Pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida

CC BY f
54-56
8
11
Поделиться
Аракулов, Г. (2023). Pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarda muhim fenomen sifatida. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 54–56. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp54-56
Гайрат Аракулов, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola bugungi kunning muhim mavzularidan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual va psixologik rivojlanishida diqqatning dolzarblik darajasi hamda yosh tofasi inobatga olingan holda yoritilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

54

Annotatsiya:

Ushbu maqola bugungi kunning muhim mavzularidan bo‘lib, maktabga-

cha yoshdagi bolalarning intellektual va psixologik rivojlanishida diqqatning dolzarblik
darajasi hamda yosh tofasi inobatga olingan holda yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Pedagogik, diqqat, maktabgacha yoshdagi bola, psixik jarayonlar, shaxs,

diqqat barqarorligi, konsentratsiya, ta’lim-tarbiya.

Ta’lim-tarbiya haqida gapirganda bevosita Abdulla Avloniy bobomizning dono

fikrlari yodga tushadi: “Tarbiya, pedagogika – bola tarbiyasining fani demakdir. Bola-
ning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida mas-
lakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning
badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga
“yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib katta qil-
mog‘i lozimdir”. Darhaqiqat, qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bun-
day kadrlarni millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim
tizimidan boshlanadi.

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘i-

ni hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, in-
son o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini
5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va
barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyat-
ga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Ma’lumki bola axborot va ma’lumotlarni qabul qilishda uning diqqati muhim rol

o‘ynaydi. A.A. Lyublinskayaning ta’kidlashicha, diqqat aqliy faoliyatning alohida
shakli emas, balki u har qanday aqliy jarayonga kiradi va kattalar tomonidan to‘g‘ri
tashkil etilgan bolalar faoliyatining har xil turlarida takomillashtiriladi [1;267]. Makta-
bgacha yoshdagi bolalarda beqarorlik, impulsivlik, chalg‘ish, beparvolik, jalb qilishda
qiyinchilik va diqqatni bir obyektga nisbatan uzoq vaqt jamlashning qiyinligi hola-
ti ko‘p kuzatiladi, ularda ixtiyoriy diqqati keyinchalik shakllanadi. Diqqatni tashkil
etishdagi kamchiliklar intellektual faoliyatning rivojlanishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish

ARAKULOV GAYRAT
TULKINOVICH,

O‘zbekiston Milliy
Universiteti Jizzax filiali
o‘qituvchisi

PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK
MASHG‘ULOTLAR
MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARDA MUHIM
FENOMEN SIFATIDA

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp54-56


background image

STARS International University

55

ko‘nikmalarining nomukammalligi bilan bog‘liq. Psixologiyada diqqat muammosiga
doimo muhim o‘rin berilgan bo‘lib, shu bilan birga diqqat tushunchasining o‘zi fan
rivojlanishining turli davrlarida turlicha ta’riflangan. Diqqatning tabiatiga oid turli
qarashlar zamirida A.A. Osipova va L.I. Malashinskayalar shunday deydi: “Diqqat har
doim biror narsaga qaratiladi, bir obyektga bo‘lgan qiziqish bir vaqtning o‘zida bos-
hqasiga e’tibor bermaslikdir, diqqat o‘ziga xos kognitiv jarayon emas, u har qanday
bilish jarayoniga (idrok, tafakkur, xotira) xos bo‘lib, bu jarayonni tashkil etish qo-
biliyati vazifasini bajaradi” [2;104]. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, diqqat - bu
ma’lum bir obyektga tanlab qaratish va unga diqqatni jamlash, obyektga qaratilgan
kognitiv faoliyatni chuqurlashtirishdir [3;328]. F.N.Gonobolin so‘zlariga ko‘ra, diqqat
- bu aqliy holat bo‘lib, u kognitiv faoliyatning intensivligini tavsiflaydi va unga nisba-
tan tor sohadagi (harakat, obyekt, hodisa) kontsentratsiyasida ifodalanadi [4;160].

Yuqoridagi olimlar fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, diqqat aqliy faoliyatni tashkil

etishning psixik omillaridan biridir. Diqqat turli xil xususiyatlar, ya’ni hajm, taqsi-
mot, qat’iylik, konsentratsiya, intensivlik, tebranish va almashinish bilan tavsiflanadi.
Diqqatning har bir ko‘rib chiqilgan xususiyati o‘ziga xoslikka ega.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham diqqatni rivojlantirish kelgusi faoliyati uc-

hun zaruriy shart hisoblanadi. Shuning uchun diqqat shaxsning rivojlanish darajasini
umumiy baholashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bolada diqqat-
ni biror narsaga qaratib, ko‘rgan yoki eshitgan narsalarini xotirada saqlashi mumkin,
ammo ilgari qabul qilingan ma’lumotlardan yod ma’lumotlarni qabul qilganda unda
ikkilanish, tushunmovchilik holati yuzaga keladi. Bunday harakatlar asosan makta-
bgacha yoshdagi bolalarda ko‘p kuzatiladi. Ushbu yoshdagi bolaning diqqati uning
atrofdagi predmetlar va ular bilan amalga oshiriladigan harakatlarga nisbatan qi-
ziqishlarini aks ettiradi. Bola faqat qiziqish yo‘qolguncha diqqatini qaratadi. Yangi
obyektning paydo bo‘lishi darhol diqqatni unga o‘tkazishga olib keladi, shuning uc-
hun bolalar kamdan-kam hollarda uzoq vaqt davomida aynan bir faoliyatga nisbatan
diqqat qaratadi. Ammo, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining murakkablas-
hishi va ularning umumiy aqliy rivojlanishi tufayli diqqat ko‘proq konsentratsiya va
barqarorlikka ega bo‘ladi. Demak, aksar hollarda maktabgacha yoshdagi ba’zi bola-
lar bir xil o‘yinni 30 daqiqa davomida o‘ynashlari mumkin bo‘lsa, besh yoki olti yosh-
ga kelib, o‘yinning davomiyligi 2 soatgacha oshishi mumkin. Buning sababi shunda-
ki, o‘yin odamlarning yanada murakkab harakatlari va munosabatlarini aks ettiradi
va unga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda yangi vaziyatlarni joriy etish bilan qo‘l-
lab-quvvatlanadi. Boshqacha aytganda maktabgacha yoshdagi davrning oxiriga ke-
lib, ongli ravishda qo‘yilgan maqsad bilan, iroda sa’y-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
faol diqqatning boshlanishi paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi bolaning psixikasida
muhim neoplazma hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat yanada yaxshi rivojlana boshlaydi,
chunki bu davrda bola va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayoni ham faollashadi.
Bundan tashqari, bu yoshga kelib bolaning e’tibori nafaqat barqaror, hajm jihatidan
kengroq, balki samaraliroq bo‘ladi. Bu ayniqsa bolada ixtiyoriy harakatning shaklla-
nishida yaqqol namoyon bo‘ladi, bola o‘z e’tiborini ular uchun intellektual jihatdan
katta qiziqish uyg‘otadigan o‘yinlarga, harakatlarga, jumboqlarga, topishmoqlarga,
ta’lim turidagi vazifalarga qarata oladilar va natijada intellektual faoliyatga e’tibor-
ning barqarorligi yetti yoshga kelib sezilarli darajada oshadi.

Shunday qilib, pedagogik va psixologik mashg‘ulotlar davomida diqqat alohida

o‘rin egallaydi. U hayotda aqliy faoliyatning muhim jihati sifatida namoyon bo‘ladi


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

56

va bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, mehnat faoliyatining sifati va unumdorligi,
shaxsning o‘zini o‘zi namoyon etishi uchun zarur vosita hisoblanadi.

Tahlillarimiz natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat barqarorligini ta-

minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarni taklif etamiz:

•Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni interfaol va rangdor ko‘rgaz-

mali qurollardan foydalangan holda olib borish;

•“Art terapiya”, “Musiqa terapiya” mashg‘ulotlarini kun tartibiga kiritish;
•Aynan diqqati beqaror bolalarni aniqlab ularning ismlarini mashg‘ulot davomida

tez-tez takrorlash;

•Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda reglament-

ga qat’iy rioya qilish;

So‘z yakunida shuni alohida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda

diqqatni asosiy va muhim jihati shundaki, diqqatning barqarorligi bolada bilimlarni
tez va sifatli o‘zlashtirishda muhim omil sanalishi bilan bir qatorda, ushbu bilim va
ko‘nikmalardan foydalangan holda kelajakda yurt ravnaqi uchun muhim ijobiy o‘zga-
rishlar qila oladi deyish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yxati

1.Люблинская А.А. Детская психология: Учебное пособие. - М.: Просвещение,

1971. - 267с.

2.Осипова А.А., Малашинская Л.И. Диагностика и коррекция внимания. – М.:

ТЦ Сфера, 2002. - 104с.

3.Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. В 2-х т. - М.: Педагогика, 1989.

Т.1. - 488 с.; Т.2. - 328с.

4.Гоноболин Ф.Н. Внимание и его воспитание. - М.: Педагогика, 1972. - 160с.

Библиографические ссылки

Люблинская А.А. Детская психология: Учебное пособие. - М.: Просвещение, 1971. - 267с.

Осипова А.А., Малашинская Л.И. Диагностика и коррекция внимания. – М.: ТЦ Сфера, 2002. - 104с.

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. В 2-х т. - М.: Педагогика, 1989. Т.1. - 488 с.; Т.2. - 328с.

Гоноболин Ф.Н. Внимание и его воспитание. - М.: Педагогика, 1972. - 160с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов