7
MA’MURIY JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADI VA TURLARINING MAZMUN-
MOHIYATI
Qushboqov Shohrux Xasan o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, kapitan
Xalilov Jonibek Uktam o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14550646
Yuridik javobgarlik aybdor shaxsga nisbatan muayyan jazo qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
Masalan, mehnat intizomi buzilganda – intizomiy jazo, ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etilganda – ma’muriy jazo, jinoyat sodir etilganda – jinoiy jazo qo‘llaniladi
1
.
Mavzu doirasida ma’muriy jazo tushunchasini tahlil qilar ekanmiz qonunchilikda,
ma’muriy jazo davlat tomonidan o‘rnatilgan shaxsni javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22-moddasida
belgilanishicha, uning asosiy maqsadi preventiv (oldini oluvchi) ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi.
Ya’ni, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik sodir
etilishining (xususiy prevensiya), boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir etilishining
(umumiy prevensiya) oldini olish maqsadida qo‘llaniladi
2
.
E.T.Hojiyevning fikricha, ma’muriy jazo ma’muriy (davlat) majburlov(i)ning bir
ko‘rinishi bo‘lib, boshqa majburlov choralaridan o‘ziga xos maqsadli sanksiyaga egaligi bilan
farqlanadi hamda faqatgina Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bilan belgilab qo‘yiladi
3
deb tariflagan. Nazarimizda, ushbu olim fikrlariga qo‘shilib bo‘lmaydi chunki ilg‘or xorijiy
davlatlarda Rossiya
4
, Ukraina
5
, Qozog‘iston Respublikasi
6
, Tojikiston Respublikasi
7
va Belarus
Respublikalarida
8
ma’muriy jazonining maqsadi va sanksiyalari “Ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risida”gi kodeks bilan belgilansa Moldova Respublikasi
9
hamda Qirg‘iziston
Respublikasi
10
da Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi bilan belgilanadi.
Ma’muriy jazo tushunchasini yoritishda I.V.Maksimovning fikricha, ma’muriy jazo
huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki
ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi hisoblanadi
11
. Shunga ko‘ra,
professor Dj.X.Yuldashev va B.B.Adilovlarning fikricha, mazkur huquqlar va erkinliklardan
mahrum etiliyokishi ularning cheklanish darajasi jazoning og‘irlik darajasiga bevosita bog‘liq
1
Norboeva D. Ma’muriy jazo nima? //Scientific progress. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 675-680.
2
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron manba:
https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
3
Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik (4-nashri).
T., 2012.
“Ilm-ziyo”.
B. 234
4
Кодекс Российской Федератсии об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
5
Кодекс
Украины
Об
административных
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
6
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
7
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
8
Кодекс Республики Беларусь об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://pravo.by/document/?guid=12551&p0=HK2100091&p1=1 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
9
Кодекс Республики Молдова от 24 октября 2008 года № 218-ХВИ О правонарушениях [Elektron manba:
https://continent-online.com/Document/?doc_id=30395669. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
10
Кодекс
Кыргызской
Республики
о
правонарушениях.
[Elektron
manba:
https://cbd.minjust.gov.kg/112306/edition/13963/ru. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
11
Максимов И.В. Административные наказания. М., Норма.
2009.
С. 175.
8
hisoblanadi
12
deb o‘z mulohazalarini bildirganlar.
Tojikiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida berilgan
tarifga ko‘ra,
ma’muriy jazo
- bu ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sudya,
vakolatli davlat organi yoxud vakolatli mansabdor shaxs tomonidan jismoniy shaxsga, yakka
tartibdagi tadbirkorga, mansabdor yoki yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, ushbu
Kodeksda belgilangan majburlov tarzidagi javobgarlik chorasidir
13
.
Belarus Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida berilgan
tarifga ko‘ra,
ma’muriy jazo
- ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan jismoniy
shaxsga va (yoki) ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan
solinadigan ma’muriy javobgarlik chorasidir
14
.
Yuqoridagi tariflarni umumiy e’tirof etgan xolda bizningcha,
ma’muriy jazo
-
huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki
ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi bo‘lib, huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik sodir etilishining (xususiy prevensiya),
boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir etilishining (umumiy prevensiya) oldini olish
maqsadida qo‘llaniladi.
Savol tug‘iladi: ma’muriy jazo maqsadi nima? Ushbu jazo nimaga yo‘naltirilgan ushbu
savollarga javob topish maqsadida xorijiy davlatlar qonunchiligida berilgan tariflarga nazar
solsak.
Misol uchun, Rossiya Federatsiyasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
kodeksida ma’muriy jazo maqsadi quyidagicha o‘z aksini topgan. Jumladan,
ma’muriy jazo
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun davlat tomonidan belgilangan javobgarlik
chorasi hisoblanadi va huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham
yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan
jismoniy shaxsning
insoniy qadr-qimmatini kamsitish
yoki unga jismoniy azob berish, shuningdek
yuridik shaxsning
ishchanlik obro‘yiga putur
yetkazish maqsadini ko‘zlashi mumkin emas
15
.
Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy jazoning maqsadlari - ma’muriy jazo
javobgarlik chorasi bo‘lib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni Ukraina qonunlariga
rioya qilish, umumiy qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, huquqbuzarning o‘zi
va boshqa shaxslar tomonidan yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining
oldini olish
maqsadida
qo‘llaniladi
16
.
Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra,
ma’muriy jazo
huquqbuzarlik sodir
etgan shaxsni qonun hujjatlari talablariga rioya etish va huquq-tartibotni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash, shuningdek huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan
ham yangi
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish
maqsadida
qo‘llaniladi.
12
Yuldashev D.X., Adilov B.B. Ma’muriy qamoqqa olish tushunchasi, mohiyati va jazo tizimida tutgan o‘rni
//Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 38-42.
13
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
14
Кодекс Республики Беларус об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://pravo.by/document/?guid=12551&p0=HK2100091&p1=1 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
15
Кодекс Российской Федератсии об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
16
Кодекс
Украины
Об
административных
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
9
Ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga jismoniy azob berish yoki uning
insoniy qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek yuridik shaxsning ishchanlik obro‘yiga zarar
yetkazish maqsadini ko‘zlamaydi. Ma’muriy jazo
mulkiy zararni
qoplash vositasi
hisoblanmaydi
17
.
Tojikiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy jazoning maqsadi - ma’muriy
jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga og‘ishmay rioya etish ruhida
tarbiyalash, shuningdek huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan
ham yangi ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi
. Ma’muriy jazo ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning qadr-qimmatini
kamsitish yoki jismoniy yoki ma’naviy azob berish, qo‘rqitish, har qanday xarakterdagi
kamsitish yoki jismoniy shaxsning insoniy qadr-qimmatini kamsitish yoxud ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etgan yuridik shaxsning ishchanlik obro‘yiga putur yetkazish maqsadini
ko‘zlashi mumkin emas
18
.
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib, fikrimizcha,
ma’muriy jazoning maqsadi –
profilaktik ta’sir chorasini qo‘llash hisoblanadi. Ya’ni asosiy maqsad nafaqat ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, balki jinoyatlarni sodir etilishini oldini
olish maqsadida ham qo‘llaniladi.
Ma’muriy jazo maqsadini tahlil qilgandan so‘ng ma’muriy jazo turlariga yuzlanishni joiz
topdik. Har bir davlatda ma’muriy jazo turlari xar-xilligi bilan o‘ziga xos hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi
ma’muriy jazolar turlari mavjud
:
1) ogohlantirish;
2) ma’muriy jarima;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki ashyosini musodara qilish;
4) jismoniy shaxsga berilgan maxsus huquqdan mahrum qilish;
5) ma’muriy qamoqqa olish;
6) chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy
tarzda chiqarib yuborish;
7) diskvalifikatsiya;
8) faoliyatni ma’muriy to‘xtatib turish;
9) majburiy ishlar;
10) rasmiy sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylarga ular o‘tkaziladigan kunlarda
borishni ma’muriy taqiqlash
19
.
Ushbu davlat qonunchiligida bizning qonunchilikda mavjud bo‘lmagan jazo turlarini
uchratish mumkin. Misol uchun,
ogohlantirish
jazosi. Ushbu jazo - jismoniy yoki yuridik
shaxsga nisbatan rasmiy tanbehda ifodalangan ma’muriy jazo chorasi. Ogohlantirish yozma
shaklda chiqariladi. Ogohlantirish odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonot va o‘simlik dunyosi
obyektlariga, atrof-muhitga, Rossiya Federatsiyasi xalqlarining madaniy merosi obyektlariga
(tarix va madaniyat yodgorliklariga), davlat xavfsizligiga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega
17
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
18
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
19
Кодекс Российской Федератсии об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
10
favqulodda vaziyatlar tahdidiga zarar yetkazilmagan yoki zarar yetkazilishi xavfi yuzaga
kelgan taqdirda, shuningdek mulkiy zarar yetkazilmagan taqdirda birinchi marta sodir etilgan
ma’muriy huquqbuzarliklar uchun belgilanadi.
Nazarimizda, ushbu jazo turini ma’muriy jazo turi sifatida qo‘shish maqsadga muvofiqdir.
Chunki, ma’muriy qonunchiligimizning asosiy prinsiplari insonparvarlik, odillik hisoblansa,
ushbu jazo turi ushbu prinsiplarni o‘zida aks ettiradi.
Bundan tashqari, yurtimizda jazolar liberallashishini hisobga olib diskvalifikatsiya jazosini
ham ma’muriy jazo turlariga qo‘shish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga quyidagi normani kiritishni taklif etamiz:
24
1
-modda. Ogohlantirish
Ogohlantirish - jismoniy shaxsga nisbatan rasmiy tanbehda ifodalangan ma’muriy jazo
chorasi. Ogohlantirish yozma shaklda chiqariladi.
Ogohlantirish odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlariga,
atrof-muhitga, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosi obyektlariga (tarix va
madaniyat yodgorliklariga), davlat xavfsizligiga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda
vaziyatlarga zarar yetkazilmagan yoki zarar yetkazilishi xavfi yuzaga kelmagan, shuningdek
mulkiy zarar yetkazilmagan taqdirda birinchi marta sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
uchun belgilanadi.
Chunki, ushbu jazoning asosiy mag‘zi, jismoniy shaxsning federal davlat fuqarolik
xizmati lavozimlarini, Rossiya Federatsiyasi subyektining davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarini, munitsipal xizmat lavozimlarini egallash, yuridik shaxsning ijro etuvchi
boshqaruv organida lavozimlarni egallash, direktorlar kengashiga (kuzatuv kengashiga) a’zo
bo‘lish, yuridik shaxsni boshqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, Rossiya
Federatsiyasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda yuridik shaxsni boshqarish,
yoki davlat va munitsipal xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish yoki sport
tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish, yoxud texnik
ko‘rikdan o‘tkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish, yoxud yong‘in xavfini baholash
(audit Diskvalifikatsiya tarzidagi ma’muriy jazo sudya tomonidan tayinlanadi.
Hozirda yurtimiz qonunchiligida ma’lum bir lavozimlarni egallashdan mahrum qilish,
aynan muayyan huquqdan mahrum qilish nomli jinoiy jazoda o‘z aksini topgan. Agar
diskvalifikatsiya jazosi ma’muriy qonunchiligimizda o‘z aksini topsa,
muayyan huquqdan
mahrum jazosining keragi bo‘lmas edi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksiga quyidagi normani kiritishni taklif etamiz:
28
2
-modda. Diskvalifikatsiya
Diskvalifikatsiya - jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmati
lavozimini, davlat fuqarolik xizmati lavozimini, mahsus xizmat lavozimini egallash, yuridik
shaxsning ijroiya boshqaruv organida lavozimlarni egallash, direktorlar kengashiga (kuzatuv
kengashiga) a’zo bo‘lish, yuridik shaxsni boshqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda yuridik
shaxsni boshqarish faoliyatini amalga oshirish yoxud sportchilarning (shu jumladan ularning
tibbiy ta’minoti va sport musobaqalarini o‘tkazish sohasida faoliyatni amalga oshirish, yoxud
sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish sohasida faoliyatni amalga oshirish, yoki transport
11
vositalarini ko‘zdan kechirish sohasida faoliyatni Diskvalifikatsiya tarzidagi ma’muriy jazo
tayinlanadi. Diskvalifikatsiya olti oydan uch yilgacha muddatga belgilanadi.
Xulosa qilib, aytganda ma’muriy jazo tushunchasi, maqsadi va turlarini ilmiy-nazariy
tahlil qilish asosida quyidagi taklif tavsiyalarni berishni joiz topdik:
birinchidan, ma’muriy jazoga mualliflik tarifi ishlab chiqildi. Jumladan,
ma’muriy
jazo
- huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsning huquqlari va erkinliklarini cheklash
yoki ulardan mahrum etishdan iborat bo‘lgan javobgarlik chorasi bo‘lib, huquqbuzarlik sodir
etgan shaxsning o‘ziga u tomonidan takroran huquqbuzarlik sodir etilishining (xususiy
prevensiya), boshqa shaxslarga esa, huquqbuzarlik sodir etilishining (umumiy prevensiya)
oldini olish maqsadida qo‘llaniladi;
ikkinchidan
, ilmiy-nazariy tahlillar natijasida ma’muriy jazoning maqsadi yoritildi.
Chunonchi,
ma’muriy jazoning maqsadi
– profilaktik ta’sir chorasini qo‘llash hisoblanadi.
Ya’ni asosiy maqsad nafaqat ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, balki
jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida ham qo‘llaniladi.
uchinchidan
, ma’muriy qonunchilikda insonparvarlik omillarini takomillashtirish
maqsadida ma’muriy jazo turlariga
“ogohlantirish”
va
“diskvalifikatsiya”
jazolarni qo‘shish
taklif etildi.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR:
1.
Norboeva D. Ma’muriy jazo nima? //Scientific progress. – 2021. – T. 2. – №. 3. – S. 675-
680.
2.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. [Elektron
manba: https://lex.uz/docs/-97664. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
3.
Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik (4-nashri). T., 2012.
“Ilm-ziyo”. B. 234
4.
Кодекс Российской Федератсии об административных правонарушениях [Elektron
manba: https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_34661/. Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
5.
Кодекс Украины Об административных правонарушениях [Elektron manba:
https://pravoved.in.ua/section-kodeks/34-kuoap.html Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
6.
Кодекс Республики Казахстан Об административных правонарушениях [Elektron
manba: https://adilet.zan.kz/rus/docs/K1400000235. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
7.
Кодекс Республики Таджикистан об административных правонарушениях
[Elektron manba: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30414710 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
8.
Кодекс Республики Беларусь об административных правонарушениях [Elektron
manba: https://pravo.by/document/?guid=12551&p0=HK2100091&p1=1 Murojaat vaqti:
10.02.2024 y].
9.
Кодекс Республики Молдова от 24 октября 2008 года № 218-ХВИ О
правонарушениях
[Elektron
manba:
https://continent-
online.com/Document/?doc_id=30395669. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
10.
Кодекс Кыргызской Республики о правонарушениях. [Elektron manba:
https://cbd.minjust.gov.kg/112306/edition/13963/ru. Murojaat vaqti: 10.02.2024 y].
11.
Максимов И.В. Административные наказания. М., Норма. 2009. С. 175.
12
12.
Yuldashev D.X., Adilov B.B. Ma’muriy qamoqqa olish tushunchasi, mohiyati va jazo
tizimida tutgan o‘rni //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2023.
– Т. 3. – №. 11. – С. 38-42.
