106
TOVLAMACHILIK JINOYATINI TERGOV QILISHDA TERGOV
HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING AYRIM JIHATLARI
Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Salohiddinov Muhammadabbos Umidullo o‘g‘li
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 326-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15720474
Annotatsiya
Mazkur maqolada tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda ko‘zdan kechirish, so‘roq
qilish tergov harakati hamda yuzlashtirish tergov harakatlarining asosiy qoidalari va tartibi,
uning jinoyat ishini tergov qilishdagi ahamiyati, shuningdek ushbu tergov harakatini
o‘tkazishning tovlamachilik jinoyatini tergov qilishdagi o‘ziga xos xususiyati va ushbu
jinoyatlarni tez va aniq ravishda ochish borasidagi fikrlar muhokama qilinadi. Muallif
tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda shaxsning psixologik holatini, yurish-turishi va
ijtimoiy holatini e’tiborga olish kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratgan.
Kalit so‘zlar
Tovlamachilik, shaxsni so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘zdan kechirish, jinoyatlarni tez va
to‘liq tekshirish, so‘roq o‘tkazish asoslari, tartibi, shartlari, so‘roq paytidagi psixologik holat,
sud-tibbiy taktika.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini bugungi kunda
sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish tashkil etmoqda. Bu jarayonda ayni
islohotlarning davomi o‘laroq mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning davlat rahbari
sifatida ish boshlashi bilanoq qabul qilgan “Ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni,
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi, dastlab “Harakatlar strategiyasi”da,
keyinchalik Yangi O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”da sud-huquq tizimini isloh qilish
borasidagi yo‘nalishlarning ko‘rsatilishi ushbu soha bugungi kunning eng dolzarb
mavzularidan biri ekaniga shubha qoldirmay kelmoqda
1
.
Jinoyatlarni tezkor va to‘la foshqilish, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqni
muhofazaqilish organlari xodimlaridan qonunda belgilangan tartibda ushbu shaxslarning
aybdorligini isbotlash talab qilinadi. Dastlabki tergovdaisbotlash jarayoni murakkab
sohabo‘lib, u nafaqat amaliy ko‘nikmalarni, balki mustahkam nazariy bilimlarni ham talab
qiladi.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020yil 10avgustdagi “Sud-tergov
faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi shaxsning huquq va erkinliklariga
so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat
protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg‘or xorijiy
tajribada keng qo‘llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda yangi
mexanizmlarni joriy etish uchun muhim qadam bo‘ldi. Mazkurmaqoladabizmamlakatimizda
olib borilayotgan islohotlar yo‘nalishida ketayotgan jinoyat-huquqiy masalalarning ba’zi
1
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va
amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.
107
dolzarb sohalariga to‘xtalib o‘tish joiz deb hisobladik. Bugungi kunda sodir etilayotgan
tovlamachilik jinoyatlari hamda ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bilan tergov
harakatlarini o‘tkazish jarayonida so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazishning ahamiyati
beqiyos.
Shaxsni tovlamachilik jinoyatidagumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish
uchun asoslar mavjud bo‘lgan hollarda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish, huningdek, ung
gumon qilinuvchi yok ayblanuvchining protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan
biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish; ushlangan gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar
mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq
qilish; surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan mazmunan ko‘rib
chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh,
fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va boshqa protsess ishtirokchilarini huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish yoki so‘roq qilish taqiqlanishi borasida bir qator
vazifalar amaldagi qonun hujjatlarida mavjud.
Ushbu jarayondan kelib chiqib aytish mumkinki, tovlamachilik jinoyati bilan bog‘liq
ishlarni tergov qilishda so‘roq qilish tergov harakati eng muhim va keng tarqalgan tergov
harakati bo‘lib hisoblanadi. So‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish asoslari va tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 10, 11 va 12-boblarida belgilab
qo‘yilgan. So‘roq qilish ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda o‘tkazilishi uning protsessual
ahamiyatini yo‘qolishi hamda olingan dalillarning nomaqbul bo‘lishiga olib keladi. Qonun
chiqaruvchi so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish asoslari va tartibini keltirib o‘tgan
bo‘lsa-da, lekin ushbu tergov harakatini o‘tkazish taktik usullarini o‘ziga qamrab olmagan.
Shuningdek, alohida jinoyat ishlarini tergov qilishda har bir tergov harakatiga
kriminalistik jihatdan alohida-alohida yondashuv asosida jinoyatlarni ochish lozimligi ham
belgilanmagan. Ko‘pgina hollarda jinoyatlarni tez va to‘la ochish, jinoyat sodir etgan
shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortishga nafaqat dalillarning yetishmasligi, balki
ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning jinoyatchini
fosh qila olmaslik, jinoyat holatlarini tahlil qilish va ishning mavjud holatlarini yetarli
darajada tekshirmasligi to‘sqinlik qilishi mumkin.
Surishtiruvchi va tergovchi tergov harakatlarini o‘tkazish qoidalari, tartibi va o‘ziga xos
xususiyatlarini to‘liq egallamasdan turib, jinoyat ishini tergov qilishning to‘liqligi va
ob’ektivligini kafolatlash mumkin emas. Tovlamachilik jinoyatini tergov qilishda so‘roq qilish
tergov harakatini to‘g‘ri o‘tkazish, ushbu tergov harakati natijasida ish uchun ahamiyatli
dalillarni qo‘lga kiritish nafaqat qonunni, balki psixologiya, kriminologiyava ishga aloqador
bo‘lgan o‘sha fan sohasiga oid bilimlarni bilishni talab etadi.
Tovlamachilik jinoyatini fosh etishda so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazish orqali
ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni olishda so‘roq qilinayotgan shaxsning pozitsiyasi,
ya’ni uning haqiqatni aytishga yoki aksincha, yolg‘on guvohlik berish orqali tergovni
chalg‘itishgaintilishi asosiy rol o‘ynaydi. Xususan, so‘roq qilingan shaxs qasddan yolg‘on
ko‘rsatuv berishi garchi u tergovga chin dildan yordam berishni istasa-da, ish holatini yaxshi
bilmasligini keltirib o‘tish mumkin. Tovlamachilik jinoyatini tergov qilishdaso‘roq qilish
tergov harakatini o‘tkazishda asosiy e’tiborni himoya va ayblovni qo‘llab-quvvatlovchi
tomonlarning harakatlariga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Jumladan, himoya va ayblovni
108
qo‘llab-quvvatlovchi tomonlar turli maqsadlarni ko‘zlaydi va har doim guvohlikni ular uchun
qulay yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi
2
.
Tovlamachilik, shuningdek, firibgarlik, ya’ni mol-mulkni aldash yoki ishonchni
suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan ham ko‘p umumiy va o‘xshash belgilarga
ega. Firibgarlikda nafaqat mol-mulk, balki unga bo‘lgan huquq ham jabrlanuvchiga o‘tkazilishi
ko‘zda tutiladi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq esa mol-mulkni o‘zlashtirish yoki mulkka bo‘lgan
huquqni qo‘lga kiritish usulida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
tovlamachilik jinoyatini unga o‘xshash bo‘lgan ayrim jinoyatlardan farqlash, uning o‘ziga xos
belgilarini aniqlash sud-tergov xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan shunga o‘xshash
ko‘plab ijtimoiy xavfli qilmishlarni to‘g‘ri va aniq kvalifikatsiya qilish imkonini beradi. Bu esa
ushbu jinoyatlarni noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilish kabi salbiy holatlar uchramasligini hamda
shaxslar tomonidan qilingan qilmishlarga to‘g‘ri baho berib, Jinoyat kodeksining 8-moddasida
belgilangan odillik prinsipi asosida jazo tayinlash imkonini beradi
3
.
Surishtiruvchi va tergovchi so‘roq qilish tergov harakatini o‘tkazayotganda har doim
inson omilini hisobga olishi kerak. So‘roq qilinayotgan shaxs tergov uchun muhim holatlarni
unutishi, voqeani tasvirlashda xatoga yo‘l qo‘yishi, tergov qilinayotgan ish bo‘yicha nima
muhimligini yoki ikkinchi ahamiyatga ega ekanligini tushunmasligimumkin. So‘roq
qilinayotgan shaxs cheklangan idrokka ham ega bo‘lishi mumkin ya’ni, asab tizimining
buzilishi, charchash, hayajonlanish, sezgi organlarining nuqsonlari mavjud bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs jinoyat sodir etilgan vaqtda kuchli hayajonlanish holatida bo‘lgan bo‘lsa,u
voqelikni yetarli darajada idrok eta olmagan bo‘ladi
4
. Shu bilan birga, so‘roq qilinayotgan
shaxsda xayolparastlik, voqea mohiyatini tushunmaslik, sodir bo‘lgan hodisani to‘liq eslab
olmaslik kabi holatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holda surishtiruvchi yoki
tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsga ishonchli va xolisona ko‘rsatuv berishga yordamlashishi
lozim hisoblanadi
5
.
Shuningdek, surishtiruvchi yoki tergovchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksi talablariga ko‘ra, so‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan
oshmasligi, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga
kirmasligi, alohida toifadagi shaxslar, ya’ni voyaga yetmagan gumon qilinuvchini,
ayblanuvchini so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish
uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kabi qoidalarni esdan
chiqarmagan holda ishni olib borish bilan bir qatorda, surishtiruvchi va tergovchi so‘roq
qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti
(yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi,
ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu
ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar
2
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
3
Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni
aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
4
N.Q.Usmanaliyev. Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq ayrim mulohazalar
//Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T. 4. – №. 6. – S. 40-47.
5
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan
iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali
10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
109
bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, aynan
o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim
6
.
Surishtiruvchi va tergovchi so‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning
ko‘rsatuvlarini to‘ldirish yoki aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin. Tergov
harakatini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs so‘roq qilinuvchiga savollar berayotganida
asosiy e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud. Jumladan, kutilayotgan javobga
bevosita yoki bilvosita yo‘naltirish mazmunidagi hamda ishora qiluvchi savollar berish
taqiqlanadi. So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin
boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan
hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishiga ruxsat beriladi. Shuningdek, bundan
tashqari yana boshqa bir nechta tartib belgilangan hisoblanadi
7
.
Tovlamachilik jinoyatini ochishda so‘roq jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga
rioya qilgan holda o‘tkazilishi kelgusida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillarni qo‘lga
kiritilishi va olingan dalillarning maqbul bo‘lishiga xizmat qilib, jinoyatlarni tez va to‘la ochish
hamda jinoyat sodir yetgan har bir shaxsni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortishga, eng asosiysi esa haqiqatnianiqlanishiga erishish mumkin bo‘ladi. Xulosa o‘rnida,
so‘roq qilish tergov harakati tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda muhim tergov
harakatlardan bir ekanligini, uni qonunda belgilangan tartibda, turli taktik kombinatsiyalar
orqali o‘tkazish tergovchiga ko‘plab dalillar keltirishi, ish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar
olib kelishi mumkinligini alohida ta’kidlaymiz. Shu o‘rinda biz kichik tadqiqotimiz bilan ushbu
maqoladan yuridik oliy o‘quv yurtlar talaba va kursantlari, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh
amaliyot xodimlari foydalanishi mumkinligini eslatmoqchimiz. O‘ylaymizki, ushbu tadqiqot
ishi yosh xodimlarning kelgusida faoliyatida muhim rol o‘ynaydi
8
.
Tovlamachilik jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani yechish vakolatlariga ega
idoralarning aniq protsessual vakolatlari farqiga ko‘ra, qonun kelib tushgan ariza yoki jinoyat
haqidagi xabar bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilinishi lozimligini belgilaydi (O‘z.
R. JPK 330-modda), jumladan:
- jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqida;
- ishni qo‘zg‘atishni rad qilish haqida;
- ariza yoki xabarni tergovga tegishligiga qarab yuborish haqida.
Hozirda amaliyotda ichki ishlar organlari tergov idoralari xodimlarining kasbiy huquqiy
madaniyatini, huquqiy ongini oshirish borasidagi kamchiliklar saqlanib qolayotganligi, ular
ishida qonuniylik, ayniqsa, dastlabki tergovda tergovga qadar tekshiruv bosqichining
qonuniylik ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
9
.
6
B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari // Xususiy ayblov va yarashuv
institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
7
Sh.S.Agoyev., Asatullaev D. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos
xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3.
– №. 7. – S. 31-35.
8
N.A. Xushvaktova. Prospects for the use of public opportunities in pre-trial proceedings // World Bulletin of
Management and Law (WBML) Available Online at: https://www.scholarexpress.net Volume-36, July -2024 ISSN:
2749-3601 Impact Faktor:10.25 SJIF:7.8 B. 8-11.
9
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish:
Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi №
1 (2024).– 2024. 95-98 b.
110
Shuningdek, jinoyat ishlarining yurituvi jarayonida qonuniylikni ta’minlash va huquq-
tartibotni mustahkamlash huquqiy davlatning zaruriy sharti va vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qonuniylik mustahkam o‘rin egallagan hamda o‘rnatilgan huquq-tartibot qonuniylik
talablariga mos kelgandagina davlat huquqiy bo‘lishi mumkin. Demak, davlatchilik va huquq-
tartibotning asosini qonuniylik tashkil qiladi va bizning vazifamiz bu qonuniylikka
hayotimizning barcha jabhalarida rioya qilish va uning asoslarini yanada mustahkamlashdir
10
.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, tovlamachilik jinoyatida tergovga qadar tekshiruv
instituti jinoyatni tergov qilishning alohida protsessual harakatlari turiga kiritilishi lozim.
Chunki u dastlabki bosqich bo‘lib, o‘z ichiga tergovoldi tekshiruvlarni o‘tkazishdek juda
murakkab va mas’uliyatli vazifalarni oladi. Bu esa alohida ishlab chiqarish bo‘lib, uning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq tergov va notergov protsessual faoliyatlari o‘zaro bir-biri bilan
tutashib ketgan. Shuning uchun yurituvdagi jinoyat ishlarining taqdiri o‘z mohiyatiga ko‘ra
boshqa protsessual harakatlarga nisbatan mazkur tergovga qadar tekshiruv bosqichiga
ko‘proq bog‘liq hamda tergovga qadar tekshiruv bosqichi dastlabki tergovda amalga
oshiriladigan boshqa protsessual harakatlardan yuqoridagi xususiyatlari bilan tubdan farq
qiladi
11
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.
O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.
5.
B.B.Murodov.
Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy
yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.
B.B.Murodov.
Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki //
“Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. –
Toshkent, 2010. B. 171-175.
7.
B.B.Murodov.
Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //
Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.
8.
B.B.Murodov.
“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.
Sh.Sh.Suyunov.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
10
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining
sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar (Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava,
finansov i prikladnыx. 2023 g.
11
N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-
tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact
Faktor:7.9 B. 81-86.
111
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
10.
Sh.Sh.Suyunov.
Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati
turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
11.
Sh.Sh.Suyunov.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat
sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
12.
Sh.Sh.Suyunov.
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop
moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi
// Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
13.
A.T.Ashirboyev.
Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat
ishini to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024.
– 314-320 b.
14.
A.T.Ashirboyev.
Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik
faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami.
T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
15.
A.T.Ashirboyev.
Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda
dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
16.
A.T.Ashirboyev
. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va
o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v
sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S.
37-42.
17.
N.Q.Usmanaliyev.
“Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari
//Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.
18.
N.Q.Usmanaliyev.
Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq
ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T.
4. – №. 6. – S. 40-47.
19.
N.Q.Usmanaliyev.
Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning
ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. –
№. 3. – S. 25-30.
20.
N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J
. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan
kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.
21.
Sh.S.Agoyev., Shakirova S
. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot
//Razvitie i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.
22.
Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A
. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati
//Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.
23.
Sh.S.Agoyev., Asatullaev D
. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire:
teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.
24.
Sh.S.Agoyev., Tashev U
. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-
112
protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. –
№. 6. – S. 48-56.
25.
N.A. Xushvaktova
. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi
// Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.
26.
N.A. Xushvaktova
. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni
himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024)
ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.