113
MUTAXASSISNING TERGOV HARAKATLARIDAGI ISHTIROKI VA UNING
HUQUQIY MAQOMIGA OID AYRIM MULOHAZALAR
Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
E-mail: sherzodbekabduvahobov01@gmail.com
Orcid: 0009-0008-4580-3540
https://doi.org/10.5281/zenodo.12624222
Tergov amaliyotida isbot qilish jarayonida mutaxassis ish uchun ahamiyatli holatlarga
aniqlik kiritish maqsadida tergovchi yoki ekspertga savollar berishi hamda tomonlar va sudga
o‘z kasbiy vakolatlari doirasidagi masalalarni tushuntirish uchun protsessual harakatlarda
ishtirok etishi uning faoliyatidagi mustaqil yo‘nalishlari hisoblanadi. Qonunda mutaxassis
faoliyatining ushbu yo‘nalishlari natijalarini rasmiylashtirishning protsessual tartibi
belgilanmagan.
Mutaxassis haqiqatan ham turli xil, jumladan ekspert hal qilishi uchun qo‘yiladigan
savollarning tuzilishi haqida ham maslahatlar berishi mumkin. Muayyan turdagi sud
ekspertizasi hal qiladigan masalalarning namunaviy ro‘yxati berilgan bo‘lsada, bunday ro‘yxat
ayrim ekspertizalarning imkoniyatlarini to‘liq qamrab ololmaydi.
Mutaxassis isbot qilishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsga muassasa va uning
xodimlari malakasini inobatga olgan holda, ekspertiza o‘tkazishni qaysi mutaxassisga
topshirish maqsadga muvofiqligi, ekspertiza uchun ashyoviy dalillar bilan birga qanday
materiallar taqdim etilishi lozimligi haqida maslahat berishi mumkin.
Huquqshunos N.Ye.Mereskiy, mutaxassisning vazifasiga ashyoviy dalillarni o‘rash,
shuningdek, ekspertiza o‘tkaziladigan joyga tashish shart-sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar berish
ham kiradi [2, B.5] deb ta’kidlagan.
N.Ye.Mereskiyning bu borada bildirgan fikrlariga qo‘shilish mumkin. Chunki,
mutaxassisning dalillarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish yoki dalillarni saqlash
xususiyatlari bo‘yicha o‘zining tavsiya va choralarini belgilash uning faoliyatini asosiy bo‘g‘ini
hisoblanadi.
Jinoyat protsessida mutaxassisning bir qator tergov harakatlarida pedagog, psixolog,
shifokor tariqasida ishtirok etishi, qonunning majburiy talabi hisoblanadi. Bunda ayrim olimlar
pedagog va psixologlarni alohida protsessual maqomga ega bo‘lgan shaxs deb yuritish taklifini
ilgari surishgan.
Jumladan, F.Bagautdinov, qonunda pedagog va psixologning protsessual maqomini
tartibga soluvchi alohida qoida bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, voyaga etmagan
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ishtirokidagi tergov harakatida ishtirok etayotgan pedagog,
psixolog jinoyat protsessida mustaqil protsessual shaxs sifatida mavjud bo‘lishi uchun barcha
asoslar mavjud [3, B.43] deya takidlagan.
Fikrimizcha F.Bagautdinovning bildirgan fikrlari mulohazali. Ya’ni, qonunda pedagog va
psixologning protsessual maqomini alohida belgilash jinoyat-protsessual munosabatlarda
huquqiy maqomga ega bo‘lgan ishtirokchilarni ortishiga xizmat qiladi. Bu esa qonunni
belgilashda ayrim tushunmovchilaklar keltirib chiqazishi mumkin. Pedagog va psixologlar
maxsus bilimlarga ega bo‘lganligi bois, mutaxassisning huquqiy maqomidan foydalanishlari
maaqsadga muvofiq hisoblanadi.
S.V.Tetyuev, tergov harakatlarida pedagog yoki psixologning vakolatlari mutaxassisning
114
vakolatlaridan kengroqdir, chunki pedagog jinoyat protsessida mutaxassis, himoyachi va
shohid vazifalarini birlashtirgan murakkab funksiyani bajaradi deb fikr bildirgan [4, B.37].
Bu borada S.V.Tetyuev tomonidan bildirilgan fikrlar mulohazali. Chunki, pedagog yoki
psixologlar tergov harakatlariga jalb qilinib, voyaga yetmaganlar ishlari yoki aqliy jihatdan
rivojlanishdan ortda qolgan shaxslar bilan kechadigan tergov harakatlarida ishtirok etadigan
bo‘lsa, mutaxassisning tergov harakatlaridagi ishtiroki kengroq hisoblanadi. O‘z navbatida
mutaxassis pedagog va psixologlarni ham qamrab oladi.
O.D.Allanazarov fikricha, psixologik to‘siqlarni bartaraf etish uchun voyaga yetmagan
gumon qilinuvchi, ayblanuvchining qonuniy vakillari, pedagog yoki psixologlarning
yordamidan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, voyaga yetmagan shaxsda qo‘rquv,
xavfsirash kabi hislar ta’sirida tushkunlik holati yuzaga kelganda, ushbu ishtirokchilar
yordamidan foydalanishga ehtiyoj yuzaga keladi [5, 34].
T.B.Mamatkulov, psixologik aloqa o‘rnatish vaqtiga alohida e’tibor qaratilib, voyaga
yetmagan shaxsning anketa ma’lumotlarini aniqlash va huquqlarini tushuntirish jarayonida u
bilan psixologik aloqa o‘rnatish va so‘roqning keyingi bosqichlarida uni saqlab turish lozim [6,
B.97] deb fikr bildirgan.
O.D.Allanazarov va T.B.Mamatkulovlar tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilish mumkin.
Chunki, tergov harakatlarini olib boruvchi mansabdor shaxs pedagog va psixologlar ishtirokida
samarali foydalanmasa, psixologik aloqalarni o‘rnatmasa, dalillarni qayd qilish yoki to‘plash
jarayonida muammollar yuzaga kelishi mumkin.
Huquqshunos I.V.Gesmanova psixologik bilimni maxsus bilim deb hisoblaydi va “maxsus
psixologik bilimga ega bo‘lgan shaxs mutaxassis yoki ekspert sifatida harakat qilishi mumkin”
deb yozadi[7, B.29].
I.V.Gesmanova tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilish mumkin. Chunki,
mutaxassisning zaruriy belgisi maxsus bilim va uni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
zarur. Jinoyat protsessida foydalanishi mumkin bo‘lgan har qanday bilimlar majmuiyiga ega
bo‘lgan shaxs mutaxassis deyiladi.
D.P.Velikiy, mutaxassis, pedagog, psixolog va shifokor funksiyalarining bir xilligini boshqa
ko‘plab mualliflar ham tan olgan deb ta’kidlab o‘tgan [8, B.25-28].
D.P.Velikiy tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilish mumkin. Chunki, mutaxassis,
pedagog, psixolog va shifokor funksiyalarining bir-xilligi bois, jinoyat-protsessual jarayonlarda
mazkur ishtirokchilar mutaxassisning huquqiy maqomidan foydalanadilar.
Huquqshunos N.Xushvaktova, ilg‘or davlatlar tajribasidan kelib chiqib, nafaqat voyaga
yetmaganlar, balki taktik jihatdan murakkab va ziddiyatli so‘roqlarni psixolog yordamida
o‘tkazish ancha ustunlikka ega deya ta’kidlab o‘tgan [9, B.78].
Bu borada, N.Xushvaktova tomonidan bildirilgan fikrlarga qo‘shilish mumkin. Chunki,
murakkab yoki ziddiyatli tergov harakatlarida psixologning ishtiroki, kelgusida dalillarni
to‘plash, qayd qilishda jinoyat-protsessual jihatdan mustahkamlanishiga olib keladi. Bu esa
kelgusida psixologni guvox tariqasida so‘roq qilish orqali dalillarni mustahkamlab qo‘yishga
erishish mumkinligini ko‘rsatadi.
Bizning fikrimizcha, tergov harakatida ishtirok etuvchi pedagog, psixolog yoki shifokor
faoliyatining asosiy maqsadi mutaxassis sifatida isbot qilishni amalga oshiruvchi
(
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud
) mansabdor shaxslarga dalillarni olish va qayd etishda
yordam berishni tushunishimiz lozim. Jinoyat-protsessual munosabatlarda pedagog, psixolog
115
va shifokorlarga qo‘yiladigan talablar, mutaxassisga qo‘yiladigan talab bilan bir xil hisoblanib,
asosiy sharti maxsus bilim va uni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda ish
natijasidan manfaatdor bo‘lmaslik hisoblanadi.
Psixolog yoki pedagoglar jinoyat ishini yuritishda ishtirok etayotgan mansabdor shaxsga
voyaga yetmaganlarni so‘roq qilishda shaxsning psixologik holatini o‘rganish hamda psixologik
usullarni qo‘llashda, shuningdek, muayyan hodisalar va holatlarni idrok etish, eslash
qobiliyatini to‘g‘ri baholashda yordam berishi mumkin. Shuningdek, maxsus bilimlarga ega
bo‘lgan psixolog va pedagoglar jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov harakatlarida
birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi JK 277-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan voyaga yetmagan bilan
o‘tkazilgan so‘roq, yuzlashtirish tergov harakatlarida psixolog va pedagogning birgalikda
ishtirok etishlari ta’minlangan [10].
Ayrim xorijiy davlatlarning qonun hujjatlarida pedagog, psixolog va shifokorning huquqiy
maqomi mutaxassisning huquqiy maqomiga tenglashtirilgan hamda jinoyat protsessining
ishtirokchilari sifatida qayd etilgan.
Jumladan, Belarus Respublikasi JPKning 62-moddasiga muvofiq, voyaga etmagan gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohni so‘roq qilishda ishtirok etadigan pedagog yoki
psixolog ham mutaxassis hisoblanadi[11].
Turkmaniston Respublikasi JPKning 97-moddasi birinchi qismiga asosan shifokor,
pedagog hamda tegishli ma’lumotga, mutaxassislikka va ish tajribasiga ega bo‘lgan boshqa
shaxslar mutaxassis sifatida chaqirilishi mumkin [12].
Qirg‘iz Respublikasi JPKning 184-moddasiga muvofiq, qiyosiy tadqiqot uchun namunalar
shifokor yoki mutaxassis tomonidan olinishi mumkin [13].
Demak, JPK tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagog, psixolog va shifokor jinoyat
protsessida ishtirokchilari sifatida, jinoyat-protsessual qonunchilikda tutgan o‘rni, vazifasi yoki
amalga oshiruvchi funksiyalaridan kelib chiqib, mutaxassisning barcha belgilariga ega bo‘ladi
hamda mutaxassisga qo‘yilgan talablarga javob berishi lozim hisoblanadi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, tergov harakatlari o‘tkazish va ularga tegishli mutaxassisni
jalb qilish huquqiga nafaqat tergovchi, balki jinoyat protsessida ayblov tomonidan ishtirok
etadigan boshqa sub’ektlar, masalan, tergov organining rahbari, tergov guruhining rahbari,
surishtiruvchi, surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i, surishtiruv organining rahbari, surishtiruv
organi ham egadir. Tergov vaziyatidan kelib chiqqan holda zarur bo‘lgan psixologik usullar
qo‘llanilishi ijobiy psixologik muhit yaratilishiga hamda so‘roq jarayonida ish uchun ahamiyatli
bo‘lgan ma’lumotlarning qonuniy yo‘llar bilan olinishiga xizmat qiladi [5, B, 34-35], bunda
tergov harakatlarida psixolog va pedagog sifatida mutaxassislar ishga jalb qilinishlari muhum
o‘rin tutadi. Ya’ni, psixologik bilimlardan foydalangan holda shaxsga ruhiy ta’sir o‘tkazish
maqsadga muvofiq [5, B, 33]. Himoyachiga qonun hujjatlarida tergov harakatlarini o‘tkazish
huquqi berilmagan, ammo u JPKning 53-moddasi uchinchi qismiga muvofiq taqdim etgan
iltimosnomasiga ko‘ra, mutaxassis ishtirokida zarur tergov harakatlari o‘tkazilishini
ta’minlashi mumkin. Bularning barchasini JPKning bitta normasida aks ettirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
References:
116
1.
Шарафутдинов А.О. Процессуал ҳаракатларни амалга оширишда видеоёзув
воситаларидан фойдаланиш муаммолари. — Тергов амалиёти ҳуқуқий, илмий-амалий
журнал. №2/2020. (9-сон). 2020.9 бет.
2.
Проведение судебных экспертиз: криминалистическое обеспечение: учеб. пособие
/ Н.Е. Мерецкий, М.М. Милованова, И.С. Федоров. — М., 2004. — С. 5.
3.
Багаутдинов Ф. Ювенальная юстиция начинается с предварительного следствия //
Российская юстиция. — 2002. — № 9. — С. 43.
4.
Тетюев С.В. Сведущие лица, обладающие педагогическими и психологическими
знаниями, и их виды в ювенальном уголовном судопроизводстве // Российская
юстиция. — 2008. — № 9. — С. 37.
5.
Алланазаров О.Д. Вояга етмаган гумон қилинувчи ёки айбланувчини сўроқ
қилишдапсихологик алоқа ўрнатишнинг ўзига хос хусусиятлари: Solution of social
problems in management and economy international scientific-online conference. (2-жилд 12-
сон). 2023. 33-35-бет. URL:https://doi.org/10.5281/zenodo
6.
Криминалистик тактика: Дарслик. / Т.Б.Маматкулов, Ш.Т.Джуманов, У.Т. Тургунов
ва бошқ. –Т.,2013. —Б. 97.
7.
Гецманова И.В. Использование специальных психологических знаний в уголовном
процессе: учеб. пособие. — М: Изд - во Московского психолого-социального института,
2013. — С. 29.
8.
Великий Д.П. Практика применения норм о допустимости доказательств в
уголовном процессе // Журнал российского права. — 2014. — № 6. — С. 95–100; Шмарев
А.И., Шмарева Т.А. Подготовка государственным обвинителем свидетелей и
потерпевших к допросу в суде первой инстанции // Законность. — 2014. — № 3. — С. 62;
Егорова О.А., Беспалов Ю.Ф. Настольная книга судьи по семейным делам: учебно-
практическое пособие. — М.: Проспект, 2013. — 240 с.; Авербах Э.И. Необходимость и
достаточность доказательств // Мировой судья. — 2014. — № 2. — С. 25–28.
9.
Хушвактова Н. Тергов ҳаракатларини ўтказишда педагог, психолог ва таржимон
имкониятларидан самарали фойдаланиш. — Тергов амалиёти ҳуқуқий, илмий-амалий
журнал.
№4/2023.
(20-сон).
2023.78
бет.
URL:
https://tergov.uz/uploads/wanted/85eaaa057f6658a2368a1cdc54b7bcb9.pdf
(Электрон
манбага мурожаат қилинган сана: 29.02.2024).
10.
Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi yurituvidagi
262731/2024-422-sonli jinoyat ishi hujjatlari.
11.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Беларусь от 16 июля 1999 г. № 295-
З. URL: https://kodeksy-bel.com/ugolovno-protsessualnyj_kodeks_rb.htm (дата обращения:
29.02.2024).
12.
Уголовно-процессуальный кодекс Республики Туркменистан от 18 апреля 2009 г.
№ 28-IV. URL:https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31344376 (дата обращения:
29.02.2024).
13.
Уголовно-процессуальный кодекс Кыргызской Республики от 2 февраля 2017 г. №
20. URL: https://cbd.minjust.gov.kg/111530/edition/1138550/ru (дата обращения:
29.02.2024).
