BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QTUVCHILARINING KASBIY- MA’NAVIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur ilmiy maqolada "Bo'lajak ingliz tili o'qtuvchilarining
kasbiy-ma'naviy madaniyatini rivojlantirish" masalasi keng yoritilgan. Maqola,
pedagogik jarayonda o'qituvchining kasbiy va ma'naviy madaniyatini
shakllantirishning ahamiyatini ta'kidlaydi, ayniqsa ingliz tili o'qtuvchilarining roli va
vazifalariga alohida e'tibor qaratiladi. O'qtuvchining kasbiy-ma'naviy madaniyati faqat
o'qitish metodlari bilan cheklanmay, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy va ma'naviy
qadriyatlarni o'zlashtirish, hamda o'quvchilarga ma'naviy ko'nikmalarni singdirish
jarayonlariga ham ta'sir qiladi. Maqolada, ingliz tili o'qituvchilarining pedagogik
malakalarini oshirish, jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlash, hamda ta'limning
samaradorligini yaxshilashda kasbiy-ma'naviy madaniyatni rivojlantirishga oid
tavsiyalar berilgan. Ushbu maqola o'qituvchilarning kasbiy va ma'naviy o'sishiga,
ta'lim muhitining sifatini oshirishga yordam beradi.