МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
118
BO‘LG‘USI VETERINAR MUTAXASSISLARINI
TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI
MASHG‘ULOTLAR JARAYONIDA RIVOJLANTIRISH
Narziyeva N. N
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universiteti
Tayanch so‘zlar:
veterinariya ta’limi, interfaol ta’lim, grafik organayzerlar, pedagogik
texnologiyalar, interfaol usul, baliq skeleti, klaster, blis-o‘yin texnologiyasi, mutaxassis,
didaktik imkoniyatlar.
Ключевые слова:
ветеринарное образование, интерактивное образование, графиче
-
ские органайзеры, педагогические технологии, интерактивный метод, скелет рыбы, кла
-
стер, технология блис-игры, специалист, дидактические возможности.
Key words:
veterinary education, interactive education, graphic organizers, pedagogical
technologies, interactive method, fish skeleton, cluster, bliss game technology, specialist,
didactic opportunities.
Kirish. Respublikamizda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish
maqsadida, 2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun veterinariya ta’limida ham
ijroga qaratilib, veterinariya ta’limini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalari
jadal rivojlantirilmoqda.
Ushbu fikrlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugungi kunda
mamlakatimizda veterinariya va chorvachilikka yo‘naltirilgan ta’lim
muassasalarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2022 yil 31 martdagi
PQ-187-son qarori asosida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qayta tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasiga Universitet maqomining berilganidan so‘ng bir
nechta yangi ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu esa universitet professor-
o‘qituvchilari zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yukladi.
ПЕДАГОГИКА, ПСИХОЛОГИЯ
119
Shunday ekan o‘qitishning interfaol usullarini ta’lim tizimiga joriy qilish
veterinar mutaxassis tayyorlashning muhim omillaridan biridir. Jahon fani va
innovatsion faoliyatning yutuqlaridan keng foydalanish, veterinariya sohasini
izchil va barqaror rivojlantirish, mamlakatning munosib kelajagini barpo
etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. Shuning uchun ham bugungi tezkor
rivojlanish davrida jamiyat uchun faol fikrlovchi, innovatsion g‘oyalarni
yaratuvchi hamda ularni amaliyotda samarali qo‘llovchi malakali mutaxassislar
kerak. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimida innovatsiyalar, shu jumladan
o‘qitishning zamonaviy, interfaol va ijodiy uslublarini joriy etish va veterinariya
sohasiga joriy qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashuvchi
innovatsion o‘quv dasturlarni ishlab chiqish, universitetning rahbar va pedagog
kadrlarining ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va boshqarish borasidagi yangi
bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish asosida ularning innovatsion
kompetentligini rivojlantirishni talab etadi.
Asosiy qism. Jahon ta’lim tizimida talabalarda tadqiqotchilik
kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar xorijiy va mustaqil
hamdo‘stlik mamlakatlari olimlari tomonidan olib borilmoqda. Jumladan,
talabalarda tadqiqot-izlanuvchanlik faoliyatiga doir izlanishlar xorijiy
olimlardan D.B.Bogoyavlenskaya, A.K.Brudnov, V.A.Dalinger, A.L.Spivak
kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Respublikamiz olimlaridan R.X.DJurayev, B.X.Raximov, Yu.M.Asadov,
B.Daniyarov, U.I.Inoyatov, N.Sh.Turdiyev, N.T.Axmedova, I.Saparboyev,
I.B.Asqarov xorijiy davlatlar olimlaridan S.I.Osipova, O.P.Merzlyakovalar
ilmiy izlanishlarida talabalarning kompetentlilik faoliyatlarini maktab davridan
boshlab shakllantirish haqida fikrlar aytib o‘tilgan.
Bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida o‘tkazilayotgan islohotlar
oliy ta’limga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Oliy ta’lim muassasalari oldiga
yangi maqsad va vazifalar qo‘yilmoqda. Barcha o‘zgarishlarning maqsad va
mohiyati markazida rivojlanayotgan talaba shaxsi – uning maqsadi va o‘zini
anglashi hamda o‘zini tadqiq etishi, shaxs bo‘lib yetishishi, ijodini namoyon
etish kabi masalalar turadi.
Talabalarda kompetensiyaviy yondashuvni shakllantirish va rivojlantirish
muammosini professor A.Abduqodirov shunday ta’kidlaydi, kompetentlilikni
rivojlantirish – bu insonning butun umri davomida to‘xtamaydigan jarayondir.
Darhaqiqat, bugungi kunda ilmiy izlanish, ilmiy ijod har bir pedagog
kasbiy-innovatsion faoliyatining ajralmas qismi sifatida belgilanmoqda. Bu
esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasining pedagog kadrlaridan kasbiy
faoliyat sohasida kompetentlik, mas’uliyatlilik, o‘quv-tadqiqotchilik va ilmiy-
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
120
tadqiqotchilik ishlarini samarali tashkil etish qobiliyati, mustaqil ta’lim va
o‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik kabi sifatlarga ega bo‘lishni
talab etadi. Jumladan, oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining kasbiy
tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablarida kasbiy faoliyat sohasining
zamonaviy tendensiyalari va dolzarb masalalarini bilish, shuningdek, mustaqil
ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish asosiy vazifalar sifatida belgilanib,
bunda quyidagi kompetensiyalarni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi:
– milliy va xorijiy tajribalar asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga
xizmat qiluvchi innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar va didaktik ta’minotni
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
– yuqori reytingli xalqaro ilmiy-axborotnoma bazalaridan erkin foydalana
olish va maqolalar chop etish;
– fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari
samaradorligini oshirish;
– ilmiy-tadqiqotlar asosida oliy ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv-
tarbiya jarayonini boshqarishda ilmiy-tadqiqot ishlari imkoniyatlaridan keng
foydalanish;
– talabalarni tanlagan kasbiy faoliyat sohasida mustaqil ta’lim olishga
o‘rgatish, ularning ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarida fasilitatorlik qilish.
Bu kabi usullar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilim
faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan
mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash,
o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay
olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan
eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagoglar
tomonidan interfaol usullarning o‘rinli, maqsadli, samarali qo‘llanilishi ta’lim
oluvchilarda muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy
fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi
mantiqiy bog‘liqlikni topish qobiliyatlarini mustahkamlash uchun keng
imkoniyat yaratadi.
Veterinariya ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li –
ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining interfaol usullar yordamida
tashkil etish hisoblanadi.
Interfaol ta’lim (inglizcha “inter”, ruscha “interaktiv”, “inter”-o‘zaro, “act”-
harakat qilmoq) – ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan
axloqiy sifatlarini o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga
asoslanuvchi ta’lim [1].
ПЕДАГОГИКА, ПСИХОЛОГИЯ
121
Interfaol ta’lim talabalarning kasbiy, ijodiy-tadqiqotchilik sifatlarini
rivojlantirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni
tadqiq etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan
interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro
hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatini olib borishlarini ifodalaydi.
Muhokamalar va natijalar. Amerikalik psixolog olimlar F.Makelrou
va R.Karnikauning tadqiqotlarida shaxsning tabiiy psixologik-fiziologik
imkoniyatlari muayyan shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada
saqlab qolish imkonini beradi. Ya’ni shaxs: manbani o‘zi o‘qiganida 10 %;
ma’lumotni eshitganida 20 %; sodir bo‘lgan voqyea, hodisa yoki jarayonni
ko‘rganida 30 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni eshitganida 50 %; ma’lumot (axborot)larni o‘zi
uzatganida (so‘zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o‘zlashtirilgan
bilim (ma’lumot, axborot)larni o‘z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi
ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega [2, 3, 4].
Shunga ko‘ra interfaol ta’lim “o‘qituvchi-talaba-talabalar guruhi” o‘rtasida
yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish
imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy
qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni
birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘zaro
yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi - talaba - talabalar guruhi”ning
o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari,
samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan
tavsiflanadi.
Eng muhimi, interfaol ta’limni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq
ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini
tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat qilish va tahlil qilish orqali xolis
baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Veterinariya fanlari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda
samarali pedagogik texnologiyalardan “Baliq skeleti”, “Blis-o‘yin
texnologiyasi”, “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim”, “Klaster” kabi
grafik organayzerlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi [1, 2, 3].
“BALIQ SKELETI” grafik organayzeri (GO). Mazkur pedagogik texnologiya
talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish
qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu
mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga
keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Mazkur texnologiyadan
foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
122
1) o‘qituvchi talabalarni bu usulni qo‘llash sharti bilan tanishtiradi;
2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladi;
3) guruhlar topshiriqlarni bajaradilar;
4) guruhlar o‘z yechimlarini jamoaga taqdim etadilar;
5) jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi,
talabalar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradi. Grafik organayzeri
(GO) talabalarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish
imkonini beradi.
Uni qo‘llashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda
ishlashda mashg‘ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil
qilinadi. Guruhlar faoliyati quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:
Pedagogik jarayon
Guruhlar faoliyati
Har bir guruh umumiy sxema asosida
o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajaradi
mashg‘ulot yakunida loyiha bandlari
bo‘yicha guruhlarning munosabatlari
umumlashtiriladi. Guruhlar umumiy
sxemaning alohida bandlari bo‘yicha
o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajarib, g‘oyalarni
umumlashtiradi
O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan
quyidagi sxema asosida tashkil etiladi:
“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim”
Buning uchun ushbu usul asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma
materiallar tarqatiladi. Talabalar shu tarqatma materiallarga o‘zlari bilgan,
bilishni xohlagan fikrlarini bayon qilib ,,+” belgisini qo‘yib chiqishadi.
“B.B.B” usulini o‘tkazish tartibi
Tushunchalar
Bilaman
Bilishni
xohlayman Bilib oldim
Terining tuzilishi
+
Terining vazifalari
+
Terining ahamiyati
+
Ter suyuqligining ajralishi va boshqarilishi
+
Terining yog‘ bezlari va teri pigmentasiyasi
+
Teridagi mavsumiy o‘zgarishlar
+
Tullash
+
ПЕДАГОГИКА, ПСИХОЛОГИЯ
123
“Blis-so‘rov texnologiyasi”. Ingliz tilidan olingan bo‘lib, ”blis” –
pedagogikada tezkor, bir zumlik ma’nosida ishlatiladi. Bu texnologiyada
talabalarga o‘rganilgan butun mavzu yoki uning ma’lum qismining asosiy
tushunchalari va tayanch iboralari bo‘yicha tuzilgan savollarga javob (og‘zaki,
yozma, biror jadval yoki diagramma ko‘inishida) berishlari taklif etiladi.
Masalan, “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan o‘tilgan “Teri fiziologiyasi”
mavzusining oxirida quyidagi savollar bo‘yicha blis-so‘rov o‘tkazish mumkin:
1. Teri qanday tuzilishga ega?
2. Terining fiziologik ahamiyati qanday?
3. Ter suyuqligining ajralishi qanday jarayonlarda amalga oshadi?
4. Ter suyuqligining ajralishiga qanday omillar ta’sir etadi?
5. Ter yog‘ining ahamiyati nimalardan iborat?
6. Jirapot (yog‘-ter birikmasi)ning qanday to‘qimalardan iborat?
7. Hayvonlarning jun qoplamini tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
8. Tullashning qanday turlari bor?
Blis-o‘yin texnologiyasi talabani harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil
etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil
fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
Ushbu texnologiya davomida talabalar o‘zlarining mustaqil fikrlarini
boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit
yaratib beradi.
Biz laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bu usulni qo‘llashni individual
yo‘lini tanladik. Talaba tajribani o‘zi tanlagan ketma-ketlikda bajarib, xulosasi
bilan taqdim etadi. Talaba ketma-ketlikni to‘g‘ri tanlagan bo‘lsa natija to‘g‘ri
chiqadi. Bu usulni qo‘llashda talaba ishni bajarish ketma-ketligiga ahamiyat
berishni o‘rganadi.
“Tarmoqlar metodi (klaster)” - bu pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarni
biror-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli
tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq, ravshan ketma-ketlik bilan uzviy
bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu usul biror mavzuni chuqur
o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash qobiliyatini jadallashtirish hamda
kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarning shu
mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
“Insert” usuli - yangi mavzu bo‘yicha talabalarning muayyan tushunchalarga
egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, bu usulni qo‘llashda talabalar quyidagi
sxemalar bilan ishlaydi:
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
124
Insert jadvali
Men bilgan
ma’lumotlarga mos
Men uchun yangi
ma’lumot
Men bilgan
ma’lumotlarga zid
Men uchun
tushunarsiz
Ter suyuqligining
ajralishiga terlash
deyiladi
Ter ajralishi neyro-
gumoral yo‘llar
bilan boshqariladi
uzunchoq miyada
ham ter ajralishini
boshqaradigan
markaz bor
Tullash - bu
junlarni o‘z-
o‘zidan tushib
ketishi emas.
Uning zaminida
ma’lum
qonuniyatlar bor
“Konseptual jadval” usuli talabalarni o‘rganilayotgan mavzu (masala yoki
muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi.
Undan foydalanishda talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash,
ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bu usuldan quyidagicha foydalanishimiz
mumkin:
Ter suyuqligining tarkibida uchraydigan moddalarni ajratish
natriy xlor
sulfatlar
ammiak
kaliy xlorid
Oqsillar
uchuvchi yog‘ kislotalari
kalsiy tuzlari
mochevina
pigmentlar
fosfatlar
siydik kislotasi
vitaminlar
kreatinin
boshqa moddalar
“Toifalash” usuli talabalarni o‘rganilayotgan mavzuning muhim xususiyati,
jihatlarini aniqlash, ma’lumotlarni umumlashtirishga o‘rgatadi. Uni qo‘llashda
talabalarda mantiqiy fikrlash, muhim xususiyatlarni yorituvchi ma’lumotlarni
muayyan tizimga keltirish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu usulni qo‘llashda
talabalar quyidagilarga e’tiborni qaratadi.
Laboratoriya tajribasini bajara turib, toifalanishiga e’tibor qaratadi va misollar
keltira oladi.
“Qanday?” usuli talabalarni o‘rganilayotgan mavzu, muammo yuzasidan
umumiy tasavvurlarini hosil qilishga yordam beradi. Uni qo‘llashda talabalarda
mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni
muayyan tizimga solish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
Bu usulni talabalar yakka holda bajaradilar. Usuldagi tushunchalar asosida
savollar yotadi, shunga asoslanib tushunchalar mazmuniga javoblar yoziladi.
ПЕДАГОГИКА, ПСИХОЛОГИЯ
125
Bu usulni qo‘llashda talabalar o‘zlariga berilgan teri turlaridan (qoramollar
tirik vaznining 6-8%ni va qo‘ylar tirik vaznining 5-7,3% ni teri tashkil qiladi)
qoramollar va qo‘ylar terilarini ajratib oladilar, shuningdek tajribani bajarib
bo‘lib, umumiy xulosa chiqaradilar. Bunda terining ahamiyati uning organizmda
bajaradigan quyidagi vazifalari bilan belgilanishini o‘rganadilar:
1. Himoya vazifasi. Teri organizmni har xil tashqi ta’sirlardan himoya qiladi.
2. Termoregulyasiya – ya’ni tana haroratini boshqarishda ishtirok etadi.
3. Ayiruv vazifasi. Teri ayiruv organi bo‘lib, organizmdan suv, tuz va oqsil
almashinuvi tufayli hosil bo‘ladigan chiqindi moddalarning bir qismini tashqariga
chiqaradi.
4. Depo – zahira vazifasi. Teri organizmning qon depolaridan biri bo‘lib,
o‘zida 10% qonni saqlaydi.
Xulosa: Amaliy darslarda interfaol usullardan foydalanish yaxshi natijalar
berib kelmoqda, shuningdek talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini
yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga solish, ularni
tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Talaba tajribani o‘zi tanlagan ketma-
ketlikda bajarib, xulosasi bilan taqdim etadi. Talaba ketma-ketlikni to‘g‘ri
tanlagan bo‘lsa natija to‘g‘ri chiqadi. Bu usulni (blis usulida)qovllashda talaba
ishni bajarish ketma-ketligiga ahamiyat berishni o‘rganadi. Masalan, toifalash
usulini qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, muhim xususiyatlarni yorituvchi
ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish ko‘nikmalari shakllanadi.
Laboratoriya tajribasini bajara turib, toifalanishiga e’tibor qaratadi va misollar
keltira oladi.
“Tarmoqlar usuli”da esa biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning
fikrlash qobiliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi
mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish,
umumlashtirish hamda talabalarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma
shaklida ifodalashga undaydi.
Amaliy darslarda foydalanilgan interfaol usullar talabalar uchun ham,
professor-o‘qituvchi uchun ham ko‘zlagan maqsadga erishishga yordam beradi.
Ulardan ta’lim jarayonida talabaning ilmiy-ijodiy faoliyat yuritishida, qobiliyati,
qiziqishi va imkoniyatini aniqlashda foydalanilsa hamda talaba faoliyatini
rivojlantirish shakllari to‘g‘ri tanlansa, talabalarning intellektual ilmiy salohiyati
ortadi, tadqiqotchilik kompetensiyalari rivojlanadi.
Adabiyotlar:
1. Narzieva, N. N. (2023). Development of research competencies in the conditions of integrated
education in students on the base of a competent approach. Thematics Journal of Education, 8(Q1).
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
126
2. Narzieva, N. N. (2023). Development of research competences of veterinary specialists in the
modernization of veterinary education. International Journal of Engineering Mathematics (Online), 5(3).
3. Norkuzievna, N. N. (2022). Development Of Research Competences Of Future Veterinary Specialists
In The Process Of Lessons. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 41-43.
4. Нарзиева, Н. Н. (2022). Спорт турлари бўйича тренер-ўқитувчиларнинг ижтимоий-маданий
компетентлигини ривожлантириш. agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali, 980-983.
5. Тургунбоев, А., & Нарзиева, Н. Н. (2022). Зардўштийликнинг таълим-тарбия манбаи-“авесто”
даги ветеринария ва чорвачилик талқини. Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali,
1180-1183.
6. Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022). Formation of Students’ Research Skills in the Process
of English Lessons. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 8, 141-143.
7. Norkuzievna, N. N., & Solievna, S. G. (2022, March). Developing research skills on the basis of
competent approach to students in an integrated learning condition. In E Conference Zone (pp. 151-154).
8. Turgunboev, A., & Narzieva, N. N. (2022). Zoroastrianism’s source of education-interpretation
of veterinary and animal husbandry in» Avesta. Scientific Journal of Agrobiotechnology and Veterinary
Medicine, ps, 1180-1183.
9. Narzieva, N., Namazova, U., & Ernazarov, T. (2022). Factors of the development of socio-cultural
competence of history teachers in the process of professional development. ISJ Theoretical & Applied
Science, 05 (109), 171-173.
10. Нарзиева, Н. Н., & Гаппарович, Ҳ. А. Таянч компетенциялар асосида ўқувчиларнинг изланиш,
тадқиқот маданиятини босқичма-босқич шакллантириш технологияси. Наманган давлат универси
-
тети-2021, 1, 528.
11. Faxriddinovna, U. G., Norqo’ziyevna, N. N., & Azimovna, M. N. (2020). Sinfdan tashqari o’qish
darslarida innovatsion metodlar orqali Alisher Navoiy asarlarini o’quvchilarga o’rgatish (1-sinf misolida).
Интернаука, 29, 55.
12. Hasanovna, S. K., & Nargiza, N. (2019). The advantages of teaching grammar through games.
Достижения науки и образования, (6 (47)), 30-31.
РЕЗЮМЕ
Ushbu maqolada veterinariya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida interfaol usullarni
qo‘llash amaliyoti, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda interfaol usullarning o‘rni, veterinariya fanlari
bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda hamda mustaqil ta’limni tashkil
etishda interfaol usullardan unumli foydalanish, interfaol usullarning mazmun-mohiyati, “Bilaman. Bilishni
xohlayman. Bilib oldim”, “Baliq skeleti”, “Blis-o‘yin texnologiyasi”, “Klaster” kabi grafik organayzerlarning
qo‘llash amaliyoti, interfaol ta’limning umumiy tavsifi va uning didaktik imkoniyatlari atroflicha yoritilgan.
РЕЗЮМЕ
В данной статье рассмотрена практика использования интерактивных методов в процессе под
-
готовки квалифицированных специалистов в области ветеринарии, роль интерактивных методов в
повышении качества и эффективности обучения, проведения лекционных занятий, практических и
лабораторных занятий по ветеринарным наукам, самостоятельного образования. эффективное ис
-
пользование интерактивных методов в организации лим, суть интерактивных методов: «Я знаю. Я
хочу знать. Я научился», «Рыбий скелет», «Блисс-игровая технология», графические органайзеры
«Кластер», подробно раскрыто общее описание интерактивного образования и его дидактических
возможностей.
SUMMARY
This article discusses the practice of using interactive methods in the process of training qualified
specialists in the field of veterinary medicine, the role of interactive methods in improving the quality and
efficiency of training, conducting lectures, practical and laboratory classes in veterinary sciences, and self-
education. effective use of interactive methods in the organization of lim, the essence of interactive methods:
“I know. I want to know. I learned”, “Fish Skeleton”, “Bliss-game technology”, graphic organizers “Cluster”,
a general description of interactive education and its didactic capabilities is disclosed in detail.
