Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
1
UDK 336 (571.1)
MILLIY IQTISODIYOTDA SOLIQ YUKINI OPTIMALLASHTIRISHNI
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
To‘rayev Shavkat Shuxratovich
O
‘
zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri,
iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
E-mail: shavkatbek82@mail.ru
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqolada soliq yuki va uning makriqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ta’siri tahlili, milliy iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishni
ekonometrik modellashtirish, yalpi ichki mahsulot, budjet daromadlari va xarajatlari
hamda soliq yuki ko‘rsatkichlarini bir-biriga bog‘liqligi, soliq yuki ko‘rsatkichi
o‘zgarishining yalpi ichki mahsulotga ta’siri, budjet daromadlari va xarajatlariga
ta’siri tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, YaIM hajmi va unga ta’sir etuvchi
omillar regression statistik tahlili, milliy iqtisodiyotda davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari hajmining o‘zgarishiga soliq yuki ko‘rsatkichining ta’siri ekonometrik
usullar asosida tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
soliq yuki, optimal soliq yuki, soliq yukini optimallashtirish, milliy
iqtisodiyot, yalpi ichki mahsulot, davlat budjeti daromadlari, davlat budjeti
xarajatlari, regressiya tenglamasi.
АННОТАЦИЯ.
В данной статье анализируется налоговая нагрузка и ее
влияние на макроэкономические показатели, эконометрическое моделирование
оптимизации налоговой нагрузки в национальной экономике, валового
внутреннего продукта, доходов и расходов бюджета, а также
взаимозависимость показателей налоговой нагрузки, влияние изменений в
показателе налоговой нагрузки на валовой внутренний продукт, доходы
бюджета и анализ влияния затрат. Также на основе эконометрических
методов проанализирован регрессионно-статистический анализ размера ВВП
и факторов, влияющих на него, влияния показателя налоговой нагрузки на
изменение объема доходов и расходов государственного бюджета в
национальной экономике.
Ключевые слова:
налоговая нагрузка, оптимальная налоговая нагрузка,
оптимизация налоговой нагрузки, национальная экономика, валовой внутренний
продукт, доходы государственного бюджета, расходы государственного
бюджета, уравнение регрессии.
ABSTRACT.
This article analyzes the tax burden and its impact on
macroeconomic indicators, econometric modeling of the optimization of the tax
burden in the national economy, gross domestic product, budget revenues and
expenses, and the interdependence of tax burden indicators, the impact of changes in
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
2
the tax burden indicator on the gross domestic product, budget revenues and cost
impact analysis was carried out. Also, regression statistical analysis of GDP size and
factors affecting it, influence of tax burden indicator on changes in the volume of
state budget revenues and expenses in the national economy was analyzed based on
econometric methods.
Key words:
tax burden, optimal tax burden, tax burden optimization, national
economy, gross domestic product, state budget revenues, state budget expenditures,
regression equation.
KIRISH
Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida soliq siyosatini tashkil etish va
shakllantirishda soliq yuki darajasi va soliq salohiyati darajasiga nisbatan fiskal
yondashuv ustunlik qilardi. Bunday tendensiyaning amal qilishiga mamlakatda butun
moliyaviy tizimning yangidan qayta qurilishi, sobiq sovet davridan meros qolgan
davlatning juda katta ijtimoiy majburiyatlari, shuningdek bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida budjet tizimida yuzaga kelgan defitsitlar sabab bo‘lgan edi.
Mamlakat soliq siyosatini tashkil etish va shakllantirish, mamlakat milliy
iqtisodiyotini barqaror, dinamik va ijtimoiy yo‘naltirilgan asosda rivojlanishini
ta’minlash maqsadida optimal soliq yuki darajasini belgilash, uni hisoblash
uslubiyatini takomillashtirish, soliq va boshqa to‘lovlarning korxonalar faoliyatiga
ta’sirini o‘rganish va tahlil etishni taqozo etdi.
Hozirgi kunda mamlakatmizda «...soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish
tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish» [1] hamda
«iqtisodiyotda soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning
soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf
etish» [2] kabi ustuvor vazifalar belgilab olingan.
Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish masalasiga alohida e’tibor
berilgan holda «Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash,
belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur»ligiga [3] oid
e’tirofning naqadar o‘rinli ekanligini qayd etish mumkin.
Dunyoning turli mamlakatlarida soliq yukini davlat iqtisodiyotiga ta’siri
o‘rganilganda, ayrim mamlakatlarda soliqlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan
hisoblansa, ayrim mamlakatlarda yalpi milliy daromadga nisbatan hisoblanadi. Bu
o‘z-o‘zidan ko‘rsatkichlarning noaniqligiga va turli mamlakatlardagi soliq yukini
solishtirma qiyosiy tahlili natijalari sifat va miqdor jihatidan buzilishiga olib keladi.
Iqtisodchi olimlarning fikricha, soliq yuki darajasi 30 foiz atrofida tebransa,
mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanadi va soliqlar iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Fikrimizcha, rivojlangan davlatlardagi soliq yuki darajasi ushbu darajadan
yuqoriligini hisobga olsak, soliq yuki darajasini hisoblash uslubiyoti masalasida ham
noaniqliklar mavjudligiga amin bo‘lamiz.
Odatda,
soliq
nazariyasidan
ma’lumki, mamlakat miqyosida, ya’ni,
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
3
makrodarajada soliq yuki ko‘rsatkichi jami soliqlar va yig‘imlarning summasini yalpi
ichki mahsulotga nisbati orqali hisoblanadi.
Ushbu ko‘rsatkich butun jahonda keng qo‘llanilib, mamlakat iqtisodiyotida
davlatning qanchalik aralashuvini ko‘rsatib beradi. Buning past yoki balandligi
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga o‘zining ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Oqilona tarzda tashkil etilgan soliq tizimi milliy iqtisodiyotni boshqarish bilan
bog‘liq turli xil muammolarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi. Soliq yukining
optimal darajasini belgilash, uni mamlakat ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishga
ijobiy ta’sirini amalga oshirish uchun ma’lum tahlillar va xulosalar zarur bo‘ladi.
Albatta bu tahlil va xulosalarni olish uchun zamonaviy tahlil va prognozlashning
samarali usullaridan foydalanish lozim. Hozirgi kunda bu borada bir qancha ilmiy
tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ya’ni, soliqlarning, jumladan soliq yukining
iqtisodiy o‘sishga ta’siri, budjet daromadlarini samarali shakllantirishdagi roli,
iqtisodiy sub’ektlar faoliyatiga ijobiy ta’siri kabi masalalar tadqiqotchilar tomonidan
o‘rganilmoqda va tegishli xulosalar olinmoqda. Bu o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga va iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mamlakatda mavjud bo‘lgan soliq yuki va uning makriqtisodiy ko‘rsatkichlarga
ta’siri tahlili bir qancha xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan
tadqiqotlarda keltirilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, birinchidan ayrim
tadqiqotlarda soliq yuki ko‘rsatkichi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblangan
inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlili
o‘rganilgan bo‘lsa, ikkinchidan, ko‘p hollarda soliq yuki ko‘rsatkichini
prognozlashtirish va modellashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
AQSh iqtisodiyoti ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, «AQShda
tijorat foydasiga nisbatan kichik biznes sub’ektlari zimmasidagi soliq yuki darajasi
46,3 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o‘rtacha 42,0 foizga, Hindistonda 62,8
foizga, Xitoyda 63,7 foizga, Braziliyada esa 68,3 foizga teng bo‘lmoqda» [4].
N.F. Panovaning fikriga ko‘ra, “agar iqtisodiyot «oltin» qoidaga mos keluvchi
muvozanat kapital zaxirasidan past darajadagi holatdan rivojlanishni boshlagan
bo‘lsa, past darajadagi kapital zaxirasi past darajadagi iste’molni, demak past
darajadagi aholi farovonligini ta’minlaydi. Soliq yukini o‘lchashda ikki toifadagi
usullar qo‘llaniladi: statistik aholi soni bilan davlat soliqlarini qiyoslash: o‘rtacha har
bir aholiga to‘g‘ri keluvchi soliq yuki; ikkinchi usul har bir aholiga to‘g‘ri keluvchi
soliq yukini o‘rtacha daromadi bilan taqqoslash; soliq yuki shunday funksiyaki, u
soliq majburiyatlari va soliq to‘lash qobiliyatidan iborat. To‘langan soliqni soliq
to‘lash qobiliyatiga nisbatini soliq darajasi deb ataymiz. Progressiya, proporsional va
regressiv soliq stavkalari” [5].
Soliq tushumlarini prognoz qilish mamlakat va uning mintaqalarini ijtimoiy-
iqtisodiy
rivojlantirishni boshqarish tizimi
sifatida soliq
menejmentining
yelementlaridan biri bo‘lib, soliqlar va yig‘imlarni yig‘ishning yeng yuqori darajasiga
qaratilgan. Ushbu qiymatni tavsiflovchi ko‘rsatkich soliq potensialidir. Jahon
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
4
amaliyotida soliq potensiali odatda "butun mamlakat bo‘ylab yagona soliq shartlarini
qo‘llagan holda moliya yili uchun hokimiyat tomonidan olinishi mumkin bo‘lgan
aholi jon boshiga budjet daromadlari" [6] deb tushuniladi
Mintaqaning soliq potensialini baholashda va uning dinamikasini kelajak uchun
prognoz qilishda ushbu konsepsiyaning ikki jihatini ajratish tavsiya yetiladi: tor va
keng ma’noda soliq potensiali. Tor ma’noda, soliq potensiali-bu mamlakatdagi
amaldagi soliqqa tortish tizimiga muvofiq soliq to‘lovlari orqali budjetga to‘planishi
kerak bo‘lgan moliyaviy resurslar. Soliq potensiali keng ma’noda "aholi – iqtisodiyot
– hudud" tizimida soliqqa tortish orqali samarali safarbar yetilishi mumkin bo‘lgan
moliyaviy resurslar to‘plami sifatida tushuniladi, ularning koordinatalarida jamiyat
hayotiy faoliyatining asosiy jarayonlari mintaqa chegaralarida amalga oshiriladi.
Mintaqaning soliq salohiyatini hisobga olishning u yoki bu jihatini tanlash hal
qilinayotgan vazifaga bog‘liq [7].
So‘nggi yillarda mamlakatlarning uzoq muddatli rivojlanishida institutsional
sifat darajasining muhimligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Jahon
Iqtisodiy Forumining 2018-yildagi Global raqobatbardoshlik hisobotida [8] (Global
Competitiveness Report) “kuchli davlat institutlari mamlakatda uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sishning fundamental omillaridan biri sifatida ta’riflangan”
“Institutsional sifatga yega bo‘lgan mamlakatlar ilg‘or texnologiyalarni
amaliyotga tatbiq yetishda ko‘proq muvaffaqiyatga yerishishi ilmiy jihatdan o‘z
tasdig‘ini topgan” [9].
Institutsional sifat darajasining mamlakat iqtisodiyotiga soliq tushumlari orqali
bilvosita ta’siri ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan empirik tahlil qilingan.shular
jumlasiga, Chend va Moyen [10] hamda iqtisdochi Guraning [11] fikriga ko‘ra,
rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq tushumlari yetarli darajada tushmasligining
asosiy sababi – institutsional sifat ko‘rsatkichlarining pastligidir. Bundan tashqari,
ayrim tadqiqot natijalariga ko‘ra, korrupsiyaning yuqoriligi rivojlanayotgan
mamlakatlarda soliq tushumlarining 50% dan ko‘prog‘i yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi
[12].
Shunga o‘xshash tadqiqotlardan biri, Byord va Martines-Vazqes [13] tomonidan
o‘tkazilgan.
Unda
rivojlanayotgan
mamlakatlarning
1990-1999-yillardagi
ma’lumotlari
hamda
rivojlangan
mamlakatlarning
1998-2000-yillardagi
ma’lumotlaridan foydalangan holda 2SLS metodologiyasi asosida regression tahlil
qilingan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, quyi-o‘rta daromadli mamlakatlar soliq
ma’murchiligini faqat o‘z institutlarini mustahkamlash, hukumatni saylash va
lavozimga tayinlashda ishtirok yetish darajasini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi
kurashish orqali yaxshilashi mumkin.
Institutsional sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan korrupsiyaning soliqqa
tortishga salbiy ta’siri bo‘yicha yondashuvlar iqtisodchi olimlar Ajaz va
Ahmadlarning ilmiy ishlarida [14] aks yetgan. Ular 25 ta davlatning 1990-2005-
yillardagi panel ma’lumotlarini GMM usulida tahlil qilgach, institutsional sifat soliq
yig‘imi bilan sezilarli darajada bog‘liq, degan xulosaga keldi. Boshqacha qilib
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
5
aytganda, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlardagi soliq tushumlarining pastligi
samarasiz davlat boshqaruvi bilan bog‘liq.
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan 2019-yilda ishlab chiqilgan
metodologiya[15] asosida “World Bank”, “The Heritage Foundation” hamda
“Transparency International” tashkilotlari ‘‘lon qilgan ma’lumotlardan foydalangan
holda 55 ta quyi-o‘rta daromadli mamlakatlar uchun umumiy institutsional indeks
hisoblab chiqildi. Bundan maqsad, mamlakatlar institutsional sifat ko‘rsatkichlarining
soliq tushumlariga ko‘rsatadigan umumiy ta’sirini aniqlashdan iborat.
Mahalliy olimlarimizdan tadqiqotchi – olim S.R.Adizov o‘zining ilmiy ishlarida
[16] soliq yukining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri va uni modellashtirish
hamda prognozlashtirish masalalariga alohida e’tibor bergan. Tadqiqotchi bunda
soliq yukining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ya’ni iqtisodiy o‘sish, davlat xarajatlari,
eksport va import bilan aloqadorligini iqtisodiy baholash va prognozlash uslubiyatini
ishlab chiqqan. Shuningdek, soliq yuki o‘zgarishining YaIM o‘zgarishiga ta’siri
masalalarini o‘rgangan.
Tadqiqotchi O.Z. G‘aybullayev esa soliq yukini baholashni takomillashtirish
masalalari bo‘yicha tadqiqotlar [17] olib borib, soliq yukiga ta’sir etuvchi omillar
ekonometrik tadqiqini amalga oshirgan, shuningdek, asosiy soliqlar va ularning
bazalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan.
Shuningdek, iqtisodchi – olim S.K. Hudoyqulov soliq tushumlarini prognoz
qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib [18],
soliqlarning yalpi ichki maxsulot, narx, investitsiyalar bilan o‘zaror bog‘liqlik holati
xususiyatlarini o‘rgangan va ularning soliqlarni prognoz qilish jarayonidagi rolini
asoslab bergan.
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot hajmi, uning o‘sish tendensiyasi, aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi va uning o‘sish tendensiyasi
davlatning iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi muhim omil sanaladi.
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish jarayonlari albatta byujdet-soliq siѐsati,
soliqchilik tizimida soliq yukini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri va o‘zaro
aloqadorligi bo‘yicha muammolarni xorijiy iqtisodchi olimlar, jumladan A. Laffer, G.
Lovrens, G.R. Zodrov, P. Miyezkovski, L. David, G. Blodget, Piter Midil, K.
Makkonel, Simon Nenbii, Baro, Cheperu, Sirkvin, Lapdu, Dayomond, Lonje,
Odusola, Ekpo, Stotski, Voldemarim, Piankastelli, Eltoni, Nagi, Xanson, Tiirining
tadqiqot ishlarida kuzatishmiz mumkin.
G. Lovrens esa o‘zining ilmiy tadqiqot ishlari davomida Amerika soliq tizimini
keng qamrovda o‘rgangan.
A.V. Sklyar o‘zining tadqiqotlari davomida quyidagi fikrlarni berib o‘tgan:
“turli darajadagi budjetlarga soliq potensiali va soliq tushumlarini modellashtirish
turli usullar bilan, shu jumladan bir yoki bir nechta xususiyatlarning ta’sirini hisobga
olishga imkon beradigan regressiya modellari yordamida amalga oshirilishi mumkin-
masalan, hududning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan
ifodalangan omillar.” [19].
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
6
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada tahlilning analiz va sintez, induksiya va deduksiya kabi
an’anaviy usullaridan foydalanilgan. Mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning
iqtisodchi olimlari hamda tadqiqotchilarining soliq yukiga, soliq yuki ko‘rsatkichining
tahliliga oid fikr va mulohazalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan va natijalar
asosida xulosalar shakllantirilgan. Shuningdek, soliq yuki ko‘rsatkichining
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri ekonometrik tahlili va prognozi statistik usullar
yordamida amalga oshirilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot davomida milliy iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishni
ekonometrik modellashtirish masalasida yalpi ichki mahsulot, budjet daromadlari va
xarajatlari hamda soliq yuki ko‘rsatkichlarini bir-biriga bog‘liqligi, soliq yuki
ko‘rsatkichi o‘zgarishining yalpi ichki mahsulotga ta’siri, budjet daromadlari va
xarajatlariga ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, milliy iqtisodiyotga davlat budjeti
daromadlari va xarajatlari hajmining o‘zgarishi, shuningdek, soliq yuki
ko‘rsatkichlarining ta’sirini ekonometrik usullar asosida tahlil qilishga harakat qildik.
1-jadval
Milliy iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirishda
ta’sir etuvchi ehtimoliy omillar
T/r.
Omillar
Shartli o‘lchov birligi
1.
Davlat budjeti daromadlari
mlrd.so‘mda
2.
Davlat budjeti xarajatlari
mlrd.so‘mda
3.
Soliq yuki
foizda
Milliy iqtisodiyot keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli, milliy
iqtisodiyotga ta’sirlarni izohlash uchun 2016-2021 yillardagi choraklik yalpi ichki
mahsulot hajmi tanlab olindi. Yalpi ichki mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillar
sifatida davlat budjeti daromadlari, davlat budjeti xarajatlari va soliq yuki kabi
ko‘rsatkichlar tanlab olindi. Milliy iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarga
r-Pirson korrelyatsion bog‘liqligi ta’sirini o‘rganamiz.
r-Pirson korrelyatsiya jadvali koeffitsiyentlarini 5 foizlik ahamiyat darajasidagi
statistik jadval asosida hisoblanganda statistik ahamiyatli deb topilib, YaIM bilan
budjet daromad va xarajatlari, soliq yuki o‘rtasida 0,9575; 0,9598 va 0,5640
korrelyatsion bog‘liqligi aniqlangan.
Regressiya omillarini tanlashda ushbu omillar o‘zgarmas bilan o‘zaro ichki
aloqadorligi bo‘lmasligi zarur hisoblanadi. Undan tashqari ushbu omillar o‘rtasida
multikorrellik (
𝑟
𝑦𝑥
1
> 𝑟
𝑥
2
𝑥
1
, 𝑟
𝑦𝑥
2
> 𝑟
𝑥
2
𝑥
1
) muammosi mavjudligi natijalarning
ishonchli ekanligiga shubxa tug‘diradi. Shuning uchun zarur bo‘lgan holda davlat
budjeti daromadlari omilini regressiya tegnlamasidan olib tashlash mumkin bo‘ladi.
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
7
2-jadval
Yalpi ichki mahsulot va davlat budjeti daromadlari, xarajatlari va soliq yuki
o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik tahlili
Korrelyatsion bog‘liqlik
Ehtimollilik
YaIM
Davlat budjeti
daromadlari
Davlat budjeti
xarajatlari
Soliq yuki
YaIM
1.000000
-----
Davlat budjeti
daromadlari
0.9575
1.000000
0.0000
-----
Davlat budjeti xarajatlari
0.9598
0.9858
1.000000
0.0000
0.0000
-----
Soliq yuki
0.5640
0.7713
0.7333
1.000000
0.0077
0.0000
0.0002
-----
Regressiya tenglamasining umumiy ko‘rinishini quyidagicha ifodalash
mumkin:
𝒀 = 𝜶 + 𝜷
𝟏
𝒙
𝟏
+ 𝜷
𝟐
𝒙
𝟐
+ 𝜷
𝟑
𝒙
𝟑
+ 𝜷
𝟒
𝒙
𝟓
+ ⋯ + 𝜷
𝒏
𝒙
𝒏
+ 𝜺
𝒏
(1)
𝛼 −
o‘zgaruvchini boshlang‘ich qiymati(konstanta);
𝛽
1
, 𝛽
2
, … 𝛽
𝑛
− 𝑡𝑎’𝑠𝑖𝑟 𝑒𝑡𝑢𝑣𝑐ℎ𝑖 𝑜𝑚𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟ga ta’sir doirasi
;
𝑥
1
, 𝑥
2
, …
𝑥
𝑛
− 𝑡𝑎’𝑠𝑖𝑟 𝑒𝑡𝑢𝑣𝑐ℎ𝑖 𝑜𝑚𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟
;
𝜀
𝑛
– boshqa omillar.
Ushbu korrelyatsion bog‘liq deb topilgan omillar yordamida YaIM bilan
o‘zaro aloqadorligini aniqlash uchun 3 ta ehtimoliy regression model tahlilini amalga
oshirildi.
3-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili (1-model)
Bog‘liq o‘zgaruvchi (Dependent Variable): YaIM
Metod (Method): Eng kichik kvadratlar(Least Squares)
Tanlanma (Sample (adjusted)): 2016y 1kv – 2021 y 1 kv
Jami kuzatuvlar soni (Included observations) 21
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob.
C
80709.47
11359.71
7.104887
0.0000
Davlat budjeti xarajatlari (X
1
)
3.973688
0.222733
17.84062
0.0000
Soliq yuki (X
2
)
-3271.416
716.3007
-4.567099
0.0002
R
2
(R-squared)
0.963502
Bog‘liq o‘zgaruvchi o‘rtachasi
(Mean dependent var)
103359.9
Moslashgan R
2
(Adjusted R-squared)
0.959446
Standart og‘ish
(S.D. dependent var)
36314.13
Regr. stand. xatolik
S.E. of regression
7312.926
Akaike mezoni
(Akaike info criterion)
20.76424
Qoldiqlar kvadratlari yig‘indisi
9.63E+08 Shvars mezoni
20.91346
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
8
(Sumsquaredresid)
(Schwarz criterion)
Logarifmik haqiqatga yaqinligi
(Loglikelihood)
-215.0245
Xanna-Kuin mezoni
(Hannan-Quinn criter.)
20.79662
F-statistika
(F-statistic)
237.5864
Darbin-Uotson statistikasi
(Durbin-Watson stat)
1.681384
Ehtimollik (F-stat.)
Prob(F-statistic)
0.000000
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili asosida 1-model
asosida regressiya tenglamasini tuzib olamiz:
𝑦 = 80108,47+3,97 ∗ 𝑥
1
− 3271,41 ∗ 𝑥
2
+ 𝜀
(2)
Ushbu regressiyadagi barcha omillar 5 foizlik ahamiyat darajasidagi statistik
ahamiyatli bo‘lib, davlat budjeti xarajatlarini bir mlrd. so‘mga (birlikka) oshirish
YaIMning 3,97 mlrd. so‘mga oshishiga olib kelsa, soliq yuki stavkasini 1 foizga
oshirish YaIMning 3271,41 mlrd. so‘mga pasayishiga olib keladi, degan xulosani
shakllantirish imkonini beradi.
4-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili (2-model)
Bog‘liq o‘zgaruvchi (Dependent Variable): YaIM
Metod (Method): Eng kichik kvadratlar (Least Squares)
Tanlanma (Sample (adjusted)): 2016y 1kv – 2021 y 1 kv
Jami kuzatuvlar soni (Included observations) 21
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob.
C
93451.38
5418.980
17.24520
0.0000
Davlat budjeti xarajatlari (X
1
)
0.539221
0.425862
1.266186
0.2225
Soliq yuki (X
2
)
-4545.704
361.8549
-12.56223
0.0000
Davlat budjeti daromadlari (X
3
)
4.166604
0.501635
8.306046
0.0000
R
2
(R-squared)
0.992784
Bog‘liq o‘zgaruvchi o‘rtachasi
(Mean dependent var)
103359.9
Moslashgan R
2
(Adjusted R-squared)
0.991511
Standart og‘ish
(S.D. dependent var)
36314.13
Regr. stand. xatolik
S.E. of regression
3345.819
Akaike mezoni
(Akaike info criterion)
19.23845
Qoldiqlar kvadratlari yig‘indisi
(Sumsquaredresid)
1.90E+08
Shvars mezoni
(Schwarz criterion)
19.43741
Logarifmik haqiqatga yaqinligi
(Loglikelihood)
-198.0038
Xanna-Kuin mezoni
(Hannan-Quinn criter.)
19.28163
F-statistika
(F-statistic)
779.6688
Darbin-Uotson statistikasi
(Durbin-Watson stat)
0.520481
Ehtimollik (F-stat.)
Prob(F-statistic)
0.000000
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
9
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili asosida 2-model
asosida regressiya tenglamasini tuzib olamiz.
𝑦 = 93451,38 + 0,539221 ∗ 𝑥
1
− 4545,704 ∗ 𝑥
2
+ 4,166604 ∗ 𝑥
3
+ 𝜀
(3)
Ushbu regressiyadagi omillardan davlat budjeti xarajatlari 5 foizlik ahamiyat
darajasidagi statistik ahamiyatli emas bo‘lib, davlat budjeti daromadlarini bir mlrd.
so‘mga (birlikka) oshirish YaIMning 4.16 mlrd. so‘mga oshishiga olib kelsa, soliq
yuki stavkasining 1 foizga oshirilishi YaIMning 4515,7 mlrd. so‘mga pasayishiga
olib keladi, degan xulosani olish mumkin.
5-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili (3-model)
Bog‘liq o‘zgaruvchi (Dependent Variable): YaIM
Metod (Method): Eng kichik kvadratlar (Least Squares)
Tanlanma (Sample (adjusted)): 2016y 1kv – 2021 y 1 kv
Jami kuzatuvlar soni (Included observations) 21
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob.
C
94563.21
5436.227
17.39501
0.0000
Davlat budjeti daromadlari (X
1
)
4.783315
0.122031
39.19739
0.0000
Soliq yuki (X
2
)
-4661.499
355.9260
-13.09682
0.0000
R
2
(R-squared)
0.992104
Bog‘liq o‘zgaruvchi o‘rtachasi
(Mean dependent var)
103359.9
Moslashgan R
2
(Adjusted R-squared)
0.991227
Standart og‘ish
(S.D. dependent var)
36314.13
Regr. stand. xatolik
S.E. of regression
3401.420
Akaike mezoni
(Akaike info criterion)
19.23334
Qoldiqlar kvadratlari yig‘indisi
(Sumsquaredresid)
2.08E+08
Shvars mezoni
(Schwarz criterion)
19.38255
Logarifmik haqiqatga yaqinligi
(Loglikelihood)
-198.9500
Xanna-Kuin mezoni
(Hannan-Quinn criter.)
19.26572
F-statistika
(F-statistic)
1130.805
Darbin-Uotson statistikasi
(Durbin-Watson stat)
0.789839
Ehtimollik (F-stat.)
Prob(F-statistic)
0.000000
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili asosida 3-model
asosida regressiya tenglamasini tuzib olamiz.
𝑦 = 94563,21 + 4,783315 ∗ 𝑥
1
− 4661,499 ∗ 𝑥
2
+ 𝜀
(4)
Ushbu regressiyadagi omillarning barchasi 5 foizlik ahamiyat darajasidagi
statistik ahamiyatli bo‘lib, davlat budjeti xarajatlarining bir mlrd. so‘mga (birlikka)
oshirish YaIMning 4.78 mlrd. so‘mga oshishiga olib kelsa, soliq yuki stavkasining
1 foizga oshirilishi YaIMning 4661,49 mlrd. so‘mga pasayishiga olib keladi, degan
xulosani chiqarish mumkin.
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
10
Yuqorida keltirilgan 3 ta modeldan statistik jixatdan ishonchli modelni tanlash
uchun Akaike mezoni va Shvars mezonlari ko‘rsatkichlari hamda birinchi va ikkinchi
tartibli avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshiruvdan o‘tkazamiz.
Darbin Uotson mezonining 5 foizlik ahamiyat darajasidagi statistik jadval
asosida
hisoblanganda,
YaIM
va
tahlil
qilinayotgan
omillar
o‘rtasida
avtokorrelyatsiya mavjud bo‘lmaslik sharti 1,54<DW<2,46 hisoblanadi.
Shuningdek ikkinchi tartibli avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshirish uchun
Breusha-Godfri testidan foydalanamiz. Tekshiruv natijalarini qisqa jadval
ko‘rinishida ma’lumotlarni asoslaymiz.
6-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression modellarning avtokorrelatsiya
mavjudligini tekshirishning Darbin-Uotson va Breusha-Godfri testi natijalari
T/r.
Modellar tartib
raqami
Darbin-Uotson
statistikasi
Shartli o‘lchov
birligi
Breusha-
Godfri testi
Shartli
o‘lchov
birligi
1.
1-model
1,68
1,54<DW<2,46
0,607
P>0,05
2.
2-model
0,52
1,54<DW<2,46
0,027
P>0,05
3.
3-model
0,78
1,54<DW<2,46
0,016
P>0,05
Ushbu jadval ma`lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1-modelda qoldiqlarida
birinchi va ikkinchi tartibli avtokorrelatsiya mavjud bo‘lmaganligi uchun ushbu
modelni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tanlangan regressiya modelining tasodifiy xatoligida geteroskedastiklik
mavjudligini tekshirish maqsadida Breusha-Pagan testidan foydalandik.
Breusha-Pagan testi nol gipoteza sifatida ushbu modelda geteroskedastiklik
mavjud emas, degan gipoteza qo‘yadi. Agar ehtimollik R>0,05 dan katta bo‘lsa
geteroskedastiklik mavjud emas, tanlangan regressiya qoldiqlarining tasodifiy
xatoligi xomoskadastik bo‘ladi.
7-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar tanlangan regressiya modelining
Breusha-Pagan testi natijalari
Heteroskedasticity Test: Breusch-Pagan-Godfrey
F-statistic
2.079489 Prob. F (2,18)
0.1540
Obs*R-squared
3.941451 Prob. Chi-Square(2)
0.1394
Scaled explained SS
3.940379 Prob. Chi-Square(2)
0.1394
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob.
C
1.24E+08
1.14E+08
1.084339
0.2925
Davlat budjeti xarajatlari (X1)
4503.298
2242.155
2.008468
0.0598
Soliq yuki (X2)
-8886783.
7210697.
-1.232444
0.2336
R
2
(R-squared)
0.187688
Bog‘liq o‘zgaruvchi o‘rtachasi
(Mean dependent var)
45839041
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
11
Moslashgan R
2
(Adjusted R-squared)
0.097431
Standart og‘ish
(S.D. dependent var)
77487714
Regr. stand. xatolik
S.E. of regression
73616131
Akaike mezoni
(Akaike info criterion)
39.19819
Qoldiqlar kvadratlari
yig‘indisi
(Sumsquaredresid)
9.75E+16
Shvars mezoni
(Schwarz criterion)
39.34741
Logarifmik haqiqatga
yaqinligi
(Loglikelihood)
-408.5810
Xanna-Kuin mezoni
(Hannan-Quinn criter.)
39.23057
F-statistika
(F-statistic)
2.079489
Darbin-Uotson statistikasi
(Durbin-Watson stat)
2.204132
Ehtimollik (F-stat.)
Prob(F-statistic)
0.153994
Breusha-Pagan testi natijalariga ko‘ra P>0,13 bo‘lganligi sababli ushbu
modelda geteroskedastiklik mavjud emas, tanlangan regressiya qoldiqlarining
tasodifiy xatoligi xomoskadastik ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ldi.
Demak, tanlangan modelimiz regressiyani baholash testlaridan ijobiy
o‘tganligini hisobga olsak, ushbu model asosida amalga oshirilgan prognoz
ko‘rsatkichlarining ishonchliligini anglatadi.
8-jadval
YaIM va unga ta’sir etuvchi omillar regression statistik tahlili (1-model)
Bog‘liq o‘zgaruvchi (Dependent Variable): LOG(YaIM)
Metod (Method): Eng kichik kvadratlar (Least Squares)
Tanlanma (Sample (adjusted)): 2016y 1kv – 2021 y 1 kv
Jami kuzatuvlar soni (Included observations) 21
Variable
Coefficient
Std. Error
t-Statistic
Prob.
C
3.442130
0.295623
11.64366
0.0000
LOG (Davlat budjeti xarajatlari
(X
1
))
0.898560
0.037403
24.02394
0.0000
Soliq yuki (X
2
)
-0.042064
0.005797
-7.256218
0.0000
R
2
(R-squared)
0.978221
Bog‘liq o‘zgaruvchi o‘rtachasi
(Mean dependent var)
11.48100
Moslashgan R
2
(Adjusted R-squared)
0.975801
Standart og‘ish
(S.D. dependent var)
0.380757
Regr. stand. xatolik
S.E. of regression
0.059230
Akaike mezoni
(Akaike info criterion)
-2.683199
Qoldiqlar kvadratlari yig‘indisi
(Sumsquaredresid)
0.063148
Shvars mezoni
(Schwarz criterion)
-2.533981
Logarifmik haqiqatga yaqinligi
(Loglikelihood)
31.17359
Xanna-Kuin mezoni
(Hannan-Quinn criter.)
-2.650815
F-statistika
(F-statistic)
404.2424
Darbin-Uotson statistikasi
(Durbin-Watson stat)
2.118599
Ehtimollik (F-stat.)
Prob(F-statistic)
0.000000
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
12
Tanlangan 1-modelni foiz ko‘rinishida iqtisodiy tavsiflash uchun barcha
ma’lumotlarini logorifmik qiymati asosida regression tahlil o‘tkazib, xulosalarni
keltiramiz. Ushbu regression tahlil natijalarining ishonchliligini
2
R
- determinatsiya
koeffitsiyentining 1 ga yaqin ekanligi ifodalasa va Darbin Uotson mezoni kerakli
oraliqda ekanligi
1
avtokorrelyatsiya muammosining yo‘q ekanligini anglatadi.
Regressiya tenglamasini baholash uchun avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshirish
uchun Breusha-Godfri testi hamda geteroskedastiklik mavjud emasligini tekshirish
uchun Breusha-Pagan testi natijalari avtokorrelyatsiya va geteroskedastiklik mavjud
emasligini ko‘rsatib, tanlangan regressiya asosida keltirilgan hulosa va amalga
oshiriladigan prognoz ko‘rsatqichlarning ishonchliligidan dalolat beradi.
Log(Y)= 3.44+0.89*Log(X
1
) -0,042*Log(X
2
)
(5)
Ushbu regressiyadagi barcha omillar 5 foizlik ahamiyat darajasidagi statistik
ahamiyatli bo‘lib, yuqorida tanlangan 1-modeldagi natijalar bilan umumlashtirgan
holda quyidagi xulosaga kelindi. Agar boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda,
davlat budjeti xarajatlarini bir foizga oshirish YaIMning 8,9 foizga oshishiga olib
keladi, soliq yuki stavkasini bir foizga oshirish YaIMning 4,2 foizga pasayishiga olib
keladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, fikrimizcha, soliq yuki darajasi bilan
iqtisodiy rivojlanish bir-biriga teskari proporsional ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu
maqsadda, soliqqa tortishning iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sirini kamaytirish
uchun quyidagicha soliq islohotlarini o‘tkazish lozim:
-
iqtisodiyotda soliq yukini bosqichma-bosqich pasaytirish;
-
soliq qonunchiligini takomillashtirish. Iqtisodiy sudlar tizimini ta’sirchanligini
oshirish lozim. Agarda bu tizim zaif bo‘lsa, o‘ziga yuklangan vazifalarni to‘liq bajara
olmasa, iqtisodiy rivojlanish bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatida yuksalish bo‘lmaydi.
Soliqqa tortish tizimi qulay va oson bo‘lishi kerak, toki soliq to‘lashdan hech kim
bosh tortmasin.
-
soliq yuki darajasini belgilashda egri soliqlarga ustuvorlik berish, shuningdek,
resurs soliqlariga ham e’tibor qaratish lozim. Chunki, to‘g‘ri soliqlar iqtisodiy
rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatib, kelajakda yangi soliq bazalari va
tushumlarining shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, iqtisodiyotda juda katta miqdordagi soliqlarni joriy etish
noo‘rindir. Soliqlarning keragidan oshiqligi davlat tizimining faoliyati besamara
ekanligidan dalolat berishi barobarida, amalga oshirilayotgan sarf-xarajatlar mutlaqo
asossiz
ekanligini,
davlat
o‘z
fuqarolarining
manfaatlari
bilan
hisoblashmayotganligini ifoda etadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, soliqlar
iqtisodiy sub’ektlarning ahvolidan darak berib turuvchi o‘ziga xos termometr bo‘lib,
1
Darbin Uotson meʼzonining 5 foizlik ahamiyat darajasidagi statistik jadval asosida hisoblanganda YaIM va tahlil
qilinayotgan omillar oʻrtasida avtokorrelyatsiya mavjud boʻlmaslik sharti 1,54<DW<2,46 hisoblanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
13
uning ko‘rsatkichlari pirovardida ushbu sub’ektlar faoliyatida ro‘y berayotgan
jarayonlardan darak beradi. Agarda, mamlakat aholisining umumiy daromadlari
tarkibida jami soliqlarning hajmi me’yordan oshib ketsa, u holda jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida inqiroz holatlarining ro‘y berishi mumkin.
Soliq
tizimi
barqarorligini
ta’minlashda
ekonometrik
tahlil
va
prognozlashtirishning samarali usullaridan keng foydalanish lozim. Chunki,
ekonometrik tahlil va prognozlashtirish usullari yordamida olingan natijalar statistik
tahlil natijalarining aniqliq darajasini oshiradi hamda soliq tizimining muvafaqqiyatli
amal qilishida yordam beradi. Amaliyotda korrelyatsion va regression tahlil usullari
soliq ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda nisbatan kam qo‘llaniladi. Ushbu tahlil usullarini
korxona miqiyosida ham, davlat miqyosida ham qo‘llash mumkin. Soliq
ko‘rsatkichlari pasayishiga yoki ko‘payishiga ta’sir etuvchi omillarni baholash
amaliyotda yetarli darajada qo‘llanilmaydi. Bu soliq tushumlarini yetarli darajada
kelgusida prognozlashni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu maqsadda soliqlarni iqtisodiy-statistik tahlil qilishda unga ta’sir etuvchi
asosiy omillarni aniqlash va shular bilan birgalikda, kompleks ravishda tahlilni
amalga oshirish lozim. Soliq tizimida va soliq ko‘rsatkichlarining tahlilida iqtisodiy
tahlil, statistika va ekonometrika usullarini kengroq darajada qo‘llash lozim.
Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lgan
sharoitda davlat budjeti xarajatlarini bir foizga oshirish YaIMning 8,9 foizga
oshishiga olib keladi, soliq yuki stavkasini bir foizga oshirish YaIMni 4,2 foizga
pasayishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
son «O’zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-
son «O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi
to‘g‘risida»gi Farmoni.
3.
Mirziyoyѐv Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lish kerak. – T.:
O’zbekiston, 2017. – 31 b.
4.
The World Economic Forum: World Competitiveness rep. 2014–2015
5.
Alan S.Donxanoe. measuring Tax Burden. A Study oj the Tax Burden in
Ohio in Comparison with Other States (Ohio: Department of Taxation, 1946)
6.
Богачева, О.В. Налоговый потенциал и региональные счета/О.В.
Богачева // Финансы. – 2000. – № 2. с. 29–32.
7.
Панова Н.Ф. Прогнозирование налоговых поступлений от крупнейших
налогоплательщиков Оренбургской области на основе структурного
подхода/Н.Ф. Панова, А.Ф. Сатлыкова // Современные информационные
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
2022 yil, 3-son
14
технологии в науке, образовании и практике: VII всероссийская науч.-практ.
конф. с междунар. участием/М-во образования и науки РФ; ОГУ. – Оренбург:
ГОУ ОГУ, 2008. – с. 727–729.
8.
Global
Competitiveness
Report.
2018
year.
https://reports.weforum.org/global-competitiveness-report-2018.
9.
Acemoglu, D. and Robinson, J. (2008) The role of institutions in growth
and development. Commission on Growth and Development Working Paper No.10.
10.
Chand S.K., & Moene, K. O. (1999). Controlling fiscal corruption. World
Development, 27(7), 1129-1140.
11.
Ghura D. (1998) Tax revenue in sub-Saharan Africa: effects of economic
policies and corruption. IMF Working Paper 98/135. Washington DC: International
Monetary Fund.
12.
Krugman P. R., Alm, J., Collins, S. M., & Remolona, E. M. (1992).
Transforming the Philippine economy.
13.
Bird R.M., Martinez-Vazquez, J. and Torgler, B. (2008) Tax effort in
developing countries and high-income countries: the impact of corruption, voice and
accountability. Economic Analysis and Policy. Vol. 38 No. 1, pp.55-71.
14.
Ajaz T., & Ahmad, E. (2010). The effect of corruption and governance on
tax revenues. The Pakistan Development Review, 405-417.
15.
Ahmad E., and Ajaz, T. (2010) The effect of corruption and governance on
tax revenues. Pakistan Development Review 49(4):405–17.
16.
Adizov S.R. Soliq yukining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini
modellashtirish va prognozlashtirish: i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.
avtoreferati – T., 2018. – 52 b.;
17.
Gaybullayev O.R. Soliq yukini baholashni takomillashtirish masalalari:
i.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati – T., 2004. – 24 b.;
18.
Hudoyqulov S.K. Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini
takomillashtirish: i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Avtoreferati. – T.,
2019. – 74 b.
19.
Скляр А.В. Моделирование региональных бюджетных доходов от
НДС/А.В. Скляр, А.Н. Цацулин // Общество. Среда. Развитие (Terra Humana).
— 2011. — № 1. — с. 13–18.