53
T.VULF ASARLARIDA O‘TMISH VA BUGUN GORMONIYASINING RAMZIY
MA’NODORLIGI
O.X.Ganiyeva
f.f.f.d., dotsent
Buxoro davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14499955
Annotatsiya:
AQSH modern davr nasrining o’ziga xos jihatlaridan biri bu vaqt
tushunchasidir. Bunday asarlarda vaqt inversiyalari, ularning qorishiq tarzda ifoda etilishi har
qanday zamonaviy hikoyanavisning ma’lum motivi hisoblanadi. Ushbu maqolada ana shunday
hikoyachilikning yirik namoyondalaridan biri T.Volf asarlarida o’tmish va bugun
gormoniyasining yoritilish usullari talqini bayon etiladi
Kalit so‘zlar:
T. Vulf, novatorona yondashuv, buzilgan xronologiya, metoforik xususiyat,
an’anaviy syujet, badiiy detal, falsafiy tahli.
XX asr AQSH hikoyachiligida qator novatorona yondashuvlar sodir bo‘ldiki, ulardan biri
vaqt tushunchasiga an’anaviy yondashishdan tiyilib, o‘tmish va bugun qahramon
ongida birlashgani holda garmoniya
hosil qiladi. Bu insondagi tajribalarning yillar
davomida murakkablashib borishi, hayot falsafasida teranlashuv kechishini ifodalaydi.
“Return” hikoyasida ham uzoq muddatdan keyin qaytgan Tom ongida bir vaqtning o‘zida
o‘tmishda kechgan voqealar va bugungi hodisotlar uyg‘un kechadi. T. Vulfga xos bu uslubiy
jihat inson tajribalarining serqatlam ekanini, yillar silsilasi uni kamolotga yetaklashini
tajassum etadi. “
Change? There is no change. These surfaces have altered and these shapes are
new
”
1
. Modernizm nasrida vaqt tushunchasini anglashda buzilgan xronologiyani, vaqtning
inversiyalashuvini, an’anaviy tartibdan chekinishni kuzatish mumkin. Yuqorida keltirilgan
parchada ham ayni shu fikrning isboti kuzatiladi. Qahramon tilidan keltirilgan ichki
monologda bir necha yillik o‘zgarishlarga munosabat bildirilayabdiki, buni “O‘zgarish? Hech
qanday o‘zgarish yo’q” xitobi ro‘yi-rost ko‘rsatadi. Eski makonda yangi inshootlarning qad
rostlagani qahramon tark etgan vaqt va qaytgan onidagi daqiqani uyg‘un shaklda bir xitobga
singdiradi.
T. Vulf hikoyalarida nutqiy aktlardan, ohang, umuman tildan shunchaki kommunikatsion
maqsadda qo‘llanilmay, qahramonlar teran hissiyotlari tasvirida vosita sifatida foydalanadi.
Muallif
tili poetiklik hamda metaforiklik xususiyat
kasb etishi hikoyalar mazmunining
yanada boyishi, pafosining kuchayishiga olib keladi. Ayniqsa, ramziy ifodalar kitobxonni
chuqur nushohadaga chorlashi e’tiborni tortadi. “Return” hikoyasida keltirilgan mana bu
tasvirga diqqat qarataylik: “
These things will never change. Some things will never change: the
groove is deeper, but the leaf, the bud, the wheel, the blade, and April will come back again
”
2
.
Mazkur parchada lirik ohang ustuvorligi kuzatilib, inson qalbidagi kemtikliklar, dard va
alamlardan qolgan chandiqlar, umuman hayotning qora kunlari qoldirgan izlarning xotirada
umrbod qolishi tasvirlanadi. Falsafiy mushohadaga chorlovchi bu talqinda muallif ‘the groove
is deeper’ iborasi orqali bu jarohatning yillar o‘tgani sayin yanada kuchayishi, vaqtning inson
hayotida naqadar muhim ekanini yoritadi. Shuningdek, tasvirdagi barg, g‘uncha, charxpalak,
1
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 298.
2
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 298.
54
tig‘, Aprel kabi obrazlar keltiriladiki, bularning har biri ramziy mazmunga egaligi bilan ajralib
turadi. Barg yashillik, nabotot va yangi boshlanish ramzi bo‘lsa, g‘uncha umid uchqunining
badiiy talqinidir. Charxpalak esa odatda hayotning davomiyligiga, cheksizlik jarayonini
ifodalashda qo‘llanilib, tig‘, ba’zida xanjar kuch, inson umridagi sinov hamda murakkab
vaziyatlarni bevosita aks ettiradi. AQSH madaniyati, xususan, janubiy shtatlarda April oyi
bahorning kelishini anglatib, inson hayotidagi yangi istak va orzularning debochasi sifatida
qaraladi. Bu ramzlarning hammasi birlashib, abadiylik, har yil takror keladigan yillar va oylar,
hatto asrlar qa’ridagi bir haqiqatni gavdalantiradi. Inson umri cheksizlikga nisbatan
qaralganda bir lahza, hayot va tabiat esa davom etadi, har biro dam vaqtinchalik zuhur
bo‘lganida, har bir ondan lazzat olishi, xususan yaqinlari, uni o‘rab turgan makondan
huzurlanib yashashi lozimligi bilan bog‘liq falsafiy qarashni muallif ilgari suradi.
“Return” hikoyasi singari “No Cure for It” asarida ham
an’anaviy syujet chizig‘idan voz
kechish
kuzatiladi. Har ikkala hikoyada odatiy syujet unsurlarini uchratib bo‘lmaydi, vaqtga
nisbatan turg‘un munosabat mavjud emas.
Fragmentlik mohiyat kasb etgan
bu kichik
nasriy namunalarda voqeabandlikdan ko‘ra, falsafiy mushohadaga diqqat qaratish, kitobxonni
kechirayotgan har bir kuniga nisbatan xulosa chiqarishga undash ustunligi e’tiborni tortadi.
Yosh Yujinning g‘ayrioddiy tana tuzilishiga ega holda ulg‘ayishi, buning davosizligi, ota-
onaning bu muammo ustida qattiq aziyat chekishi ham aslida ramziy bo‘lib, bu inson
hayotidagi ayrim yechimsiz masalalar, chiqib keta olmaydigan mushkulotlarni namoyon etadi.
Hikoyada qo‘llangan sukunat esa kitobxon bilan psixologik muloqot imkonini berib, to‘g‘ri
xulosa chiqarishga, hayotdagi qarorlarda metindek qat’iyatli bo‘lsihga chaqiradi. T. Vulf
hikoya intihosida juda chiroyli xotima beradi. Bir qarashda asar tugamagandek taassurot
uyg‘otadi, o‘qiyotgan odam savollar girdobida qoladi, ammo teranroq fikr yuritilsa, masala
oydinlashadi.
They all stood looking at the boy-his mother with pursed, tremulous, bantering,
proudly smiling lips, his father with a faint, thin grin, and McGuire with his owlish, bleared, half-
drunken kindly stare. The boy looked back at them, grinning proudly, worried about nothing. He
thought
his father was the grandest, finest person in the world, and as the three of them looked
at him he could hear, in the hush of brooding noon, the time-strange tocking of his father’s
clock”
3
.
Hikoyada keltirilgan mazkur tasvir inson hayotidagi turli mavzularni aks ettiradi,
bularning sirasiga avlodlararo ziddiyatlar, beg‘ubor bolalik onlari, umr o‘tkichiligi kabilarni
kiritish mumkin. Bola obrazi betashvish damlarni eslatsa, ona obrazida mehr, g‘urur, xavotir
va hadik, ota obrazida farzandga nisbatan faxr va qat’iyat, McGuire obrazida tushunish qiyin,
ammo hamdardlik bildira oladigan shaxlar timsoli jo qilinadi. So‘nggi satrlar esa vaqtni
bevosita badiiy gavdalantirib, muallif vaqt oliy hakam ekanini, bizning ustimizdan so‘nggi
hukmni faqat u ayta olishini ta’kidlaydi. Parchada keltirilgan soat badiiy detal esa yozuvchi
falsafiy tahlilini boyitib, bu daqiqalar cheklangan ekanini, hali hayot mohoyatini to‘la
anglamagan bola nuqtai nazaridan vaqtning o‘tishining tasvirlanishi esa bu jarayon
davomiyligini yorqin namoyon etadi.
Xulosa qilib aytganda, T. Vulf novatorona yondashuv asosida yaratgan “Return” hamda
“No Cure for It” hikoyalarida vaqt qadri haqida so‘z yuritib, turli ramziy jumlalar, badiiy
detallardan mohirona foydalangani, tilining ramziylashuvi va metaforiklashishiga olib keldi.
3
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 298.
55
References:
1.
Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010.
– B. 179.
2.
Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to
the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of
Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.
3.
Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.
4.
Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.:
Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.
5.
Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.
6.
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier
Books, 1989. –P. 660.
7.
Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of
English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of
Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.
