Важные мероприятия в пчеловодстве

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
34-36
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ботирова, З., Балиев, Ш., Газнакулов, Т., & Сулайманова, Н. (2024). Важные мероприятия в пчеловодстве. in Library, 1(1), 34–36. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/32461
Шавкат Балиев, Ветеринарный научно-исследовательский институт
v.f.f.d., k.i.x., laboratoriya mudiri
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье в зимние месяцы содержание пчел в пчеловодческих хозяйствах, их правильное кормление, выполнение различных зоогигиенических требований перед зимовкой и, как следствие, мероприятия по профилактике заболеваний, внутренняя температура ульев, количество рамок в улье, способы защиты. Описаны пчелы от вредителей. В частности, семья пчел, хорошо освободившаяся от зимы, весной будет быстро развиваться и сможет собрать много меда, когда начнется сезон медосбора. Пчелиная семья, которая плохо прижилась из семьи ослабевает, гибель пчел высока, внутренние стенки ульев и их рамки плесневеют, иногда в них погибают пчелиные матери

Похожие статьи


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЗООГИГИЕНА

34

#02 (195) 2024

Shavkat Quchqarovich Baliyev,

v.f.f.d., k.i.x., laboratoriya mudiri,

Tojimurod Qilichevich Gaznaqulov,

v.f.n., k.i.x.,

Nafisa

Abdimuminovna Sulaymanova,

kichik ilmiy xodim,

Zamira

Radjaboyevna Botirova,

stajor tadqiqotchi,

Veterinariya ilmiy- tadqiqot instituti

ASALARILAR QISHLOVIDA MUHIM CHORA-TADBIRLAR

Аннотация

В данной статье в зимние месяцы содержание пчел в

пчелиных хозяйствах, правильное их кормление, выполнение
различных зоогигиенических требований перед зимовкой и,
как следствие, мероприятия по профилактике заболеваний,
внутренняя температура ульев, количество рамок в улье,
описаны методы защиты пчел от вредителей. В частности,
семья пчел, хорошо освободившаяся от зимы, весной будет
быстро развиваться и сможет собрать много меда, когда
начнется сезон медосбора. Пчелиная семья, плохо выжившая
из семьи, ослабевает, гибель пчел высока, внутренние стенки
ульев и их рамки покрываются плесенью, иногда в них
погибают пчелиные матери.

Abstract

In this article, during the winter months, keeping bees in bee

farms, feeding them properly, fulfilling various zoohygien- ic
requirements before wintering and, as a result, measures to
prevent diseases, the internal temperature of beehives, the number
of frames in the hive, methods of protecting bees from pests are
described. In particular, a colony of bees that have been well
released from the winter will develop rapidly in the spring and
can collect a lot of honey when the honey collection season begins.
The bee family that has survived badly from the colony weakens,
the death of bees is high, the inner walls of the hives and their
frames become moldy, sometimes the mother bees die in them.

Kalit so ‘zlar:

asalari, ona asalari, asalarilar oilasi, uya, ramka, kaloniya, qishlov, nam, mog 'or, zaif va tokchalar.

Kirish.

Ma’lumki, asalari tom ma’noda mo'ji- za, asalari

oilalarini parvarishlash orqali asal, mum, gulchangi va boshqa
shifobaxshlikda tengi yo‘q mah- sulotlami yetishtirish aholi
salomatligini saqlashda muhim hisoblansa, asalarilaming
qishloq xo'jaligi ekinlarini changlatishdagi beqiyos xizmatini
boshqa birorta jonivor bajara olmaydi. Asalarilaming gul- dan-
gulga qo'nishi, shu orqali changlatish jarayonining amalga
oshishi hosildorlikning ko‘tarishtirishiga xiz- mat qiladi va bu
bois dunyoning ko‘plab mamlakatla- rida changlatish xizmati
uchun asalarichiga qo‘shimcha pul to'lanadi. Ahamiyatli jihati
shundaki, so‘nggi yil- larda mamlakatimizda asalarichilikni
rivojlantirish va ko‘paytirishga katta e’tibor berilmoqda.
Respublikada asalarichilik tarmog‘ini zamonaviy ilmiy
yondashuvlar

1-rasm. Qish faslida asalari uyalarining ko‘rinishi.

asosida rivojlantirish, asalarichilik faoliyatini sama- rali tashkil
etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 12-iyundagi “Asalarichilik tannog'ini qo‘llab-
quvvatlash va qishloq xo'jaligi ekinlarini asalari bilan

changlatishga doir qo‘shimcha cho- ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi
239-qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuning dolzarbligi.

Asalarichilik ko‘p ming yillik

tarixga ega bo‘lib, o‘sha davrlarda ular daraxt- larda hamda
tog‘laming kovaklarida yashagan. Ho- zirgi kunda asalarilar
maxsus uyalarda boqilib, ular yetti xazinaning biri bo‘lib,
hisoblanib kelinmoqda. Ko‘pchilik hasharotlar orasida
asalarilar muvaffaqiyatli qishlab chiqadi, ular oila bo‘lib
yashash evaziga oilada yashash uchun yetarli haroratni
ta’minlaydi[2,5].

Adabiyotlar sharhi. Har bir asalarichining eng muhim

vazifasi asalarilami yaxshi qishlov bilan ta’min- lashdir. Bu
asalari oilalarining bahorda muvaffaqiyatli rivojlanishi va
keyingi mavsumda yuqori mahsuldor bo‘lishining asosiy
shartlaridan biridir. Odatda qishlay- digan asalari oilasi
kasallikka chalinmasa, muammolar- ga duch kelmasa bahorda
tez rivojlanadi va asal yig'ish mavsumida mahsuldorligi yuqori
bo‘ladi. Qishlovdan yomon chiqib omon qolgan asalari
zaiflashadi va asalari odirni ko‘p bodadi, uyalarning ichki
devorlari va ular- ning ramkalari nam tortib, mog‘orlanadi.
Ba’zan ularda ona asalarilar nobud bo‘ladi. Asalarilaming
muvaffaqiyatli qishlashi uchun koloniyalar qishga kuchli,
yosh, unumdor ona asalarilar va kuzda ko‘p miqdorda asalari-

УЎК: 619:638.1


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЗООГИГИЕНА

#02 (195) 2024

35

2-rasm. Asalarichilik xo‘jaligiga xizmat

safaridan lavhalar.

lar yetishtirishlari, shuningdek, 25-30 kg dan yuqori si- fatli
oziq-ovqat zaxiralariga ega bo‘lishlari kerak[6,9],

Asalarilar qishki ayozli kunlar boshlangan zahoti

sovuqdan himoyalangan joylarga olib kelinadi. Odatda
yurtimizning tog' va tog'oldi hamda cho‘l hududlarida erta
bahor issiqroq bo‘ladi va oilalar kech uchishlami amalga
oshiradi. Shunday iqlim sharoitida ishlash juda foydali, chunki
havoning bunday bo‘lishi asalarilar ichaklarini qishlovning
sovuq davrida to‘plangan najas- dan tozalashga imkon beradi[l
,4].

Qish mavsumida uyalami o‘z holiga tashlab qo'yish

yaaramaydi. Asalari oilasidagi holatni qishning iliq kunlarida
diqqat bilan ko'zdan kechirish lozim. Uyalami tozalash uchun
quruq kunni tanlaymiz. Kuch- li oilalari bo‘lgan uyalami pastki
tokchalarga, zaiflarini esa tepaga va yon tomonlariga
joylashtiramiz. Uyaning yuqori qismini qamish to'shaklar
bilan yopsa ham boladi. Qishning birinchi .yarmida oilaning
kuchiga qarab faqat pastki kirish joylarini 5-10 sm ga ochamiz.
Sovuqdan himoyalangan joylarga namlik va haroratni
o‘lchaydigan asboblar o'matiladi. Harorat me’yordan
oshmasligi, havoning nisbiy namligi 80-85 foizni tash- kil
qilishi kerak. Turli zararkunandalar, sichqonlaru kalamushlar
asalari oilasi qishlayotgan qutilarga yaqin kelmasligi uchun
zarur choralami ko'rish lozim. Bunga eng muhim masala
sifatida qarash kerak[3,5j.

Qishda asalarilar usti berkitilgan mumkatak incha- lardagi

asalning ustini ochib oziqlanadi. Inchaning usti ochilgach,
undagi isitilgan asal havodagi namlikni tez- da o‘ziga tortib
oladi va arilar iste’mol qilishi uchun tayyor bo’ladi. Qishning
dastlabki birinchi yarmida ari oilasi kam oziqlanadi

o'rta

hisobda bir oila kuni- ga 20-25 gr yoki bir oyda 600-700 gr
ozuqa iste’mol qiladi. Qurtchalar paydo bo‘lishi bilan ari
oilasining oziq iste’moli oyiga 1,0-1,2 kg gacha ko‘payadi,
qish oxirlariga borib, ikki karra ortadi. Arilarning qishda

oziqlanishi tashqi muhit haroratiga, uya qayerda joy-
lashganligiga bog’liq. Arilar nafaqat erta bahorda, balki
ko‘klamda ilk bor tashqariga uchib chiqqanlaridagina orqa
ichaklarini bo‘shatadi. Bunday xususiyat faqat asalarilarga
xosdir. Arilarning tanasida asal mukammal surilishiga
qaramay, undan 1,8 foizi chiqindi sifatida orqa ichakda
to‘planadi. Har bir asalarining orqa icha- gida butun qish
davomida ko‘pi bilan 40 mg gacha axlat to‘planishi mumkin.
Orqa ichagidagi axlat og‘irligi 40 mg dan oshsa, arilarning ichi
ketishi yoki bezovtalani- shi kuzatiladi. Orqa ichak devorlarida
joylashgan rek- tal bezi ishlab chiqaradigan katalaza suyuqligi
ichakda to‘plangan ahlatni chirishdan saqlaydi. Yuqorida aytib
o‘tganimizdek, asalarilar uchun qishlashning eng qizg‘in davri
qishning ikkinchi yarmi hisoblanadi hamda bu davrda
asalarilar ko‘proq ovqat iste’mol qiladi. Unutmaslik kerakki,
ayni shu vaqtda oiladagi harorat 4 °C dan yuqori bo

1

Isa,

jonivorlar uchun xavf tug'ila- di. Haroratning ko‘tarilishi va
havo namligining pasa- yishi bilan asal o'zining yumshoqligini
yo‘qotadi va kristallanadi, bu asalarilar uchun noo‘ng‘aylik
tug‘di- radi. Tashqi havo harorati keskin o‘zgarganda, asala-
rilar saqlanadigan joyga tezda kelishimiz va uyaning
shamollatish quvurlari yordamida havo harorati va namligini
tartibga solishimiz zarur. Ko‘pincha, qishning oxirida
shamollatish quvurlari kerakli haroratni ta’minlamaydi, bu
holda biz kechasi qishki saqlanadigan joyning eshiklarini
ochamiz va uyaning eshiklarini 3-5 mm ga siljitamiz[10].

Asalarilar qishning ikkinchi yarmida ko‘proq e’tibor talab

qilganligi sababli, qishki kuzatuvni har 5-7 kunda, qishning
so‘nggi kunlarida esa har kuni amalga oshirish lozim. Kuzatuv
jarayonida dast- lab uyalardan kelayotgan tovushlami tinglash
kerak. Agar asalarilaming shovqini zaif va bir tekis bo'lsa, bu
normal holatni ko‘rsatadi, agar g‘o‘ng‘illash bar- cha
koloniyalarda ko‘paygan bo‘Isa, havo haroratini tekshirish,
havoni normallashtirish lozim. Agar qishki saqlanadigan joyda
(normal haroratda) shovqinning kuchayishi faqat ma’lum
oilalarda kuzatilsa, ayni shu qutilami tekshirish, nodub boTgan
arilami kirish joy- laridan olib tashlash, ehtiyojga qarab kirish
teshiklarini me’yoriga keltirish zarur. Nobud boTgan arilar
orasida boshsiz yoki boshi kesilgan asalarilaming kuzatilishi
uyada sichqonlarborligidan dalolat beradi. Sichqoncha- lar
topilgan uyalar tokchadan ehtiyotkorlik bilan olinadi va
zararkunandalar yo'qotiladi. Agar o‘lgan asalarilar orasida
qorinlari kattalashgan asalarilar bo‘lsa va uyaning devorlarida
diareya dogTari kuzatilsa, uyadan


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЗООГИГИЕНА

36

#02 (195) 2024

yoqimsiz hid taralsa, unda oiladagi sifatsiz asalni yax- shisiga
almashtirish kerak. Agar g‘o‘ng‘irlash zaif bo‘lsa, quruq
barglarning shovqinini eslatib tursa, bu oilaning och
qolayotganidan darakdir. Bunday asalari oilasiga darhol sifatli
ozuqa berish lozim. [7].

Asalari oilasida yuqumli kasalliklar bo‘lgani chi- nakam

fojeadir. Bunga aslo yo‘l qo'yish kerak emas. Doimiy kuzatish
asosan ana shu maqsadga qaratil- mog‘i, har safar uyani
ko‘zdan kechirganda kasallik alomatlari bormi-yo‘qmi, ana
shunga e’tibor qaratish lozim. Shubha tug‘ilgan oiladan asalari
va mumkatak ramkadan (inchalami) 10x15 sm qirqib olinadi
hamda qirqib olingan inchalardagi o‘lgan qurtcha yoki arilar
maxsus idishga (laboratoriya tekshiruvi uchun) solina- di.
Agarda qurtchaning terisi ichiga suv to‘plangan, kasali bo‘lsa,
u holda kasallangan qurtchalami 50% li glitsirin eritmasida
konservalanadi va laboratoriyaga jo‘natiladi. Shol bo‘lish,
gafnioz kabi kasalliklar bilan kasallanganda ari oilasidan 50
dona uchuvchi arilar olinsa, shol bo‘lish kasalligida oilasidan
50% li glit- serin eritmasiga 50 donadan ari solib,
laboratoriyaga jo‘natish lozim. Vbrroatoz kasali bilan qishda
o‘lgan arilardan hamda uyani tagiga to‘kilgan chiqindilardan
200 g. namuna olinib, tekshirishga jo‘natiladi. Bahorda esa
mumkatakli romkaning chetki qismidan 3x15 sm li bo‘lakcha
namuna sifatida qirqib olinadi va uya tagida- gi ifioslardan
qo‘shib tekshirishga yuboriladi. Yoz- da va kuzda esa usti
berkitilgan qurtchali inchalardan 3x15 sm li qilib qirqiladi va
uya ichida ish bajaruvchi tirik yosh arilardan ham qo'shib, o‘rta
hisobda ham- ma kasallangan oilalardan 10% dan namuna
ajratiladi va tashxislashga jo'natiladi. Boshqa xil kasalliklami
aniqlash uchun 50 tadan tirik arini har bitta kasallangan oiladan
ajratib olishni tavsiya etamiz (tirik arilar- ni shisha bankaga
solib,

doka

boylab

jo‘natiladi).

Agar

arilaming

zaharlanganligiga shubha tug‘ilsa, u holda 400-500 dona
o'lgan arilarni hamda 200 g. shu oiladan olingan ozuqadan yoki
usti berkitilmagan inchalardan va 50 g. gulchangdan hamda
umumiy ari oilasining 10% idan namuna tashxislash uchun
ajratib olinadi. Va yana zaharlanish sababini aniqlash
maqsadida tashxislashga asalarilar qatnayotgan atrofdagi
sharbat ajratuv- chi o‘simlik gullari va bargidan ham 100-200
g. namuna olinishi kerak. Shuningdek asalarilar ozuqasida
qora asal (pad) borligini aniqlash uchun 100 g. asal, zahar
moddasi bor yo yo‘qligini aniqlash uchun esa 200 g. asal
ajratib(tashxislashga) olinadi. Namunalar (tirik arilar) shisha
bankasiga solinib, og'zini ikki qavat doka bilan o'raladi.
Inchalardagi kasallangan qurtchalami esa faner yoki yog‘och
quti ichiga qog'ozga o‘ralmay solinadi. Uyaning tagidan
olingan ifloslami esa qog‘oz paket ichiga solib, so‘ngra fanerli
qutichaga joy- lashtiriladi va tekshirishga jo‘natiladi.
Unutmang, bar- cha namunalar veterinariya laboratoriyasiga
(tashxis markazi) vetvrachning maxsus yo‘llanma xatiga ko‘ra,
xo‘jalikning nomi, pochta manzili, asalarichining fa- miliyasi,

ismi hamda pochta indeksi, namuna olingan kun, kasalning
boshlanish vaqti hamda nechta ari oilasi kasallangani
ko‘rsatilgan holda yuboriladi[8].

Namunalar

tezda

laboratoriyaga

yetkazilishi

va

tashxislashda aniqlangan illatlar nomi yozilgan qog‘oz
(ekspertiza) paysaiga solinmay xo‘jalikka yetkazilishi, shunga
muvofiq zarur choralar ko‘rilishi lozim.

Xulosa shuki, kuzda asalarilami qishlovga yax- shi

tayyorlash, qishlov davrida muammolarga yo‘l qo‘ymaslik,
doimiy kuzatuv va kasalliklarga o‘z vaq- tida barham berish
ona arilar va ishchi arilaming ko‘klamda kuchli va sog‘lom
boTishini ta’minlaydi. Bu o‘z-o‘zidan bahorgi asal yig'ish
mavsumi kutilga- nidek boshlanadi deganidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.

Фотихов Ш.А. “Асаларичиликни ўрганамиз”,

Услубий қўлланма. Тошкент. “Турон иқбол”. 2011й.

2.

Криков В.В., Болезни пчел. Современные методы

лечения./Мостовой. -Ростов н/Д: «Феникс», 2003.

3.

Пчеловодство:учебник для студентов высших

учебных заведений, обучающихся по специальностям
110401

-

«Зоотехния» и 111201 - «Ветеринария»/

Н.И.Кривсов [идр.].-С-Пб.:Лан, 2010.

4.

Козин.Р.Б., Иренкова В.И., Лебедев В.И. Прак-

тикум по пчеловодству/С-Пб., “Лан”, 2005.

5.

Исамуҳамедов А., Никадамбаев X. Асала-

ричиликни ривожлантириш асослари. - Тошкент. «Sharq»,
2013.

-

76-82Б.

6.

Муродов П., Муродов У. Асаларичилик ва са-

ломатлик. «Алишер Навоий» нашриёти, 2010.-15- 19Б.

7.

Крахотин Ф., Безверхов А.П. и др. “Механизация

пчеловодства и пасечный инвентарь”. Тошкент. 1992 г.

8.

Сулайманова Н.А., Мейлиев С., Эшбури- ев С.Б.,

“Asalarilarda ko>p uchraydigan kasalliklar va oldini olish”,
Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovasion
texnologiyalami joriy qilish va muammolar Respublika ilmiy-
amaliy konferensiyacn. 22-24 май, 2019 йил.

9.

Крахотин Н.Ф. Ўзбекистонда асаларичилик.

Тошкент. 1991.

10.

Давидов О.С. ва б. “Зооветеринария” жур- нали.

№11. 2014й. 31-32 6.

Библиографические ссылки

Фотихов Ш.А. “Асаларичиликни ўрганамиз”, Услубий қўлланма. Тошкент. “Турон иқбол”. 2011й.

Криков В.В., Болезни пчел. Современные методы лечения./Мостовой. -Ростов н/Д: «Феникс», 2003.

Пчеловодство:учебник для студентов высших учебных заведений, обучающихся по специальностям 110401 - «Зоотехния» и 111201 - «Ветеринария»/ Н.И.Кривсов [идр.].-С-Пб.:Лан, 2010.

Козин.Р.Б., Иренкова В.И., Лебедев В.И. Практикум по пчеловодству/С-Пб., “Лан”, 2005.

Исамуҳамедов А., Никадамбаев X. Асаларичиликни ривожлантириш асослари. - Тошкент. «Sharq», 2013. - 76-82Б.

Муродов П., Муродов У. Асаларичилик ва саломатлик. «Алишер Навоий» нашриёти, 2010.-15- 19Б.

Крахотин Ф., Безверхов А.П. и др. “Механизация пчеловодства и пасечный инвентарь”. Тошкент. 1992 г.

Сулайманова Н.А., Мейлиев С., Эшбури- ев С.Б., “Asalarilarda ko>p uchraydigan kasalliklar va oldini olish”, Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovasion texnologiyalami joriy qilish va muammolar Respublika ilmiy-amaliy konferensiyacn. 22-24 май, 2019 йил.

Крахотин Н.Ф. Ўзбекистонда асаларичилик. Тошкент. 1991.

Давидов О.С. ва б. “Зооветеринария” жур- нали. №11. 2014й. 31-32 6.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов