Abdullaoripov she’riyatida tabiattasviri

6
41
Ulashish
Bozorboyev, N. (2022). Abdullaoripov she’riyatida tabiattasviri. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 252–254. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5570
Nodirbek Bozorboyev, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Turkiy tillar fakulteti 1-bosqich talabasi

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

This article analyzes the artistic aspects of the depiction of nature in the poems of the People's Poet of Uzbekistan Abdulla Aripov. Conclusions are made about the secrets of the harmony of image and poetic content.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

252

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TABIAT TASVIRI

Bozorboyev Nodirbek –

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar

fakulteti 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov, Nukus davlat pedagogika instituti Oʻzbek

adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

Annotation.

This article analyzes the artistic aspects of the depiction of nature

in the poems of the People's Poet of Uzbekistan Abdulla Aripov. Conclusions are
made about the secrets of the harmony of image and poetic content.

Keywords

: Uzbek poetry, Abdulla Aripov, nature and art.

Goʻzal va serjilo vohaning togʻli kengliklarida voyaga yetgan, ona tabiatning

betakrorligi va goʻzalligidan ilhomlangan, sodda va mehridaryo insonlar ichida
kamolga yetgan serqirra ijodkor, she’rlari bilan bashariyat koʻngliga kirib borgan
buyuk shoir, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov garchi oramizda boʻlmasalar-
da, ijodi hamon e’tiborimizdadir. „Belgiliki, insonning ruhiy holati va kayfiyatini
manzaralashtirish uchun ulkan iste’dod lozim. Bu jihatdan Abdulla Orif talanti
tengsiz qudratga ega“ [3, 658]. Shoir ijodiga nazar tashlasak, tabiatga oshuftalik,
tabiat bagʻrida voyaga yetgan inson ruhiyati va albatta xayoliy mavjlanishlarga guvoh
boʻlamiz. Shoirning she’rlarida tabiat lirikasi shu qadar jonli ifoda etiladiki, oʻquvchi
oʻzini shu muhitda, oʻsha manzarada yashayotgandek his qiladi:

Eh, siz togʻlar naqadar koʻrkam,
Sizga berar ilk nurin quyosh.
Par bulutlar marvarid qorlar,
Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh [1, 16].
Yuqoridagi misralarda aks etgan peyzaj (tabiat tasviri) xuddi rassom chizgan

suratdek oʻquvchi koʻz oʻngida namoyon boʻladi. Uchinchi misradagi qorga berilgan
oʻxshatish, ya’ni marvarid soʻzida qorning xuddi marvarid kabi tovlanishini sezish
mumkin. Nafaqat oʻxshatish balki tasvirlash mahoratiga e’tibor qaratadigan boʻlsak
togʻlarning yuksakligi tufayli bulutlarning togʻlar yelkasiga bosh qoʻyishi hamda
quyoshning ilk nuri ham unga talpinishini koʻrish mumkin. Shu she’rning oxirida
shunday tugallanma keladi:

Eh, siz togʻlar, dilrabo togʻlar,
Yosh qalbimni maftun etgansiz.
Yoshlik, baxtni kuylagin, deya,
Ijodimga ilhom tutgansiz.
Ushbu she’rga „1958“ deya sana qoʻyilgan. Qolaversa, anglash mumkinki,

ijodining boshida shoir tabiat manzaralarini ijtimoiy motivlarsiz – nekbin tarzda
tasvirlagan.

Shoir ijodi xilma-xil va rang-barang, unda hayot, ijod, inson tasviri va

qiyinchiliklar hamda shu bilan bir qatorda xayoliy tasvirlar tabiat kompozitsiyasi
bilan aloqador tarzda ifoda etiladi. Shoir ijodida tabiat lirikasi ustuvor ekanligini
shoirning oʻzi ta’kidlagan quyidagi fikrlardan ham bilish mumkin. „Qoʻngʻirtov
etaklari ming-ming xil oʻt-oʻlan, chuchmomo-qizgʻaldoqlar bilan qoplanar, atrof


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

253

tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari,
yulduzli osmon nihoyatda goʻzal boʻlardi. Tim qora osmonda qoʻl choʻzsang
yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turardi“ [2, 166]. Mana
shunday muhit, Olloh yuqtirgan qobiliyat tufayli „Porloq yulduzlarday kulgim
keladi“ deya orzu qilgan ijodkor sekin-asta ijod muhitining yetakchilaridan
biriga aylana boshladi.

Shoir ongiga tabiat tasvirining eng serjilo misralari quyilib kelgan, desak

mubolagʻa boʻlmaydi. Quyidagi she’rni fikrimiz isboti sifatida keltirsak:

Kapalakning uchishin uzoq,
Kuzatdim ham yurdim ortidan.
Qarshimizda gʻunchalar porloq,
Miltir shudring chaman sathidan.
Allaqayda kezib tinimsiz
Yigʻdik rosa zavq atirlarin.
Soʻngra baham koʻrdik ikkimiz,
Menga tegdi shu satrlarim. [1, 17]
Yuqoridagi „Kapalak va men“ she’rida shoir bir she’rning yozilishidagi holatni

ifodalagan, deya ayta olamiz. Bunda shoir uchun kapalak ilhom boʻlsa uning ketida
shoir zavq ila goʻzallik izlamoqda va shu asnoda she’r dunyoga keldi. Naqadar ajoyib
tarzda ifodalash uslubi shoirning yana bir bor mahorat ustasi ekanligidan dalolat
beradi. Sirtdan qaraganda oddiydek tuyulgan she’rdan quyidagi xulosalar chiqarish
mumkin: 1) Kapalak – oʻtkinchi umr ramzi; 2) Kapalak – goʻzal olam, goʻzal umrni
qadrlash ramzi; 3) Ana shunday manzaralar ta’siridagi hukm – shoirlikni tanlash.

Tongni ham osmonga tik boqib kutdim,
Kuzatdim birma-bir yulduzlarni ham.
Xayol daryosida oʻzni yoʻqotdim
Boshimdan koinot zar sochgani dam. [1, 20]
Yuqoridagi misralarda shoirning tabiat tasviri orqali oʻz kechinmalarini ifoda

etganini koʻrishimiz mumkin. Tong – bu misoli shoir kutgan orzular, maqsadlar,
uning roʻyobi uchun harakat qilib osmonga tik boqishi va atrofdagi yulduzlar esa
shoirning ishongan haqiqati, uning hayotni oʻz koʻzi bilan tasavvur qiluvchi bir
boʻlagi. Keyingi misrada yulduzlarni, ya’ni hayotni kuzatayotgan shoir xayollar
ogʻushida atrofdagi mayda ikir-chikirlar ichida qolib, oʻzini yoʻqotib qoʻyganini
ta’kidlaydi. Xuddi shu she’rning keyingi satrida esa:

Yulduzlar! Berkinmang tong tumaniga,
Ketmang koʻzlarimni yoshlab ketguncha.
Yakka suhbatdoshim, ketmagin Zuhram
Ketma, senga aytgan she’rim bitguncha.
Inson va, albatta, shoirning ham hayot yoʻli bor. Uning ham xato- kamchiliklari

mavjud. Xuddi shu asnoda yuqorida yulduzlar deya oʻz hayotiga, orzu umidlariga
da’vat qilayotgan shoir, orzularidan, hayotdan ajralib qolishini istamaydi –
„koʻzlarini yosh tomchilari ila“ qoldirib ketmasligini oʻtinib soʻraydi, hatto oʻsha
Zuhro yulduziga „men hali hayotni oʻzim yaratishim kerak“ hali oʻzi orzu qilgan
hayotga ya’ni hayot baytlarini yozgunicha u bilan suhbatdosh, sirdosh boʻlishi
haqidagi oʻtinchi bilan yakunlanadi:


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

254

Nimani xohlayman, istagim nima?
Changalzor shovqinin tinglab turaman.
Yaproqlar bandida kezgan jimgina,
Ma’yus va bezovta kuzni koʻraman.
Uning qoʻshigʻida uning ohida
Sezaman odamzod qalbin gohida. [1, 27]
Nazarimimizda, shu she’rdan boshlab tabiat tasviri zamiriga ijtimoiy ma’nolar

singdirila boshlagandek.

„Changalzor shovqini“, „ma’yus va bezovta kuz“

shoirning

shaxsiy hayotiga, hayot chigalliklariga ishora goʻyo.

Mangu yaxshilikning maskani qayda?
Qaydadir xazonni bilmagan bahor?
Nechun u hovliqib oqquvchi soyda,
Chavandoz umrining qaytmas sehri bor?!
Nechun uygʻonadi qaytadan bahor,
Nechun inson umri boʻlmagan takror?.. [1, 28-bet]
Darhaqiqat, hayot shundayki, unda bahor ham har yili qaytariladi. Ammo har

bahorda umrning qaytmas onlari chavandoz kabi yugurib oʻtadi. Hayotda faqat
oldinga intilish, uning gʻanimat ekanligini tushunish va inson umri hech qachon
bahor kabi qaytmasligi, hayotni yaxshi amallar va faqat eng chiroyli onlar bilan
bezash darkor ekanligi, faqatgina bahor kabi yam-yashillikka, goʻzallikka burkangan
xayollar ogʻushida umr oʻtkazishi kerakligi shoir qalbida takrorlanaveradi. Endi
she’rda bahor tasviri – shoshqin umr unsurlaridan biri. Xazon esa – umr poyoni. Bu
yerdagi tazod – yoshlik va oʻlim

ibtido va intiho haqida

eslatib turadi.

Akademik olim Matyoqub Qoʻshjonov ham haqli ta’kidlagan edi: „Hayotga

intilayotgan butun tabiat olami, boshiga har qanday kulfat tushmasin, yengaman,
oʻsaman, ulgʻayaman, koʻrkam boʻlaman deydi. Bu tabiat qonuni. Kichik bir she’rda
shu katta ma’noni sigʻdirish uchun hayotda olgʻa boqadigan, olgʻa boqib, uzoqlarni
koʻradigan, eng muhimi kuzatilgan voqeadan ma’no chiqara oladigan iste’dod
boʻlishi kerak edi. Abdulla yoshligidanoq oʻzini shunday iste’dod sifatida koʻrsatdi“
[4, 346].

Adabiyotlar:

1. Абдулла Орипов. Танланган асарлар. Биринчи жилд. – Т.: Ғафур

Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 2000. 432 б.

2. Абдулла Орипов. Танланган асарлар. Еттинчи жилд. Ғафур Ғулом

номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. – Т.: 2013. 300 б.

3. Қозоқбой Йўлдош. Очқич сўз. – Т.: Тафаккур, 2019. 688 б.
4. Қўшжонов М. Сайланма. Икки жилдлик. Биринчи жилд. –Т.: Ғафур

Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1982. 384 б.

5.

Матякупов, С. (2010). Шериятда диалог яратиш маҳорати. Тashkent,

“Муҳаррир.

Bibliografik manbalar

Абдулла Орипов. Танланган асарлар. Биринчи жилд. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 2000. 432 б.

Абдулла Орипов. Танланган асарлар. Еттинчи жилд. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. – Т.: 2013. 300 б.

Қозоқбой Йўлдош. Очқич сўз. – Т.: Тафаккур, 2019. 688 б.

Қўшжонов М. Сайланма. Икки жилдлик. Биринчи жилд. –Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1982. 384 б.

Матякупов, С. (2010). Шериятда диалог яратиш маҳорати. Тashkent, “Муҳаррир.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана