Bolada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda oilaning roli

CC BY f
442-445
110
Поделиться
Юсупов, У., & Эргашева, М. (2022). Bolada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda oilaning roli. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 442–445. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5167
Умиджон Юсупов, O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

psixologiya kafedrasi stajyor oqituvchisi 

Мухлиса Эргашева, O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali

yoshlar psixologiyasi yonalishi talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada oilda farzand tarbiyasi, farzand tarbiyasida mahalla ota-ona va ijtimoiy muhitning ta‘siri, farzandimizning shaxs sifatida shakllanishida muhim urin tutuvchi tarbiyaviy psixologik tavsiyalar keltrilgan

Похожие статьи


background image

442

bo‘lib kelayotgan asar hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda
muhim o‘rin kasb etmoqda.

Ma‘naviy meroslarning moddiy qadriyatlar bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p

mutafakkirlarning tarixiy va adabiy asarlarida yuksak mahoratlar bitilgan, hamda jahonning
madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Turli ijtimoiy -iqtisodiy davrlarda
yaratilgan hadis, pandnoma, hikoyat, doston, maqol, masal, g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa
ko‘rinishlarda ta‘lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rganishning afzalligi, halol mehnat bilan
yashashning zarurligi to‘g‘risida fikrlari bizning zamonimizgacha yetib kelgan. Bunday yozma
manbalarga 6-7-asrlarda yaratilgan Avesto, 11-asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan
―Qobusnoma‖, Farobiyning ―Fozil odamlar shahri asarlari, hind faylasufi Beydabo (Bedpoy)
tomonidan yozilgan ―Klaila va Dimna‖, Al- Xorazmiyning o‘gitlari, Beruniyning
―Mineralogiya‖ asari , Imoil al-Buxoriy tomonidan to‘plangan sahih Hadislar, Lutfiyning ―Gul
va Navro‘z‖, Navoiyning ―Xamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖, Boburning ―Boburnoma‖ va boshqa
ko‘plab adabiy, tarixiy, madaniy-ma‘rifiy meroslari namunalarini misol keltirish mumkin. Ushbu
asarlarda sog‘lom, barkamol va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash borasidagi olimlarning
chuqur mulohazalari yoritilgan. Bolaning qanday shaxs bo‘lib yetishishi albatta, uning
tarbiyasiga va olgan bilimlariga bog‘liq ekanligini ta‘kidlab o‘tishgan. Bu haqida Abdulla
Avloniy o‘z fikrini quyidagicha bildiradi:Ahloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga
tarbiyaning zo‘r ta‘siri bordur, ba‘zilar ― tarbiyaning ahloqqa ta‘siri yo‘q, insonlar asl
yaratilishida qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas‖- demishlar [4].
Ko‘rib turganimizdek shu vaqtgacha bo‘lgan davrlarda ham, hozirgi kunda ham tarbiyaga,
ahloqqa va go‘zal xulqqa bo‘lgan talab zarracha o‘zgargani yo‘q.
Kimki, o‘z hayotining go‘zal, farovon, tinch va hotirjam bo‘lishini istasa, buning uchun
dastavval, go‘zal tarbiya va xulq egasi bo‘lish uchun harakat qilishi kerak. Zero bu yo‘lda
ko‘plab mashaqqatlar mavjud bo‘lsada. Bu so‘zlarimga isbot sifatida Yusuf Xos-Hojibning
―Baxtga eltuvchi bilim‖ asaridagi –―Yoshlikda qatig‘lansa, ulg‘ayganda suynur‖,-degan
purhikmat so‘zlarini eslashni joiz ko‘rdim. Bu so‘zlardan shuni anglashimiz mumkinki,
yoshligida qiynalib bo‘lsada bilim egallagan kishi ulg‘aygan vaqtda shod-hurram yashaydi.
Shunday ekan hozirgi fan-texnika zamonida har bir ota-ona o‘z farzandiga bilim olishda
ko‘maklashmog‘i lozim. Yoshlar esa qo‘llaridagi bor imkoniyatlarini ishga solgan holda bilim
egallashga kirishmoqlari lozim. Zeroki, ―Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqsh‖
kabidir.
Qachonki, millat yoshlari ilmli, bilimli, yuqori saviyali, go‘zal xulqli, intiluvchan bo‘lar
ekan, bu millat dunyo yuzini ko‘radi va uni hech qanday yovuz kuch yenga olmaydi.
Yuqoridagi barcha fikrlarni umumlashtirgan xolda yagona xulosaga keladigan bo‘lsak,
olingan bilim va ta‘lim-tarbiya insonning kim bo‘lishini belgilab beradi. Bu borada esa
o‘tmishda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimizning o‘gitlari katta maslakdosh bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Shayx Muhammadsodiq Muhammad Yusuf ―Shoyadki taqvodor bo‘lsak‖ ma‘ruzalar,

maqolalar va suhbatlar to‘plami, TOSHKENT ‗Cho‘lpon‖ 62-bet.

2.

https://play.google.com/store/apps/details?id=com

. iqtiboslar _olami.aforizmlar.

3.

Z.T.Nishonova ―Rivojlanish psixologiyasi. Pedogogik psixologiya‖ TOSHKENT-2018.

44-bet

4.

4. Abdulla Avloniy ―Turkiy guliston yoxud axloq‖ 3-bet.

BOLADA AXLOQIY VA MADANIY MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHDA

OILANING ROLI

Yusupov Umidjon Salim o‗g‗li

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi

Ergasheva Muhlisa Farhodjon qizi


background image

443

O‗zMU Jizzax filiali yoshlar psixologiyasi yo‗nalishi talabasi

Annotatsiya:

maqolada oilda farzand tarbiyasi, farzand tarbiyasida mahalla ota-ona va

ijtimoiy muhitning ta‘siri, farzandimizning shaxs sifatida shakllanishida muhim urin tutuvchi
tarbiyaviy psixologik tavsiyalar keltrilgan.

Kalit soʻzlar:

oila, axloqiy madaniyatlar, farzand, ota-ona, ijtimoiy muhit.

Farzandlarimiz hayotimizning gulidir. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz
fayzlidir. Biroq farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko‗zga tashlanadi, ularini
o‗z vaqtida oldini olib, bartaraf etmaslik gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun oilada
farzandlarimizga hadis namunalarini o‗qtirib borishimiz kerak. Biroq astoydil, e‘tiqod va
fidoyilik ko‗rsatib, ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga suyanib, bu og‗ir va mashaqatli ishda
muvaffaqiyatga erishadigan tarbiyachi-murabbiylar ham yo‗q emas. Chunki atoqli pedagog V.A.
Suxomlinskiy aytganidek, yomon bola yo‗q, faqat yomon tarbiyachi bor, holos. Xalqimiz
«onasini ko‗rib, qizini ol» deb bejiz aytmagan.
Bola ruhiyati va madaniyatidagi nuqsonlarni o‗z vaqtida payqab, ularni bartaraf etish
tadbirlarini izlash va mohirona ish yuritib, tarbiyaviy ta‘sir o‗tkazish orqali, shubhasiz, samarali
natijalarga erishish mumkin. Buning uchun psixologiya va pedagogika fanlariga asoslangan
holda ish yuritish ko‗zlagan maqsad sari yetaklaydi. Tarbiya ishining zargarning mehnatidek
nozik ish ekanligini unutmagan holda, bolani eng kichik yosh davridan boshlab xulq-odob,
yurish-turish malakalariga o‗rgatib borish, buning uchun, avvalo, mashq qildirish, suhbat,
tushuntirish, ishontirish, ibrat-namuna kabi ilmiy-amaliy metodlardan oqilona foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Inson o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga yetish uchun tinimsiz mehnat qilar
ekan, buning uchun avvalo, unda mustahkam iroda bo‗lishi lozim. Demak, biz tarbiyaviy
ishimizning asosiy yo‗nalishini bolalarda mashq qilish sifatlarini shakllantirishga qaratishimiz
zarur. Bunda kun tartibi katta rol o‗ynab, uning asosida o‗z faoliyatini tashkil etgan bola vaqtdan
unumli foydalana oladi, hayoti davomida qunt bilan ishlash, mehnat qilish ko‗nikmasiga ega
bo‗ladi. Vaqt-vaqti bilan ahloqiy mavzularda suhbat o‗tkazib, bolaning ongiga
ta‘sir etish ham ahamiyatlidir. Bunday suhbatni badiiy asar qahramonlari, Vatanimizning ajoyib
kishilari hayoti va faoliyati to‗g‗risida, tabiat olami haqida qiziqarli qilib o‗tkazish mumkin.
Bunda o‗g‗il va qizlarning yosh xususiyatlari, bilim saviyalari, aqliy imkoniyatlari, qiziqishlari,
qobiliyatlari e‘tiborga olingan holda tarbiyaviy tadbirni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shu
xususda bolalarning din ahllari bilan muloqotda bo‗lishi ham maqsadimizni oydinlashtiradi.
Ma‘lumki, bolaning xatti-harakatida ba‘zan salbiy holatlar, noxush kechinmalar hush
uchrab turadi. U biron-bir aybni ataylab emas, balki ko‗pincha tushunmaganligidan qiladi.
Bolaning aybi, nojuya xatti-harakati uchun jazolashdan ko‗ra, uning keltirgan ziyoni haqida
tushuncha berish kerak.
Bolalar o‗z ruhiy dunyosiga ko‗ra, foydali ishlari bilan kattalarga yordam berish istagida
bo‗ladilar. Biroq turmush tajribasizligi na o‗quvsizligi tufayli ularning bu istaklari hamma vaqt
ham amalga oshavermaydi. Goho «qosh qo‗yaman deb, ko‗z chiqarish» holati ro‗y beradi: u bir
ishga dadil kirishadi-yu, sal vaqt o‗tmasdan ishkal chiqaradi. Shunday hollarda, ya‘ni bola biron-
bir foydali ishga qo‗l urmoqchi bo‗lganida zudlik bilan uni qanday bajarishni ko‗rsatib, yo‗l-
yo‗riq berish lozim. Bunda uning muayyan faoliyatni (vazifani, topshiriqni) o‗zi mustaqil
ravishda bajarishga odatlanadi bolaning kelgusi aqliy mehnatida ijodkorlik, tashabbuskorlik,
mustaqillik kabi sifatlarning paydo bo‗lishida muhim rol o‗ynaydi.
Tarbiya ishida ishontirish metodidan ham samarali foydalanish mumkin. Bu metodni
ko‗pincha bola muayyan ishni dadillik bilan emas, balki sarosima, qo‗rquv hissi, ikkilanish
tufayli bajara olmagan paytda ho‗sh, umuman, har qanday holatlarda ham qo‗llash maqsadga
muvofiqdir. Ishontirish orqali bolada o‗z kuchiga ishonch tuyg‗usi paydo qilinadi; bu tuyg‗u esa
bolaga ko‗tarinki ruh bag‗ishlaydi.
Ota-ona esa farzandlar nigohida eng buyuk kishilardir. O‗zining eng yaxshi sifatlari:
mehnatsevarligi, bir-birlari bilan ahilligi, farzandlariga g‗amxo‗rligi, qo‗shnilar bilan ittifoqligi,


background image

444

qariyalarga nisbatan mehribonligi, kishilarga iltifotliligi, ochiqko‗ngil, kamtarlik xususiyati;
oddiy va bejirim kiyinishi, xullas, tashqi va ichki qiyofasining go‗zalligi bilan farzandlar
nazarida «eng chiroyli, istarasi issiq» kishilardir. Haqiqatan ham, ana shu fazilatlar sohibi
bo‗lgan har bir ota va ona kelgusida o‗z farzandlari tomonidan bir umr e‘zozlanadi. Chunki ular
mashaqqat chekib jon pardasida ardoqlagan mehr chashmasi bilan o‗stirgan nihollarining
kelgusidagi shirin mevasidan bahramand bo‗ladilar. Zotan, xalqimizning «bug‗doy eksang —
bug‗doy, arpa eksang — arpa o‗rasan» degan naqli ayni hayotiy haqiqat talqinidir. Biroq,
afsuski, hayotda buning aksi ham bo‗lib turadi: uzluksiz oilaviy janjallar, er-xotinning ota-onalik
burchini unutib, farzandlarini o‗z holiga tashlab qo‗yishi va hatto, ajralishib ketib, bolalarni tirik
yetim qoldirishi dahshatli hodisadir.
Shunday kishilar ham borki, ular «bolalarimizning qornini to‗ydirib, yaxshi kiyintirib boqib
katta qilayapman-ku, tag‗in nima zarur» degan xayol bilan yashaydilar. Ular farzandga hamma
narsani beradilar-ku, lekin unga kerak bo‗lgan bir narsani — onalik va otalik mehr-shafqatini
bera olmaydilar. Shunday oilada voyaga yetgan ko‗pchilik farzandlarning qismati ayanchli, ular
ota-onalari kabi xudbin, bemehr, hamma narsaga loqaydlik bilan qaraydigan kishilar bo‗ladilar.
Vaholanki, tarbiya ishida hatto kichik xatoga yul qo‗yish ham kechirilmaydigan aybli ish bo‗lib,
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Binobarin, kishi salomatligiga putur yetishi nihoyatda tashvishli holat bo‗lganidek, uning
shaxsida yuzaga kelgan axloqsizlik ko‗rinishlari ham g‗oyat achinarli hodisadir. Bundan jamiyat
ham, ota-onalar ham, o‗zi ham aziyat chekadi. Shuni unutmaslik kerakki, bemorni davolashdan
ham ko‗ra shaxsning ma‘naviy qiyofasi, uning ruhiyati va fe‘l-atvoridagi illatni davolash ancha
mushkuldir.
Shaxsning rivojlanib, tarkib topishida asosan uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga molikdir:
biologik omil, ijtimoiy shart-sharoit (muhit) va tarbiya. Binobarin, kishining ma‘naviy qiyofasi,
uning fe‘l-atvori, voqelikka munosabati, ilg‗or dunyo qarashi xuddi ana shu uchta omil tufayli
qaror topadi. Zotan insonning haqiqiy komil inson darajasiga o‗sib yetishishida mazkur uchta
omilning roli birdek ahamiyat kasb etadi. Muayyan sabablarga ko‗ra, bu omillarlan birortasi
ma‘lum darajasida bo‗lmay, shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy
ko‗rinishlarni keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs ma‘naviy qiyofasida chekinish
yuz beradi — uning tarbiyasi buzila boshlaydi[1].
Oila tarbiyaning asosiy poydevoridir. Bolaning kim bo‗lib yetishishi asosan, oiladagi
muhitga tarbiyaviy ta‘sirga bog‘liq. Bu to‗g‗rida atoqli pedagog A.S.Makarenko alohida
to‗xtalib, agar biz farzandlarimizga yaxshi tarbiya bersak bu bizning baxtimiz, shodligimizdir;
yomon tarbiya bersak bu kelajakdagi achchiq ko‗z yoshimiz, noqobil farzand tufayli qon-qon
yig‗lab yutadigan g‗amlarimiz, alamlarimiz, deb ota-onalarni ogohlantirgan edi. Zotan, bolani
avvalo jismoniy sog‗lom qilib o‗stirsak, mustahkam irodali qilib chiniqtirsak murg‗ak qalbiga
beg‗uborlikni, bokiralikni, chin odamiylik hissini, ulug‗vorlik, mardlik-mardonavorlik
tuyg‗ularini, ehtiros va jushqinlikni, olijanoblikni singdirib borsak, uning aqlini peshlab, turmush
ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan bilimlar bilan boyitsak, faoliyatiga mehnatsevarlik, g‗ayrat-shijoat,
tashabbuskorlik, ijodkorlik, mustaqil harakat qilish, uddaburonlik kabi sifatlarni singdirib
yuborsak, qobiliyatini aniq maqsad sari yo‗naltira olsak, biz ota-onalik va murabbiylik
burchimizni bajargan bo‗lamiz. Ana o‗shanda farzandlarimizni tarbiyalash yo‗lida chekkan
mashaqatlarimiz, sarf etgan beminnat mehnatimiz shirin mevasini beradi. Bu mevadan
o‗zimizgina emas, balki jamiyat ham bahramand bo‗ladi. Farzandimiz esa shunday ulug‗
darajaga yetishganidan benihoya baxt-quvonchga to‗lib, bizlardan bir umr minnatdor bo‗lib
qoladi. Aks holda oilada dili huftonlik kayfiyatlari avj olaveradi. Shu sababli, bola tarbiyasida
ota-onaning fikriy mushtarakligi katta rol o‗ynaydi. Ota-onaning so‗zi bilan ishining birligi
muhim fazilat bo‗lib, katta tarbiyaviy ta‘sir kuchiga egadir. Ota-onalar bolaga to‗g‗rilik va
rostguylikning afzalliklari hamda spirtli ichimliklar ichish va chekishning zarari haqida gapirib,
o‗zlari bunga amal qilmasalar, so‗zlari foydasiz bo‗lib qoladi.
Yolg‗onchilikning kishi xarakteridagi dastlabki kurtaklari yoshlikdan paydo bo‗ladi.
Qush uyasida ko‗rganini qiladi, deganlaridek, yolg‗on-yashiq ko‗zbo‗yamachilik bilan


background image

445

shug‗ullanuvchi ba‘zi yolg‗onni ko‗p gapiradigan kattalar orasida ulg‗ayib borayotgan yoshlar,
ulardan yolgonchilik kasalligini yuqtiradi. Bu kasallikning oldi olinib, tarbiyaviy ta‘sir
ko‗rsatilmasa, bu illat niholdek nozik bo‗lgan bola xarakteriga o‗rnashib qoladi va yomon
oqibatlarga olib keladi.
Bola tarbiyasi hamma uchun ahamiyatli masalalardan. Chunki, bolani yoshlikdan qayoqqa
yetaklasang o‗sha tomonga ketaveradi. Shuning uchun ularning fikrlash qobiliyatini ustirish
uchun ibratli hikoyalardan aytib, o‗qib berish kerak. Avvalo bunday ishlarda bola qalbiga yo‗l
topa olishlik eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Bola yoshligida hamma narsaga havas qiluvchi, o‗zidan kattalarga taqlid qiluvchi bo‗ladi.
Ba‘zan kattalarning yomon qiliqlarini o‗zlashtirishga ulgurgan bo‗ladilar. Bola xarakteriga xos
bunday xususiyatlar tarbiyada keng ildiz otgan, uni ko‗proq oiladagi to‗g‗ri tarbiya va o‗rinli,
asosli tanbehlar, ibratomuz ugitlar zamirida ulg‗aytirsak, bu illatni asta-sekin yo‗qotish mumkin.
Ammo biz kattalar ba‘zida erkalanib yolgon gapirib kelgan bolalarga befarq qaraymiz: bunday
qusurlarga «shunchaki kamchilik» yoki «hali bola- ku» degan tushuncha bilan
yondashmasligimiz kerak. Aks holda ana shu yuqoridagi «shunchaki kamchilik»lar qimmatga
tushadi[2].
Oila a‘zolari o‗rtasida nutq odobi masalasi g‗oyat muhim masaladir. Biroq bu ishni amalga
oshirishda, birinchi galda ota-onalarning o‗zlari namuna ko‗rsatib, sof ona tilida so‗zlashishlari
lozim. Ma‘lumki, «sen» va «siz» so‗zlari ham bir og‗izdan chiqadi. Baliq suv bilan tirik
deganlaridek, odam odam bilan hayotdir. Buning asl ma‘nosida odamlarning o‗zaro
muloqotidagi aloqa qurolining ijtimoiy sifatlari yotadi. Binobarin, muomala-munosabatda nutq
madaniyatiga rioya qilgan holda, mazmunli hamda ravon so‗zlay olish naqadar ulug‗vorlikdir.
O‗z navbatida, har bir odam muloqotda sezgirlik, ziyraklik, hozirjavoblik, ibolilik, iffatlilik
namunasini ko‗rsata olishi boshqalar nigohi qarshisida xushsurat timsol yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

2. Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-

TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 2(3).

BUZGʻUNCHILIKDAN BUNYODKORLIKKA

Ravshanov Olim Ahmedovich

Psixologiya kafedrasi katta oʼqituvchi:

Qarshiboyeva Maftuna Togʼay qizi

Psixologiya fakulteti 321-21- guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada insonning bolalaik davridagi oʼziga xos boʼlgan

xislatlaridan biri, buzgʼunchilik va bunyodkorlik tabiatining vujudga kelishi, faol namoyon
boʼlishi va bunyodkorlikni shakllantirish yoʼllari haqida fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Buzgʼunchilik, bunyodkorlik, intellekt, kreativ, konstruktorlik, dastur,

texnologiya.


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida Respublika rahbariyati va hukumati olib

borayotgan tinchliksevarlik, xalqparvarlik, siyosati barcha soxalar bilan birga maktabgacha
taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan islox qilish ularni rekontruksiyadan chiqarish uchun
ustuvor zamin boʼlib hizmat qilmoqda. Buning isboti sifatida shuni eʼtirof yetish yetarliki,
"2017-2022-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

Библиографические ссылки

Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов