STARS International University
219
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyotining asosiy maqsad va vazifa-
lari, bugungi kundagi ahamiyati, yuksak taraqqiyotga erishish uchun qo‘yilgan qa-
damlar, jamiyat ongida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish va mamlakatimizda olib
borilayotgan ta’lim jarayonlaridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqi-
da so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
:
fan, taraqqiyot, islohot, ta’lim, kadrlar tayyorlash, texnika va texno-
logiyalar, metod.
Fan va dunyo haqidagi bilimlar tizimi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U yangi bi-
limlarni egallash bilan bog‘liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli bo‘lmish olam-
ning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o‘z ichiga oladi hamda
inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning bevosita maqsadi o‘zining
o‘rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu
voqelikning jarayon va hodisalarini ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Shu o‘rinda qomusiy olim Abu Nasr Forobiyning ta’lim va tarbiya haqidagi ta’rifi
yodga tushadi: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni
birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar
fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bora-
di. Tarbiya esa amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malaka-
lardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni o‘rganishidir”[1].
Har bir bolaning dunyoga kelishi faqat tabiiy-biologik jarayon emas, balki u
ma’lum qobiliyat kurtaklari bilan tug‘iladi. Lekin u inson, shaxs sifatida oilada, turli
jamoalardagi faoliyatida ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi. Jamiyat rivojlan-
gani sari yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash ehtiyoji ham ortib boradi. Shu sabab-
li ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi, chunki
ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormasdan turib jamiyatni, davlatni, shaxsni rivojlantiris-
hni tasavvur qilib bo‘lmaydi[3].
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ja-
miyatda sodir bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yo‘li-
dan dadil yetaklovchi, harakatlantiruvchi ichki kuchga aylanmoqda. Respublikamiz
XOLOVA MOHINA XAYOT QİZİ,
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax
filiali talabasi
ARAKULOV GAYRAT TULKINOVICH,
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax
filiali o‘qituvchisi;
ZAMONAVIY
BILIMLARNI
EGALLASHDA
PEDAGOGIK
PSIXOLOGIYANING
AHAMIYATI
https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp219-221
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
220
mustaqillikka erishgach, yangi ijtimoiy tuzumning maqsadi, vazifalariga mos keladi-
gan va uni amalga oshiradigan kadrlarni tayyorlash ehtiyojidan kelib chiqib, ta’lim
va tarbiya tizimini yangilash vazifasi qo‘yildi. Shu sababli ta’lim davlatimiz ijtimoiy
taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, huquqiy maqomini oshi-
rish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, yangi tipdagi ta’lim muassasala-
rini tashkil etish va ularni eng ilg‘or texnika va texnologiya bilan jihozlash, xalqning
boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, taxnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlash-
ning mukammal tizimini shakllantirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, metod va vo-
sitalarini jahon miqyosidagi yutuqlar asosida davr talabiga mos takomillashtirish,
yoshlarga zamonaviy, raqobatbardosh kasb-hunar sirlarini o‘rgatish va ularning
bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalari uchun malakali kadrlarni tay-
yorlashda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” alohida o‘rin tutadi. Respublikamizda
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ishlay
boshlagan davr ichida mazkur qonun va dasturni amaliyotga joriy etish uchun ni-
malar qilindi? Respublika ta’limida nimalar o‘zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga
harakat qilamiz. Avvalo, ta’lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko‘zlagan bosh
maqsad respublikada o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol
g‘oyalari talablari asosida tashkil etish, jamiyatimiz qadam qo‘yayotgan yangi asr
ta’limining taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo‘lishini, eng muhimi,
jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlashdir[2].
Demokratik jamiyatda har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyanadi. Agar bola
erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albat-
ta, bilim kerak, ammo bilim o‘z yo‘liga, mustaqil fikrlash ham katta boylik. Hozirgi
zamon o‘quv muassasalarining vazifasi yosh avlodga mustaqil fikrlashni o‘rgatish-
dir, bu esa oila, bog‘cha, maktab, litsey va kasb-hunar maktablaridagi ta’lim-tarbiya
beruvchi shaxslarning zimmasiga katta mehnatni yuklaydi. Shu sababdan har bir
pedagog o‘z ustida tinmay izlanishi va mahoratini ishga solishi kerak.
Shuni aytish kerakki, yosh avlodga zamonaviy bilim berish, kasb-hunar o‘rgatish,
iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur qadriyatlar, ezgu
fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi turadi. Har qanday jamiyatda dars
jamiyat tomonidan ta’lim oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Darsning vazifalari ta’lim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil
shaxs borasidagi tushunchalari bilan qat’iylashadi.
Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari XX asrning
oxiri XXI asrning boshlarida butun insoniyat, yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar
taraqqiyoti uchun, ayniqsa, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yosh avlod uchun
misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib berdi. Mustaqillik sharoiti O‘zbekistonda fan-
ning rivojiga katta ijobiy ta’sir ko
‘
rsatdi. Avvalo, fanimiz strukturasi keskin o
‘
zgardi:
ma’naviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yo
‘
l ochildi,
binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy o
‘
quv
yurtlari, tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustahkam ilmiy aloqalar
o
‘
rnatdi. Buning natijasida tabiat va texnika-texnologiya haqidagi fanlarimiz ham
jahon andozasi darajasiga ko
‘
tarila boshladi. Olimlarimiz ilm-fanning dolzarb sohala-
rida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Yangi davr deb ataluvchi zamonda fanning
STARS International University
221
ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmog
‘
i va texnikaning nazariy
asosiga aylana boshladi. O‘zbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan munosib o‘rin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy islohot-
larni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa, ziyolilarning ma’naviy salohiyati,
o‘zgarishlarni to‘g‘ri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda il-
miy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o‘quv maskanlarida si-
fatli kadrlarni yetkazib berish masalasi hozirda dolzarb hisoblanadi. Mustaqilligimiz-
ning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning
buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni
zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ra-
vishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdiri-
ni ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan,
irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli insonlar
hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil fan-tex-
nika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi
yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish,
rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday
mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini
oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm- ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali
ahamiyat berilgan mamlakatda nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning xa-
yoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tar-
biyaga birinchi darajada ahamiyat berish, bu haqida qayg‘urish mamlakat va xalq
istiqbolini o‘ylash demakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Baxt-saodatga erishuv haqida”. Abu Nasr Forobiy. Risolalar
2. Umumiy pedagogika. Qism 1: darslik / O.Musurmonova Toshkent. Yoshlar
nashriyot uyi, 2020.-376 b
3. Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/ Z.T.Nishonova.
Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020, 418 bet.
4. Психология агрессивного поведения, Ильин Е., Питер, 2014. 35 с.
5. Захаров Л.И. Психотерапия неврозов у детей и подростков. Москва
2012239 с.