YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
104
WEB SERVERLAR VA HOSTING TEXNALOGIYALARI
Qodirov Farrux Egash o’g’li
Matematika va ta’limda axborot texnalogiyasi kafedrasi mudiri, ilmiy rahbar
Safarova Mohinabonu Ilhomjon qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti matematika va informatika yo’nalishi
2- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15117629
Annotatsiya:
Ushbu maqolada web server va hosting texnologiyalari ning mohiyati,
ularning rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Web serverlarning
asosiy funksiyalari, hosting turlari, bulutli xizmatlarning afzalliklari va kelajak istiqbollari
yoritiladi. Shuningdek, serverless hosting, edge computing, sun’iy intellekt va xavfsizlik
texnologiyalarining web infratuzilmadagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida web
serverlarni samarali boshqarish va hosting xizmatlarining sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
beriladi.
Kalit so’zlar:
Web hosting, Shared hosting,VPS (Virtual Private Server), Dedicated
hosting, Cloud hosting, Managed hosting, Reseller hosting, CDN (Content Delivery Network),
Data center, Domain name,DNS (Domain Name System), Bandwidth, Uptime, Server location,
Backup services, SSD hosting, Linux hosting, Windows hosting, cPanel, Plesk, WHM (Web Host
Manager, Web server, HTTP, server, Apache Nginx, Microsoft IIS, Lite Speed, Tomcat, Reverse
proxy, Load balancing, Static content, Dynamic content, HTTPS,SSL/TLS, hosting, Caching.
Kirish:
Bugungi kunda internet texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga
aylangan. Har kuni millionlab foydalanuvchilar internetda turli xizmatlardan foydalanadilar,
shu jumladan veb-saytlar, onlayn do'konlar, bloglar va boshqa interaktiv platformalar. Ushbu
onlayn resurslar ishlashi uchun zarur bo'lgan texnologiyalarni yaratish va boshqarish muhim
ahamiyatga ega. Web serverlar va hosting texnologiyalari internetda ma'lumotlarni uzatish va
saqlashning asosi hisoblanadi. Web serverlar foydalanuvchilardan kelgan so'rovlarni qabul
qilib, ularni veb-sahifalar yoki boshqa resurslarga aylantirib, foydalanuvchilarga yuboradi.
Hosting texnologiyalari esa veb-saytlarni saqlash va ularga doimiy kirish imkoniyatini taqdim
etadi.Ushbu texnologiyalarni to'g'ri tanlash va sozlash, nafaqat veb-saytning ishlash tezligini
va xavfsizligini ta'minlaydi, balki ularning o'sishiga ham yordam beradi. Shu sababli, web
serverlar va hosting texnologiyalari internet infratuzilmasining eng muhim va asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Bu mavzu, internet xizmatlarining yanada samarali ishlashini
ta'minlash va ularni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan bilimlarni olishda muhimdir.Web
serverlar, umumiy ma'noda, internetda ma'lumotlarni taqdim etish va saqlash uchun zarur
bo‘lgan texnik vositalardir. Ular foydalanuvchining so‘rovlarini (masalan, veb-sahifalar, rasm,
video, va boshqa resurslar) qabul qilib, ularni kerakli formatda qaytaradi. Web serverlar
uchun eng keng tarqalgan dasturiy ta'minotlardan biri Apache, Nginx va Microsoft Internet
Information Services (IIS) hisoblanadi.
Apache HTTP Server: Apache eng mashhur va keng tarqalgan open-source web
serverlardan biridir. Apache yuqori moslashuvchanlikka ega bo‘lib, turli xil modullar orqali
qo‘shimcha funksiyalarni qo‘shish imkonini beradi.Nginx o‘zining yuqori tezlikdagi ishlash va
resurslarni samarali ishlatish bilan mashhur. U ko‘proq tarmoq trafikini samarali boshqarish,
statik kontentni tez tarqatish uchun ishlatiladi, va ko‘pincha Apache’ga nisbatan ko‘proq
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
105
o‘rganilmoqda. Shuningdek, Nginx yuqori samarali reverse proxy sifatida ishlatiladi.Hosting
va ularga doimiy kirish imkoniyatini taqdim etadigan xizmatdir. Hosting turli xil variantlarga
ega bo‘lishi mumkin. Shared Hosting (Yuqori Kengaytirilgan Hosting): Bu eng arzon variant
bo‘lib, bir nechta foydalanuvchilar bir xil server resurslarini baham ko‘radi. Bu usul kichik
veb-saytlar uchun ideal, lekin katta resurs talab qiluvchi saytlarga mos kelmaydi.Virtual
Private Server (VPS): VPS, fizik serverning virtual bo‘linmalari orqali resurslarni ajratib, har
bir foydalanuvchiga o‘zining alohida virtual muhiti va server resurslarini taqdim etadi. Bu
usul o‘rta o‘lchamdagi veb-saytlar uchun qulay.
Mavzuga doir adabiyotlar ro’yxati
: Fundamental va nazariy manbalar,Silberschatz,
Galvin & Gagne – "Operating System Concepts",Web serverlarning operatsion tizimlar bilan
bog‘liq jihatlari tushuntiriladi. Andrew S. Tanenbaum – "Modern Operating
SystemsServerlarning tarmoqli ishlashi va jarayonlarni boshqarish tamoyillari berilgan.
Douglas Comer – "The Internet Book",Internet texnologiyalari, shu jumladan, HTTP protokoli
va web serverlar haqida ma’lumotlar mavjud. Amaliy qo‘llanmalar va texnik kitoblar.Michael
Jang – "Mastering Apache HTTP Server", Apache web serveri bilan ishlash bo‘yicha batafsil
qo‘llanma. Dmitry Koterov – "Nginx HTTP Server", Nginx serverining ishlash mexanizmi va
konfiguratsiyasi haqida chuqurtushuntirish.Syngress – "IIS Security",Microsoft IIS serverining
xavfsizlik masalalari bo‘yicha maxsus kitob.2. Ilmiy maqolalar va tadqiqotlar,Bu manbalar
yangi texnologik yechimlar va web serverlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi."Performance Evaluation of Web Servers: Apache vs.
Nginx"Apache va Nginx serverlari o‘rtasida samaradorlik tahlili o‘tkazilgan."A Study on Load
Balancing Algorithms for Web Servers "Web serverlarda yukni taqsimlash algoritmlarining
taqqoslanishi."Security Issues in Web Hosting and Server Management",Web serverlar va
hostingda yuzaga keladigan xavfsizlik muammolari tahlil qilingan.3. Onlayn manbalar va
texnik bloglar.Amaliyotda qo‘llash uchun eng dolzarb va foydali ma’lumot manbalaridan
biri.NGINX
Documentation
(nginx.org),
Apache
HTTP
Server
Documentation
(httpd.apache.org),Microsoft IIS Documentation (docs.microsoft.com),Cloudflare Blog – Web
Performance and Security,Google Cloud Blog – Hosting Best Practices,DigitalOcean
Community – Server Configuration Guides4. Video darsliklar va kurslar,Amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirish uchun muhim manbalar.Udemy – "Complete Web Server and Hosting
Course",Coursera – "Introduction to HTTP and Web Servers",YouTube – "Apache vs Nginx
Performance Benchmark",LinkedIn Learning – "Server Management and Security"
Natija muhokama
. Ushbu tadqiqot davomida web serverlar va hosting texnologiyalari
bo‘yicha muhim jihatlar o‘rganildi. Olingan natijalar quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:1.
Web serverlarning ishlash samaradorligi.Apache, Nginx va Microsoft IIS eng keng tarqalgan
web serverlar hisoblanadi.Nginx yuqori yuklama va statik kontentni yetkazib berishda
samarali ishlaydi, Apache esa moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.Microsoft IIS esa
Windows muhitida chuqur integratsiyalashgan va korporativ segmentda qo‘llaniladi.2.
Hosting turlari va ularning qo‘llanilishi.Shared hosting arzon bo‘lsa-da, katta resurs talab
qiluvchi loyihalar uchun mos emas.VPS hosting o‘rtacha yuklama va mustaqil boshqaruv
imkoniyatlarini ta’minlaydi.Dedicated hosting yirik korporativ loyihalar uchun eng kuchli
echim bo‘lib, yuqori narx talab etadi.Cloud hosting o‘zgaruvchan yuklama bilan ishlaydigan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
loyihalar uchun mos bo‘lib, Amazon AWS, Google Cloud va Microsoft Azure kabi xizmatlar
yetakchi hisoblanadi.
3. Xavfsizlik masalalari
SSL/TLS
shifrlash
texnologiyalari
orqali
ma’lumotlarning
himoyalanishi
ta’minlanadi.WAF (Web Application Firewall) va DDoS himoya tizimlari xavfsizlikni
oshirishda muhim rol o‘ynaydi.Hosting provayderlarining muntazam zaxira nusxalarini
yaratishi ma’lumotlarning saqlanishi va qayta tiklanishini ta’minlaydi.
Web serverlar va hosting texnologiyalarining rivojlanishi zamonaviy veb-loyihalar
uchun muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilingan adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarga asoslanib,
quyidagi muhokamalarni ilgari surish mumkin:1. Web server tanlovi muhim strategik qaror
hisoblanadi.Apache va Nginx orasidagi tanlov loyiha xususiyatlariga bog‘liq. Yengil va tezkor
ishlash talab etilganda Nginx ustun bo‘lsa, modullarga asoslangan ishlash va kengaytirish
imkoniyatlari kerak bo‘lganda Apache yaxshiroq tanlov bo‘lishi mumkin.Microsoft IIS esa
asosan Windows muhitiga bog‘liq xizmatlar uchun qulay.2. Hosting tanlovi tizimning umumiy
ishlash samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.Kichik veb-saytlar uchun arzon hosting
xizmatlari yetarli bo‘lsa, yirik korporativ va yuqori yuklama talab qiluvchi tizimlar uchun
cloud yoki dedicated hosting afzalroq.Cloud hosting xizmati server resurslarini elastik tarzda
boshqarish imkonini beradi, bu esa IT infratuzilmasining moslashuvchanligini oshiradi.3.
Xavfsizlik web server va hosting xizmatlari uchun asosiy omil hisoblanadi.Zamonaviy veb-
ilovalar uchun SSL sertifikatlar, xavfsizlik devorlari va avtomatlashtirilgan monitoring
tizimlari zarur.Xakerlik hujumlari, ayniqsa, DDoS va SQL Injection kabi tahdidlar serverlarni
doimiy himoya qilishni talab qiladi.4. Kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari,Serverless
computing – an’anaviy server infratuzilmasidan voz kechib, xizmatlar faqat kerak bo‘lganda
ishga tushiriladigan modelga o‘tmoqda (AWS Lambda, Google Cloud Functions).AI va
avtomatlashtirilgan boshqaruv – Web serverlarning xavfsizligi va samaradorligini oshirish
uchun sun’iy intellektdan foydalanish tendentsiyasi ortib bormoqda.5G texnologiyalarining
rivojlanishi – Hosting xizmatlarining tezligi va ishlash samaradorligini oshiradi.
Web serverlar va hosting texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
.Web serverlar
va hosting texnologiyalari o‘z rivojlanish yo‘lida bir necha muhim bosqichlarni bosib o‘tdi.
Ularning taraqqiyoti internetning kengayishi, veb-ilovalarning murakkablashishi va
foydalanuvchilarning ehtiyojlariga bog‘liq holda shakllangan.Dastlabki bosqichda, 1989–
1995-yillarda, web serverlar asosan statik HTML hujjatlarini yetkazib berishga mo‘ljallangan
edi. Tim Berners-Lee tomonidan yaratilgan birinchi web server CERN HTTPd bo‘lib, u faqat
oddiy matnli sahifalarni ishlata olardi. Bu davrda veb-saytlar juda sodda bo‘lib, hosting
xizmatlari deyarli mavjud emas edi. Biroq, internetning rivojlanishi bilan birinchi tijoriy web
serverlar, jumladan NCSA HTTPd va Apache HTTP Server, ommalasha boshladi.1995–2005-
yillar oralig‘ida dinamik web-sahifalar keng tarqaldi. CGI (Common Gateway Interface) va
keyinchalik PHP, ASP, JSP kabi texnologiyalarning paydo bo‘lishi natijasida web serverlar
interaktiv va foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan saytlarni qo‘llab-
quvvatlay boshladi. Shu bilan birga, Microsoft IIS (Internet Information Services) ishlab
chiqildi. Bu davrda hosting xizmatlari ancha rivojlanib, oddiy shared hosting variantidan
tashqari, VPS (Virtual Private Server) va Dedicated hosting kabi ilg‘or echimlar ham paydo
bo‘ldi.2005–2015-yillar cloud texnologiyalarining rivojlanishi bilan ajralib turdi. Amazon AWS
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
(2006), Google Cloud (2008), Microsoft Azure (2010) kabi xizmatlarning paydo bo‘lishi web
hostingning tamomila yangi bosqichini boshlab berdi. Endilikda kompaniyalar o‘z serverlarini
sotib olish o‘rniga, bulutli xizmatlardan foydalana boshladilar.
Web serverlar va hosting texnologiyalarining jamiyatga ta’siri
Web serverlar va hosting texnologiyalarining rivojlanishi jamiyatning axborot
almashinuvi, iqtisodiyot, ta’lim va kommunikatsiya sohalariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1. Axborotga kirish – Internet orqali istalgan vaqtda yangiliklar, ilmiy resurslar va
ommaviy axborot vositalariga tezkor kirish imkoniyati yaratildi.
2. Iqtisodiy rivojlanish – Elektron tijorat (Amazon, Alibaba), mahalliy internet do‘konlari
(Uzum, Asaxiy) va frilans xizmatlar (Upwork, Fiverr) orqali ish bozorida yangi imkoniyatlar
paydo bo‘ldi.
3. Ta’lim – Masofaviy ta’lim platformalari (Coursera, Udemy) va elektron kutubxonalar
har kimga istalgan joydan o‘qish imkoniyatini berdi.
4. Kommunikatsiya va ijtimoiy tarmoqlar – Facebook, Instagram, YouTube kabi
platformalar odamlarning muloqot qilish uslubini o‘zgartirdi va yangi axborot almashish
usullarini yaratdi.Natijada, web serverlar va hosting texnologiyalari jamiyatning raqamli
transformatsiyasiga turtki berib, axborotga tezkor kirish, biznes imkoniyatlari va ta’lim sifati
oshishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Web serverler va hosting texnalogiyalarining istiqbollari
1. Serverless hosting – An’anaviy server boshqaruviga ehtiyoj kamayib, xizmatlar
talabga qarab avtomatik ishlaydi (AWS Lambda, Google Cloud Functions).
2. Bulutli va chekka (Edge) hosting – Ma’lumotlarni qayta ishlash foydalanuvchiga yaqin
serverlarga ko‘chib, tezlik va samaradorlik oshadi.
3. Sun’iy intellekt va avtomatlashtirish – AI yordamida resurslar optimallashtiriladi,
xavfsizlik kuchayadi va yuklanish avtomatik boshqariladi.
4. Yangi xavfsizlik mexanizmlari – Kvant shifrlash va AI yordamida DDoS hujumlariga
qarshi ilg‘or himoya tizimlari rivojlanadi.
5. Yashil (Eco-friendly) hosting – Kam energiya sarflaydigan va ekologik toza server
infratuzilmalari ommalashadi.
Xulosa va takliflari:
Web serverlar va hosting texnologiyalari internet infratuzilmasining ajralmas qismi
bo‘lib, ularning rivojlanishi axborotga kirish, biznes va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirdi.
Kelajakda serverless hosting, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va yangi xavfsizlik
mexanizmlari web xizmatlarini yanada tezkor, ishonchli va samarali qiladi.Takliflar:
1. Serverless va bulutli texnologiyalarga o‘tish – Resurslarni samarali boshqarish va
xarajatlarni kamaytirish uchun.
2. AI va avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimlarini joriy etish – Cyber tahdidlarga qarshi
ilg‘or himoya yaratish.
3. Yashil texnologiyalardan foydalanish – Kam energiya sarflovchi va ekologik toza
hosting yechimlariga o‘tish.
4. Chekka (Edge) hisoblash imkoniyatlarini kengaytirish – Ma’lumotlarni tezroq uzatish
va foydalanuvchiga yaqin serverlardan foydalanish.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
5. Kvant texnologiyalari asosida xavfsizlikni mustahkamlash – Kelajakda shifrlash
tizimlarini takomillashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ
МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol
multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature
Switzerland, 2023.
4.
Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР
ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.
Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information
security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir
hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.
Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA
QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI O
‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.
Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO
SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):
130-146.
10.
Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.11. Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H.
Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS.
APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING FIELDS." (2021): 57-58.
11.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
12.
Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE
MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
13.
Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ
ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
14.
Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ
ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
15.
Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ
СОЗДАНИЯ
ДИНАМИЧЕСКИХ
ВЕБ-САЙТОВ
И
ОПТИМИЗАЦИИ
ИХ
ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
16.
Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING
LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
17.
Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY
WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
18.
Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы
Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
19.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical
services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.