NOYOB VA YOʻQOLIB KETISH XAVFI OSTIDA TURGAN OʻSIMLIK TURLARINI REINTRODUKSIYA QILISH

Abstract

Ushbu maqolada noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini saqlab qolishning muhim usullaridan biri boʻlgan reintroduksiya jarayoni yoritilgan bo’lib, bu usul orqali genetik xilma-xillikni saqlab qolish va ekologik muvozanatni tiklash muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
17-19
13

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rejabaliyeva, M., & Tojiboyev , M. (2025). NOYOB VA YOʻQOLIB KETISH XAVFI OSTIDA TURGAN OʻSIMLIK TURLARINI REINTRODUKSIYA QILISH. Young Scientists, 3(19), 17–19. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/99327
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini saqlab qolishning muhim usullaridan biri boʻlgan reintroduksiya jarayoni yoritilgan bo’lib, bu usul orqali genetik xilma-xillikni saqlab qolish va ekologik muvozanatni tiklash muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

17

NOYOB VA YOʻQOLIB KETISH XAVFI OSTIDA TURGAN OʻSIMLIK TURLARINI

REINTRODUKSIYA QILISH

1

Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi

2

Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

1

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

2

Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15559046

Annotatsiya:

Ushbu maqolada noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik

turlarini saqlab qolishning muhim usullaridan biri boʻlgan reintroduksiya jarayoni yoritilgan
bo’lib, bu usul orqali genetik xilma-xillikni saqlab qolish va ekologik muvozanatni tiklash
muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Kalit so’zlar:

reintroduksiya, tabiiy bioxilma-xillik, antropogen omil, flora, fauna, tabiiy

tiklanish.

Аннотация:

В статье рассматривается процесс реинтродукции, один из важных

методов сохранения редких и исчезающих видов растений, и подчеркивается важность
сохранения генетического разнообразия и восстановления экологического баланса с
помощью этого метода.

Ключевые

слова:

реинтродукция,

естественное

биоразнообразие,

антропогенный фактор, флора, фауна, естественное восстановление.

Abstract:

This article discusses the reintroduction process, one of the important

methods for preserving rare and endangered plant species, and highlights the importance of
preserving genetic diversity and restoring ecological balance through this method.

Keywords:

reintroduction, natural biodiversity, anthropogenic factor, flora, fauna,

natural restoration.

Tabiat bioxilma-xilligining muhofazasi hozirgi kunda dolzarb ekologik masalalardan biri

hisoblanadi. Xususan, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini saqlash
masalasi global ekologik strategiyalarning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Oʻsimliklar nafaqat
tabiatning ajralmas qismi, balki inson hayoti, sogʻligi va iqtisodiy faoliyati uchun ham beqiyos
ahamiyatga ega. Afsuski, inson faoliyati, iqlim oʻzgarishlari va boshqa omillar sababli koʻplab
oʻsimlik turlari tabiiy muhitda yoʻqolish arafasida turibdi.Shu munosabat bilan,
reintroduksiya - yoʻqolib ketgan yoki yoʻqolish xavfi ostidagi turlarni ularning tabiiy yashash
joylariga qayta kiritish - ekologik muhofaza tadbirlarining muhim bo‘g‘iniga aylangan.

Reintroduksiya

(qayta tiklash) - oʻsimliklarni ular ilgari oʻsgan, lekin yoʻqolib ketgan

yoki yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblangan joylar va hududlarga qaytadan (tiklash) introduksiya
qilish. Shuning uchun turning fitotsenozdagi boshqa turlar bilan uzoq evolyutsiya jarayonida
paydo bo’lgan joyiga qaytishi, u o’ziga xos populyatsiya sifatida kirib borishi alohida e'tiborga
loyiqdir. Reintroduksiya - bu yashash joylarini yo’q qilish natijasida o’simlik turlarining o’zaro
senopopulyatsiyalarining tarixiy munosabatlarini tiklashga imkon beradigan murakkab
jarayon. Reintroduksiya yordamida nafaqat noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan
oʻsimlik turlarini, balki dorivor, oziq-ovqat, manzarali oʻsimliklar turlarini ham tiklash
mumkin.

Reintroduksiyada quyidagi omillar katta ahamiyatga ega:
1. Botanika bog’iga introduksiya qilingan turlarning qaytib keladigan joyini - uning

yashash muhiti chegaralarida yoki ulardan uzoqda, yangilari yaratilgan yoki eski, lekin sun'iy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

18

populyatsiyalar tiklanadigan joyni aniqlash juda muhimdir. So’nggi populyatsiyalarda
reintroduksiyaga yo’l qo’yilmaydi.

2. Populyatsiyani reintroduksiya qilish uchun material yetishtirilgan joy muhim

ahamiyatga ega. Bu yerda materiallar saqlanib qolgan populyatsiyalardan olinadi va botanika
bog’iga introduksiya qilingan bunday joy faqat ushbu hudud bo’lishi mumkin. Ushbu material
introduksiysa uchun eng muhim hisoblanadi. Ushbu turdagi o’simliklar populyatsiyasidan,
lekin boshqa geografik hududlardan olingan o’simliklarni reintroduksiya qilish uchun
foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Populyatsiyani tiklash uchun dastlabki material urug’lar yoki
introduksiya qilingan o’simliklar tomonidan ko’paytirilib olinadi.

Tabiiy flora va faunani qayta tiklash uchun aynan tabiatdagi yovvoyi o’simliklar va

hayvonot olamidan foydalaniladi. Ular maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda
ko’chatxona va maxsus joylar, ya‘ni, qo’riqxona, milliy bog’ botanika bog’lari (hayvonlar uchun
hayvonot bog’lari) boshqa joylarda atroflicha o’rganiladi va ko’paytiriladi. Reintroduksiya
usuli avvallari ma‘lum bir hududda yashagan, ammo keyinchalik turli xil antropogen omillar
bilan yo’q bo’lib ketgan turlarni tabiiy sharoitga qaytarish va tabiatni tiklashdan iborat.
Ko’pgina hollarda, antropogen omillar emas, balki tabiiy omil sabablariga ko’ra ham ayrim
turlarni kamayishini ko’rsatmoqda. O’simliklarni qayta tiklash uchun xuddi shu prinsip
qo’llaniladi. Har qanday hududda turli xil faktorlar tahdidi ostida bo’lgan o’simlik turlari u
yerga boshqa joylardan keltiriladi yoki sun‘iy ravishda ekib ko’paytiriladi va biomuvozanatni
tiklaydi.

Ta‘kidlash joizki so’ngi yillarda flora va faunani tiklash bo’yicha Jahon hamjamiyati

tashkilotlari turli xil fondlar bilan ishtirok etmoqda. O’simliklarni qayta tiklash uchun
ko’chatxona yoki Botanika bog’larida yetarli sharoitlarda o’stirilgan o’simliklar tabiiy
sharoitda yashab qolish imkoniyatlari pasayishi va umuman o’sa olmasligi ham mumkin yoki
qayta tiklash juda qiyin. Olimlar tamonidan bunday izlanish dasturlari puxta rejalashtirishlari
lozim. Ularni tabiiy sharoitga chiqarishdan oldin to’g’ri metodik yondoshishi talab etiladi.
Keyinchalik tabiiy tiklanishiga qadar ularni umumiy holati hamda yangi populyatsiyaning
tabiiy ekotizimga ta‘sirini kuzatib borishlari talab etiladi. Bir ekologik muhitdan yangi
ekologik muxitga olib borib yangi tabiiy yashash sharoitlariga bosqichma-bosqich moslashish
jarayoni qayta iqlimlashtirish deyiladi. Qayta iqlimlashtirish reintroduksiyaning asosiy va
zarur hamda juda muhim dastlabki bosqichi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan
kelib chiqqan holda reintroduksiyani shartli ravishda quyidagicha asoslash mumkin: Ma‘lum
biri ekologik sharoitda o’stirilgan o’simliklarni reintroduksiya sharoitida o’sib rivojlanish
qolish imkoniyatlari pasayishi va umuman o’sa olmasligi ham mumkin bo’ladi. Shu bois yangi
muhit sharoitlari puxta o’rganilishi va bajariladigan ishlar belgilangan tartibda
rejalashtirilishi lozim.

O’zbekistonning ayrim noyob va yo’qolib borayotgan endem o’simlik turlari:
Viktor omonqorasi -

Ungernia victoris

Vved.

Chuchmomadoshlar oilasi –

Amaryllidaceae

.

Maqomi 2. Janubi-g’arbiy Pomir-Oloy tizmasidagi areali juda qisqarib borayotgan kamyob
endemik ko’p yillik o’simlik. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida, Chulbayir tog’larida,
Xonaqasuv daryosining yuqori qismlarida tarqalgan. Arealining shimoliy chegaralari Kushtut,
Shura, Xonake dovonlari, janubda esa Bobotog’ning shimoliy yonbag’irlari orqali o’tadi.
Tojikistonda ham uchraydi. Tog’larning o’rta qismida mayda zarra jins tuproqli yonbag’irlar,
daralar va ba‘zan surilmalarda o’sadi.1970 yildan tabiiy arealiga yaqin joylarda ekib o’stirila
boshlandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

19

O’zbekiston chinniguli -

Dianthus uzbekistanicus

Lincz.

Chinniguldoshlar oilasi –

Caryophyllaceae

. Maqomi 3. Pomir-Oloyning g’arbiy qismidagi kamyob endemik ko’p yillik

o’simlik. Samarqand, Qashqaryo viloyatlari: Zarafshon tizmasi (Taxtaqoracha dovoni,
Qizilolma va Tarag’ay qishloqlari atroflari) va Hisor tizmasi (Bog’cha qishlog’i atrofi)da
tarqalgan. Tosh-shag’alli joylarda, tosh va ohaktosh siniqlari va yoriqlari orasida o’sadi. 1965
yildan boshlab O’zR FA Botanika bog’ida o’stiriladi.

Demak, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini reintroduksiya

qilish – bu nafaqat biologik xilma-xillikni tiklash, balki tabiatning ekologik barqarorligini
ta’minlashda ham muhim omildir. Mazkur jarayon puxta ilmiy asoslangan, bosqichma-bosqich
olib borilishi zarur bo‘lib, unda genetik monitoring, yashash muhitini tiklash, mahalliy
jamoalarni jalb qilish kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Oʻzbekistonda ushbu yo‘nalishda bir
qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularni yanada takomillashtirish va kengaytirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois, reintroduksiya strategiyalarini
rivojlantirish va ularni amaliyotda qo‘llashda ilmiy yondashuv va xalqaro tajribani inobatga
olish lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abduraimov O.A., Karimov A.A. – Oʻsimliklar ekologiyasi. – Toshkent: Fan, 2012.

2.

Tojimatov A.T. – Oʻzbekiston florasi va uning muhofazasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi, 2008.
3.

Qodirov A.Q. – Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

4.

Soliyev B.S. – Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2010.
5.

Karimov M.X. – Botanika (Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik). – Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2016.
6.

Ibragimov I.I. – Qizil kitobdagi oʻsimliklar va ularning biologiyasi. – Toshkent: Ekosan,

2011.
7.

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2-jild. Oʻsimliklar va zamburugʻlar. – Toshkent:

Chinor ENK, 2019.

References

Abduraimov O.A., Karimov A.A. – Oʻsimliklar ekologiyasi. – Toshkent: Fan, 2012.

Tojimatov A.T. – Oʻzbekiston florasi va uning muhofazasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008.

Qodirov A.Q. – Biologik xilma-xillik va uni muhofaza qilish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

Soliyev B.S. – Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.

Karimov M.X. – Botanika (Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 2016.

Ibragimov I.I. – Qizil kitobdagi oʻsimliklar va ularning biologiyasi. – Toshkent: Ekosan, 2011.

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2-jild. Oʻsimliklar va zamburugʻlar. – Toshkent: Chinor ENK, 2019.