T.VULF ASARLARIDA MODERNISTIK USLUB BADIIY IFODASI

Annotasiya

AQSH adabiyotida o’zining yuksak g’oyaviyligi hamda mukammal psixologik teranligi bilan tanilgan T.Vulfning ijod namunalari bo’lmish hikoya hamda romanlari yozuvchining o’ziga xos individual uslubi orqali yaratilgan. Uning nasriy boyligida  modernizm badiiy elementlari o’ziga xos metod bilan mohirona tarzda bayon etilgan. Mazkur maqolada biz yozuchi asarlaridagi mana shu uning hikoyalar tahlili toritamiz.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
56-58
17

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

AQSH adabiyotida o’zining yuksak g’oyaviyligi hamda mukammal psixologik teranligi bilan tanilgan T.Vulfning ijod namunalari bo’lmish hikoya hamda romanlari yozuvchining o’ziga xos individual uslubi orqali yaratilgan. Uning nasriy boyligida  modernizm badiiy elementlari o’ziga xos metod bilan mohirona tarzda bayon etilgan. Mazkur maqolada biz yozuchi asarlaridagi mana shu uning hikoyalar tahlili toritamiz.


background image

56

T.VULF ASARLARIDA MODERNISTIK USLUB BADIIY IFODASI

O.X.Ganiyeva

f.f.f.d., dotsent

Buxoro davlat universiteti

o.x.ganieva@buxdu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499974

Annotatsiya:

AQSH adabiyotida o’zining yuksak g’oyaviyligi hamda mukammal

psixologik teranligi bilan tanilgan

T.Vulfning ijod namunalari bo’lmish hikoya hamda

romanlari yozuvchining o’ziga xos individual uslubi orqali yaratilgan. Uning nasriy boyligida
modernizm badiiy elementlari o’ziga xos metod bilan mohirona tarzda bayon etilgan. Mazkur
maqolada biz yozuchi asarlaridagi mana shu uning hikoyalar tahlili toritamiz.

Kalit so‘zlar:

Avtobiografik yondashuv, epik tasvir, modernistik munosabat, syujet,

lirika, nasriy qurilma.

Yozuvchi ijodining dastlabki yillarida yaratilgan hikoyalar kuzatilsa, ularning har biri

katta nasriy qurilmaning bo‘laklari ekani, turli mavzu yoritilsa ham, bir g‘oyaviy maqsad
birlashtirishi ayon bo‘ladi.

1935-36 yillardagi hikoyalari, aksariyati “Of Time and the River” romani uchun

mashqlar bo‘lib, keskin o‘zgarishlarni namoyish etadi: ular hajman qisqaroq, bitta voqeaga
qaratilgan va ohang hamda nuqtai nazardan sezilarli darajada farq qiladi. Ayniqsa, turli
birinchi shaxs roviylardan foydalanishi, shahar hayoti tasviriga keng o‘rin ajratilishi, ular
orasida kechadigan dialoglar ahamiyat kasb etishi diqqatga sazovordir. 1930-yillarda
yaratilgan hikoyalar ko‘pincha T. Vulfning

nuqtai nazar

(

point of view

) bilan bog‘liq

tajribalarini namoyish etib, bu xususiyat ham uning kichik nasri poetikasidagi muhim
elementlardan biri sanaladi.

1937-38-yillarga kelib, T. Vulf hikoyachiligida jiddiy o‘zgarishlar sezildi, endi muallifning

kichik nasriy namunalari ancha uzunroq, asosan epik bayonga urg‘u kuchaydi. Bu asarlarda
qahramonlarning ichki olami teran tasvirlanib, ulardagi ruhiy ziddiyatlar yoritildi, mavzuni
mustahkamlaydigan tasvirlarga keng o‘rin ajratilib, ziddiyat va uning yechimiga muallif
alohida e’tibor qaratdi. Bu hikoyalar sirasiga “The Lost Boy”, “I Have a Thing to Tell you” kabi
asarlarni kiritish mumkin.

T. Vulf hikoyachiligida ijodining so‘nggi davrlarida ko‘proq nasriy bayonga e’tibor

qaratish, dastlabki davrlarda kuzatilgan uzun lirik ohang bilan yo‘g‘rilgan tasvirlar, yoshlikni
ifodalagan jo‘shqin parchalar ancha kuzatilmaydi. T. Vulfni hassos nosir bo‘lib shakllangani,
epik tasvirda juda ehtiyotkor va mulohazakor, har bir harakat, voqea yoki jumla mavzuning
ochib berilishiga xizmat qilishi, hatto oldindan belgilab berishi, qahramonlararo konfliktning
unumli ishlatilishi, personajlar ham ancha funksionalroq bo‘lgani, asarning hamma badiiy
komponentlari kitobxonga asar mohiyatini anglashga yordam berishi kuzatiladi.

T. Vulf kichik nasrida modernizm ustunligi diqqatni tortadi. Adib hikoyalarida qator

o‘zgarishlarni amalga oshirdiki, mazkur tajribalar uning katta nasiry janrda yaratilgan
romanlari uchun zamin bo‘lib xizmat qilgani yillar o‘tib oydinlashdi. Quyidagi jihatlarni T. Vulf
kichik nasrida ustuvorlik qilganini tadqiqot jarayonida kuzatdik:


background image

57

T. Vulf hikoyachiligida kuzatilgan mazkur tendensiyalar tahlilini keltirishdan avval eng

asosiy individual hamda spetsifik jihat bu avtobiografik yondashuv ekanini, dastlab shu
xususiyatni tadqiq etishga, so‘ngra ustuvor qirralarni tahlil qilishga chog‘landik.

J. Bentz “A Critical Analysis of the Short Fiction of Thomas Wolfe” dissertasiyasida

muallifning yozuvchi sifatida shakllanish bosqichlari, hikoya janri nazariyasi hamda janriy
ta’rifi, muallif kichik nasr namunalarida avtobiografik yondashuv, satiradan unumli
foydalanilishi, adibning hikoya janriga modernistik munosabati, syujetli hikoyalar, lirik
hikoyalar, epifaniyaniyalar, vaqt mavzusiga bag‘ishlangan hikoyalari, yozuvchi ijodida Janub
mavzusi singari jihatlarni tahlil qiladi. XX AQSH hikoyachiligi takomilida modernizm
an’analarining rivojini qayd etgan adabiyotshunos bu davrda yozuvchilar tradision usuldan
og‘ib, novatorona tajribalar asosida kichik nasriy asarlar yaratishganini ta’kidlaydi

1

. Yangilik

shaklda emas, keyinchalik mazmunda ham ro‘yi-rost aks etdi. Hikoyalardagi har bir element
umumiy g‘oya ro‘yobiga xizmat qildi, ko‘proq ruhiyat olamiga kirib borildi hamda ritorik
strategiya, parallel tasvir, takror, birinchi shaxs tilidan rivoya ustuvorlik kasb etdi. “No Cure
for It” hamda “Return” hikoyasi keltirilgan mazkur fikrlarimizni yaqqol isboti bo‘la oladigan
asarlardir.

“Return” hamda “No Cure for it” hikoyalari ham T. Vulf ijodining so‘nggi bosqichida

yozilgan asarlar bo‘lib, unda muallif o‘z dunyosini, undagi tashvishlarini qahramonlar hayoti
orqali tasvirlab beradi. mazkur hikoyalarning aniq yozilgan sanasi haqida ma’lumotlar
uchramaydi, ammo yozuvchi betobligi, so‘nggi “The Hills Beyond” romanini tugata olmagani
sababli, adib vafotidan keyin tiriklik chog‘ida ham birga ishlagan E. Osvell (Edward Aswell)
ma’lum qismini tugallanmagan roman sifatida, ayrim qismlarini tahrirlab, hikoyalar shaklida
chop ettiradi. “Return” hamda “No Cure for It” hikoyalari muallifning 1930-yillarda yozilgan
nasriy asarlariga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, asosan adibning ijodiga tegishli poetic qirra –

1

Bentz J.M. A Critical Analysis of the Short Fiction of Thomas Wolfe. A Thesis In Partial Fulfillment of the

Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1991. – P. 134.


background image

58

ya’ni avtobiografik elementlarga boyligi bilan ajralib turadi. Har ikkala kichik nasr namunasi
F. E. Skipp tomonidan nashr qilingan va J. Diki so‘zboshi bergan “The Complete Short Stories
of Thomas Wolfe” (1989) to‘plamidan olindi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, T.Vulf o’z zamondoshlari orasida iste’dotli

yozuvchi sifatida butun umri davomida yozgan hikoya va romanlarining o‘ziga xos
mazmundorligi va tematik qamrov doirasining kengligi bilan ajralib turgan. Yozuvchining
ayniqsa, jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisalarni psixologik thlil etish qobiliyati uning
asarlarini yanada o’qimishli va butun umrga tatiguli etdi. Uning yuqorida tahlilga tortilgan
“The Lost Boy”, “I Have a Thing to Tell you” asarlari shular jumlasidandir. “Return” hamda “No
Cure for It” hikoyalarida esa muallif o’zi ko’rgan va kechirganlari haqida batafsil bayon etadi.
Bunda u avtobiografik uslubning nozik elementlaridan mohirona foydalanadi. Xullas, T.Vulf
modernist yozuvchi sifatida yaratgan barcha asarlari shu davr adabiyotining eng dolzarb va
asosiy muammolarini noodatiy va o’ziga xos uslub bilan hikoya qiladi.

References:

1.

Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010.

– B. 179.
2.

Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to

the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of
Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.
3.

Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.

4.

Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.:

Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.
5.

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of

the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.
6.

The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier

Books, 1989. –P. 660.
7.

Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of

English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of
Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.

Bibliografik manbalar

Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010. – B. 179.

Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.

Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.

Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.: Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.

Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.

The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 660.

Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.