Journal of Academic Research
and Trends in Educational
Sciences
Journal home page:
http://ijournal.uz/index.php/jartes
THE PRIORITY OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE
AGRICULTURAL EDUCATION SYSTEM
Nizametdinov Ali Akramovich
1
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan
KEYWORDS
ABSTRACT
agricultural sector, information
technology, electronic
education, investment in
education, education
management system,
automation, biotechnology,
computerization, robotization,
digitization of agricultural
production, agribusiness
Changes in demography, economy, and ecology in recent decades
have created the necessary conditions for the transition of the
agro-industrial complex to a new stage of development.
Fundamental changes are already visible in the agro-industrial
complex of Uzbekistan. In this regard, it is necessary to
modernize agricultural education, solve personnel-related
problems in villages, and develop practical and promising
methods. Modernization and transformation of higher vocational
education in agriculture, low demand for unskilled labor,
decrease in mass production, strengthening of automation,
biotechnological,
computerization,
robotization,
and
digitalization of the agricultural output, and formation of
economic knowledge in agribusiness is especially relevant.
2181-2675/© 2022 in XALQARO TADQIQOT LLC.
DOI:
10.5281/zenodo.7194084
This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC
BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
1
Assistant, Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Uzbekistan
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
186
AGRAR SOHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASHNING USTUVORLIGI
KALIT SO‘ZLAR:
ANNOTATSIYA
agrar soha, axborot
texnologiyalar, elektron
ta’lim, ta`limga investitsiya,
ta`limning boshqarish tizimi,
avtomatlashtirish,
biotexnologiya,
kompyuterlashtirish,
robotlashtirish, qishloq
xo'jaligi ishlab chiqarishini
raqamlashtirish, agrobiznes
So‘nggi o‘n yilliklarda demografiya, iqtisod, ekologiya sohalarida
ro‘y bergan o‘zgarishlar agrosanoat majmuasini yangi rivojlanish
bosqichiga o‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.
O`zbekiston agrosanoat majmuasida tub o'zgarishlar allaqachon
ko'rinib turibdi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi ta’limini
modernizatsiya qilish, qishloqlarda kadrlar bilan bog‘liq
muammolarni hal etish, real va istiqbolli usullarini ishlab chiqish
talab etiladi. Qishloq xo'jaligi oliy kasbiy ta'limini modernizatsiya
qilish va o'zgartirish, malakasiz ishchi kuchiga talabning pastligi,
ommaviy ishlab chiqarishning pasayishi, avtomatlashtirish,
biotexnologik, kompyuterlashtirish, robotlashtirish va qishloq
xo'jaligi ishlab chiqarishini raqamlashtirishning kuchaytirish,
agrobiznesda iqtisodiy bilimlarni shakllantirish ayniqsa
dolzarbdir.
TADQIQOTNING MAQSADI
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini hisobga olgan
holda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga qaratilgan oliy agrar ta'lim
tizimi modelining o'zgarishining asosiy tavsiflari, shuningdek, oliy agrar ta’lim sifatining
yangi bosqichiga o‘tish muammolarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Agrar sohadagi ta`limini modernizatsiya qilish orqali kadrlar masalasini hal etish eng
ommabop, real va istiqbolli usullaridan biri hisoblanmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI
Belgilangan vazifalarni hal qilish uchun qishloq xo'jaligi ta'limini o'zgartirishning
o'quv jarayonini tartibga soluvchi tematik manbalar va hujjatlarning nazariy tahlili
o'tkazildi, oliy ta'limni modernizatsiya qilish sohasidagi pedagogik tajriba umumlashtirildi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
“Aqlli” texnologiyalar, robototexnika, GIS texnologiyalari, biotexnologiya va genetik
injeneriya sohasidagi tadqiqotlarni joriy etish asosida iqtisodiyotning agrar sektorini
raqamli transformatsiyalash jarayonida quyidagi tendentsiyalarning dolbzarligi aniqlanadi:
- yangi texnologik darajaga o'tish, qishloq xo'jaligi tarmoqlari mahsuldorligini
oshirish, tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda yo'qotishlarni kamaytirish:
- talabning an'anaviy oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechib, tayyor ovqatlarga
o'tishi
- qishloq xo‘jaligining mustaqil ishlab chiqarish tarmog‘idan, oziq-ovqat tizimining
asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylantirish.
Global tendensiya bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini robotlashtirish va
raqamlashtirishning kuchayishi agrosanoat ishlab chiqarishi sohasida bandlik tarkibini
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
187
tubdan o‘zgartirmoqda.
Shunday qilib, bir tomondan, past malakali kadrlarga bog'liqlik darajasi kamayadi va
kasblarning ayrim turlarining dolzarbligi oshadi, boshqa tomondan, ishchi xodimlarning
malakasiga qo'yiladigan talablar ortib boradi. Ushbu tendentsiyalarning barchasi qishloq
xo'jaligi ta'limi tizimida global muammolarga javob beradigan, tez moslashuvchan va o'zini-
o'zi rivojlantirishga qodir bo'lgan yangi modelni shakllantirishga olib keladi.
Qishloq xo'jaligi ta'limining yangi modelining asosiy belgilari sifatida quyidagilarni
ajratib ko'rishimiz mumkin:
1. Ilmiy va o‘quv faoliyatining politematik va fanlararo aloqadorligi uch yo‘nalishga
yo‘naltirilgan:
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, agrosanoat majmuasining oziq-ovqat va nooziq-
ovqat mahsulotlari;
- resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
- farovonlig va jamiyat farovonligi
2. Yangi texnologik paradigmaga moslashish uchun zarur sifatlarni shakllantiruvchi
yangi konvergent fanlarni joriy etish:
- shaxsiylashtirilgan ta'lim mahsulotlari ulushini oshirish;
- har qanday turdagi ma'lumotlarning mavjudligi va ulardan foydalanish
samaradorligi;
- metaloyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyati.
3. Anʼanaviy taʼlimdan “iqtisodiy bilimlar”ga oʻtish, bunda asosiy resurs
kompetensiyalardir. Tabiiyki, bunday resurslarni yaratuvchi universitet ilmiy va ta’lim,
innovatsion va biznes funktsiyalarini o‘zida mujassamlashtira oladigan “tadbirkorlik
universiteti” maqomini oladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, O`zbekistonning agrar universitetlari rivojlangan
mamlakatlarning agrar ta'lim muassasalari bilan taqqoslaganda, yangi texnologik tartibga
tayyorgarlik ko'rmagan holda kirishmoqda.
Masalan, “World University Rankings 2022” universitetlarining jahon reytingida
"Qishloq xo'jaligi" fanlar reytingida O`zbekiston qishloq xo'jaligi universitetlarining hech
biri TOP-1000 talikga kiritilmagan.
Bu bo'shliq, bizning fikrimizcha, bir qancha muammolar tufayli.
1. Qishloq xo'jaligida raqamli texnologiyalarni qullashda O`zbekiston Ilg'or
mamlakatlardan tubdan orqada qolganligi.
2. Kadrlar tayyorlashning sanoat yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar, shu
jumladan raqamli kompetensiyalarga ega kadrlarning tizimli etishmasligi. Kadrlar
tanqisligining asosiy sabablaridan biri qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining
ta'lim sifati va o'zgarib borayotgan sanoatning yuqori malaka talablari o'rtasidagi
tafovutning ortib borayotganidir. Bu muammo mamlakatdagi barcha qishloq xo‘jaligi oliy
o‘quv yurtlari uchun turli darajada xarakterlidir va quyidagilar bilan bog‘liq:
1. Qishloq xo'jaligi kasblarining nufuzi, qishloq xo'jaligi mutaxassisliklariga kiruvchi
abituriyentlarning
sifat
darajasining
pastligi,
etarlicha
motivatsiyaga
ega
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
188
bo'lmaganligidadir.
2. Universal mutaxassislarni tayyorlash va ish beruvchiga zamonaviy sharoitlarda
ularga zarur tor profilli kompetensiyalarni o'rgatish vazifasiga qaratilgan qishloq xo'jaligi
ta'limining konservativ tizimi qishloq xo‘jaligi sohasining real ehtiyojlariga javob bermaydi.
3. Davlat nazorati organlari tomonidan erta kasb-hunarga yo‘naltirish va qishloq
xo‘jaligi kasbining nufuzini oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Amaliyot
shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari kasbga yo'naltirishni amalga
oshirishda qishloq xo'jaligiga sub'ektiv munosabatni bartaraf etish bilan yolg'iz qolmoqda.
U quyidagi omillardan iborat:
- qo'l mehnatini talab qiladigan texnika va eskirgan mashinalar hukmron bo'lgan
qishloq xo'jaligi
- martaba istiqbollari noaniqligi;
- agrosanoat sohasida ishlash, yuqori daromadli biznesini tashkil etishga imkon
bermaydi, degan fikr.
Birinchi muammoni hal qilish yo'li davlat uzining qattiq nazoratga olishdan
boshlanadi. Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va
qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”
qaroriga ishlab chiqildi va ijroga taqdim qilindi.
Dehqonchilikda aniq texnologiyalarini kompleks tatbiq etish va ulardan foydalanish,
hosildorlikning 70% gacha oshishini ta'minlashi mumkin, chunki o'zgaruvchan tashqi
sharoitlarga tezkor javob berish va asbob-uskunalar ishlash parametrlarini sozlash, o`z
vaqtida ekinlarni ekish urug'lik materiallari narxini pasaytirishiga olib keladi. O'g'itlar va
pestitsidlarni, yoqilg'i-moylash materiallari va yoqilg'ini, shuningdek, dala agrotexnika
ishlarida o`z vaqtida bajarilishi va xarajatlarini kamayshiga olib keladi.
“Big data” texnologiyalari seleksiya va urug'chilik jarayonlari samaradorligini
oshirish, yangi samarali ozuqa va o'g'itlarni ishlab chiqish, tashqi omillar ta'sirini hisobga
olgan holda hosilni prognozlashni ta'minlash, shuningdek, optimal ekin ekishni ishlab
chiqish va tanlash imkonini beradi. Uchuvchisiz monitoring texnologiyalaridan foydalanish
muayyan turdagi ishlarning narxini sezilarli darajada kamaytiradi. Masalan, chigit ekish
uchun Uchuvchisiz texnologiyalaridan foydalanish ushbu operatsiyani 85 foizga
kamaytirish imkonini beradi. Amerika fermerlar assotsiatsiyasining hisob-kitoblariga ko'ra,
qishloq xo'jaligi operatsiyalarini robotlashtirish tufayli xarajatlarni tejash 40% ga etadi. Shu
bilan birga, mehnat unumdorligi oshadi. Misol uchun “Agrobot”-kompaniyasining rezavor
mevalarni avtomatik yig'ish uchun ishlab chiqqan bitta SW6010 roboti uch ish kunida 800
gektar maydondan qulupnay yig'ib olishga qodir.
Raqamli texnologiyalar iste'molchi va nazorat qiluvchi organlarga imtiyozlar beradi,
ular iste'mol qilinadigan mahsulotlarning kelib chiqishi haqida ma'lumotlarni olish
imkoniyatiga ega boladilar, bu esa xavfsizlikni oshiradi, shuningdek, iste'mol madaniyatini
rivojlantirishning qo'shimcha omilxamdir.
Ikkinchi masalaning yechimi ham muhim va murakkab tuzilishga ega. Nafaqat
jamiyat farovonligi, balki butun davlatning oziq-ovqat xavfsizligi ham yuqori malakali
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
189
qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining mavjudligiga bog‘liqligini anglamaydigan insonning uzi
yuq, ularning malakasi yangi agrartizimining barcha muammolari va tendentsiyalariga
javob beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qilinayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, qishloq
xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tramplin yaratilishi zarurdir ya`ni o‘rta kasb-
hunar agrar ta’lim tizimini kuchaytirishimiz zarurdir. Maktab o‘quvchilarining
o‘rganayotgan fanlar doirasidaga yosh avlodni qishloq xo‘jaligi fanlari bilan tanishtirishga
qaratilgan mehnat amaliyotlarini kiritish zarur. Bunday o‘qitish ikki tomonlama asosda,
ham nazariy mashg‘ulotlarni, ham avtomatlashtirilgan chorvachilik komplekslarida,
issiqxonalarda, laboratoriyalarda, tajriba uchastkalarida amaliy ishlarni birlashtirgan holda
o‘tkazilishi kerak.
Hozirgi vaqtda maktab o'quvchilari bilan kasbga yo'naltirish ishlarining qishloq
xo'jaligi darslari kabi yangi shaklini yaratish va rivojlantirishga katta e'tibor qaratiltilsa,
kelajakda agrar sohadagi kadrlarni ham kasbiy ham malakaviy qobiliyati yuqorilashadi,
amaliy ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lgan holda oliy ta`limga kirib borishadi.
Agrar soha Oliy ta`lim tizimidagi Universitetlarda Agratadbirkorlik faoliyatlarini
kichik bulimlarini yaratilsa, talabalarning malakaviy va ilmiy faoliyatida katta uzgarishlar
bo`ladi.
● “Talabalar korxonasi”ni – yaratilishi ta`lim muhitida o‘quvchilar tomonidan
boshqariladigan tadbirkorlik faoliyati universitet bog'larida, issiqxonalarda va boshqa
tajriba uchastkalarida olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish
bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy jarayonlarni iqtisodiyotning real sektori
sharoitlariga imkon qadar yaqin bo‘lishini ta’minlash pedagoglarning asosiy vazifalaridan
biridir.
● "Etakchilik" - talaba tomonidan aniqlangan muammo bo'yicha qaror qabul qilish
tashabbusini amalga oshirish qobiliyatiga qaratilgan loyiha ishining yo'nalishi. Ushbu
loyihani amalga oshirish uning tashkilotchisining etakchilik fazilatlarini ochib berishi va
namoyon qilishi kerak.
Talabalar korxonasining asosiy maqsadi talabalarning har tomonlama rivojlangan
shaxsini shakllantirish va tarbiyalash; nazariy tayyorgarlikni amaliyot bilan bog‘lash;
talabalarda mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash; yoshlarni faol mehnat va ijtimoiy
faoliyatga tayyorlash; o‘quvchilarini ishlab chiqarishga o‘qitish va mehnat tarbiyasi
jarayoniga qishloq xo‘jaligi korxonalari va jamoatchilikni jalb etish.
XULOSA
Yuqorida aytilganlarga asoslanib, muallifning fikricha, birgina kasbga yo'naltirish,
agrosanoat kompleksi uchun yuqori malakali kadrlar etishmasligi muammosini hal
qilmaydi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, ommaviy ishlab chiqarishdan voz kechish va
nafaqat sanoatning hozirgi ehtiyojlarini qondirish, balki bir necha yil ichida talab
qilinadigan mutaxassislarni ishlab chiqarishga yo'naltirish kerak.
O'quv jarayonini ilg'or rivojlantirish uchun oliy qishloq xo'jaligi ta'limi qishloq
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
190
xo'jaligi universitetlarini moliyalashtirishning o'zini-o'zi ta'minlaydigan tizimini
shakllantirish, agrosanoat kompleksida bilimlarni tarqatish maydonini kengaytirish va
qishloq xo'jaligi universitetlarining bir qator o'quv dasturlarini modernizatsiya qilishni
talab qiladi. Mehnat bozorida talab qilinadigan raqobatbardosh yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish
qishloq xo'jaligini raqamli muhit bilan integratsiyalash va atrof-muhitni oqilona
boshqarishga qaratilgan yangi fanlar, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarni o'quv
jarayoniga joriy etish orqali erishish mumkin.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
To'ychiyeva N. Elektron Ta ‘lim Tizimining Afzalliklari Va Kamchiliklari
//Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish
tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 40-41.
2.
Nizametdinov А., Аhmedova H. Elektron ta ‘lim metodologiyasi
rivojlantirishning usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari
va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 29-31.
3.
Xudayarov R., Akhror A. Big data types of education system and opportunities
for using them in the field //journal of academic research and trends in educational
sciences. – 2022. – т. 1. – №. 4. – с. 21-24.
4.
Xaydarov B., Saitov S. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va afzalliklari
//Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish
tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 634-635.
5.
Akramovich N. A. HISTORY, SUBJECT AND OBJECT OF FORMATION OF"
MACROECONOMICS" //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т.
10. – №. 1. – С. 209-210.
6.
Nizametdinov А., Аhmedova H. Elektron ta ‘lim metodologiyasi
rivojlantirishning usullari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari
va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 29-31.
7.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati.
8.
Нечаев, В.И. Организация инвестиционной деятельности в АПК: учебник
/ В.И. Нечаев, И.С. Санду, Г.М. Демишкевич [и др.] ; под редакцией В.И. Нечаева. —
СанктПетербург : Лань, 2018. — 488 с. — ISBN 978-5-8114-3004-8. — Текст :
электронный // Электронно-библиотечная система «Лань» : [сайт]. — URL:
https://e.lanbook.com/book/107296.
9.
Инновационный менеджмент: учебное пособие/под ред Л.Н. Оголевой. -
М.: ИНФРА-М, 2007.-317с
10.
Друкер П. Инновации и предпринимательство/П.Друкер. - СПб: Бук.
Чембер. Интернешнл, 1992.-536 с.
11.
Маматов М.А. Организация инновационной деятельности в сельском
хозяйстве Республики Узбекистан //Молодой ученый. - 2016. - №6. - С. 353-359.
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES)
VOLUME 1, ISSUE 10 / ISSN 2181-2675
191
12.
Тлябичев Э.А. Совершенствование механизма трансферта инноваций и
технологий с учетом отраслевых особенностей. Дисс на соиск к.э.н. – Ставрополь,
2010. с 17.
13.
Фатхутдинов Р.А Инновационный менеджмент. – СПб.: Питер. 2002. –
С.45.
14.
Шумпетер Й. Теория экономического развития/Й.Шумпетер. - М.:
Прогресс, 1982.-455с.
15.
http://academy.uz/ru/news/77 Инновационная деятельность Академии
наук Республики Узбекистан.
16.
Крылов, В. С. Роль пилотных проектов в создании системы
сельскохозяйственной кооперации / В. С. Крылов, А. А. Черников // Экономика
сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий. – 2017. – № 10. – С. 50-52.
17.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. // «Xalq so’zi» gazetasi, 2017 yil 23 dekabr
18.
Ibragimova G.N. Interfaol o’qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning
kreativlik qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -
77-b.
19.
Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o'rganish: Oliy o'quv
yurtlari talabalari uchun darslik / A.P. Panfilov. - M., Akademiya, 2009 y.