Социальные характеристики этнокультуры

CC BY f
163-165
3
0
Поделиться
Нишанова, О. (2023). Социальные характеристики этнокультуры. in Library, 1(1), 163–165. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21843

Аннотация

В данной статье описаны социальные особенности этнокультуры. Подчеркивается, что одной из основных социальных характеристик и сущности этнокультуры является то, что она побуждает людей создавать новые культурные ценности, творить, искать, делать окружающую среду более красивой, приятной, гуманной. Обсуждаются также процесс глобализации и популярная культура.


background image

O‘zbekiston Milliy universitetining 105 yilligiga bag’ishlanadi

MAXSUS SON

2023

- 163 -







Ozoda NISHONOVA,

O‘zbekiston Milliy universiteti
“Falsafa va Ma’naviyat asoslari” kafedrasi professori, f.f.d.
E-mail: o.nishanova@nuu.uz

ETNOMADANIYATNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada etnomadaniyatning ijtimoiy xususiyatlari yoritiladi. Etnomadaniyatning bosh ijtimoiy xususiyatlaridan biri va
mohiyati uning yangi madaniy boyliklar yaratishga, kishini ijodga, izlanishga, yon-atrofni yanada go‘zal, zavqli, insoniy qilishga
undashida ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, globallashuv jarayoni, ommaviy madaniyat haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

etnomadaniyat, madaniyat, til, ijtimoiy xususiyat, yoshlar, globallashuv, “ommaviy madaniyat”, millat.

Bugun ko‘p qutbli dunyo shakllanmoqda. Mamlakatlar

tarixi, qadriyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z yo‘llarini o‘zlari
mustaqil belgilamoqdalar. Yangi taraqqiyot modellari, yangi
texnologiyalar vujudga kelmoqda. Davlatlar, elat, millat,
xalqlar, diniy konfessiyalar hamda madaniyatlar o‘rtasida turli
ziddiyatlar kuzatilmoqda. Shu bois, millatlar o‘z madaniyatini
turli mexanizmlar yordamida saqlab qolishga harakat
qilmoqdalar.

Madaniyatning shakllanishi tabiiy-jug‘rofiy makon,

ijtimoiy muhit, ishlab chiqarish munosabatlari, hayot va
turmush tarzi, an’analar, hatto biologik omillar ta’siri bilan
bog‘liqdir. Ushbu rang-barang, goho bir-biriga zid hodisalar
o‘ziga xos kishilar konglemeratini shakllantirganki, to yangi
davrgacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy bosqichlarda hech bir kishi
o‘zini ushbu ittifoqdan tashqarida ham yashashi mumkinligini
idrok etolmagan. Kommunitar hayot tarzi va fikrlash usuli
madaniyatning o‘zagiga, yadrosiga aylangan.

Milliy

madaniyat

bilan

etnomadaniyat

aynan

fenomenlar emas, milliy madaniyat etnomadaniyatdan
kengdir.

“Etnomadaniyat

(xalq

madaniyati)

milliy

madaniyatning qadimiy qatlamidir. U, asosan, maishiy hayotni
qamrab olgan bo‘lib, “ajdodlar urf-odatlari”dan iboratdir.
Uning belgilari oziq-ovqat, kiyinish, xalq og‘zaki ijodi, xalq
amaliy san’ati, xalq tabobati kabi xalq hayotiga bevosita
taalluqli artefaktlarda, narsalar, an’analar, marosimlar,
tomoshalar va xo‘jalik tiplarida namoyon bo‘ladi” [1]. Xullas,
etnomadaniyat millatni shakllantirgan, etnoslar yaratgan
moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi sifatida milliy
madaniyatning yadrosini tashkil qiladi. Uning bosh funksional
xususiyati etnoslar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni
asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish, milliy o‘zlikni anglashga
xizmat qilish, yoshlarda milliy g‘ururni, vatanparvarlik va
xalqparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdir.

Faylasuf U.Mengliqulovning yozishicha, “postsovet

makonning murakkab to‘qnashuvlarida mintaqamizdagi
etnomadaniy boyliklar, ularning ma’naviy taraqqiyotimizdagi
o‘rni va ularni asrab qolish eng dolzarb muammolardan biriga
aylandi. Ularning ahamiyati, ayniqsa, barcha insoniyat uchun
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tan olingani sari
ortib bora boshladi. Ular har bir jamiyatning ma’naviy-axloqiy
rivojlanishining asosini tashkil etadi va jamoatchilik ongi va
milliy o‘z- o‘zini anglashga ta’sir qiladi. Ularni tahlil qilish
uchun etnomadaniyatning integratsion konsepsiyasini aniqroq
qo‘llash talab etiladi” [2]. Ildizi zaif, globallashuv va milliy
taraqqiyot talablariga javob bera olmaydigan an’analar
ijtimoiy-madaniy hayotdan tushib qolishi, shubhasiz. Mazkur
holat esa etnomadaniy boyliklardan qay birini asrab qolish va
rivojlantirish masalasini o‘rganish zaruratini yuzaga
keltirmoqda.

Bobil minorasi haqidagi rivoyatda hikoya qilinishicha,

xudo kishilar bir-birini tushunmasin degan maqsadda ularning
tillarini qo‘shib, aralashtirib yuboradi. Aslida bu rivoyat

etnomadaniyatlarning kelib chiqishiga taalluqlidir. Tilning
xilma-xilligi etnomadaniyatlarning asosiy belgilaridan biridir.
Til nafaqat kommunikatsiya vositasi, unda etnolingvistik,
etnopsixologik, hatto ekzistensial borliqni idrok etish, anglash
va ifodalash kuchi mavjud. Ushbu kuchning gnoseologik
tajribaga ta’sirini ilk bor etnologik nuqtai nazardan yoritishga
intilgan nemis faylasufi V.F.Gumboldt bo‘lgan. Aynan u til
inson va xalqning, millatning “ma’naviy kuchi”, o‘ziga xos
“dunyoni anglashi” deb ta’rif beradi [3]. Demak, tilda
shaxsning, etnosning nafaqat olamni anglashi, gnoseologik
tajribasi, shuningdek “meni” o‘z ifodasini topadi. Bu o‘rinda
xalqimizning “Til bilgan - el biladi” maqoli esga tushadi.
Xalqlar, millatlar bir-birlarining tilini qancha yaxshi bilsa,
ularni birlashtiruvchi universal - madaniy omillar shuncha
ko‘payadi.

Etnomadaniyatni

tashkil

etadigan

boshqa

komponentlar: odat, tajriba, marosim va bayramlarning paydo
bo‘lishi haqida madaniyatshunos olim U.H.Qoraboyev
shunday yozadi: “Odatlar insonning tabiiy ehtiyoji asosida
vujudga kelgan... Ongli mehnat muayyan tadbirlardan
foydalanishni taqozo etgan. Foydali va qulay tadbirlar
takrorlanib, tajribalar vujudga kelgan. Chuqur ma’noli va
shaklan madaniylashgan tajriba – tadbirlar odatga aylangan.
Muhim odatlar asosida marosimlar paydo bo‘lgan. Jamoa
hayotida xursandchilik bilan o‘tadigan voqealar zamirida
bayramlar shakllangan” [4]. Odat etnomadaniyatdagi ilk
estetik voqelikdan biridir. Odat (ritual) kishilarning etnos,
sotsium talablariga muvofiq bir xildagi xatti-harakatlaridir.
To‘g‘ri, ilk arxaik odatlar beayov, hatto g‘ayriinsoniy bo‘lgan.
(Masalan, gulxan atrofida aylanish, cho‘g‘, pichoq bilan
tanada belgi qoldirish, tiriklay ko‘mish (ko‘milish) yoki
o‘ldirish (o‘ldirilish), qoya, tepalik ustidan o‘zini yoki mayitni
tashlab yuborish va h.k.) Hozir ham ayrim ibtidoiy odatlarning
ko‘rinishlari, qoldiqlari u yoki bu etnomadaniyatda uchrab
turadi.

Etnomadaniy va etnologik tadqiqotlarda ijtimoiy-

madaniy voqelikni elitar (ayrim guruh kishilarga yoki maxsus
tayyorgarligi bor shaxslarga oid) va ommaviy (barchaga,
ijtimoiy-madaniy jarayonlarning barcha ishtirokchilari va
qatnashchilariga oid) pog‘onalarga bo‘lishadi. Elitar
madaniyatni yetakchi, birlamchi ekani haqidagi qarashlar antik
davrdan beri mavjud. Qadimgi yunon faylasufining davlatni
faqat faylasuflar, ongi, tayyorgarligi, tafakkuri yuqori shaxslar
boshqarishga qodir, degan fikri keyinchalik ijtimoiy-madaniy
hayotga ham tadbiq etildi. Ushbu fikrlarga ko‘ra, alohida
intellektual va ijodiy xislatlarga ega kishilargina ijtimoiy-
madaniy boyliklar yaratishga qodir, qolgan aholi, xalq, omma
ushbu elita - andozalarga ergashadi. Bunday yondashuv ilmiy
adabiyotlarda ko‘p marta tanqid qilingan. Chunki
etnomadaniyat o‘zining genezisi, vazifalari va namoyon
bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra xalqqa, millatga oid ommaviy
voqelikdir, unda aniq subyektni, shaxsni ko‘rsatish qiyin. Shu

O‘ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI

XABARLARI, 2023

ISSN 2181-7324

MAXSUS SON

http://journals.nuu.uz


background image

O‘zbekiston Milliy universitetining 105 yilligiga bag’ishlanadi

MAXSUS SON

2023

- 164 -

bilan birga etnomadaniyatning ijtimoiy-dinamik xususiyati
mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo bu xususiyat ichki
rivojlanish, ichki komponentlarning o‘zaro ta’sir etib
o‘zgarishi, boyishi natijasi bo‘lganidagina evolyutsion
taraqqiyotga xizmat qiladi. Demak, etnomadaniyatning ichki
qonunlariga muvofiq dinamik o‘zgarishi tinch rivojlanishni,
ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning tadrijiy-evolyutsion kechishini,
xalqni, millatni yaratib yashashga bo‘lgan ehtiyojini
ta’minlaydi. Etnomadaniyatga qaratilgan tashqi tazyiq, tajovuz
esa xalq, millat hayotidagi barqarorlikni, evolyutsion
rivojlanishni buzadi, kishilar ongida g‘ayrimilliy tasavvurlarni,
g‘oyalarni uyg‘otadi.

Etnomadaniyatda tarixiy-madaniy meros mujassam-

dir. Tarixiy-madaniy meros nafaqat muzeylik (asrash, saqlash,
yetkazish), shuningdek targ‘ib etish, yoyish vazifasini ham
bajaradi. Muzey vazifasi shakllangan an’analarni, yaratilgan
moddiy va ma’naviy boyliklarni qanday bo‘lsa, shu tarzda
asrashni, saqlashni nazarda tutadi. U etnomadaniy boylikni o‘z
holicha saqlash, uni davr, o‘zgarishlar va qarashlar ta’siridan
himoya qilishga intiladi. Masalan, Respublika Davlat san’at
muzeyida saqlanayotgan afrosiyob arxeologik topilmalarini,
freskalarni o‘zgartirish yoki modernizatsiyalash aslo mumkin
emas. Ular xalqimiz o‘tmishiga oid nodir topilmalar sifatida
o‘z holicha asralishi, saqlanishi darkor. Muzey vazifasida
etnomadaniyatning turg‘unlikka, barqarorlikka, an’anaviylikka
moyilligi ko‘zga tashlanadi. Bu salbiy hodisa emas, balki
muzeylik etnomadaniyatning nafaqat genezisini, shuningdek
ijtimoiy-tarixiy

bosqichlarda

uning

o‘zgarishlarini,

transformatsiyaga uchrab rivojlanishini kuzatish imkonini
beradi.

Etnomadaniyat

xalqning,

millatning

ekzistensial

borlig‘i bo‘lsa-da, u maxsus targ‘ib etishni, uyushtirishni,
moddiy va ma’naviy boylik sifatida ommalashtirishni taqozo
etadi. Mazkur tadbirlar nafaqat informativ-kommunikatsion,
xuddi shuningdek sotsial-psixologik, ya’ni kishilarni xalq,
millat, etnos sifatida ruhiy-ma’naviy birlashtirish ahamiyatiga
egadir.

Aynan

shuning uchun ham

etnomadaniyatni

ommalashtirish milliy tarbiyaviy va g‘oyaviy ahamiyatga
egadir.

Etnomadaniyatning bosh ijtimoiy xususiyatlaridan biri

va mohiyati uning yangi madaniy boyliklar yaratishga, kishini
ijodga, izlanishga, yon-atrofni yanada go‘zal, zavqli, insoniy
qilishga undashidadir. Tub maqsadiga ko‘ra etnomadaniyat
xalq, millat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yanada
ko‘paytirish, har bir kishini ijtimoiy-madaniy hayotning faol
subyektiga, ijodkoriga aylantirishdir. Yangi artefaktlar
yaratmagan etnomadaniyat turg‘unlikka beriladi, u ijobiy
o‘zgarishlarga g‘ov bo‘ladi, I. Gerder iborasi bilan aytganda,
“o‘ziga o‘zi mahliyo bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlardan
orqada qoladi” [5]. Shuning uchun etnomadaniyatning ijodga,
yaratishga undashi uni yangi ijtimoiy borliq, yangi
munosabatlar va boyliklar bilan uyg‘un rivojlanishga
moyilligidan dalolat beradi.

Inson tug‘ilganidan etnomadaniy muhitga tushadi,

etnomadaniy boyliklar ta’sirida o‘sadi, ulg‘ayadi, shakllanadi.
Biroq, bu barcha ham etnomadaniy boyliklar yaratuvchi bo‘lib
yetishadi, yon-atrofini go‘zal borliqqa aylantirish o‘yi bilan
yashaydi, degani emas. Aynan shu o‘rinda estetik tarbiya,
inson qalbida go‘zallik, olijanoblik, ezgulik, odamshavandalik
tuyg‘ularini shakllantirish muhim rol o‘ynaydi.

Etnomadaniyatning

ijodiy

faoliyat

funksiyasi

etnomadaniyatni xalq, millat ijodiy mehnat, izlanishlar va
tajriba almashishlar jarayonida yaratadi, degan fundamental
ahamiyatga ega yondashuvga tayanadi. Ijodiy faoliyat,
umuman faoliyat - insonning mavjudlik usulidir. To‘g‘ri,
barcha faoliyatlar ham madaniyatni yaratavermaydi, balki
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan, ongli, sun’iy tarzda
yaratilgan narsa, hodisa (artefakt)lar madaniyatdir. O‘zbek
xalqi etnomadaniyatida bu funksiya mavjud ijtimoiy-madaniy
boyliklarni o‘zlashtirishdan tortib, to yangi bir ijod

namunasini yaratishgacha bo‘lgan izlanishlarda namoyon
bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqi etnomadaniyatiga xos ilk naqsh
asarlari eramizdan avvalgi I-ming yillarga oid arxeologik
topilmalardayoq uchraydi. Biroq bu o‘ta sodda chizmalarga
har bir avlod o‘z ulushini qo‘shib, uni tarixiy-diniy tasavvurlar
bilan boyitib, hozirgi murakkab san’at darajasiga ko‘targan.
Shu tariqa ijodiy faoliyat ta’sirida xalq amaliy san’ati oddiy
ko‘rinishdan yirik, murakkab janrga o‘sib chiqqan.

Ba’zan ijodiy faoliyatda izlanishlar to‘xtaganini

kuzatamiz. Masalan, arablar istilosi va mo‘g‘ul-tatarlar
bosqini avj olgan davrlarda turg‘unlik, ba’zan esa orqaga
qaytish hollari kuzatiladi. O‘lkada tinchlik qaror topishi bilan
xalqimiz madaniy boyliklarni yaratishda davom etadi.

Og‘zaki ijod, qo‘shiq san’ati kabi janrlarda esa hatto

chet

elliklar

bosqini

paytida

ham

xalqimiz

ijodiy

izlanishlardan

to‘xtamagan.

Demak,

o‘zbek

xalqi

etnomadaniyatiga xos bosh xususiyat uning ijodiy faoliyat va
izlanishlardan hech qachon to‘xtamaganida, xalqimizni
madaniy boyliklar yaratishga uzluksiz intilib kelganidadir.

Etnomadaniyatda xalq, millat ruhi, o‘yi, kelajak

haqidagi ezgu tilaklari, orzulari kabi pozitiv intilishlari
mujassamdir. Shu nuqtai nazardan etnomadaniyat yoshlar
qalbida, ruhida nafis tuyg‘ularni tarbiyalashi, yon-atrofni
go‘zallashtirish, insoniylashtirish niyatini shakllantirishi
mumkin.

Bugun dunyoda yuz berayotgan globallashuv jarayoni

madaniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishga
bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Globallashuv jarayoni
obyektiv jarayon bo‘lib, bir qator ijobiy jihatlarga ega. U
davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchayishi, xalqaro
maydonga erkin chiqish, dunyo ilm-fani va madaniyat-san’at
yutuqlaridan bahramand bo‘lish, “borgan sari kuchayib
borayotgan ochiqlik va jadallik natijasi sifatida butun yer
yuzida hayot darajasining yuksalib borishiga va qashshoqlik
darajasining ancha pasayishiga yordam beruvchi shart-sharoit
deb qaraladi” [6]. Lekin, globallashuv jarayoni muayyan
salbiy

xususiyatlardan

ham

holi

emas.

Madaniy

integratsiyaning kengayishi sababli umumplanetar hodisaga
aylangan “ommaviy madaniyat” bugun mafkuraviy tazyiqning
eng xavfli qurollaridan biri sanaladi. Uning ta’siridan
O‘zbekiston ham chekkada qolmadi. Ommaviy madaniyat
kishini real voqelikdan chalg‘itadi, uni hayollar, istaklar
dunyosiga yetaklaydi, zo‘ravonlikni, vahimali va yengil-yelpi
narsalarni targ‘ib qiladi.

“Ommaviy madaniyat”ning asosiy vositalari – radio,

televideniye, matbuotsiz ijtimoiy-madaniy hayotni, umuman
taraqqiyotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Respublikamizda
“ommaviy madaniyat” tazyiqlaridan saqlanishga qaratilgan
keng ko‘lamli islohotlar, ma’naviy sohada o‘zgarishlar amalga
oshirildi. Ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan va
asosiy ko‘rsatkichlaridan biri – etnomadaniyatni asrash va
rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar shular jumlasidandir.
O‘zbek etnomadaniyati yangi O‘zbekiston milliy demokratik
taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Etnik madaniyatni o‘rganish bizga nafaqat tarixdan

darak beradi, balki zamonaviy muammolarni yechishga ham
yordam beradi. “Tarixning, tarixiylikning qimmati uning uzoq
o‘tmishga borib taqalishida emas, balki zamonaviy
muammolarni hal etishga yordam berishidadir. Agar biz
zamonaviy muammolarning kelib chiqish tarixini o‘rgansak va
negizlarini topsak, ularni yechish yo‘llarini ham topamiz” [7].
Demak, muammoga tarixiy nazar ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni
qayta tiklash uchun emas, balki zamonaviy muammolarning
mohiyatini anglash va ularni samarali yechish uchun lozimdir.

Etnomadaniyatda innovatsiyaga intilish, ya’ni taraqqiy

etgan davlatlar erishgan madaniy-ma’rifiy, ilmiy, huquqiy,
siyosiy yutuqlardan bahramand bo‘lishga qiziqish katta.
Etnomadaniyat mutlaq shakllangan, o‘zgarmas voqelik emas,
u jamiyat hayotida kechayotgan ijtimoiy jarayonlar ta’sirida,


background image

O‘zbekiston Milliy universitetining 105 yilligiga bag’ishlanadi

MAXSUS SON

2023

- 165 -

kishilarning ma’naviy, madaniy, ruhiy ehtiyojlari, qiziqish va
talablari ta’sirida transformatsiyaga uchraydi.

O‘zbek xalqi etnomadaniyatini barqaror an’analar va

qadriyatlar tarzida avaylab, asrab kelayotgan ijtimoiy muhit bu
oiladir.

Aynan

oilaviy-maishiy

marosimlarda

etnomadaniyatning

ichki

xususiyatlari,

ko‘rinishlari,

funksional belgilari to‘la namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi oilaviy-maishiy marosimlarida
muqim, turg‘un etnik belgilar yetakchi o‘rin tutadi. Hatto,
ijtimoiy

o‘zgarishlar

ham

ulardagi

“yadro”ni

o‘zgartirolmagan. “Yadro”ga kiruvchi diniy, oilaviy-maishiy
marosimlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramlar, mentalitet,
turmush tarzi, xo‘jalik-madaniy tiplar duch kelgan novatsiya
va innovatsiyalarni qabul qilavermaydi, ularga muqimlik xos.
Biroq, ustki qism – ta’lim, ilm-fan, ma’rifat, ijtimoiy faoliyat,
kishilararo aloqalar, ommaviy axborot vositalari, moda kabilar
bilan

bog‘liq

madaniy

hayot

mudom

izlanishda,

modernizatsiya ta’sirida bo‘ladi. Hech bir etnomadaniyat
mazkur

ta’sirdan

chetda

qololmaydi.

O‘zbek

etnomadaniyatida bugun bir tomondan, o‘zak qismning
muqim saqlanayotgani, ikkinchi tomondan, ustki qismning
zamonaviy hayot tarzini, ilm-fan yutuqlarini, sivilizatsion
munosabatlarni

o‘zlashtirishga,

novatsiya

yaratishga,

innovatsion izlanishlarda faollik ko‘rsatishga intilayotgani

ko‘zga tashlanadi. Bizning fikrimizcha, o‘zak va ustki
qismlarning

antogonistik

qutblarga

aylanishiga

yo‘l

qo‘ymasdan, ular o‘rtasida hozir shakllanayotgan uyg‘unlikni,
integratsiyani, yaxlitlikka intilishni saqlab qolish va
mustahkamlash zarur.

O‘zbek etnomadaniyati o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy

voqelik sifatida xalqimiz madaniyatini, madaniy hayotini
rang-baranglashtirib, ichki jarayonlarini jonlantirib keladi.
Variantlilik madaniyatning rivojlanish shartidir. Bundan
tashqari, xotin-qizlarning oilaviy an’analar, urf-odatlar,
tarixiy-madaniy merosga sadoqati tufayli o‘zbek xalqi
etnomadaniyati o‘zligini asrab kelmoqda. Shuning uchun
xotin-qizlarni xalqimiz tarixiy-madaniy merosini o‘rganish va
targ‘ib qilishga yanada kengroq jalb qilish lozim.

Jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida yoshlarning o‘rni

muhim. Ularni ajdodlarimiz tajribasiga sadoqatli, irodali inson
qilib tarbiyalash milliy taraqqiyot oldidagi vazifalardan biri
hisoblanadi. Bugun “globallashuv jarayonlarida yoshlar
ma’naviyatiga tahdidlarning oldini olish – ularni bunday
jaholatli holatlardan asrashning ham birdan-bir o‘chog‘i
ta’lim-tarbiya tizimidir” [8]. Yoshlarimizni turli mafkuraviy
tahdidlardan himoya qilishda ta’lim-tarbiya tizimida milliy
qadriyatlarimizdan samarali foydalanish, ularda o‘zligini
anglash tuyg‘usini shakllantirish lozim.


ADABIYOTLAR

1.

Кармин А.С. Основы культурологии. // Морфология культуры. –СПб.: Лань, 1997. –С. 144-145.

2.

Mengliqulov U.M. Surxon vohasi etnomadaniyati (genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari): Fals. fan. bo‘y.
fals. dok. (PhD) ... dis. –Toshkent, 2022. –B.24.

3.

Гумбольдт В.Ф. Избранные труды по языкознанию. –М.: Худ. лит-ра, 1984. –С.14-15.

4.

Usmon Hosil. Odatnoma. –Toshkent: O‘zbekiston, 2018. -B.268.

5.

Гердер И.В. Идеи философии к истории человечества. –М.: Наука, 1977. –С. 46.

6.

Qobilov Sh. Globallashuv va xavfsizlik // Falsafa va huquq. –Toshkent, 2005. -№ 4. –B. 46.

7.

Ястерс К. Смысл и назначение истории. –М.: Республика, 1998. –С. 21.

8.

Норбоев Т. Глобаллашув жараёнлари ва маънавий таҳдидлар // Фалсафа ва ҳуқуқ. Махсус сон. –Тошкент, 2009. –
Б.13.

Библиографические ссылки

Кармин А.С. Основы культурологии. // Морфология культуры. –СПб.: Лань, 1997. –С. 144-145.

Mengliqulov U.M. Surxon vohasi etnomadaniyati (genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari): Fals. fan. bo‘y. fals. dok. (PhD) ... dis. –Toshkent, 2022. –B.24.

Гумбольдт В.Ф. Избранные труды по языкознанию. –М.: Худ. лит-ра, 1984. –С.14-15.

Usmon Hosil. Odatnoma. –Toshkent: O‘zbekiston, 2018. -B.268.

Гердер И.В. Идеи философии к истории человечества. –М.: Наука, 1977. –С. 46.

Qobilov Sh. Globallashuv va xavfsizlik // Falsafa va huquq. –Toshkent, 2005. -№ 4. –B. 46.

Ястерс К. Смысл и назначение истории. –М.: Республика, 1998. –С. 21.

Норбоев Т. Глобаллашув жараёнлари ва маънавий таҳдидлар // Фалсафа ва ҳуқуқ. Махсус сон. –Тошкент, 2009. –Б.13.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов