Ilk ospirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar

CC BY f
450-452
75
6
Поделиться
Юсупов, У., & Бахтиерова, М. (2022). Ilk ospirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 450–452. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5174
Умиджон Юсупов, O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi stajyor qituvchisi

Мухлиса Бахтиерова, O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

Oila psixologiyasi yonalishi talabasi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada ilk ospirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishining psixologik xususiyatlarini organish masalasi haqida fikrlar bildirilgan.Maqoladan ilk ospirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishining psixologik xususiyatlarini tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.

Похожие статьи


background image

450

mikromuhitning salbiy ta'siri; 8) dam olishni tashkil etishning e'tibordan chetda qolgan sohasi; 9)
pedagogik jarayonda o‗quvchilarning psixofiziologik xususiyatlari hisobga olinmaydi; 10)
mamlakatdagi og'ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat.

O'smirlarning deviant xulq-atvorining oldini olish turli omillarning o'zaro ta'siri bilan

ta'minlanishi kerak: oila, maktab, bo'sh vaqt muhiti, norasmiy guruhlar, jamoalar, boshqa
ijtimoiy institutlar va umuman jamiyat. O'smirlarning deviant xulq-atvori ko'lamini kamaytirish
bo'yicha dunyodagi barcha mavjud chora-tadbirlarni ikkita umumiy guruhga birlashtirish
mumkin: 1) deviant xatti-harakatlarning mumkin bo'lgan oldini olish va bartaraf etishning
umumiy mexanizmlarini o'rnatadigan umumiy ta'lim va profilaktika strategiyalari ; 2) shaxsga va
deviant xulq-atvorning o'ziga xos turlariga qaratilgan tabaqalashtirilgan va shaxsiyatga
yo'naltirilgan strategiyalar .

Deviant xulqaga eltuvchi barcha sabablar, motivlar, holatlar va xatti-harakatlarning

umumiyligini aniqlash va o'rganish katta ahamiyatga ega. Ushbu omillarning ko'pchiligi va -
o'smirning salbiy hayotiy vaziyatlari, ayniqsa yomon rivojlangan, turli sabablarga ko'ra
yo'qolgan yoki ijobiy harakatlarga hali shakllanmagan ijtimoiy yo'nalish deviant xatti-harakatlar
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Dunyodagi og'ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat uysiz va qarovsiz o'smirlar sonining

ko'payishiga yordam beradi, deviant xatti-harakatlarning asosiy sabablari quyidagilardir: oilaviy
muammolar ( ota-onalarning spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilishi, ajralishlar sonining
ko'payishi va boshqalar). O'smirlarni spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, chekish, bolalar
ustidan ota-ona nazoratining yetishmasligi va boshqalar bilan tanishtirish.

Shunday qilib, ta'lim va profilaktika ishlari yanada muvaffaqiyatli bo'lishi uchun har bir

deviant o'smirga ta'sir qilishning yangi shakllari, eng samarali vositalari va usullarini izlash
kerak. Ijobiy fazilatlar asta-sekin, o'qituvchining tinimsiz mehnati bilan shakllanadi. Ular dastlab
salbiy xislatlar bilan yonma-yon bo‗lib, faqat doimiy kundalik tarbiya va profilaktika ishlari,
butun pedagoglar jamoasi, maktablar, oilalarning birgalikdagi sa‘y-harakatlari, jamoat -
tashkilotlarining jalb etilishi, jismoniy tarbiya va sport o‗qituvchisining maqsadli mehnati bunga
sabab bo‗ladi. deviant xulq -atvorli o'smirlarni qayta tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish
mumkin .

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

2. Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-

TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 2(3).


I

LK O‗SPIRINLIK DAVRIDA HAYOTIY STRATEGIYALARNI SHAKLLANISHIGA

TA‘SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR

Аbdimurodova Farangiz Anvarovna

O‗zbekiston Milliy universiteti ―Psixologiya‖ yo‗nalishi magistranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ilk o‗spirinlik davrida hayotiy strategiyalarni

shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‗rganish

masalasi haqida fikrlar bildirilgan.

Maqoladan ilk o‗spirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishining psixologik
xususiyatlarini tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.

Кalit so‗zlar:

Ilk o‗spirinlik davri, hayotiy strategiyalar, hayotiy pozitsiya, shakllantirish,

hayotiy tasavvurlar, tarkib toptirish, ichki va tashqi ta‘sirlar, omillar, muloqot, yondashuv,
ijtimoiy yaqinlik.


background image

451

Bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma‘naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil

mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash uzluksiz ta‘lim
tizimining dolzarb vazifasi bo‗lib hisoblanadi. Zero, hozirda har qanday jamiyat taraqqiyoti
uning bag‗rida kamolga etayotgan shaxsning ongi, dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasi, bir so‗z
bilan aytganda inson omili bilan bevosita bog‗liq ekanligi rad etib bo‗lmas haqiqatga aylangan.
Shu boisdan ham mamlakatimizda shaxs tarbiyasini izchil va zamon talablariga muvofiq olib
borish bugungi kunda, avvalo ta‘lim-tarbiya tizimi oldidagi birinchi darajali vazifa qilib
belgilangan. Va buning amaliy isbotini so‗ngi yillarda mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning
―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo‗lib,
dunyo miqyosida o‗z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‗sh kelmaydigan insonlar bo‗lib kamol
topishi, baxtli bo‗lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz‖[1] degan ezgu g‗oyasi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ko‗rib turibmiz.

Darhaqiqat, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi uchun jamiyatning institutlari

mas‘uldir. Ayniqsa, barkamol avlodni shakllantirishning amaliyotini ta‘minlashda, bu boradagi
ilmiy muammolarning yechimini topish, olg‗a surilgan nazariy xulosa va tasviyalarni ta‘lim-
tarbiya amaliyotiga tadbiq etish jamiyatimizning ota-onalar, tarbiyachi-o‗qituvchilar uzluksiz
ta‘lim tizimi oldiga qo‗yadigan davlat buyurtmasini samarali bajarilishi garovidir.

Ta‘lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan biri - shaxs va jamiyat munosabatlarini

konstruktiv tarzda yo‗lga qo‗yish, yoshlarda hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat
bo‗lmog‗i lozim. Yoshlar jamiyat hayotiga kirib borar ekan ularda atrof-muhitga, kishilarga,
qadriyatlarga va o‗ziga nisbatan muayyan hayotiy pozitsiya ham shakllanib boradi. Ular hayotida
ro‗y beradigan turli-tuman hodisalar muqarrar ravishda ong va dunyoqarashga o‗z ta‘sirini
ko‗rsatadi. Bu katta hayotga qadam qo‗yayotgan yoshlarda juda og‗riqli kechishi ham mumkin.
Ba‘zida hayotning turli qiyinchiliklari, taloto‗plari va evrilishlari oldida yoshlarda o‗ziga
nisbatan ishonchsizlik, hayotiy mo‗ljallarning yo‗qolishi, yuksak maqsadlar qo‗yishdan
cho‗chish, o‗z imkoniyatlarini etarlicha baholay olmaslik kabi salbiy hayotiy pozitsiya
shakllanishi ham mumkin. Bu esa o‗z navbatida yoshlarning jamiyatda o‗zlarining munosib
o‗rnini topa olmasligi, hattoki turli yot g‗oyalar ta‘siriga tushib qolish ehtimolini oshiradi. Shu
boisdan ham ta‘lim- tarbiya jarayoni shaxsda konstruktiv hayotiy pozitsiya shakllanishiga
ko‗mak berishi zarur.

Yoshlarning hayotiy pozitsiyasi hayotda tutgan o‗rni va o‗z vazifasini to‗g‗ri anglashi

hamda uni ro‗yobga chiqarish uchun o‗ziga xos yo‗llanma bo‗lib xizmat qiladi. U jamiyat uchun
yo sermahsul, yo shaxsning passivligiga olib boruvchi cheklangan, barqaror bo‗lmagan,
mustaqillikka yod bo‗lishi mumkin. Olimlarning fikricha, ―yoshlik chog‗ida o‗zini ifodalash,
o‗zini ro‗yobga chiqarishga ehtiyoj paydo bo‗ladi, o‗zini ro‗yobga chiqarish sohasini va uning
usullarini tanlash, eng avvalo, yoshlik yillarida yuz beradi‖[2].

Yoshlar guruhini tahlil qilishda, shuningdek, ularning jamiyatdagi o‗rnini, maqomini va

rolini ajratib ko‗rsatish zarur. Yoshlik har bir inson o‗z taqdirini o‗zi belgilab olishi, o‗z
qobiliyati va iqtidorini mumkin qadar ro‗yobga chiqarish imkonini beruvchi muvaffaqiyatli
hayot yo‗liga etaklovchi yagona to‗g‗ri yo‗lni topishi lozim bo‗lgan davr deb hisoblanadi. Bu
davr o‗z ―Meni‖ning og‗riqli qiyin jarayoni bilan birga kechadi. J.G.Mid ta‘rifiga binoan, bu
quyidagicha ko‗rinish oladi: ―Yoshlar ulg‗ayib, ijtimoiylashtirish jarayonida ularni tayyorlagan
dunyoga emas, boshqa dunyoga kelib qoladi. Kattalar tajribasi yaramaydi. Yoshlarni ijtimoiy
tuzilmada bir nuqtai nazardan mashg‗ulotlarga tayyorlaydilar, tuzilma esa boshqacha, avvalgi
pozitsiya unda yo‗q‖[3]. Olimning ushbu fikri bir qarashda keskin va bir tomonlamaday tuyulsa
ham, chuqur mushohadaga chorlashi bilan e‘tiborga molikdir. Buni hozirgi ta‘lim-tarbiyaning bir
qator ustuvor hususiyatlari, asosiy tamoyillari bilan bog‗lash mumkin.

Shaxsning to‗laqonli jamiyat a‘zosi bo‗lib shakllanishida uning o‗zligini bilishi va anglashi

o‗ta muhim masalasidir. Zero, buning zamirida inson ongi va ongsizlik holatlari o‗zining sa‘y-
harakatlari va pirovard maqsadini to‗la anglab etishi, o‗zini o‗zi anglash kabi muhim psixologik
mexanizmlar yotadi. Agarda ong materiyaning yuksak taraqqiy etgan shakli sifatida faqat
insongagina xos ekan, uning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi haqidagi malakali bilimga ega


background image

452

bo‗lish, kishilarni hoxlagan yo‗sinda boshqarish imkonini beradi. Bu esa har doim ham ijobiy
natija beravermaydi. Shu sababli kishilar avval o‗zligini bilishi nafaqat o‗zining ichki ruhiy
olami bilan hamsuhbat bo‗lishi, balki atrofidagi voqea va hodisalarga nisbatan muloqot va
munosabatini to‗g‗ri uyushtirishi, uyg‗oq bo‗lishi zarur. Ana shunday muloqot natijasi o‗laroq
hayotdagi o‗rnini, yashashning asl mohiyatini, o‗zligini to‗g‗ri tushunib, anglay boshlaydi.

Bugungi kunda biz o‗z maqsadimizga erishish uchun ularda samarali bilim va

ko‗nikmalarni tarkib toptirishga asosiy e‘tibor qaratmoqdamiz. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida
olib borilayotgan islohatlar yosh va barkamol avlodni aqlan, ahloqan kamolga etkazish va unda
shaxs sifatlarini tarkib toptirishdan iboratdir. Ma‘lumki, ilk o‗spirinlik davrida hayotiy
strategiyalarni anglash uning shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai
nazardan olganda ilk o‗spirinlik davrida hayotiy strategiyalarni shakllanishining psixologik
xususiyatlarini o‗rganish dolzarb hisoblanadi.

O‗rganilgan ilmiy manbalar va o‗tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‗ra quyidagi xulosalarni

shakllantirish imkonini beradi:

- shaxsda maqsad va qiziqishlarni shakllanmaganligi hayot haqidagi tasavvurlarni

anglanmaganligi bilan izohlanadi;

- shaxsning jamiyatda o‗z o‗rniga ega ekanligi ularning hayotiy tasavvurlari bilan uzviy

bog‗liqligini izohlash mumkin;

- o‗spirinlik davrida hayotiy tasavvurlarni shakllanishi ulardagi hayotiy maqsadlarni anglab

etganligi bilan belgilanadi;

- o‗spirinlik davrida yoshga bog‗liq ravishda hayotiy tasavvurlarni reallashishi kuzatiladi;
- shaxsning o‗z-o‗ziga bo‗lgan munosabatlar tizimining qaror topganligi ularning hayotiy

tasavvurlari bilan uzviy bog‗liq;

- o‗spirinlik davrida hayotiy uslubning tarkib topganligi hayotiy tasavvurlarni

anglanganligining mezoni bo‗lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Мирзиѐев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда

барпо этамиз. – Т., Ўзбекистон, 2016. –Б.14.1;

2. Абульханова К.А. Стратегия жизни. -М.: Мысль, 1991. С.255.14;
3. Davletshin M.G., To‗ychieva S.M. Umumiy psixologiya. T, 2002.


IJTIMOIY GENDER STEREOTIPLAR

Yusupov Umidjon Salim o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor o‗qituvchisi

Baxtiyorova Muhlisa Fayzulla qizi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Oila psixologiyasi‖ yo‗nalishi talabasi

Annotatsiya

: Maqola gender so‗zining asl mohiyati, erkaklik va ayolik xususiyatlari

bo‘yicha tadqiqotlar, dunyo mamlakatlarida gender tadqiqotlar olib borilgan, ijtimoiy madaniy
haqiqatlat aks ettirilgan.

Kalit soʻzlar:

gender,

jins; erkaklik; ayollik; ijtimoiy-madaniy haqiqat.

Uchinchi ming yillik bilan belgilangan davr insoniyat uchun katta imkoniyatlar ochadi.

Shu bilan birga, axborot hajmining muttasil ortib borishi, texnologik jarayonlarning
takomillashuvi, ijtimoiy makon va vaqtning sifat jihatidan o‗zgarishi jamiyat hayotining barcha
sohalarida ko‗plab qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarmoqda. Olimlar inqiroz holatiga e'tibor
qaratib, zamon talablariga javob bera oladigan insoniyat taraqqiyotining yangi paradigmasini

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократии Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т„ Узбекистан, 2016. -Б. 14.1;

Абульханова К. А. Стратегия жизни. -М.: Мысль, 1991. С.255.14;

Davletshin M.G., To'ychieva S.M. Umumiy psixologiya. T, 2002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов