balki oliy taʼlimdan keyingi
kadrlar malakasini oshirish markazi tinglovchilari ham taʼlim sohasida tashkil etilgan
teleanjumanlar va videoselektorlar ishida faol ishtirok etish imkoniyatidan foydalanmoqdalar.
Oʼquv zalida fanlarning dolzarb masala va muammolariga oid oʼquv-mashgʼulot treninglar
oʼtkazilmoqda: elektron hujjat aylanishi tizimini qoʼllash va undan foydalanish; lokal tarmoq
sharoitida axborot resurslari xavfsizligini taʼminlash usullari va bir qator loyihalar amalga
oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning kun sayin takomillashib, rivojlanib borishi, hech
kimga sir emas, shunday ekan mutaxassislar malakasini oshirib borish ham zamon
talablaridan biri. АRM xodimlari navbati bilan bir yilda 2-3 marotaba Oʼzbekiston
Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi «Taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni
joriy etish markazi»da «Аxborot-resurs markazlari xodimlarining malaka oshirish kursi» da
va Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasida malaka oshirib kelmoqdalar.
Universitetda mavjud boʼlgan anʼanaviy usulda tayyorlangan va turli davrlarda nashr qilingan
darsliklar va oʼquv-uslubiy adabiyotlarning elektron raqamli nusxalari tayyorlanib,
universitetda zamonaviy elektron kutubxona fondi resurslar bilan toʼldirib borilmoqda.
Аxborot-resurs markazining umumiy fondi 1 110 000 nusxa, 11 500 ta elektron resurs va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
105
elektron bibliografik yozuvlar 11 600 ta, bu raqamlar kuniga oʼzgaradi. Shuningdek Bu
raqamli axborot resurslaridan professor-oʼqituvchilar, malaka oshirishga kelgan tinglovchi-
mutaxassislar АRMda izlanuvchi-tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar oʼzlariga kerakli
boʼlgan maʼlumotlarni Internet tarmogʼi orqali taʼlim resurlaridan va universitet professor-
oʼqituvchilari jamoasi tomonidan yaratilgan elektron kitob va oʼquv-uslubiy majmualardan
foydalanish imkoniyatiga egalar. Koʼp funktsiyali elektron oʼquv zalida kitobxonlarga elektron
darslik, oʼquv qoʼllanma va koʼrsatmalardan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar
yaratilgan ham ularga kerakli boʼlgan maʼlumotlarni tezda electron shaklda yetkazib
berilmoqda. Professor-oʼqituvchilar Internet taʼlim resurslari va portallaridan, agrar sohaga
oid olingan iqtisodiy, ilmiy-statistik maʼlumotlar asosida, darslik va oʼquv qoʼllanmalarning
mazmunini kengaytirib, boyitib va sifatini oshirib borishmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Davlatov S.X., Nosirov O'..Berdiyeva Z.SH., Oʻrozov Α.Ν., "Kutubxonashunoslik"/
Kutubxona-axborot faoliyati ta'limy o'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Mas'ul
muharrir: Yo'ldashev L.J. – Toshkent.: 2021 y. 343-344b.
2.
M. Mahmudov. Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarish, Toshkent: "Donishmand
ziyosi", 2023, 200 b.
3.
M. Mahmudov. Kutubxona-axborot faoliyati marketingi, Toshkent: "Donishmand ziyosi",
2023, 128 b.
4.
Sh. To'ychiyeva. Kutubxonalarning innovatsion faoliyati / O'quv qo'llanma. – Qo'qon.:
"ART PRESS", 2023, 109 b.
5.
Karimov U., Rahmatullaev M.A. Korporativ kutubxona-axborot tizimlari va tarmoqlari:
Monografiya. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,
2019. 168 b.