JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
156
`
PAXTA SALOMASIDAN OLINGAN GLITSERINNING SIFATINI BAHOLASH
Ahmedova Shaxlo Ikramovna
Urgench Davlat universiteti, doktorant
Abduraximov Ahror Anvarovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, professor, t.f.d.
Ro’ziboyev Akbarali Tursunboyevich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, professor, t.f.n.
E-mail:
Annotatsiya
.
Glitserin o’simlik moylari va yog’lardan olinganligi uchun uning sifati bevosita
moy va yog’ning sifatiga bog’liq bo’ladi. Shiningdek glitserinni olish va unga ishlov berish usullari
hamda texnologiyalar ham glitserinning sifatiga ta’sir etadi. Tadqiqot ishida distillanagan glitserinning
sifatini yaxshilash uchun adsorbentlar aralashmasidan foydalash samarali ekanligi IK tahlil natijalari
asosida ko’rsatib berilgan. Oqlangan glitserinning IK tahlil natijalarini ko’radigan bo’lsak, glitserinning
IK spektri 3338,15 cm
-1
da O-H cho'zilishini ko'rsatdi, C-H cho'zilishi esa 2800-2950 cm
-1
mintaqadagi
cho'qqilarda aniqlandi. 1736,58 cm
-1
da oqlanmagan glitserinda mavjud bo'lgan C=O cho'zish bandi
oqlangan glitserin spektrlarida mavjud emas. 3600 cm
-1
dan yuqori spektrlarda kuzatilgan cho'qqilar
ham yo’qolganligi kuzatildi. Bu oqlangan glitserinda fenol guruhli moddalarning tozalanganligini
bildiradi.
Kalit so’zlar
:
glitserin, rang, harorai, zichlik, aktivlangan ko’mir, oqlovchi tuproq, fenol guruhli
moddalar, spektr, IK spektometr
ОЦЕНКА КАЧЕСТВА ГЛИЦЕРИНА ИЗ ХЛОПКОВОГО САЛОМАСА
Аннотация.
Поскольку глицерин получают из растительных масел и жиров, его качество
напрямую зависит от качества масла и жира. Также на качество глицерина влияют способы и
технологии получения и переработки глицерина. По результатам ИК-анализа показано, что
использование смеси адсорбентов для повышения качества дистиллированного глицерина
эффективно в исследовательской работе. Если посмотреть на результаты ИК-анализа
очищенного глицерина, то ИК-спектр глицерина показал валентность О-Н при 3338,15 см
-1
, а
валентность С-Н была обнаружена в пиках в области 2800-2950 см
-1
. Полоса валентных
колебаний С=О, присутствующая в неотбеленном глицерине при 1736,58 см
-1
, отсутствует в
спектрах элюированного глицерина. Было замечено, что пики, наблюдаемые в спектрах выше
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
157
`
3600 см
-1
, также исчезли. Это означает, что фенольная группа веществ в рафинированном
глицерине очищена.
Ключевые слова
:
глицерин, цвет, температура, плотность, активированный уголь,
отбельная глина, вещества фенольной группы, спектр, ИК-спектрометр.
EVALUATION OF THE QUALITY OF GLYCERIN OBTAINED FROM
COTTON SALOMAS
Abstract.
Since glycerin is obtained from vegetable oils and fats, its quality directly depends on
the quality of oil and fat. Also, the methods and technologies of obtaining and processing glycerine affect
the quality of glycerine. Based on the results of IK analysis, it was shown that the use of a mixture of
adsorbents to improve the quality of distilled glycerin is effective in the research work. If we look at the
IR analysis results of purified glycerol, the IR spectrum of glycerol showed O-H stretching at 3338.15
cm
-1
, and C-H stretching was detected in the peaks in the region of 2800-2950 cm
-1
. The C=O stretching
band present in unbleached glycerol at 1736.58 cm
-1
is not present in the spectra of eluted glycerol. It
was observed that the peaks observed in the spectra above 3600 cm
-1
also disappeared. This means that
the phenolic group of substances in refined glycerin has been purified.
Key words
:
glycerin, color, temperature, density, activated carbon, bleaching earth, phenol group
substances, spectrum, IR spectrometer
KIRISH.
Kosmetika sanoatida glitserin kremlarni (inson yuz, qo‘llarida foydalanish uchun surkov
kremlar), lab buyoqlarini sifatini oshirishda, parfyumeriyada esa qo‘shimcha
mahsulot sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari glitserin mato tayyorlashda, maxsus qog‘ozlar ishlab
chiqarishda, rezina olishda, mashina va soatsozlik surkov moylarini, yelim va jelatin ishlab chiqarishda,
fotografiya sanoatida va h.k. sohalarda keng qo‘llaniladi[1,2].
Glitserin va yog‘ kislotalarini olish maqsadida yog‘larni qayta ishlashni asosan ikki xil usuli
mavjud: 1.- glitserinli suv va yog‘ kislotalarini olishda yog‘larni reaktivsiz parchalash. 2.-yog‘larni
ishqor bilan sovunlab, sovun va sovun osti ishqori olish va sovun osti ishqoridan glitserinni ajratib
olish[3-6].
Respublikamizda glitserin va yog‘ kislotalarni yog‘larni reaktivsiz gidroliz qilish yo‘li bilan
olinadi. Bu usulda yog‘larni sovunlash orqali glitserin olishga qaraganda yuqori sifatli va ko‘proq
glitserin va yog‘ kislotalari olinadi. Yog‘larni reaktivsiz parchalashdan olingan glitserinli suv tarkibida,
glitserin va suvdan tashqari, xilma xil turdagi organik va mineral aralashmalar ham bo‘ladi.
Aralashmalarning ko‘p qismi lipidlar, ayniqsa yog‘ kislotalari bo‘lib, ular glitserinli suvning 0,3-1,5%
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
158
`
ini tashkil etadi. Bundan tashqari 0,05-0,1% amino birikmalar, jumladan, 0,02-0,04% amino kislotalar,
0,04-0,08% karbonal birikmalar, 0,004-0,008% uglevodlar, mineral tuzlar va boshqalar mavjud[3-9].
Bu moddalarning ko‘pligi sirt aktivligiga ega bo‘lib, suv-yog‘ emulsiyasi turg‘unligini oshiradi.
Bu esa glitserinli suvni qayta ishlashni qiyinlashtiradi. Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin
olish uchun, tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi (konsentrlanadi). Yuqori konsentratsiyali glitserin
eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi.
Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish uchun glitserinli suvni bug‘latish,
vakuum ostida va suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuum-bug‘latish qurilmalarida amalga
oshiriladi[10-12].
Distillangan glitserin texnik glitseringa nisbatan yuqori konsentratsiyaga (98 %) va sifatga ega.
Distillangan glitserin olishning ikki xil usuli ma’lum: texnik glitserinni distillyasiyasi va glitserinli suvni
ion almashinish usuli bilan tozalash so‘ngra bug‘latish. Respublikamizda hozirgi vaqtda glitserinni
distillyasiyalash 170-180°C da vakuum (15-
20 mm simob ust) ostida olib boriladi. Glitserinni distillyasiyalash vaqtida hosil bo‘lgan bug‘ni sekin-
asta yoki fraksiyali kondensatsiya qilinadi. Bunda glitserin kondensatsiyalanadi, demak havoli
kondensatordan so‘ng yuqori konsentratsiyali 98 % li glitserin olinadi[1-3].
Sanoatda oliy va I nav glitserin olishda mahsulot rangi va hidini yaxshilash, yog‘ kislotalar,
murakkab efirlar, uchmaydigan organik qoldiq va mineral aralashmalar miqdorini kamaytirish
maqsadida distillangan glitserin aktivlangan yog‘och ko‘miri bilan oqlanadi. Sarflanadigan aktivlangan
ko‘mir miqdori chiqayotgan distillyatning sifatiga bog‘liq va u glitserin massasiga nisbatan 0,25-0,75%
ni tashkil etadi. Oqlash jarayoni 80°C haroratda 2-3 soat davomida uzluksiz aralashtirish bilan olib
boriladi va filtr-pressda ajratiladi.
Yuqorida bayon etilgan usullar va texnologik sharoitlarni qo’llab, sanoat sharoitida paxta
salomasidan olingan distillangan glitserinnning sifat ko’rsatkichlari belgilangan me’yorlarga mos
kelmaydi. Yani ko’mir bilan oqlangan glitserining rangi va kul miqdori yuqori bo’ladi. Mazkur
maqolada adsorbentlar kompozitsiyasida oqlangan glitserining sifatini IK spektometr usulida baholash
natijalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
TADQIQOT OBYEKTI VA USULLARI
Xom ashyo sifatida “Urgench yog’-moy” AJ korxonasida ishlab chiqarilgan distillangan va
distillanmagan glitserindan foydalanildi.
Glitserining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari ГОСТ 6824[13] boʼyicha tahlil qilindi.
Tajribalarda foydalanilgan glitserinning fizik-kimyoviy koʼrsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan
boʼlib, koʼrsatkichlar laboratoriya sharoitida aniqlandi.
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
159
`
1-jadval
Distillangan va distillanmagan glitserinlarning sifat koʼrsatkichlari
Sanoatda qo’llaniladigan adsorbentlarni tahlil qilib, 2-jadvalda keltirilgan tarkibdagi
detoksikantlar aralashmasi(DA)ni tayyorladik va ularni gliseinni oqlash jarayoniga qanchalik ta’sir
qilishini o’rgandik. Tadqiqot ishida detoksikantlar sifatida namligi 10% bo’lgan AU-B markali
aktivlangan ko’mir(GOST 44534453-81) va namligi 9,0%, moy sig’imi 45%, uyma massasi 0,8 g/sm
3
bo’lgan Zarafshon bentoniti(TSh 8633-2001) nomli oqlovchi tuproqdan foydalanildi.
2-jadval
Detoksikantlar aralashmasining tarkibi
Detoksikantlar
aralashmasining tartib
raqami
Detoksikant miqdori, %
Aktivlangan ko’mir
Oqlovchi tuproq
DA-1
100
0
DA-2
90
10
DA-3
80
20
DA-4
70
30
DA-5
60
40
DA-6
50
50
DA-7
40
60
DA-8
30
70
DA-9
20
80
DA-10
10
90
DA-11
0
100
Glitserin
Glitserin
miqdori,
%, kam
emas
Kul
miqdori, %,
ortiq emas
Uchmaydigan
organik qoldiqlar
miqdori, %, ortiq
emas
Rangi
mg
J
2
/100
cm
3
Zichligi, g/
cm
3
, 20 °C
Distillangan
96,3
0,11
0,2
9
1,244
Distillanmagan
86,4
2,1
2,1
16
1,246
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
160
`
NATIJA VA ULARNING MUHOKAMASI
Aktivlangan ko’mir karotinoidlarni yaxshi, xlorofillarni esa yomon yo’qotadi. Shu sababali
gliserinni oqlashda ko’mirdan foydalaniladi. Biroq ko’mir zarrachalarining o’lchami o’ta kichik
bo’lganligi uchun filtrlashda mahsulot tarkibida o’tib ketib qoladi. Shu sababli uni biror bir filtrlovchi
qo’shimcha bilan, masalan oqlovchi tuproq bilan, aralashtirib qo’llash maqsadga muvofiq. Lekin,
oqlovchi tuproq yutish sig’imining yuqoriligi uning oqlashdagi miqdorini imkon qadar kamaytirishni
taqozo qiladi[175]. Oqlovchi tuproqning optimal miqdorini aniqlash uchun uning aktivlangan ko’mir
bilan turli nisbatlardagi aralashmalari tayyorlandi (2-jadval). Tayyorlangan adsorbentlar aralashmasi
ishtirokida distillagan gliserin oqlandi. Glitserinni oqlash jarayoni 80°C
haroratda amalga oshirildi va glitserinning og'irligi bo'yicha 0,8% miqdorida adsorbentlar aralashmasi
kiritildi. Tadqiqot natijalari 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
Glitserinni adsorbsion tozalash jarayoniga DA tarkibining ta'siri
Aralashma
raqami
Rangi mg
J
2
/100 cm
3
Zichligi, g/
cm
3
, 20 °C
Glitserin miqdori,
%, kam emas
Kul miqdori, %,
ortiq emas
DA-1
7
1,257
93
0,21
DA-2
6
1,257
94
0,20
DA-3
6
1,256
96
0,18
DA-4
5
1,254
98
0,16
DA-5
6
1,255
97
0,15
DA-6
6
1,255
96
0,18
DA-7
7
1,257
95
0,20
DA-8
7
1,258
94
0,22
DA-9
8
1,259
92
0,24
DA-10
8
1,261
91
0,26
DA-11
8
1,259
90
0,26
3
-jadvaldan ko'rinib turibdiki, DA-3, DA-4, DA-5 va DA-6 eng katta ta'sirni ko'rsatadi. DA ning
samarali ta'sirining sababi shundaki, u adsorbent sifatida xom ashyoning shilimshiq moddalarini o'ziga
yutadi. Yog'ning hamroh moddalari bo’lgan aralashmalar DA ning aktiv yuzasida adsorbsiyalanadi.
70:30% nisbatdagi kompozitsiyadan foydalanganda ГОСТ talablariga muvofiq sifatga erishilganligi
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
161
`
aniqlandi. Buning sababi, aralashmadagi oqartiruvchi tuproq ko'mirning qoldiq zarralarini olib tashlash
orqali glitserin rangini kamaytirishga yordam beradi. Ko’mir va tuproqning 70:30 nisbatdagi
aralashmalarida eng maqbul natijalarga erishilgan. Buni
oqlangan glitserinlarning IK spektrometr bilan tahlil natijalaridan ham ko’rish mumkin. (1-rasm va 4-
jadval).
1-rasm. Oqlanmagan distillan glitserinning IK tahlili
Oqlanmagan glitserinning IK spektri murakkab bo'lib (1-rasm) bir nechta funktsional
guruhlarning cho'qqilarini ko'rsatadi. O-H cho'zilish chastotasi 3325,64 cm
-1
da kuzatildi, bu glitserin va
suv mavjudligini xarakterlaydi. 1736,58 cm
-1
da xom glitserin tarkibidagi efirlarning C=O mavjudligi
bilan bog'liq, COO guruhi esa 1560,13 cm
-1
da cho'qqini ko'rsatdi, bu xom glitserindagi erigan tuzlarni
ifodalaydi. Oqlangan glitserinning IK spektri 4-jadvalda ko'rsatilgan.
4
-rasm.
Oqlovchi tuproq va aktivlangan ko’mirning turli nasbatdagi aralashmalari ishtirokida oqlangan
glitserinlarning IK tahlil natijalari.
Aralashma
raqami
IK spektrometr natijalari
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
162
`
DA-1
DA -4
DA -5
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
163
`
DA -6
DA -11
4-jadvaldagi IK grafiklarini ko’radigan bo’lsak, ularning barchasi bir xildek ko’rinadi. Xatto 1-
rasmdagi IK grafik ham juda o’xshash. Bu oqlanmagan va oqlangan glitserinlarining sifat
ko’rsatkichlarini bir biriga juda yaqinligi tufayli bo’lsa kerak. Biroq 3-jadvaldagi ma’lumotlar asosida
ko’mir va tuproqning 70:30 nisbatdagi aralashmalarida oqlangan glitserin eng yaxshi ko’rsatkichlarni
namoyon etganligi aniqlangan edi. Mana shu glitserining IK tahlil natijalarini ko’radigan bo’lsak,
bunda glitserinning IK spektri 3338,15 cm
-1
da O-H cho'zilishini ko'rsatdi, C-H cho'zilishi esa 2800-
2950 cm
-1
mintaqadagi cho'qqilarda aniqlandi. 1736,58 cm
-1
da oqlanmagan glitserinda mavjud bo'lgan
C=O cho'zish bandi oqlangan glitserin spektrlarida mavjud emas. 3600 cm
-1
dan yuqori spektrlarda
kuzatilgan cho'qqilar ham yo’qolganligi kuzatildi. Bu oqlangan glitserinda fenol guruhli moddalarning
tozalanganligini bildiradi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, margarin retseptiga sigir suti oʼrniga soya sutini kiritish
uning organoleptik va fizik-kimyoviy koʼrsatkichlarini yaxshilaydi. Аyniqsa margarinning saqlash
davomiyligini oshiradi. Shuningdek mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon beradi. Bu esa taklif
etilayotgan retsept margarin ishlab chiqarishda keng foydalanish uchun tavsiya etish imkonini beradi.
JOURNAL OF FOOD SCIENCE
VOLUME 2 APRIL 2023 ISSN: 2181-385X
164
`
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR / REFERENCES
1. Kadirov Yu., Ruzibayev A. Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi. -T.: “Fan va
Texnologiya”. 2014. -320 b.
2. Tan HW, Abdul Aziz AR, Aroua MK. Glycerol production and its applications as a raw
material: A review. Renew Sustain Energy Rev 2013;27:118–27.
3. Radhakrishnan, K.P. (1990). In: Soap Technology for the 1990’s—Glycerine Processing
from Spent Lye and Sweet Water (ed. L. Spitz), 128. Champaign, IL: AOCS.
4. Cognet P, Antonaroli S, Pontalier P-Y, Aziz A, Raman A, Tan HW, et al. Two-step
purification of glycerol as a value added by product from the biodiesel production process. Front Chem
| WwwFrontiersinOrg 2019;7:774.
5. Minton, P.E. (1986). Handbook of Evaporation Technology, Noyes Publications. New
Jersey: Park Ridge.
6. Kreutzer UR. Control plant based on natural fats and oils. J Am Oil Chem Soc 1984;61:343–
7. Pal P, Chaurasia SP, Upadhyaya S, Agarwal M, Sridhar S. Glycerol Purification Using
Membrane Technology. 2019.
8. Hajek M. and Skopal F., Purification of the glycerol phase after transesterification of
vegetable oils. 44 th International Petroleum Conference, Bratislava, Slovak Republic, September 21-
22, 2009.
9. Chozhavendhan S, Karthiga Devi G, Bharathiraja B, Praveen Kumar R, Elavazhagan S.
Assessment of crude glycerol utilization for sustainable development of biorefineries. Elsevier Inc.;
2019. doi: 10.1016/B978-0-12- 818996-2.00009-0.
10. Pott RWM, Howe CJ, Dennis JS. The purification of crude glycerol derived from biodiesel
manufacture and its use as a substrate by Rhodopseudomonas palustris to produce hydrogen. Bioresour
Technol 2014;152:464–70.
11. Ardi MS, Aroua MK, Hashim NA. Progress, prospect and challenges in glycerol
purification process: a review. Renew Sustain Energy Rev 2015;42:1164–73.
12.
Che Man YB, Moh MH, Van De Voort FR. Determination of free fatty acids in crude palm
oil and refined-bleached-deodorized palm olein using Fourier transform infrared spectroscopy.
J Am
Oil Chem Soc.
1999;76:485–490.
13. ГОСТ 6824-96. Глицерин дистиллированный. Технические условия