Rossiya mustamlakachiligi davrida Тurkistonda boshqaruvni tashkil etish tarixidan | in Library

Rossiya mustamlakachiligi davrida Тurkistonda boshqaruvni tashkil etish tarixidan

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
91-97
89

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Кодирова, Л. (2023). Rossiya mustamlakachiligi davrida Тurkistonda boshqaruvni tashkil etish tarixidan. in Library, 22(1), 91–97. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/16468
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируются сложные и противоречивые изменения, произошедшие в Туркестане в традициях местной государственности, в том числе в системе самоуправления, в колониальный период Российской империи. Выявлены факторы, которые привели к сохранению отдельных компонентов местной государственности в административном управлении.


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

91

ADABIYOTLAR:

1.A.Ivanova ―Giyohvandlik yo‗lidagi mustahkam g‗ov‖ \\ Xalq so‗zi, 27 iyun‘, 2008 yil. 3 b

2. F.Toxirov ―Giyohvandlik –xavfli illat‖ // Inson va qonun 5-fevral, 2002 yil №5 1-b

3. H.Ibrohimov ―Giyohvandlikka qarshi kurash: hamkorlik–harakat mezoni‖ // Inson va

qonun 19 fevral, 2002 yil №5 3-b

4. H.Yuldoshov ‖O‗zbekistonda 1,6 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi‖//

Xalq so‗zi, 26 iyun‘, 2018 yil

5. Sh.Anvarov ‖Og‗uli hayot azob‖ // Toshkent haqiqati. 20 fevral‘, 2008 yil, 4 b

6.―O‗zbekistonning giyohvandlikka qarshi siyosati natijalari ma‘lum qilindi‖// Xalq so‗zi,

29.08.2017

7. Toshkent haqiqati 2001 yil 15 sentabr‘ №73 3 b

8. Xolmatova M., Muravyeva N. Yoshlar oilaviy hayot bo‗sag‗asida.-T.: O‗zbekiston, 2000

9. https://www.gazeta.uz/uz/2022/01/26/narcotic/

10. https://www.lex.uz/acts/86044

ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA TURKISTONDA BOSHQARUVNI

TASHKIL ETISH TARIXIDAN

Qodirova Lutfiya Batirovna

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti

lutfiyaqodirova@rambler.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda

mahalliy davlatchilik an‘analarida, jumladan o‗zini – o‗zi boshqarish tizimida sodir bo‗lgan
murakkab va ziddiyatli o‗zgarishlar tahlil qilingan. Ushbu davrda ma‘muriy boshqaruvda alohida
mahalliy davlatchilik tarkibiy qismlarining saqlanib qolinishiga sabab bo‗lgan omillar ochib
berilgan.

Kalit so„zlar:

mustamlakachilik, mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish, ―harbiy-xalq‖ boshqaruvi,

general-gubernatorlik, oqsoqollik, volost, mingboshi, volost qurultoyi

Аннотация.

в данной статье анализируются сложные и противоречивые изменения,

произошедшие в Туркестане в традициях местной государственности, в том числе в системе
самоуправления, в колониальный период Российской империи. Выявлены факторы, которые
привели к сохранению отдельных компонентов местной государственности в
административном управлении.

Ключевые слова:

колониализм, местное самоуправление,

―военно-народное‖

управление, генерал-губернаторство, аксакальство, волость, тысячник, волостной съезд

Abstract.

This article analyzes the complex and contradictory changes that took place in

Turkestan in the traditions of local statehood, including in the system of self-government, during the
colonial period of the Russian Empire. The factors that led to the preservation of certain
components of local statehood in administrative management are identified.

Keywords:

colonialism, local government, "military-people's" government, general

governorship, eldership, volost, thousander, volost congress.

1. Kirish

Rossiya imperiyasining mustamlakachilik davri O‗rta Osiyo jamiyati hayotining barcha

sohalarida, shu jumladan mahalliy davlatchilik an‘analarida sodir bo‗lgan murakkab va ziddiyatli
jarayonlar bilan ajralib turadi. Ushbu davrda boshqaruv sohasida sodir bo‗lgan jiddiy o‗zgarishlar


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

92

bilan bir qatorda, ma‘muriy boshqaruvda, ma‘lum darajada, mahalliy davlatchilik tarkibiy
qismlarining saqlanib qolganligi kuzatish mumkin. Ma‘muriy-hududiy boshqaruvning boshlang‗ich
bo‗g‗inlarida mahalliy aholining ishtiroki nafaqat davlat boshqaruvining mahalliy an‘analarini
saqlab qolish, balki ma‘lum darajada ularni yangicha sharoitda rivojlantirish imkonini berdi. Shu
nuqtai nazardan Rossiya imperiyasining Turkistonda boshqaruvni tashkil etish va unda mahalliy
an‘analarni saqlab qolish borasidagi siyosatini o‗rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Keng istilochilik harakatlarini boshlar ekan, Rossiya imperiyasi hududiy egalik ko‗lamiga

doir puxta rejaga ega bo‗lmagani holda, bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil etish bilan
bog‗liq tayyor loyihaga ham ega emas edi. Shu sababdan imperiya hukumati bosib olingan
Turkiston yerlarida boshqaruvni tashkil etish ishiga dastlabki davrlarda yetarli darajada ahamiyat
qaratmagan.

Rossiya imperiyasining Turkistonning egallangan hududlarini boshqaruvi xususida 1858 yilda

Harbiy vazirlik boshqaruvchisi V.I. Vasilchikov Orenburg korpusi komandiriga yozgan maktubida
shunday baho bergan edi: ―... bu o‗lkadagi barcha ishlar shu vaqtgacha mutlaqo tizimsiz va
hukumat hamda hukmdorlar intilishi lozim bo‗lgan maqsadlar aniqlanmasdan olib borilgan. Buning
natijasida ko‗rib turganimizdek, kim ularni bajarilishi lozimligiga qarab, bir buyruqlar o‗rniga
to‗satdan boshqasi beriladi‖ [12].

Rossiya oliy harbiy-siyosiy doiralari O‗rta Osiyo yerlarida boshqaruvni tashkil etish ishiga

faol harbiy harakatlar boshlagan davrdan boshlabgina jiddiy kirishdi. Turkistonda boshqaruvning
arzon va samarali usullarini topish masalasi, o‗zini – o‗zi boshqarish muammosi hukumat
doirasidagi ko‗pchilikni e‘tiborini tortadi.

2. Metodlar

Tadqiqotda o‗rganilayotgan mavzu tarixiylik, xolislik va xronologik tamoyillar, qiyosiy va

mantiqiy tahlil kabi umumqabul qilingan usullarga tayanilgan holda yoritildi. Mazkur maqolada
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda mahalliy davlatchilik an‘analarida,
jumladan o‗zini – o‗zi boshqarish tizimida sodir bo‗lgan o‗zgarishlarni tahlil qilishda asosan
manbalarga tayanildi.

3. Natijalar

Rossiya hukumat doiralarida mustamlaka boshqaruvini tashkil etish, bunda mahalliy ijtimoiy

va madaniy an‘analarni hisobga olish masalasiga nisbatan ikki xil yondashuv shakllangan bo‗lib,
ularni shartli ravishda ―qat‘iy‖ va ―yumshoq‖ deb atash mumkin. Birinchi yondashuv o‗lkada
ma‘muriyatning yuqori vakillariga cheksiz huquqlar berilgan ―harbiy-xalq‖ boshqaruvini joriy
etilishida namoyon bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi yondashuvda mustamlakachi hokimiyatga tub aholining
ichki turmushiga mutlaqo aralashmagan holda, uning ustidan faqat siyosiy nazoratni amalga
oshirish funksiyasini qoldirish mo‗ljallangan edi. Ushbu yondashuv tarafdorlari yerli xususiyatlarni
ham hisobga olish, mahalliy ijtimoiy-huquqiy meyorlarga birmuncha ehtiyotkorlik bilan
yaqinlashish zarurligi haqida fikr bildirar edilar.

Birinchi yondashuvni Orenburg general-gubernatori N.A. Krijanovskiyning 1865 yilda Tashqi

ishlar vazirligi Osiyo departamenti direktoriga yozgan maktubidagi fikrlar yaqqol ifodalaydi:
―Mening fikrimcha, kuchsiz qo‗shnilarimizning huquqlari, tili va odatlariga erk berishga chek
qo‗yish vaqti keldi... Bizning qo‗llarimiz orqali bu yerga sivilizatsiya va insoniyatning baxtsiz
pariyalari( hayotiga yaxshilik kirib kelishi uchun O‗rta Osiyoda faqat biz xo‗jayin bo‗lishimiz
lozim‖.

Harbiy – dengiz arbobi A.I. Butakovning ―Bizning O‗rta Osiyodagi holatimiz‖ deb

nomlangan 1867 yilgi ma‘lumotida keltirilgan fikrlar ikkinchi yondashuv tarafdorlarining
qarashlarini ifodalashga xizmat qiladi: ―Turkistonning ichki osoyishtaligi afsuski, hali


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

93

ta‘minlanmagan; tezlikda birin-ketin sodir bo‗lgan istilolar o‗lka rahbarlariga uning tuzilmasi bilan
shug‗ullanishga vaqt bermadi; tezkor va go‗yoki ish orasida o‗ylab topilgan choralar, ko‗p hollarda,
ushbu mamlakatlaring asrlar davomida shakllangan sivilizatsiyasiga zid kelib, chuqur ildiz otgan
tartiblarni buzdi va Turkiston viloyatining aholisining kelajagi uchun imkon bermadi. Agar bunga
imperiya hukumati ikkinchi darajali vakillarining nazoratsiz o‗zboshimchaligi bilan birga yangi
soliqlar va turli og‗irliklarni qo‗shsak, mahalliy aholining noroziligi va umidsizligini tushunish
mumkin, buning ustiga ularning g‗oliblari g‗ayriddin kofirlar, har qanday musulmon esa kofirdan
ko‗ra o‗z dindoshidan kelgani o‗n baravar ko‗p bo‗lsa ham chidaydi‖ [13].

Ushbu davrga oid arxiv hujjatlarining tahlili Turkistonda boshqaruvni tashkil etish masalada

imperiya ma‘muriyati vakillarining qarashlari ziddiyatli ravishda o‗zgarib borganligini ko‗rsatadi.
Rossiya imperiyasi hukumati vakillari bosib olingan o‗lkada boshqaruvning umumiy asoslarini
belgilash masalasida imperiya qonunchiligi va mahalliy sharoitni moslashtirish kabi juda murakkab
muammoga duch kelganlar. Bu masalani hal etishning murakkab jihatlaridan biri shundan iborat
ediki, joylardagi hukumat vakillari har doim ham o‗z qarorlarini yuqori doiradagi rahbarlar bilan
kelishib qabul qilish imkoniyatiga ega emas edilar. Shu sababdan boshqaruvga oid, zudlik bilan hal
etilishi lozim bo‗lgan qarorlar ayrim holatlarda shaxsiy tashabbuslar asosida, mustaqil ravishda
qabul qilingan.

Mana shunday sharoitda bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil etishga qaratilgan

takliflar berish va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish tashabbusi joylardagi vaziyatdan yaxshiroq
boxabar bo‗lgan Rossiya harbiy qo‗mondonligi qo‗liga o‗tganligini ko‗rish mumkin.

4. Muhokama

Rossiya tasarrufiga o‗tgan ―chekka o‗lka‖da boshqaruvni tashkil etishga oid birinchi hujjat

1865 yilda yangi Qo‗qon chizig‗i qo‗mondoni M.G. Chernyayev rahbarligida N.A. Seversev
tomonidan ishlab chiqilgan [9, 89] va ―O‗rta Osiyo chegara viloyati haqidagi Nizom loyihasi‖
ko‗rinishida Peterburgga taqdim etilgan [2,31]. Rossiyaning Osiyo qismi va Orenburg o‗lkasini
ajratish va uning tuzilishi haqidagi masala 1865 yilning 25 yanvarida alohida qo‗mita yig‗ilishida
ko‗rib chiqilgan va unda alohida Turkiston viloyatini tuzish haqidagi qaror qabul qilingan [2, 37-
40]. M.G. Chernyayev tomonidan taklif etilgan loyiha Harbiy vazirlikda qayta ishlanib, 1865
yilning 6 avgustida Aleksandr II ushbu loyiha asosida tayyorlangan ―Turkiston viloyatini
boshqarish haqidagi muvaqqat nizom‖ [4] ga imzo chekadi.

Dastlabki davrlarda imperiya hukumati vakillari boshqaruvni tashkil etishda mahalliy aholi

urf-odatlariga tayanishni ma‘qul ko‗rgan. Bu xususiyat ayniqsa, M.G. Chernyayev faoliyatida
yaqqol namoyon bo‗lgan [3]. U o‗lkaning bosib olingan hududlarida ma‘muriy boshqaruvni shariat
ko‗rsatmalari asosida tashkil etishga uringan va bu boradagi birinchi tajribani Avliyootada orttirgan.
Bu yerda o‗zini-o‗zi boshqarish va diniy ishlarga aralashmaslik yo‗lini tanlagan edi. O‗zini-o‗zi
boshqarish shaharning obro‗li yettita oqsoqolidan iborat Kengash yordamida amalga oshirilgan
bo‗lib, oqsoqollar shahar aholisi saylaydigan bek tomonidan tayinlangan. Kengash sud ishlarini
ham amalga oshirgan. M.G. Chernyayev dastlab bu yerda qadimdan joriy etilgan jazo shakllarini
(o‗g‗irlik uchun qo‗lni chopish, og‗ir jinoyatlar uchun o‗lim jazosi berish) o‗zgartirishni istamagan
[8, 141]. Keyinchalik u polkovnik Bogatsevichni Avliyoota komendanti etib tayinlagan va Rossiya
qo‗shiniga mahalliy aholiga zulm o‗tkazish, ularning poliz, bog‗lariga kirishini ta‘qiqlagan, chorva
o‗g‗rilarini haydab yuborish, mahalliy yigitlar bilan shahar va uning atrofini qo‗riqlashni buyurgan.
Shaharliklar va Rossiya qo‗shinlari o‗rtasidagi majburiyatlar qog‗ozda qayd etilgan va vaqtinchalik
kuchga kirgan [8, 145-147]. Aynan shu kabi choralar Chimkentda ham amalga oshirilgan.

Toshkent harbiy ma‘muriyatining boshqaruv dasturi bir tomondan M.G. Chernyayev va

ikkinchi tomondan shahar oqsoqollari tomonidan imzolangan va taxmin qilish mumkinki, ularning
ko‗rsatmalari va maslahati bilan tuzilgan o‗ziga xos ―shartnoma‖dan iborat edi. Bu shartlar


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

94

M.G. Chernyayevning Toshkent aholisiga e‘lonida o‗z aksini topgan [10, 91-92].

1865 yil 1 iyuldan boshlab kuchga kirgan mazkur ―shartnoma‖ shartlarida birinchi navbatda,

islom dinini qattiq ushlashga, shariat qoidalariga so‗zsiz rioya qilinishiga, qullikni bekor qilishga,
musulmonchilik qoidalariga rioya qilgan holda may, bo‗zani ichishni va oshiq o‗ynashni
ta‘qiqlashga, maktablar faoliyatini susaytirmaslikka, shahar ko‗chalarining tozaligini saqlash
kabilarga alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, unda xalqning mol-mulki va dini daxlsizligini
saqlash ham muhim o‗rin egallagan. Umuman aytganda, ―shartnoma‖da milliy an‘analar va urf-
odatlar himoya etilib, mahalliy turmush tarzining sofligi muhofaza qilinganligi diqqatga sazovordir.

Dastlab mustaqil Toshkent xonligini tuzish taklifi bilan chiqqan M.G. Chernyayev vaziyatni

va toshkentliklar fe‘l - atvorini yaqindan o‗rgangach, shahar aholisiga o‗zini-o‗zi boshqarish
huquqini berish va ruslarning bu masalaga aralashuvi faqatgina amaldorlarni kuzatish va vazifasiga
noloyiqlarini almashtirishdan iborat bo‗lishi kerak [8,5], degan xulosaga kelgan. Zabt etilgan
shaharda bir hafta o‗tmasdan deyarli Rossiyaning aralashuvisiz tinchlik va tartib o‗rnatilganligi,
aholisining hukumatga itoatkorligini ko‗rgan M.G. Chernyayev Toshkentni boshqarish uchun
shahar boshqaruvchisi va uning yordamchisi, ikkita tarjimon va ikkita kotib, soliq va boj
yig‗imlarining to‗g‗ri yig‗ilishini nazorat qilish uchun ikkita amaldorning o‗zi yetarli bo‗ladi, deb
hisoblagan.

Orenburg general-gubernatori N.A. Krijanovskiy esa o‗zining harbiy vazir bilan

yozishmalarida saylash tizimining joriy etilishiga qarshi chiqqan, chunki bu tizim mahalliy
partiyalarning paydo bo‗lishiga olib keladi, bosib olingan hududlarda ular ko‗nikkan yakkahokimlik
boshqaruvini joriy etish eng maqbul usul [8, 151], deb hisoblagan. Harbiy vazirning Toshkentda
azaldan munsipalitet boshqaruv tizimi borligi haqidagi mulohazasiga javoban, ―Orenburg general –
gubernatori Toshkent ma‘muriyati tashqi ko‗rinishdan munitsipalitetga o‗xshasa-da, bu mohiyatan
munitsipal boshqaruvga parodiyadir, oqsoqollar aslida hukumat amaldoridan boshqasi emas‖ [8,
247-248], deb xulosa bildirgan.

M.G. Chernyayev o‗zining bevosita rahbaridan farqli o‗laroq, boshqacha nuqtai nazarga ega

bo‗lgan: ―O‗z-o‗zini boshqarishga kelsak, u bosib olingan davrdayoq de facto mavjud edi‖[8, 234].
Uning fikriga ko‗ra, o‗zini-o‗zi boshqarish bo‗lmasa, 200 ming kishilik aholiga ega shaharda
tartibni saqlash qiyin bo‗lgan bo‗lar edi. Turkiston viloyati harbiy gubernatorining mahalliy aholiga
oqsoqol saylash huquqini berish haqidagi ko‗rsatmasini N.A. Krijanovskiy qo‗l ostidagi xodimning
o‗zboshimchaligi sifatida baholagan.

Aholini tinchlantirish uchun mahalliy an‘analarni ko‗proq hisobga olgan holda amalga

oshirilgan boshqaruv tajribasi uzoqqa cho‗zilmadi. Ko‗p o‗tmay, Turkistonda imperiya
manfaatlariga javob beradigan o‗zgarishlar amalga oshirila boshlandi. O‗lkani boshqarish
imperiyaga xos ma‘muriy an‘analar ruhida, mutlaq harbiy qo‗mondonlik va Rossiya imperiyasi
g‗aznasi manfaatlaridan kelib chiqib tashkillashtirildi.

M.G. Chernyayevning o‗rniga tayinlangan harbiy gubernator D.I. Romanovskiy Turkistonga

mustamlaka sifatida qaramaslik, o‗lkani imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va Rossiyaning
o‗zida burjua islohotlari jarayonida yuzaga kelayotgan davlat muassasalari tizimini bu yerda asta-
sekin yaratib borishni taklif qildi [7, 66].

Harbiy vazir D.A. Milyutinning Rossiya imperiyasining Toshkent va O‗rta Osiyodagi keyingi

siyosati xususidagi 1866 yil 14 yanvardagi o‗ta maxfiy axborotnomasida o‗lkada boshqaruvni joriy
etishga oid turli fikrlar tahlil qilgan. Unda Toshkent boshqaruv tuzilmasiga muvofiq har qanday
mulohaza hukumatning bu shaharni imperiyaga qo‗shib olmaslik xususidagi bayonoti asosida
bo‗lishi lozimligi uqtirilgan. Biroq, Toshkent ishlariga aralashmaslik ham u yerda ichki nizolar yoki
Rossiyaga qarshi partiyalar hamda ruhoniylar ta‘sirining kuchayishiga olib kelishidan xavotiri
bayon etilgan [11, 16-17].

Ushbu ma‘lumotnomada aytilishicha, dastlab Toshkentda yakkahokimlik (xon) joriy etishni


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

95

taklif etgan N.A. Krijanovskiy o‗zining bu g‗oyasidan voz kechib, u yerdagi boshqaruv tartibini
o‗lka va uning xususiyatlari bilan tanishish uchun kerak bo‗lgan ma‘lum muddatdan so‗ng
o‗zgartirish fikriga kelgan. U soliq va yig‗imlarning hajmini aniqlash, ularni undirish tartibini,
davlat harajatlari, amaldorlarga xizmat haqqini belgilash kabi masalalani o‗z zimmasiga olishni
mo‗ljallagan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Turkiston harbiy gubernatori qoshida vaqtinchalik
qonunchilik komissiyasini tashkil etishni taklif etgan [11, 17].

Ammo, ko‗pchilik hukumat vakillari tartibli va farovon, ko‗p sonli shaharning an‘anaviy

boshqaruvi o‗ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega ekanligini yaxshi tushunganlar va yangi tartiblarni
joriy etish ko‗p asrlik an‘analarning buzilishi o‗lkadagi vaziyatning keskinlashishiga olib keladi,
deb hisoblagan. Shu sababdan D.A. Milyutin ham o‗zining yuqorida tilga olingan axborotnomasida
M.G. Chernyayevning tajribasidan kelib chiqib, saylash asosidagi mahalliy boshqaruvni tashkil
etishni yoqlagan.

1865 yilda harbiy vazir D.A. Milyutinning tashabbusi bilan joylardagi ahvol bilan tanishish va

bosib olingan hududlarni boshqarish prinsiplarini ishlab chiqish uchun ―dasht komissiyasi‖ deb
nom olgan maxsus komissiya tashkil etilgan edi. Uning a‘zolari vaziyatni o‗rganib chiqib,
Turkiston viloyatni Orenburg general- gubernatorligidan ajratish va mustaqil boshqaruvni tashkil
etishning maqsadga muvofiqligi to‗g‗risida xulosa chiqaradi. ―Harbiy – xalq boshqaruvi‖ deb nom
olgan bu boshqaruv tizimi yuqori ma‘muriy darajani harbiy vazirlikka bo‗ysunuvchi rus
amaldorlariga, quyi bosqichni esa saylov tizimi asosida tayinlanadigan mahalliy vakillarga
topshirishni nazarda tutardi. Dasht komissiyasining muhim xulosalaridan biri sifatida ―siyosiy
xarakterga ega bo‗lmagan barcha ishlarni saylov asosida mahalliy aholining ichki boshqaruviga
topshirish‖ ko‗zda tutilgan edi. Dasht komissiyasining ―Tushuntirish xati‖da ta‘kidlanishicha,
saylovlar O‗rta Osiyo jamiyatining ajralmas qismi bo‗lib, o‗tmishda o‗z-o‗zini boshqarish vakillari
xalq tomonidan saylangan va mahalliy hukmdor tomonidan tasdiqlangan [1].

1867 yida Turkiston sheneral-gubernatorligi tashkil etilgach, Dasht komissiyasining loyihasi

vaqtinchalik asosda amalga kiritilib, general-gubernatorga vaziyatga muvofiq o‗zgarishlar kiritish
huquqi berildi.

XIX asrning 70 yillari boshlariga kelib, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari ustidan rus

ma‘murlari nazoratini kuchaytirish tarafdori bo‗lgan Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman
tomonidan Dasht komissiyasi takliflaridan farq qiluvchi boshqaruv loyihalari ishlab chiqilgan. 1871
yilning martida mahalliy xalqning turmushi va mamlakatning boshqa sharoitlarga moslashtirilgan
holda Turkiston general-gubernatorligini boshqarish to‗g‗risidagi yangi nizom loyihasi ishlab
chiqilib, imperatorga taqdim etilgan [14]. Rossiya imperiyasi ma‘murlarining fikriga ko‗ra,
mahalliy jamoatchilik boshqaruvi hamda soliq ishidagi noqulayliklar 1873 yilda o‗lkani boshqarish
to‗g‗risida yangi nizom loyihasining ishlab chiqilishiga turtki bo‗lgan [15]. Ushbu loyihalar
tasdiqlanmagan, biroq amalda boshqaruv tizimi general-gubernator ko‗rsatmasiga ko‗ra tashkil
etilgan.

Turkiston general-gubernatorligida 1867 yilgi ―Vaqtli Nizom loyihasi‖ asosida joriy qilingan

boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan to‗la nazorat qilish imkonini berardi. Bu idora usuli mahalliy
halqlar boshqaruv siyosatiga zid bo‗lib, Rossiya imperiyasining ichki qismida joriy etilgan idora
usuli namunasida tashkil etilgan edi.

Ushbu nizomga ko‗ra, o‗troq aholiga bir bosqichli (oqsoqollar), ko‗chmanchi aholiga esa ikki

bosqichli (ovul va volost (bo‗lis)) boshqaruv tizimi joriy etilgan. Qishloq va ovul jamoalarini
yuzdan ikki yuzgacha bo‗lgan hovli yoki o‗tovlar, volost asosini mingdan ikki minggacha xonadon
tashkil tashkil etgan.

Qishloq oqsoqollari, nomzodlari va oqsoqol yordamchilari qishloq jamoasi tomonidan

bevosita saylovga aralashishga haqqi bo‗lmagan volost boshqaruvchisi ishtirokida saylangan.
Qishloq yig‗inining qarori haqiqiy hisoblanishi uchun xonadon egalarining yarmidan ko‗pi bo‗lishi


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

96

yoki oddiygina ko‗pchilik ovoz kifoya qilardi. Oqsoqol nomzodi uyezd boshlig‗i tomonidan
tasdiqlangan va u qishloq yig‗ini qarorini bekor qilish huquqiga bo‗lgan.

Mustamlakachi hukumat saylangan mahalliy vakillar masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan

yondashgan. Volost boshqaruvchisi yoki oqsoqollikka saylangan shaxs biror bir sababga ko‗ra, rus
ma‘muriyatini qanoatlantirmasa, viloyat harbiy gubernatori yangi saylov tayinlashi yoki
boshqaruvni o‗z ixtiyoriga asosan boshqa odam bilan almashtirishi mumkin bo‗lgan. Bu esa
saylovlar vaqtida turli guruhlar o‗rtasidagi kurash, shikoyat, chaquv va korrupsiyaning keng tus
olishiga olib kelgan va bu jihat 1882-83 yillarda Turkiston general-gubernatorligida taftish
o‗tkazgan F.Girs tomonidan ham qayd etilgan edi [5,25].

Qishloq yig‗inida har 50 ta xonadon nomidan bittadan vakil (ellikboshi) saylanib, saylangan

vakillar rus ma‘murlari ishtirokida o‗tuvchi volost qurultoyiga to‗planardi. Volost qurultoyiga
volost boshqaruvchisi, xalq sudyalari va ularga nomzodlarni saylash; quyi ma‘muriyatlarning
mansabdor shaxslariga maosh belgilash; ko‗priklar, yo‗llar, xo‗jalik qurilmalarining holatini nazorat
qilish; suvdan foydalanish va suv ta‘minoti ishlarini boshqarish huquqi berilgan edi.

Volost boshqaruvchisi - mingboshi qishloq, ovul oqsoqollari tomonidan, 25 yoshdan yuqori

bo‗lgan shaxslar orasidan uch yil muddatga saylangan. Bunda ikki nomzod ko‗rsatilib, ikkinchisi
uning muovini bo‗lgan. U o‗z faoliyatini rus mustamlakachi ma‘muriyati tasdig‗idan o‗tgandan
so‗nggina boshlagan, agar nomzodlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanmasa, bekor qilingan
va boshqasi tayinlangan.

Saylangan ma‘muriyatning asosiy vazifasi soliq va yig‗imlarning muvaffaqiyatli va o‗z

vaqtida to‗planishini ta‘minlashdan iborat edi. K.P. Kaufmanning o‗z hisobotida bu organlarning
mustamlakachi hukumat oldidagi muhim roli quyidagi qayd etiladi: ―mahalliy-xalq boshqaruvisiz,
na yig‗imlarning kelib tushishiga, na yangi ochilgan muassasalarning to‗g‗ri faoliyat yuritishiga
umid qilib bo‗lardi‖ [2,62].

1886 yilgi ―Turkiston o‗lkasini boshqarish to‗g‗risidagi Nizom‖ mahalliy o‗zini – o‗zi

boshqarish tizimini uzil-kesil shakllantirdi [6]. Unga ko‗ra o‗troq aholining bir bosqichli boshqaruv
tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul
jamoalari va oqsoqollar vakillari yig‗ini barcha saylovchilar yig‗ilishi bilan almashtirildi.

5. Xulosa

Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, rus ma‘muriyatining aholiga ―o‗zini-o‗zi boshqarish‖

va ―saylov huquqini berish‖ haqidagi fikrlari siyosiy niqob bo‗lib, haqiqatda barcha ishlar imperiya
ma‘murlarining kuchli nazorati ostida bo‗lgan. Biroq, mustamlakachilar mahalliy an‘analar bilan
hisoblashishga, bu yerda shakllangan qadriyatlarni hisobga olishga majbur bo‗lishgan. Qadimdan
mavjud bo‗lib kelgan mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish an‘anasi demokratik elementlar: ko‗pchilik va
yashirin ovoz berish, oqsoqollarni belgilangan qisqa muddatga saylash kabilar bilan to‗ldirildi.

Cheklangan xususiyatiga qaramasdan, Turkistonda Rossiya mustamlakachiligi davrida

shakllangan mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish tizimi qadimdan mavjud bo‗lgan mahalliy
an‘analarning ma‘lum darajada saqlanib qolinishiga va XX asrning boshlariga kelib mahallaning
jamiyat tuzilmasi sifatida an‘anaviy shaklda qaror topishiga imkon yaratdi.

ADABIYOTLAR:

1. Абашин С. Империя и местное самоуправление: идеология реформ в русском

Туркестане в конце XIX-начале XX вв. // Пространство власти: исторический опыт России и
вызовы современности. – М.:

Московский общественный научный фонд, 2001. – С.391-413.

2. Абдурахимова Н., Эргашев Ф. Туркистонда чор мустамлака тизими. – Тошкент:

Академия, 2002. – 240 б.

3. Бабаджанов Б. M. Туркестанский конквистадор: Взлеты и падения генерала Черняева.

4. 2 // Восток свыше. 2012. № 27,- С. 63-72; №28.- С. 45-60


background image

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI

1(3) 2022 yil

O

‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI

97

4. Временное Положение об управлении Туркестанской областью // Полное собрание

законов Российской империей. Собрание второе (ПСЗРИ-II). – Т. XL. 1865. Отд. 1. – СПб.:
Тип. II Отд-ния собств. Е. И. В. Канцеляри, 1867. – С. 876–881.

5. Отчѐт ревизующего, по Высочайшему повелению, Туркестанский край, тайного

советника Гирса. – СПб., 1883. – 465 с.

6. Положение об управлении Туркестанским краем. – СПб.: Государственная

типография, 1886 – 53 с.

7. Романовский Д.И. Заметки по среднеазиатскому вопросу. – СПб.: Издание редакции

журнала ―Всемирный путешественник‖, 1868. – 582 с.

8. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского

края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.17: 1864 год. Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест.
воен. окр., 1914. – 226 с.

9. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского

края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.19: 1865 год. Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест.
воен. окр., 1914. – 297 с.

10. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского

края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.20: 1865 год. Ч 2. – Ташкент: тип. Шт. Туркест.
воен. окр., 1914. – 268 с.

11. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского

края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.21: 1866 год. – Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест.
воен. окр., 1915. – 319 с.

12. O‗z MA, I.715-fond, 1-ro‗yxat, 20-yig‗majild, 359-varaq.

13. O‗z MA, I.715-fond, 1-ro‗yxat, 34-yig‗majild, 126-127-varaqlar.

14. O‗z MA, I.715-fond, 1-ro‗yxat, 45-yig‗majild, 322-varaq.

15. O‗z MA, I.715-fond, 1-ro‗yxat, 68-yig‗majild, 25-varaq.

XORIJIY MANBALARDA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI TAVSIFI

Rasulova Durdona Baxronovna

O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mitaqasining xorijiy tadqiqotchilar

tomonidan o„rganilishi masalalari ochib berilgan. Xususan, XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr
boshlarida mintaqaga tashrif buyurgan fransuz tadqiqotchisi Genri Mozerning hayoti va faoliyati
keng yoritilib, tadqiqot natijalari asosida yaratilgan asarlar tavsifi keltirilgan.

Kalit so„zlar:

Markaziy Osiyo, fransuz sharqshunosligi, manbashunoslik, sharqshunoslik

maktablari, orografiya, gidrografiya, irrigatsiya, mineralogiya, geologiya, tipografiya, toponimika.

Аннотация

.

В данной статье рассматриваются исследования Центральноазиатского

региона зарубежными исследователями. В частности, широко освещены жизнь и
деятельность французского исследователя Анри Мозера, посетившего регион во второй
половине XIX - начале XX вв., дано описание работ, созданных по результатам
исследований.

Ключевые слова:

Средняя Азия, французское востоковедение, источниковедение,

школы востоковедения, орография, гидрография, ирригация, минералогия, геология,
типография, топонимика.

Abstract.

This article discusses the research of the Central Asian region by foreign

researchers. In particular, the life and work of the French researcher Henri Moser, who visited the
region in the second half of the 19th - early 20th centuries, is widely covered, and a description of

Библиографические ссылки

Абашин С. Империя и местное самоуправление: идеология реформ в русском Туркестане в конце XIX-начале XX вв. // Пространство власти: исторический опыт России и вызовы современности. – М.: Московский общественный научный фонд, 2001. – С.391-413.

Абдурахимова Н., Эргашев Ф. Туркистонда чор мустамлака тизими. – Тошкент: Академия, 2002. – 240 б.

Бабаджанов Б. M. Туркестанский конквистадор: Взлеты и падения генерала Черняева. 4. 2 // Восток свыше. 2012. № 27,- С. 63-72; №28.- С. 45-60

Временное Положение об управлении Туркестанской областью // Полное собрание законов Российской империей. Собрание второе (ПСЗРИ-II). – Т. XL. 1865. Отд. 1. – СПб.: Тип. II Отд-ния собств. Е. И. В. Канцеляри, 1867. – С. 876–881.

Отчѐт ревизующего, по Высочайшему повелению, Туркестанский край, тайного советника Гирса. – СПб., 1883. – 465 с.

Положение об управлении Туркестанским краем. – СПб.: Государственная типография, 1886 – 53 с.

Романовский Д.И. Заметки по среднеазиатскому вопросу. – СПб.: Издание редакции журнала ―Всемирный путешественник‖, 1868. – 582 с.

Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.17: 1864 год. Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1914. – 226 с.

Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.19: 1865 год. Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1914. – 297 с.

Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.20: 1865 год. Ч 2. – Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1914. – 268 с.

Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.21: 1866 год. – Ч 1. – Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1915. – 319 с.

O’z MA, I.715-fond, 1-ro’yxat, 20-yig’majild, 359-varaq.

O’z MA, I.715-fond, 1-ro’yxat, 34-yig’majild, 126-127-varaqlar.

O’z MA, I.715-fond, 1-ro’yxat, 45-yig’majild, 322-varaq.

O’z MA, I.715-fond, 1-ro’yxat, 68-yig’majild, 25-varaq.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов