Способы распространения, лечение и профилактика лернеоза рыб

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
269-274
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Сулайманова, Н., Мавлонов, С., & Балиев, Ш. (2024). Способы распространения, лечение и профилактика лернеоза рыб. in Library, 1(1), 269–274. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/32458
С Мавлонов, Ветеринарный научно-исследовательский институт
professor
Ш Балиев, Ветеринарный научно-исследовательский институт
старший научный сотрудник
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье представлен анализ научных источников о распространении лернеоза у рыб, содержащихся в искусственных водоемах, его диагностике, клинических проявлениях, методах лечения и профилактики.


background image

269

BALIQLAR LERNEOZINI TARQALISHI, DAVOLASH VA OLDINI

OLISH USULLARI

N.A.Sulaymanova

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktorant,

S.I.Mavlonov

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti professori,

Sh.Q.Baliyev

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi

Annotatsiya:

Maqolada suniy suv havzalarida boqilayotgan baliqlarda

uchrayotgan lerneoz kasalligining tarqalishi, diagnostikasi ularda kuzatiladigan klinik
belgilar hamda davolash va oldini olish usullari haqidagi ilmiy manbaalar tahlili
bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Baliq, suv, havza, tuz, xlorofos, qisqichbaqa, Lerneoz, Lernaea

elegans, Lernaea cyprinacea, karp, tolstolob.

Аннотация:

В статье представлен анализ научных источников о

распространении лернeоза у рыб, выращиваемых в искусственных водоемах,
его клинических признаках, диагностике, методах лечения и профилактики.

Ключевые слова:

Рыба, вода, водоем, соль, хлорофос, краб, лернеоз,

Lernaea elegans, Lernaea cyprinacea, карп, толстолоб.

Annotatsion:

The article presents an analysis of scientific sources on the spread

of lerneosis in fish grown in artificial reservoirs, its clinical signs, diagnosis, methods
of treatment and prevention.

Keywords:

Fish, water, pond, salt, chlorophos, crab, Lerneosis, Lernaea

elegans, Lernaea cyprinacea, carp, fattolob.


Mavzuning dolzarbligi.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini

qondirishda faqatgina uning miqdor ko‘rsatkichigina emas, balki inson salomatligini
yaxshilashda, tarkibida vitaminlarning mavjudligi sifat ko‘rsatkichi yuqori ekanligi
muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli aholi dasturxoniga sifatli baliq va baliq
mahsulotlarini yetkazib berish, baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq
mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq
yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish muhim ahamiyatga egadir.


background image

270

Respublikamizda baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, mavjud tabiiy va

sun’iy ko‘llardan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikga erishishda baliqlarning bir
qator yuqumli va yuqumsiz kasalliklari jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, ular
orasida baliqlarning invazion kasalliklaridan hisoblangan lerneoz kasalligi soha
rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.

Baliqlar orasida keng tarqalgan lerneoz

kasalligini o‘rganish borasida chet ellik olimlardan V.I.Djmil (2007-2010,
Belotserkov milliy agrar universiteti, Belaya sh. Serkov, Ukraina) tomonidan ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lerneoz bilan zararlangan baliqlar kelgusi yilda kasallik
tarqatuvchilari bo‘lib, lerneyalarning lichinkali bosqichi kasallikning manbai
hisoblanadi. Muallif turli suv havzalarini o‘rganishi natijasida krustatseozlar (lerneoz
va argulliozlar) katta yoshli va yosh baliqlarni tanasida topilgan.

M.V. Korsakova (2021) Rossiyaning 15 dan ortiq viloyatlaridagi baliqchilik

xo‘jaliklarida ilmiy tadqiqotlar olib borib, baliqlar lerneozini davolashda “Emikon”
preparatini qo‘llagan va amaliyotga tavsiya qilgan.

V.N.Xoroshelseva, T.V.Strijakova, E.S.Bortnikov, G.V.Mosesyan, L.A.Bugaev,

T.V.Denisova (2022) lar tomonidan Rossiyaning bir qator viloyatlari jumladan,
Rostov (3ta), Krasnodar (3ta), Stavropol viloyatlarining (1ta) baliqchilik
xo‘jaliklarida 1000 nusxadagi baliqlarda (karp, oqamur, tolstolob, kumushrang karas
turidagi) tekshiruvlar olib borilgan. O‘rganishlar natijasida 81 nusxadagi yosh
baliqlar lerneoz bilan zararlanganligi aniqlangan. Lernealar asosan baliqlar tanasining
yuza qismida va jabrasida topilgan.

2007-2011 yillarda Ukrainaning Jitomir, Kiyev, Cherkas tumanlaridagi 11 ta

baliqchilik

xo‘jaliklarida

nazorat

monitoringi

o‘tkazilganda, tajriba davomida umumqabul qilingan
parazitologik tekshiruv usullari asosida karpsimon
baliqlarning turli xil yoshdagilarida krustatseozlarni
invaziya ekstensivligi va intensivligi aniqlangan.
Ta’kidlangan 11 ta baliqchilik xo‘jaliklarining
barchasida karpsimon baliqlarni 100% gacha lerneoz
bilan

zararlanganligi

qayd

etilgan.

Ayniqsa,

lernealarning kopepodit bosqichidagilari 66,7% ni
tashkil

qilgan.

Bundan

tashqari,

Rossiya

Federatsiyasining janubi Stavropol, Rostov, Krasnodar
viloyatlaridagi mavjud 20 ga yaqin baliqchilik
xo‘jaliklarida ham krustatseozlar aniqlangan, iyun oyi

1-rasm

.

Lernaea

cyprinaceaning

ko‘rinishi


background image

271

oxirlarida o‘rtacha invaziya ekstensivligi 10-15% ni, invaziya intensivligi 1-10
nusxani tashkil qilgan bo‘lsa, avgust oyidagi takroriy tajribalar natijasida invaziya
ekstensivligi 45-70% ni, invaziya intensivligi esa 14-52 nusxani tashkil qilgan.
O‘zbekiston sharoitida baliqlarning ektoparazitlari lernealar asosan bahor va yoz
fasllarida Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining suv
havzalarida urchitilayotgan baliqlarda muntazam uchrab turishi kuzatilgan.

Tadqiqotning maqsadi.

Baliq lerneozini tarqalishini o‘rganish, davolash va

oldini olishda samarali usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.

Baliq havzalarida baliqlarning lernealar bilan zararlanishi asosan birinchi

navbatda noto‘g‘ri qurilgan baliq havzalarida, qish faslida quritilmaydigan,
antisanitariya holatidagi havzalarda juda ham yuqori bo‘lib, har bir baliq tanasida
o‘nlab miqdorda bo‘lishi mumkin. Lerneyalar baliq terisini teshib mushak
to‘qimasigacha chuqurroq kirib, shu bilan birga butun tana yuzasiga joylashib oladi.
Lernealar joylashgan to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechadi, shishlar
giperemiyalashadi va oq tor, ensiz yarachalar hosil bo‘ladi. Zararlangan to‘qimalarda
patogen bakteriyalar, zamburug‘lar rivojlanadi. Parazitning baliq organizmiga
patogenlik ta‘siri to‘qimalar funksiyasining buzilishi, muskullarda, ichki organlarda,
ayniqsa

jigarda

yallig‘lanish jarayonining kechishi bilan harakterlanib,

qisqichbaqalarning bezlaridagi zaharli sekretlari baliqlar organizmining umumiy
holatiga salbiy ta‘sir etib, qon tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. Yosh baliqlar
tanasida 2 yoki 3 dona lerneyalarning parazitlik qilishi ularning nobud bo‘lishiga olib
keladi. Bu esa o‘z navbatida baliqchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy imkoniyatlarini
cheklab qo‘yadi. Respublikamiz iqlimi va mahalliy sharoitlarini, hududlardagi
ekologik holatni hisobga olgan holda baliq saqlanadigan suv havzalari va undagi
saqlanayotgan baliqlarni umumiy tekshiruvdan o‘tkazib, kasallikni keltirib
chiqaradigan sababini o‘rganib, baliqlarni lerneozini davolash va oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb vazifalardan biri
ekanligini ko‘rsatadi.


background image

272

Lerneoz - bu chuchuk

suvdagi

baliqlarning

ektoparazitlaridan

bo‘lib,

Lernaeidae

oilasiga

mansub

Lernaea

elegans,

Lernaea

cyprinacea

-

eshkakoyoqli

qisqichbaqalar

karp

turdagi

baliqlar, ularning malyoklari va
boshqa tabiiy havzalarimiz daryo
va

ko‘llarda

uchraydigan

yovvoyi

baliqlar,

jumladan

(karas, sudak, lesh) tanasida parazitlik qilishi bilan kechadi. To‘qimalarda qonli
ekssudatning

shimilishi

oqibatida

teridagi

tangachalar

biroz

ko‘tariladi,

shaklsizlanadi va quruqlashadi. Kasal baliqlar ozuqa qabul qilmaydi, sekin
harakatlanadi, suv yuzasida to‘planadi [3,4].

Kasallikga qarshi kurashish va davolashda lerneoz bilan zararlangan baliqlar

vannalarda kaliy permanganat eritmasida 15-20°C haroratda 1:50000 nisbatda 2-3
soat davomida, agar harorat 21-30°C bo‘lsa, 1:100000 nisbatda 1,5-2 soat davomida
ushlab turiladi.

Oq amur va karplarning lerneyalardan xolos qilish uchun karbofos 0,1 mg/l

konsentratsiyasida ikki marta ikki hafta oralatib qo‘llaniladi. So‘ndirilgan ohakni 100
kg/ga miqdorda har oyda ikki martadan baliq havzasiga qo‘llash ham yaxshi samara
beradi. Bunda suvning pH ini 8,5-9,0 gacha ko‘tarilib, erkin suzuvchi
qisqichbaqalarning nauplial va kopepodit bosqichlarini yo‘qotishga erishiladi.
Organik bo‘yoqlar – asosan binafsha rang «K» 0,1-0,2 gr/m

3

konsentratsiyada erkin

bosqichdagi qisqichbaqalarni nobud qiladi. Chet el mamlakatlarida mazoten va
diptereks (0,25g/m

3

miqdorida haftasiga bir marotaba 5 hafta davomida), krustasid

preparati ham keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari xo‘jaliklarda baliqlarga
ozuqa qo‘yiladigan har bir “xo‘rak” lar yoniga 50 kg dan jami gektariga 250 kg
qopga tuzlar solingan holatda tashlab qo‘yiladi [6,7].

Sog‘lom baliqchilik xo‘jaliklarida kasallikni oldini olish uchun quyidagi

tadbirlar oshiriladi: hovuzlardagi loyqalarni quritish yo‘li bilan har yili qish faslida
dezinfektsiya ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish; baliq havzasi suv kirish
joyiga “filtr sitalar” o‘rnatish va suvni tindirib o‘tkazuvchi hovuzlarni tashkil qilish
muhim tadbirlardan biri hisoblanadi; xo‘jalikga zararlangan baliqlarni keltirmaslik va
baliqlarni tashishda nazorat o‘rnatish; havzaga olib kelingan baliqlar osh tuzining 5%

2-rasm. Yosh baliqlar ko‘z sohasida

lerneyalarning ko‘rinishi


background image

273

li eritmasida 2-3 daqiqa davomida ushlab turish, keyin baliq havzasiga tashlash, yosh
va katta yoshdagi baliqlarni alohida havzalarda saqlash [1,5].

Xulosa.

Baliqlar lerneozi baliqchilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar

keltiruvchi parazitar kasallik bo‘lib, baliqlarda lernealar tomonidan hosil qilingan
jarrohatlarda esa qon quyulishlar, chuqur yaralar hosil bo‘lishi, tangachalarni
ko‘tarilib, to‘kilish holatlari kuzatilib, ularni eng avvalo tovarlik xususiyatini
yo‘qolishiga, baliqlarda immunitetni tushib ketishi, har xil infektsion kasalliklarga
chalinuvchan bo‘lib qolishiga olib keladi.

Baliqlarda lerneozni oldini olishda baliqchilik havzalarini to‘g‘ri tashkil qilish,

havzalarga qish faslida havzani butunlay baliqsizlantirib, quritib dezinfeksiya
ishlarini olib borish, bahor va yoz fasllarida baliqlar havzasiga qopda gektariga 400
kg miqdorida tuz solish tadbirlari kasallikni oldini olishda samaradorligi yuqoriligi
aniqlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

N.A.Sulaymanova, Sh.Hoshimova, Sh.Q.Baliyev, S.I.Mavlonov “Baliq

havzalarini to‘g‘ri tashkil qilish hamda havzalarda o‘tkaziladigan kuzgi va qishki
tadbirlarni baliqlar kasalliklarini oldini olishdagi roli” AGRO ILM, №3 (91), 2023
yil, 30-32 bet.

2.

N.A.Sulaymanova “Baliqlar lerneozi epizootologiyasi, davolash va oldini

olish usullari” Veterinariya meditsinasi №6 (187), 2023 yil, 17-19 bet.

3.

S.I.Mavlonov,

N.A.Sulaymanova

“Baliqlarning lerneoz kasalligi”,

International scientific journal, Science and innovation, Dedicated to the 80

th

anniversary of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. STATE OF
THE ART AND PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF FUNDAMENTAL
AND APPLIED MICROBIOLOGY, September, 2023. Part II. ISSN: 2181-3337,
170-175.

4.

N.A.Sulaymanova Methods of Preventing Lerneosis of Fish. CENTRAL

ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL&APPLIED SCIENCES. Vol.4 No.05

(2023):CAJOTAS, 20.05.2023

.

5.

A.S.Daminov,

Sh.N.Nasimov,

V.A.Gerasimchik,

S.B.Eshbo‘riyev,

F.I.Qurbonov “Baliq kasalliklari” Toshkent-2020.

6.

В.М.Каплич, В.A.Герасимчик, В.Б.Зявгинсев. «Рыбоводство» Минск

2014 год.


background image

274

7.

В.А.Герасимчик, Э.Ф.Садовникова. “Болезни рыб и пчёл” Минск ИВС

Минфина 2017 год.

8.

А.И.Новак, М.Д.Новак “Инвазионные болезни рыб”, Учебно-

методическое пособие, Рязань-2012 год. Стр. 51-56.

9.

K. P.Hemaprasanth, N.Sridhar, M. R. Raghuanth

Lernaea cyprinacea

infection in a new host Puntius pulchellus in intensive culture system and its control
by doramectin // Journal of Parasitic Diseases. 2017. Vol. 41, no. 1. Pp. 120–127.

10.

Н.А.Головина,

Ю.А.Стрелков,

В.Н.Воронин,

П.П.Головин,

Е.Б.Евдокимова, Л.Н.Юхименко “Ихтиопатология” Учебник,. М.: Мир, 2003
год. Стр.353-364.

11.

Л.И.Грищенко, М.Ш.Акбаев, Г.В.Васильков “Болезни рыб и основы

рыбоводства” учебник Москва . Колос 1999 год. Стр. 404-407.

12.

В.М.Каплич, В.Б.Звгиянцев, В.А. Герасимчик “Рыбоводства”

учебник Минск, “ИВЦ Минфина” 2016 г. Стр. 290-292.

13.

F.E. Safarova, D.A. Azimov, F.D. Akramova, E.B.Shakarboyev, B.A.

Qahramonov “Baliqlar kasalliklari” Toshkent 2020 yil. 18-25 bet.

14.

В.И. Джмиль Материалы v научно-практической конференции

международной ассоциации паразитоценологов «Паразитарные системы и
паразитоценозы животных» Витебск ВГАВМ 2016 24-27 мая. «Мониторинг
инвазионных болезней карпов в отдельных прудовых хозяйствах Украины»
(Белоцерковский национальный аграрный университет, г. Белая Церковь,
Украина) стр. 43-45.

15.

F.Panjvini, S.Abarghuei, H.Khara, H.M. Parashkoh “Parasitic infection

alters haematology and immunity parameters of common carp,

Cyprinus carpio

”,

Linnaeus, 1758 // Journal of parasitic diseases. 2016. Vol. 40, no. 4. Pp. 1540–1543.


inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов