72
J. STYUART ROMANLARIDA MAKONGA MANSUBLIK TUSHUNCHASINING
IFODA ETILISHI
O.X.Ganiyeva
f.f.f.d., dotsent
Buxoro davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14556921
Annotatsiya
: J.Steward asarlari o'ziga xos yo'nalish va uslubga ega bo'lib, adabiyot
olamida alohida o'ringa ega. U Amerika adabiyotida o'z o'rnini mustahkamlagan, ijodkor
sifatida nafaqat voqealar rivoji, balki inson va makon orasidagi munosabatni teran yoritish
orqali ham mashhurdir. Uning romanlarida joyning o'ziga xosligi va uni qahramonlarning
ichki dunyosi bilan uyg'unlashtirgan holda tasvirlash usuli o'quvchilarning chuqur e'tiborini
tortadi. Stewardning hikoyalarida makonga bo'lgan munosabat nafaqat voqealar fonida qolib
ketadi, balki insoniyat va tabiat o'rtasidagi murakkab aloqalarni ochib beradigan muhim ramz
sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu maqolada biz muallifning shunday yondashuvini tahlilga
tortamiz.
Kalit so’zlar:
xronologik tahlil, syujet chizig’I, kamsitish, hissiy bog‘liqlik, ijtimoiy
aloqalar.
J. Styuart o‘zi mansub jamiyatni aks ettirgani, ayniqsa makon va zamonni yoritib
bergani, nosir ijodi hayot ko‘zgusi ekani, manbalarda ta’kidlanadi
1
. Adib hamma romanlarida
bo‘lganidek, real olam, uning ziddiyatlari va murosasiz kechadigan kurashlarini “Daughter of
the Legend” asarida ham birday tasvirladi, biroq Kantvell okrugida bo‘lib o‘tadigan roman
voqealari ancha teranroq hamda jiddiyroq kurashni ifodalaydi. Romandagi Kantvell okrugi
(Cantwell County) bu aslida Tennessi shtatidagi Hankok okrugi (Hancock County) bo‘lib,
Senktuari tog‘i (Sanctuary Mountain) aslida real Nyumen tizmasi (Newman’s Ridge) ekani
manbalarda qayd etiladi
2
. Bu joy tarixiy hududlardan biri bo‘lib, u yerda turli etnik
guruhlarning (Yevropa, Afrika va mahalliy amerikalik) aralashmasidan kelib chiqqan jamoa –
Melandjenlar (Melangeons) istiqomat qiladi. Melandjenlar tarix davomida o‘ziga xos
madaniyat va an’analarga ega bo‘lib, ko‘pincha ayro yashab kelishgan. Nyumen tizmasi tarixi
va bu yerning ahamiyati ko‘pincha irqiy va madaniy xilma-xillik, shuningdek, ijtimoiy
chetlashtirilish masalalari bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bu hudud ko‘plab badiiy asarlar va
tadqiqotlar mavzusi bo‘lgan, ayniqsa, Amerika janubining tarixiy va madaniy o‘zligini
o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.
“Daughter of the Legend” romanida bosh qahramonlar Deyv Stounking (Dave Stoneking)
va Deysiya Hantun (Deutsia Huntoon) o‘rtasida kechadigan shirin munosabatlar haqida voqea
hikoya qilinib, xronologik jihatdan syujet chizig‘i sentabrdan may-iyun oyiga qadar davom
etadi. J. Styuart personajlari romanda ikki guruhga bo‘linadilar: tog‘liklar va vodiyda
yashaydigan shaharliklar. Bu ikkala guruhning o‘zaro aloqalari janubning (South) umuman
qora tanlilarga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi: bu xurofot, kamsitish va adolatsizlikka
1
Miller. D.L. Jesse Stuart’s “Damn of Remembered Spring. // Border States: Journal of the Kentucky-Tennessee
American Studies Association, No. 8, 1991. // P. 1.
2
Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The Movement toward Hope
and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate School Morehead State University, 1976. // P. 88.
73
asoslangan munosabat bo‘lib, fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinishidan va
so‘nggi o‘n yillikdagi liberallashtirish jarayonidan oldinroq yanada keng tarqalgan edi.
Melandjenlar nimasi bilan boshqalardan farq qiladi? Ular biroz ibtidoiy turmush tarzini
olib borishadi. Yashash uchun ov qilishadi, tuzoq qo‘yishadi, baliq tutishadi va tog‘dan
shifobaxsh o‘simliklar yig‘ishadi. Ular kasalliklarni davolashda xalq tabobatidan
foydalanishadi va ekin ekishda belgilarga, ayniqsa oy va uning joylashishiga amal qilishadi.
Diniy marosimlarida ilonlar bilan muomala qilishadi. Ular tabiatga yaqin yashashadi va uni
juda yaxshi bilishadi.
Asar qahramonlari munosabati orqali aynan shu qabila va uning jamiyatda qabul
qilinmasligi, ularga nisbatan nafrat, haqoratga to‘la muomala ko‘rsatilishi, bunday muloqot
ularni naqadar shaxsiyatlariga daxl qilishi muallif tomonidan mohirona ochib beriladi.
Melandjenlar bunday muomala sababli o‘zlari yashaydigan tog‘ hududiga shu qadar
bog‘lanishadiki, ularning olami faqat Senktuari tog‘idan iborat.
Bosh qahramon Deysiyaning ichki va tashqi olami turli rakursdan yondashilgan holda
tasvirlanadi. Asarning dastlabki sahifalaridan J. Styuart qizning portretini mahalliy kolorit
adabiyotiga xos tasvirdan foydalanib ifodalaydi. Bu bilan qizning tashqi yuz ifodalari,
go‘zalligi, aynan tog‘da yashaydigan qabila farzandi sifatida ayro fiziologik xususiyatlariga
urg‘u beradi. Birinchi shaxs tilidan rivoya qilinadigan mazkur asar bevosita so‘zlab
berayotgan qahramonning atrofidagi insonlarga munosabati, hissiyotlarini ham yorqin
namoyon etadi. Deysiyaning tashqi maftunkor chehrasi ham roviyning talqinida betakror
lirikaviy ifodani vujudga keltiradi. Deyv bunday dilbar orazni ilgari uchratmaganini (
I
wondered how any woman in the world could be so pretty
3
)
ta’kidlar ekan, ayol latofati,
dilbarligi shu qadar bo‘lishi mumkinligini aks ettiradi. Asarning dastlabki satrlaridan qizning
boshqa aholi qatlamidan farqli xususiyatlarga egaligi, unda qandaydir sir yashiringani bayon
qilinadi.
Sofia Reznichenko insonning
makonga mansubligi, makon hissi
, uning ko‘rinishlari va
hayotda namoyon bo‘lishini ijtimoiy kuzatuvlari asosida tahlil qilar ekan, makonga bog‘lanish
aspektlarini quyidagilarda namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi
4
:
hissiy bog‘liqlik (emotional attachment);
ijtimoiy aloqalar (social connections);
ma’lum bir makonda yashash orqali tanishlik (familiarity with living in a certain place);
mansublik (belonging);
tegishlilik (rootedness).
J. Styuart romanda Deysiya tasviri orqali qahramonda makon mansubligini portretda
yaqqol namoyon etadi. Qizning sochi “
as October poplar-leaf-golden as hers
5
”
iborasi bilan
ifodalanib, kuzda qizg‘ish oltin tusga kiradigan populus daraxtining shoxlariga mengzatiladi.
Populus majnuntoldoshlar guruhiga mansub bo‘lib, aynan Appalachia tog‘ tizmalariga mansub
daraxt hisoblanadi. Bu bilan yozuvchi qizning tog‘da tug‘ilib o‘sganini, uning shu makonga xos
tashqi ko‘rinishga ega ekanini tasvirlaydi. Bu aynan makonga bog‘lanishning mansublik
aspekti orqali namoyon bo‘lishi kuzatilib, Deysiyaning bu makondan boshqa joyda u qadar
3
Stuart J. Daughter of the Legend. – USA: McGraw-Hill Company, 1965. – P. 3.
4
Reznichenko, S. Place Attachment and Sense of Place: Models and Phenomena. // Social psychology and society, №
3, 2014. // P. 19.
5
Stuart J. Daughter of the Legend. – USA: McGraw-Hill Company, 1965. – P. 3.
74
unib-o‘sa olmasligi talqin etiladi. Har qanday shaxs tegishli muhitda o‘zini qulay his qilishi,
mansub makonida gullab-yashnashi badiiy voqelantiriladi.
Deysiyaning portreti uning moviy ko‘zi va quyuq kipriklari tasviri orqali davom ettirilib,
u yana tog‘da o‘sadigan yovvoyi binafshaga o‘xshatiladi (
as blue as the petals of mountain
violets
6
).
Qizning ozg‘inligi, sarv qomati, injuday tishlari, lablarining hammasi o‘zi mansub
hududga xos floradan foydalanilgan holda yoritiladi. J. Styuart mohir regional adiblardan biri
sifatida mazkur badiiy ifodada qahramonlarning makon mansubligini ifodalashi bilan birga,
individual uslubini ham yaratadi.
Xulosa qilib aytganda muallif XX asr ijod makonida yanan dolzab hamda o’zgacha ruhda
bo’lgan mavzularda ijod qildi. Uning individual yozuv uslubi o’z zamondoshlaridan ajratib
turdi. Bu yondashuv adabiyot ixlosmandlariga har bir makonning o'z ruhini, o'z hikoyasini
anglash imkonini beradi va bu orqali muallifning ijodiy iste'dodi yanada yorqinroq namoyon
bo'ladi.
References:
1.
Stuart J. Foretaste of Glory. With an Introduction by Robert J. Higgs. – USA: The
University Press of Kentucky, 1946. – P. VIII.
2.
https://books.google.co.uz/books?id=6wVSbw3FbXUC&q=Jesse+Stuart+foretaste&redir
_esc=y#v=snippet&q=Jesse%20Stuart%20foretaste&f=false
3.
Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The
Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate
School Morehead State University, 1976. // P. 120.
4.
Spurlock, J. H. A Sociocultural and Rhetorical Analysis of Jesse Stuart’s Fiction. // A
Dissertation Submitted to the Faculty of the Graduate School of the University of Louisville,
1985. // P. 183.
5.
Bevard. Samuel Lee. Character, Conflict, and Statement in Three Jesse Stuart novels: The
Movement toward Hope and Salvation. // A Thesis presented to the Faculty of the Graduate
School Morehead State University, 1976. // P. 88.
6.
Sadullayev F. B. Inner characterization of the main character in the novel “the wings of
the dove” by henry james //Conferencea. – 2022. – С. 132-135.
7.
Bakhtiyorovich S. F., Kabilovna S. D. The Literary Significance of “The Jolly Corner” in
Henry James’s Oeuvre //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 42. – С. 726-729.
8.
Ganieva O. K., Sadullayev F. B. The Role Of Female Characters in the novel “The Grapes Of
Wrath” by John Steinbeck //АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ. –
2020. – С. 5-8.
9.
Ganieva O. K. DEPICTION OF RELATIONS BETWEEN A PERSON AND SOCIETY IN
AMERICAN REALISTIC LITERATURE //Scientific Bulletin of Namangan State University. –
2020. – Т. 2. – №. 8. – С. 215-220.
6
Stuart J. Daughter of the Legend. – USA: McGraw-Hill Company, 1965. – P. 3.
