
81
Кредитга
лаёқатлиликни
баҳолаш
мезон(критерий)лари
кўпайтирилди ва уларнинг ҳисоблаш усуллари такомиллаштирилди, яъни
аниқликни таъминлаш даражаси оширилди.
Амалдаги баҳолашдан фарқли равишда кредитга лаёқатлилик ҳолати
бешта синф асосида амалга оширилади. Бу билан кредитга лаёқатли
корхоналарни танлаш имконияти кўпаяди.
“Кредитга лаёқатлилик таҳлилининг скоринг модели”ни бошқа
усулларга нисбатан яна бир афзал жиҳати унда маълумотлар
автоматлаштирилган тизимда қайта ишланишидир. Бунда:
-
инсон омили таъсири камаяди;
-
жорий харажатлар қисқаришига олиб келади;
-
операцион рискни камайтиришга имкон беради;
-
кредитга лаёқатлиликни баҳолаш қисқа вақтда амалга
оширилади;
-
мижоз учун ўзи тақдим этган маълумотлар асосида кредитга
лаёқатлиликни баҳоланиши банкга нисбатан ишончини ортишига олиб
келади;
-
мижоз фаолиятини доимий равишда ўтган давр маълумотлари
билан таққослаб ўзгаришига сунъий интеллект орқали баҳолаб боради.
SUN'IY IУNTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARINING
SOLIQ TIZIMIDA QO’LLANILISHI
Turaev Shavkat Shuhratovich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi “Iqtisodiyot va moliya”
kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Bugungi kunda soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash, sohadagi
firibgarliklari va ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilishning hozirgi
holatida milliy hamda xalqaro darajada bir muncha muammolar mavjud.
Masalan, Soliq, Adliya Tarmoqlari (Tax Justice Network) tashkilotining 2020-
yilgi hisobotida soliq firibgarligi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida
butun dunyo davlatlari yiliga 427 milliard AQSH dollari miqdorida ziyon
ko'rishmoqda. Birgina AQSHning o'zi har yili soliq to'lashdan bo'yin tovlash
tufayli 188,8 milliard dollar yo'qotadi, Xitoy va Yaponiyaning bu boradagi yillik

82
zararlari tegishli ravishda 66,8 va 46,9 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda soliq tizimida elektron davlat xizmatlari va axborot
tizimlari orqali ma'lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga
keskin oshib borayotganligi sababli ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilishni
takomillashtirishni kun tartibiga qo'ymoqda. Davlat soliq qo'mitasining mavjud
server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band. Ma'lumotlarni
qayta ishlash markazi qurilmalari eskirganligi hamda elektron hisobvaraq-
fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali
shakllangan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish
uchun mavjud serverlar quvvati yetishmasligi holatlari yuzaga kelib turibdi. Bu
borada sun'iy intellekt va katta hajimli ma'lumotlar texnologiyalarini joriy etish
qo'l keladi.
Mamlakatimizda sun'iy intellekt sohasini rivojlantirish uchun bir qancha
qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Shulardan biri 2021 yilning 17 fevral kuni
“Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
qabul qilindi.
Mazkur Qarordan ko'zlangan maqsad — “Raqamli O'zbekiston – 2030”
Strategiyasiga muvofiq sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va
ularni mamlakatimizda keng qo'llash, raqamli ma'lumotlardan foydalanish
imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta'minlash, ushbu sohada malakali
kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Qarorda sun'iy
intellekt texnologiyalarining qaysi sohalarda qay tarzda qo'llanilishi, bu borada
ko'zda tutilgan vazifalar ham to'liq o'z aksini topgan.
Xususan, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil
qilish,
soliq
to'lovlaridagi
tafovutlarni
aniqlashda
sun'iy
intellekt
texnologiyalarini qo'llash, transport sohasida esa lokomotivlarni boshqarish
jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda
mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va
ularning optimal yo'nalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va
transportdagi
tirbandliklarni
monitoring
qilishda
sun'iy
intellekt
texnologiyalarini qo'llash vazifalari belgilangan.
Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlar sog'liqni saqlash, transport, mudofaa
va milliy xavfsizlik kabi ko'plab sohalarda sun'iy intellekt afzalliklaridan
foydalanib kelmoqda. PricewaterhouseCoopers (PwC) konsalting kompaniyasi
tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, global sun'iy intellekt 2030-yilga kelib jahon
iqtisodiyotiga 15,7 milliard trillion AQSH dollarimiqdorida hissa qo'shishi

83
kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o'sishiga olib keladi.
Xorijda sun'iy intellekt texnologiyasini o'z soliq tizimida qo'llayotgan
mamlakatlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, Daniya 2018-yilda
soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida qariyb 325 million AQSH dollari zarar
ko'rgan. Mamlakat hukumati sun'iy intellect vositalarini o'z soliq tizimiga tatbiq
etishi natijasida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlashning har 100 holatidan 85
tasini muvaffaqiyatli aniqladi. Shuningdek Hindiston hukumati soliqlarni
to'lashdan bo'yin tovlash bilan kurashish va soxta firmalarni aniqlash uchun
sun'iy intellect vositasidan foydalanishga kirishgan yetakchi mamlakatlar
qatorida turadi.
Negaki, soliq ma'murchiligiga sun'iy intellektni joriy etilishi quyidagi
afzalliklarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Jumladan, ayni kunda soliq
to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash. soliq idoralari soliq auditi
jarayonida firibgarlikni aniqlashga harakat qilishadi. Hujjatlar to'plamidan aniq
ma'lumotlarni topish bu pichan ichidan igna qidirish kabi zahmatni talab qiladi.
Aslida algoritmlaridan foydalanib, katta miqdordagi ma'lumotlarda noodatiy
yozuvlarni aniqlay oladigan, sun'iy aqlni qo'llab-quvvatlaydigan tizimlarni
yaratish mumkin.
Sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan kompyuterlar soliq
ma'lumotlarini prognoz va tahlil qilish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishda
ham katta imkoniyatga ega. Bunday ma'lumotlardan foydalanib yillik
o'zgarishlarni kuzatib borish va mablag'larni tejash mumkin.
Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu
ma'lumotlar hisoblanadi. Ularni to'plab, o'rganishlar asosida xulosalar
chiqarishda Big Data texnologiyasining ahamiyati katta. Undan ko'pincha
salmoqli ma'lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma'lumotlardan qiymat
chiqarib olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big
Data texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o'sib bormoqda. U
2019-yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 274,3 milliard
dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli
ma'lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha maxsus
davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan “Sun'iy intellekt
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari
to'g'risida’’gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq
ma'muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlariga asosan,

84
2022-yilning may oyiga borib, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq
tushumlarini tahlil qilish, soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy
intellekt texnologiyalarini qo'llash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va tajriba-
sinov loyihasini joriy etish belgilangan, 2023-yil iyuniga kelib esa, katta
hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data”
texnologiyalarini yo'lga qo'yish mo'ljallanmoqda.
Jahon tajribasi ko'rsatib turibdiki, sun'iy intellekt va Big Data
texnologiyalari soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron
hukumat” faoliyati samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli
iqtisodiyot”ning rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini
qisqartirishga ham yordam beradi.
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В
ЭКОНОМИКЕ
Джуманиязова М.Ю
.,
ТМИ «Электронная коммерция и
цифровая экономика», доцент
Международные экономические отношения сегодня претерпевают
состояние глубокого кризиса, в этой связи возникает острая необходимость
трансформации подходов к реализации дипломатической и торговой
деятельности. В целях перестройки межгосударственного взаимодействия
наиболее эффективным способом является применение ряда достижений
научно-технического прогресса (НТП), к примеру искусственного
интеллекта (ИИ), который уже используется в сфере международной
дипломатии и торговли. В частности, решения, принимаемые с
использованием возможностей ИИ, активно применяются в Китае в целях
проработки дипломатических сценариев развития событий. Зарубежный
опыт показывает, что более широкое применение алгоритмов
искусственного интеллекта осуществляется в рамках экономической
дипломатии применительно к проведению торговых переговоров. Следует
отметить особую важность открытия возможностей ИИ и для
развивающихся стран, ибо это позволит заключать международные
договоры и способствовать развитию взаимовыгодного и эффективного
торгового сотрудничества. Сегодня искусственный интеллект (ИИ),