Значение невербальных средств в выражении человеческого опыта в процессе коммуникации

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Абдуқодирова, Л. (2024). Значение невербальных средств в выражении человеческого опыта в процессе коммуникации. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 56–59. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30055
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В процессе общения важное значение для выражения эмоций человека имеют невербальные средства, такие как жесты, мимика, движения тела, интонация, паузы, смех, улыбка, взгляд. Существуют различные примеры высокой результативности любой речи, происходящей посредством невербальных средств, а также возможности решения многих задач не только в лингвистике, но и в других областях. Кроме того, на основе примеров было выделено выражение паралингвистических средств посредством вербальных средств в художественном образе.

 

Похожие статьи


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

56

KIRISH

Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,

muloqotning juda katta qismini noverbal aloqa tashkil

etadi. Biz har kuni minglab noverbal belgi va harakatlarga,

shu jumladan, gavda holati, yuz (mimika) va ko‘z ifodasi,

imo-ishoralar hamda intonatsiyaning turli darajalaridan

o‘zimiz bilmagan holda juda ko‘p foydalanamiz. Til –

muloqot vositasi. Ammo uning ishtirokisiz ham muloqotga

kirishish mumkinligini ko‘rishimiz mumkin. Muomala

qilish uchun xizmat qilish tilning eng muhim funksiyasi

bo‘lib, insonlar til orqali bir-birlarini tushunadilar, aloqa

qiladilar, axborot almashadilar hamda jamiyatda kishilar

bir-birlariga til yordamida ta’sir etadilar. U his-hayajon,

istak, ruhiy kechinmalarni izhor etish vositasi ham

hisoblanadi. Shu orqali tilning ekspressiv-emotsional

funksiyasi yuzaga chiqadi. Muloqotning yana bir jihati

munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi

harakati — nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas,

balki harakatlar bilan ham fikr ifodalashdan iborat.

Noverbal muloqot va xulq-atvor to‘g‘risidagi ilmiy

izlanishlar 1872-yilda Charlz Darvinning «Insonlar va

hayvonlarda emotsiyalar ifodasi» nomli asarining nashri

bilan boshlandi. O‘sha vaqtdan buyon so‘zlarsiz muloqot

va xatti-harakatlarning turlari, ta’siri va ularning ifoda

etilishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borildi.

MATERIAL VA METOD

Jahon tilshunosligida paralingvistik vositalar tadqiqi

bo‘yicha ahamiyatli izlanishlar o‘tgan asrning ikkinchi

yarmidan boshlab ko‘zga tashlanadi. Jumladan, T.M.

MULOQOT JARAYONIDA INSON

KECHINMALARINI IFODALASHDA

NOVERBAL VOSITALARNING AHAMIYATI

Abduqodirova Lobar Shavkatovna,

Alfraganus universiteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi I bosqich magistranti

ORCID: 0009-0008-2928-8550

Annotatsiya:

Muloqot jarayonida inson hissiyotlarini namoyon etishda noverbal vositalar, ya’ni imo-ishora,

mimika, tana harakatlari, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘z qarashlari muhim ahamiyatga ega. Noverbal

vositalar orqali yuzaga chiqadigan har qanday nutqning yuqori ta’sir kuchiga ega bo‘lishi, shuningdek, tilning

ishtirokisiz muloqot shakli nafaqat tilshunoslik, balki boshqa sohalar doirasida ham ko‘plab muammolarni hal

qilish mumkinligiga turli misollar keltirilgan. Bundan tashqari, badiiy tasvirda paralingvistik vositalar verbal

vositalar orqali ifodalanishi misollar asosida yoritildi.

Kalit so‘zlar:

noverbal vosita, paralingvistika, tana tili va gavda holati, proksemika, ko‘z va yuz nigohlari,

artifaktlar va badiiy tasvirda noverbal vositalarning ahamiyati.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

57

Nikolayeva, B.A. Uspenskiy, G.V. Kolshanskiy, I.N.

Gorelov, G.E. Kreydlin, А.Garkavets, L.S. Vigotskiy,

A.A. Reformatskiy, M.L. Butovskaya, E.G. Kulikova, I.A.

Kuznetsov, I.A. Golovanova, I.A. Krim kabi olimlarning

tadqiqotlarida noverbal vositalarning turli aspektlarda

yoritilganini ko‘rish mumkin.

O‘zbek tilshunosligida ham paralingvistik vositalar

yuzasidan bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.

Xususan, А.Nurmonov, M.Saidxonov, S.Mo‘minov,

Sh.Iskandarova, А.Аripova, Z.Аkbarova, Q.Rasulov,

А.Haydarov, G.Toirova, Q.Kaxarov, X.Ismoilov,

B.Axmedov, M.Qurbanovning tadqiqotlarini ko‘rsatish

mumkin. O‘zbek tilshunosligida paralingvistik vositalar

tadqiqi А.Nurmonovning «O‘zbek tilining paralingvistik

vositalari» nomli risolasida ko‘zga tashlanadi.

Shuningdek, paralingvistik vositalarning monografik

planda o‘rganilishi M.Saidxonovning «Noverbal vositalar

va o‘zbek tilida ularning ifodalanishi» nomli nomzodlik

ishida aks etgan. S.Mo‘minov «O‘zbek muloqot

xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari» deb nomlangan

ilmiy ishida paralingvistik vositalarning genderologik

xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot olib borib, erkak va

ayollar foydalanadigan noverbal vositalar haqida qiziqarli

maʼlumotlar beradi. Genderologik aspektda paralingvistik

vositalarni tadqiq qilish B.Axmedovning «Paralingvistik

vositalarning genderologik va pragmatik tadqiqi»

nomli dissertatsiyasida ham shu mavzuga kengroq va

chuqur tahlil ostida qaralgan, natijada o‘zbek ayollariga

tegishli bo‘lgan mimikalar, o‘zbek erkaklari muntazam

foydalanadigan xatti-harakatlar haqida so‘z yuriltilgan.

Noverbal vositalar tasnifi bo‘yicha ingliz tilshunoslari

orasida ham turli nazariyalar mavjud. Xususan,

britaniyalik psixolog M.Argayl noverbal muloqot

komponentlarini quyidagi guruhlarga ajratadi: 1) tana

muloqoti; 2) muloqot maydoni; 3) gavda joylashuvi; 4)

tashqi ko‘rinish; 5) yuz ifodalari va imo- ishoralar; 6)

nigoh; 7) nutq muddati; 8) ovoz ohangi; 9) nutqdagi

xatolik; 10) talaffuz.

AQSHning noverbal vositalar bo‘yicha taniqli

tadqiqotchisi M.Knapp quyidagi tasnifni keltirgan: 1.

Jismoniy harakatlar. 2. Ko‘z harakatlari. 3. Teginish

harakatlari. 4. Tevarak-atrof faktorlari.

Amerikalik psixologlar P.Ekman va V.Frizen tasnifiga

ko‘ra, og‘zaki bo‘lmagan vositalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Timsollar – tushunchalar (ma’nolar) va mavzularni

yetkazishga qodir imo-ishoralar. Ular soʻzga ekvivalent

bo‘la oladi.

2. Illyustratorlar – ifodalangan narsani to‘ldiradigan

harakatlar.

3. Regulyatorlar – og‘zaki ifodalangan holatlarni

tartibga solishga, boshqarishga yordam beradigan

harakatlar.

4. Affektivlar – holatni ifodalovchi noverbal vositalar.

5. Adapterlar – o‘z-o‘zini parvarish qilishga qaratilgan

harakatlar.

Noverbal aloqa deganda nima tushuniladi? Noverbal

aloqa — bu og’zaki va yozma ravishda so‘zlardan

foydalanmasdan, xabarlarni yuborish va qabul qilish

jarayoni. Noverbal muloqot til, tovush nutqining

qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-

ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar

vositasidagi muloqotdir. Bunda axborot so‘zlashish

orqali emas, balki fikrlar va hissiyotlarni turli harakatlar

orqali ifodalash bilan namoyon bo‘ladi. Amerikalik olim

Megrabyan formulasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib

turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy

bо‘lishiga gapirgan gaplari 7 %, paralingvistik omillar

38 % va noverbal harkatlar 58 % gacha ta’sir qilarkan.

Muloqot qanday tarzda kechishidan qat’i nazar, uning

mazmunli va ta’sirli bo‘lishi nafaqat so‘zlovchiga, balki

tinglovchiga ham bog’liqdir. Muloqot vaqtida so‘zlashish

qoidalariga rioya qilish, aytilayotgan gaplarga e’tiborli

bo‘lish, suhbat davomida bir-birini yaxshi tinglash va

tushuna olish muloqotni yanada chiroyli kechishiga

yordam beradi. Biz foydalanadigan verbal va noverbal

aloqa hayotning barcha jabhalarida o‘ta muhim omil

hisoblanadi va u hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi.

Xo‘sh, noverbal vositalar nimalarni o‘z ichiga oladi?

Yuz ifodalari

Noverbal muloqotning eng katta qismi yuz

ifodalari orqali amalga oshiriladi, desak adashmagan

bo‘lamiz. Chunki hissiyot va kechinmalarimizning

aksariyati yuzimizdan zohir bo‘ladi. Tanamizdagi

og‘riq, ko‘nglimizdan kechayotgan hislar bevosita

ruhiyatimizga chambarchas bog‘liq. Yuz ifodalari esa

aynan ruhiyatimizdan so‘zlaydi: jahl chiqsa qizarish,

orzu qilsa entikish, xursand bo‘lsa tabassum qilish,

norozi bo‘lsa qoshlarning chimirilishi va yana bir qancha

holatlar bunga misol bo‘la oladi. Birgina tabassum yoki

qovoq solish bilan qanchadan qancha ma’lumot yetkazib

berilishi mumkin. Kishi yuz ifodasini, odatda, uning

so‘zlarini eshitishdan ancha oldin payqaymiz.

Noverbal muloqot va xatti-harakatlar madaniyatlar

o‘rtasida keskin farq qilishiga qaramasdan, quvonch,

qayg‘u, jahl va qo‘rquvni ifodalovchi yuz ifodalari dunyoning

turli burchaklarida yashovchi insonlar uchun bir xildir.

Imo-ishoralar

Biror maqsadga yo‘nalgan belgi va harakatlar

so‘zlarsiz ma’no yetkazishning muhim usulidir. Eng

sodda imo-ishoralar qo‘l silkitish, qo‘l bilan ishora qilish

hamda sonli miqdorlarni ko‘rsatishda barmoqlardan

foydalanish bo‘lib, boshqa imo-ishoralar ixtiyoriy yoki

ma’lum madaniyatga tegishli bo‘lishi mumkin.

Suhbatdoshingiz so‘zlayotgan mavzu sizga

zerikarli ekanligini soatingizga qarab qo‘yishingiz yoki

esnab olishingiz, diqqatingizning bo‘linishi, atrofga

alanglashingiz orqali bildirishingiz – signal qilishingiz

mumkin.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

58

Paralingvistika

Tilshunos Golub. I.B. nutq ta’sirchanligini

shakllantirishda paralingvistik vositalarning o‘rnini

tilning tasviriy vositalari bilan bir qatorga qo‘yadi. Uning

fikricha, paralingvistika fikr (tushuncha)ning dirijyoridir.

Haqiqatan ham shunday, chunki har qanday shaxs o‘z

fikrini (nutqini) bu vositalar yordamida oson hamda erkin

ifodalay oladi.

Paralingvistika biz ishlatadigan tildan farq qiluvchi

ovozli aloqa. Bunda ovozning balandligi, ohangi va

uning o‘zgaruvchanligi gapning ma’nosiga ta’sirini

hisobga olish muhim. Baland ovozda aytilgan so‘zlar

ma’qullash va ishtiyoqni yoki ayni so‘zlarning ikkilanish

ovoz tonida aytilishi norozilik va qiziqishning sustligini

ifodalashi mumkin.

Tana tili va gavda holati

Tana tili bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar 1970-yildan

buyon sezilarli darajada o‘sdi, ayniqsa, Julius Festning

«Tana tili» kitobi nashridan so‘ng, ommaviy axborot

vositalari insonlarning o‘z-o‘zini himoyalash gavda holati,

qo‘l va oyoqlarni qovushtirish vaziyatlarini tahlil qilishga

alohida urg‘u berdi.

Ushbu noverbal xatti-harakatlar his-tuyg‘ular va

munosabatlarni ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa-da, tadqiqotlar

tana tili biz ilgari ishonganlarimizdan ko‘ra ancha nozik

va shu bilan birga, aniqlik darajasi pastroq hisoblanadi.

Proksemika

Proksemika ogʻzaki boʻlmagan muloqotni oʻrganishda

bir nechta kichik toifalardan biridir, jumladan haptika

(tegish), kinesika (tana harakati), vokalika (paratil) va

xronemiya (vaqt tuzilishi) ham shu toifaga misol boʻladi.

1963-yilda ushbu atamani ishlab chiqqan madaniy

antropolog Edvard T. Xoll proksemikani «Odamlarning

boʻshliqdan madaniyatning maxsus ishlab chiqilishi

sifatida foydalanishi haqidagi oʻzaro bogʻliq kuzatuvlari

va nazariyalari» deb taʼriflagan. Proksemika kuzatuv

orqali ochiladigan va madaniyatning kuchli taʼsiri ostida

boʻlgan shaxslararo muloqotning yashirin komponenti

boʻlib qolmoqda.

Proksemika bu suhbatdosh bilan bo‘ladigan oraliq

masofa. Odamlar ko‘pincha «shaxsiy makon»ga

bo‘lgan ehtiyojlariga murojaat etishadi, bu ham noverbal

aloqaning muhim turidir.

Masalan, odamlar bilan tasodifiy suhbat chog‘ida

zarur bo‘lgan shaxsiy maydon hajmi odatda 46 sm dan 1

metrgacha farq qiladi. Boshqa tomondan, ko‘pchilik bilan

gaplashganda shaxsiy masofa 3 metrdan 4 metrgacha

farqlanadi.

Ko‘z nigohi

Biror kishining suhbat jarayonida ko‘zingizga

to‘g‘ridan to‘g‘ri qarashi, bu ularning suhbatga

qiziqayotganligi va e’tibor berayotganligini anglatadi.

Ammo buning uzoq davom etishi boshqa ma’no kasb

etadi, ya’ni taajjub, hayrat va qo‘rquv.

Boshqa tomonda, nigohni olib qochish, tez-tez

uzoqqa tikilish bu kishining noqulaylik his etayotganini

yoki haqiqiy his-tuyg‘ularini yashirishga urinayotganligini

anglatadi.

Haptika

Teginish orqali muloqot qilish noverbal muloqotning

yana bir muhim turi hisoblanadi. Go‘daklik va bolalarning

erta yoshlik davrida teginishning muhim ahamiyatli

ekanligi to‘g‘risida juda ko‘p tadqiqotlar mavjud. Garri

Xarlov tomonidan maymunlarda o‘tkazilgan tadqiqot

teginish va aloqadan mahrum bo‘lishi ularning normal

rivojlanishiga xalaqit berishini ko‘rsatdi. Ular xulq-atvor

va munosabatlarga kirishishda nuqsonlarni boshdan

kechirishi kuzatildi.

Yozuvchi Julia Vud o‘zining «Shaxslararo muloqot:

kundalik uchrashuvlar» kitobida teginish ko‘pincha status

va kuch aloqasi sifatida ishlatiladi, deb yozadi.

Tadqiqotchilar yuqori statusli insonlar boshqalarga

qaraganda tezroq va yuqori intensivlikda boshqa

odamlarning shaxsiy makoniga kirishga moyil bo‘lishlarini

aniqladilar. Teginish orqali qanday ma’no yetkazib berish

jinslar orasidagi tafovutlarda ham namoyon bo‘ladi.

Ayollar g‘amxo‘rlik, tashvishlanish va emotsional

dalda berish ma’nosini yetkazish uchun teginishdan

foydalanishadi. O‘z navbatida, erkaklar kuch yoki

boshqaruvni tasdiqlash uchun teginishdan ayollarga

qaraganda ko‘proq foydalanishadi.

Tashqi ko‘rinish

Biz tanlagan rang, kiyim, soch turmagi va tashqi

ko‘rinishga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham norverbal

aloqa vositasi hisoblanadi. Rang psixologiyasi bo‘yicha

tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli xil ranglar turlicha

kayfiyatlarni uyg‘otishi mumkin. Tashqi ko‘rinish fiziologik

reaksiyalar, biror narsa to‘g‘risidagi fikr va ularning

qanday talqin etilishining o‘zgarishiga sababchi bo‘lishi

mumkin.

Madaniyat qiyofalarning qay tariqa baholanishida

ahamiyatli o‘ringa ega. G‘arb madaniyatida ozg‘inlikning

qadrlanish ehtimolligi ko‘proq bo‘lsa, ba’zi Afrika

madaniyatida to‘lachadan kelganlikka sog‘lom va ijtimoiy

ahvoli yaxshiroq deb qaraladi.

Artifaktlar

Narsalar va tasvirlardan noverbal tarzda muloqot

qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositadir.

Masalan, onlayn forumda o‘zingizning shaxsingizni

namoyish etish uchun ism yoki rasm tanlashingiz,

kim ekanligingiz va sizga yoqadigan narsalar haqida

ma’lumot berishingiz mumkin.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

59

Ish jarayonida kiyiladigan rasmiy ish kiyimlari, misol

uchun, shifokorlarning oq xalati, militsiya xodimlarining

formalari bu insonlarning ish faoliyati to‘g‘risida bir

qarashdayoq ma’lumot beradi.

MUNOZARA

Aloqa-aralashuvda ma’lum axbarotni tinglovchiga

yetkazishda tildan tashqari, yelka, qo‘l, yuz, bosh, qosh,

ko‘z, og‘iz, ovozning baland-past tonlari, tananing turli

harakatlaridan foydalanamiz. Hatto bu holatlar kitob

o‘qiyotganimizda ham sodir bo‘lishi mumkin. Asar

personajlarining xatti-harakatlari, voqelik, syujetning

jadalligi bizni iztirob va taajjubga solganda ham, gohida

yig‘laymiz, kulamiz, qoshimizni chimiramiz, labimizni

buramiz va hokazo.

Quyida ana shunday paralingvistik vositalarning

badiiy tasvirda verbal vositalar orqali ifodalanishini

ko‘rib chiqamiz.

Birgina tabassum qilish yoki qovoq solish bilan

qanchadan qancha ma’lumot yеtkazib berilishi

mumkin. Shuningdek, tabassum orqali ijobiy va salbiy

ekspressivlik yuzaga chiqariladi.

«Aravakash yumshoqqina kulimsiradi. Yosh yigitning

bu shirin tabassumini oy yorug‘ida alayna ko‘ra olgan

yosh qiz qizarib, teskari qaradi...» (Cho‘lpon. «Kecha

va kunduz», 25-bet)

«Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga

ko‘z qirini tashladi». (A.Qodiriy. «O‘tgan kunlar»).

Yuqoridagi misollarni o‘zaro taqqoslar ekanmiz,

1-gapdagi «shirin tabassum» hamda 2-gapdagi

«istehzoli tabassum» birikmalari ijobiy va salbiy

ma’nolarni ifodalab, matn mazmuniga qo‘shimcha

ta’sirchanlik yuklash maqsadida qo‘llanilgan. Shu bilan

birga, turli ko‘rinishdagi matnlarni tahlilga tortar ekanmiz,

tabassumning metaforik birikma tarzida qo‘llanilishiga

ham guvoh bo‘lamiz.

«Juda yomon bolalar emas ekan, odamgarchiligi ham

chakki emasga o‘xshaydi, degan fikr o‘tdi ko‘nglimdan,

nazarimda, ukalarim ham shu xususda o‘ylashgan

bo‘1sa kerak, yuzlariga qizillik yugurib, tabassum

guli ochilgandek bo‘ldi». (X.To‘xtaboyev. «Besh bolali

yigitcha», 94-bet).

Yozuvchining mahoratini qarangki, birgina tabassumni

o‘ziga xos chiroyli o‘xshatish bilan ifodalagan.

«Anvar o‘z ixtiyoricha chuqur yonig‘a o‘lturdi va

xanjarini yanib kelgan jallodga qo‘li bilan «ozg‘ina

to‘xtang» ishoratini qilib, Abdurahmon tomong‘a kuldi:

– Mening holimni ko‘ringiz, domla, – dedi anvar kulgan

yuzda, – qo‘lim bog‘langan, ustimda xanjar yaltiraydi.

Lekin men kulaman… (Abdulla Qodiriy. «Mehrobdan

chayon», 313-bet)

Bu o‘rinda qahramon kulgisida istehzo, alam ramzi

bor. Kinoyaga yo‘g‘rilgan bu gap zamirida Anvarning

jasorati, o‘limga tik boqishi, sof vijdon bilan mag‘lub

bo‘layotgani nihoyatda chiroyli dalillangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab olimlar tabassumning

boshqa insonlarga ta’sirini tekshirib ko‘rib, u o‘zida

kuchli ma’lumotlarni jamlashini hamda insonning botiniy

aqliga yuqori ta’sir ko‘rsata olishini aniqlashgan ekan.

Har bir insonning o‘ziga xos tabassumi bo‘ladi, boshqa

birovning tabassumi birovnikiga o‘xshamaydi. Bunda

kishining ruhiy holati, yashayotgan muhiti va hatto tabiati

yashiringan bo‘ladi.

XULOSA

Verbal aloqaga bog‘liq bo‘lmagan barcha birliklar

so‘zlashuv jarayonining yordamchi vositalari sanaladi.

Nutqiy muloqotni shu ikki omil: verbal va noverbal

vositalarning mujassamlashuvi asosida vujudga

keladigan yaxlitlik sifatida talqin qilish maqsadga

muvofiq. Badiiy asar yozuvchisi til birliklaridan

foydalanishda har bir asar mavzusidan kelib chiqib,

o‘zi tasvirlaydigan badiiy personajlarning imo-

ishoralari, tana harakatlarini o‘qirman ko‘z o‘ngida

aniq gavdalantiradigan leksemalar, stilistik vositalarni

qo‘llashga intiladi va badiiy personaj hissiyotlarining

o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishni uddalashi

talab etiladi. Bundan tashqari, badiiy asarlarda

qahramon hissiyotlariga mos keluvchi til birliklarining

qo‘llanishi asar tilining jozibador, ta’sirchan bo‘lishini

ta’minlaydi. Kinetik paralingvistik vositalar nutqning

tabiiyligi hamda so‘zlovchining ijtimoiy va shaxsiy

holatini aks ettirishda eng faol tilga yondosh birlik

ekanligi tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lgan. Tana

a’zolarining muloqot jarayonidagi ishtirokida qo‘l

harakatlarining nisbati 20 %, barmoqlar harakati esa

13 %ni ko‘rsatib, o‘zbekona nutqda eng faol noverbal

birlik ekanligi aniqlandi.

1. Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T.: Fan, 2008.

2. Nurmonov A. O‘zbek paralingvistik vositalari // Tanlangan asarlar. I jild. – T.: Akademnashr, 2012.

3. Лотман Ю. Семиотика кино и проблемы киноэстетики. – Таллин: Ээсти Раамат, 1973.

4. Крейдлин Г. Невербальная семиотика: Язык тела и естественный язык. – М.: Новое

литературное обозрение, 2002.

5. Krauss R.M. «Lexical Gestures and Lexical Access: A Process Model». Book: Language and

Gesture by D. McNeill (Ed.) New York: Cambridge University Press, 2001. pp.

6. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. – T.: «Turon-Iqbol», 2006.

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Saidxonov M. Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar. – T.: Fan, 2008.

Nurmonov A. O‘zbek paralingvistik vositalari // Tanlangan asarlar. I jild. – T.: Akademnashr, 2012.

Лотман Ю. Семиотика кино и проблемы киноэстетики. – Таллин: Ээсти Раамат, 1973.

Крейдлин Г. Невербальная семиотика: Язык тела и естественный язык. – М.: Новое литературное обозрение, 2002.

Krauss R.M. «Lexical Gestures and Lexical Access: A Process Model». Book: Language and Gesture by D. McNeill (Ed.) New York: Cambridge University Press, 2001. pp.

Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. – T.: «Turon-Iqbol», 2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов