Типы конкуренции и модель 6а конкурентоспособности в маркетинге направлений

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
44-49
70
15
Поделиться
Ибрагимов, Н. (2015). Типы конкуренции и модель 6а конкурентоспособности в маркетинге направлений. Экономика и инновационные технологии, (3), 44–49. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/8317
Н Ибрагимов, Бухарский государственный университет

к.э.н., доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье теоретически обоснованы функциональная, видовая и межфирменная виды конкуренции в Дестинационном маркетинге, также освещена 6А модель конкурентоспособности дестинаций.

Похожие статьи


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

1

www.iqtisodiyot.uz

N.S. Ibragimov,

i.f.n., dots. BuxDU

DESTINATSION MARKETINGDA RAQOBAT TURLARI VA

RAQOBATBARDOSHLIKNING 6A MODELI

В статье теоретически обоснованы функциональная, видовая и

межфирменная виды конкуренции в Дестинационном маркетинге, также
освещена 6А модель конкурентоспособности дестинаций.

The article describes theoretical justification of direct, indirect and

replacement competition in Destination marketing, including 6A model of
competitiveness of destinations.

Kalitli soʻzlar:

destinatsion marketing, destinatsiyalararo raqobat turlari,

funksional, turdosh va ishlab chiqaruvchilararo raqobat.


Raqobat tor ma’noda, ma’lum sohada aniq maqsadga erishish uchun shaxslar

yoki xccjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi musobaqadir. Raqobat inson
faoliyatining barcha sohalarini oʻzida qamrab olib, oila, jamoa, sport va san’atda
namoyon boʻladi. Xoʻjalik yuritish sohalarida raqobat muhim oʻrin egallaydi.
Jumladan, 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik
faoliyatni cheklash va raqobat toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida
“Raqobat – xoʻjalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi boʻlib, bunda
ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi
tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir koʻrsatish imkoniyatini
cheklaydi” [1], deb ta’rif berilgan.

Raqobat hayot uchun kurashning qonuniy shakli sifatida tan olingan.

Bozordagi oʻz oʻrinlarini saqlab qolish uchun, raqobatchilarga nisbatan bozorda
yaxshiroq oʻrin egallashga intilish, iqtisodiy inqirozga uchramaslik maqsadi
tadbirkorlarni narxni pasaytirishga, mahsulot va xizmatlar sifatini uzluksiz
takomillashtirishga, sifatini kafolatlashga majbur qiladi [2].

Raqobat predmeti mahsulot va xizmatlar boʻlib, raqobatchilar ular orqali

iste’molchilar va ularning pul-mablag’lariga erishishga harakat qiladilar.

Raqobat obyekti iste’molchi yoki xaridor boʻlib, ularga erishish uchun oʻzaro

musobaqada boʻlgan tomonlar kurash olib boradilar.

Mahsulot va xizmatlar bozori marketingi nuqtai nazaridan raqobatning uch turi

mavjud:

1.Funksional raqobat,

bunda bittayu-bitta ehtiyojni turli vositalarda qondirish

mumkin. Masalan, oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyoj turli mahsulotlar evaziga, sayohatga
boʻlgan ehtiyoj turli sayohatgohlarda qondirilishi mumkin. Ma’lum ehtiyojlarni
qondirishni ta’minlaydigan barcha mahsulot va xizmatlar oʻzaro funksional
raqobatchilar hisoblanadi.

2.Turdosh raqobat

bittayu-bitta ehtiyojni qondirishga moʻljallangan ma’lum

parametr yoki xususiyatlari boʻyicha farqlanadigan mahsulot va xizmatlarning oʻzaro
raqobatlashuvida namoyon boʻladi. Masalan, ma’lum rusumdagi avtomobillarning


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

2

www.iqtisodiyot.uz

turli quvvatdagi dvigatelga ega boʻlishi, yoki joylashtirish muassasasiga boʻlgan
ehtiyoj mehmonxona, milliy uy, dala hovli va boshqa joylarda qondirilishi mumkin.

3.Ishlab chiqaruvchilararo raqobat

turli ishlab chiqaruvchilarning sifat va

xususiyatlari nuqtai nazaridan bir-birining oʻrnini bosuvchi mahsulot va xizmatlar
oʻrtasida namoyon boʻladi. Masalan, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif
qetiladigan bir xil sifatga ega boʻlgan sutli mahsulotlar, yoki 4 yulduzli turli
mehmonxona xizmatlaridan bahramand boʻlish.

Raqobatning ushbu nazariy konsepsiyaga asoslangan holda, fikrimizcha,

destinatsion marketingda uning quyidagi predmeti, obyekti va turlarini ajratish
mumkin:

Destinatsion marketingda raqobat predmeti

turistik hududlar boʻlib, turistik

taklif tizimlari shakllantirgan destinatsiyalar orqali mahalliy, milliy va xalqaro
darajadagi sayohatchilar (uyushgan yoki individual) va ularning pul-mablag’lariga
erishishga harakat qiladilar.

Destinatsion marketingda raqobat obyekti

sayohatchilar (uyushgan yoki

individual) boʻlib, ularga erishish uchun musobaqada boʻlgan destinatsiyani taklif
qiluvchi vositachilar oʻzaro kurash olib boradilar.

Destinatsion marketingda raqobat turlarini ham uchga ajratish maqsadga

muvofiq boʻlib, ular quyidagilarda oʻz aksini topadi:

1.

Destinatsiyalararo funksional raqobat

– turistik ehtiyojlarni qondirishga

moslashgan barcha infratuzilmaga ega boʻlgan turistik hududlar oʻrtasidagi raqobatda
namoyon boʻladi. Hududiy koʻlamiga binoan, destinatsiyalararo funksional raqobat
mahalliy, milliy va xalqaro darajada amalga oshadi. Masalan, mahalliy darajada,
Qashqadaryo viloyatida joylashgan dam olish maskanlari (

Miraki, Mingchinor,

Tartar ba h.k.

)ning oʻzaro raqobati. Milliy darajada Oʻzbekiston hududida mavjud

boʻlgan sayohat joylari (Samarqand, Zomin, Omonxona, Buxoro, Toshkent)ning bir-
biri bilan raqobatda boʻlishi. Xalqaro darajada esa, Ozbekistonning turistik hudud
sifatida boshqa turistik davlatlar (Fransiya, Italiya, Turkiya, Malayziya) bilan
potensial tashrif buyuruvchiga erishish maqsadidagi raqobati.

2.

Destinatsiyalararo turdosh raqobat

– bir-biriga oʻxshash turistik

maqsadlar (madaniy turizm, ziyorat turizmi, tabiat turizmi)ni qondirishga moslashgan
barcha infratuzilmaga ega boʻlgan hududlar oʻrtasidagi raqobatda namoyon boʻladi.
Destinatsiyalararo turdosh raqobat ham mahalliy, milliy va xalqaro darajada amalga
oshadi. Masalan, mahalliy darajada Toshkent shahridagi bir-biriga oʻxshash
xizmatlarni taklif qiladigan istirohat bog’lari (

Gafur Gulom bog’i, Milliy bog’, Bobur

bog’i

). Milliy darajada, Oʻzbekistonning turli hududlarida joylashgan, lekin bir xil

turistik ehtiyoj (tog’ yon bag’rida hordiq chiqarish)ni qondirishga moslashgan dam
olish maskanlari (Zomin, Miraki, Omonxona, Chorvoq, Oqtosh, Soʻqoq). Xalqaro
darajada esa madaniy turizmga qiziqadigan barcha potensial sayyohlarning xalqaro
turistik bozor taklif etiladigan ma’lum destinatsiyalarning oʻzaro raqobati. Ya’ni
Oʻzbekiston madaniy, me’moriy va tarixiy jihatdan mohiyatan oʻxshash resurslarga
ega boʻlgan boshqa turistik mamlakatlar bilan raqobatlashadi (Eron, Turkiya, Suriya,
Yaman va h.k.).

3.

Destinatsiyalarni taklif etuvchi vositachilar orasida raqobat

destinatsiyalar ikki mahsulot birligida shakllanib, bozorda taklif qilinadi va u yoki


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

3

www.iqtisodiyot.uz

turoperator tomonidan shakllantirilgan, uyushgan sayyohlar segmentiga moslashgan
turistik paket sifatida, yoki mahalliy, milliy va xalqaro darajada destinatsion
menejment kompaniyalari tomonidan shakllangan, individual sayyohlar segmentiga
moslashgan taklif sifatida namoyon boʻladi [3, 99-105].

Turizmning qaysi turiga ixtisoslashganligiga muvofiq, turoperatorlar ichki,

kirish yoki chiqish turizmlari bilan shug’ullanadilar. Demak, muvofiq ravishda,
oʻzaro oʻxshash turistik paketlarni taklif etadigan turoperatorlar ichki yoki xalqaro
kirish va chiqish turistik oqimlarini egallash maqsadida bib-biri bilan
raqobatlashadilar.

Destinatsion menejment kompaniyalari esa, davlat miqyosida turistik taklif

tizimlarini boshqarganliklari sababli, faqatgina xalqaro darajada sayyohlarni vujudga
keltiruvchi

bozorlarda

faoliyat

koʻrsatadigan

turoperatorlar

bilan

oʻzaro

raqobatlashadilar. Ya’ni Oʻzbekistonga sayohat qilishni taklif etadigan xorijiy
turoperator bilan ayni sayohatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan, Destinatsion
menejment kompaniyasi faoliyati natijasida shakllangan takomillashgan turistik taklif
tizimlari oʻzaro raqobatlashadilar.

Xullas, destinatsion marketingda raqobatning funksional, turdosh va

vositachilararo turlari mavjud boʻlib, ularni Ozbekiston destinatsiyalari misolida
jadval orqali quyidagicha talqin qilish mumkin (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Destinatsion marketingda raqobat turlari (Oʻzbekiston destinatsiyalari

misolida)

Raqobat turi

Raqobat koʻlami

mahalliy

milliy

xalqaro

1

2

3

4

Funksional

raqobat

Qashqadaryo

viloyati

Oʻzbekiston

Barcha mamlakatlar

Miraki dam olish

hududi

Samarqand

Oʻzbekiston

Shahrisabz shahri

Buxoro

Avstraliya

Turdosh

raqobat

Toshkent shahri

Oʻzbekiston

Barcha mamlakatlar

Bobur bog’i

Zomin

Oʻzbekiston

Milliy bog’

Chorvoq

Eron

Vositachilar

orasida

raqobat

Buxoro shahri

Oʻzbekiston

Barcha mamlakatlar

Buxoro shahridagi

turoperatorlararo

Milliy darajada

Buxoroga sayohatni

uyushtiruvchi

tuoperatorlararo

Oʻbekistonga sayohatni taklif

etuvchi turoperatorlararo

Buxoro

Destinatsion

Menejment

kompaniyasi

Buxoro Destinatsion

Menejment kompaniyasi

Oʻzbekistonning xorijdagi

destinatsion menejment

kompaniyalari


Manba: Tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmalari.

Demak, Oʻzbekiston destinatsiya (turistik hududlari)larning raqobat koʻlami

mahalliy, milliy va xalqaro darajada amalga oshadi. Mahalliy darajada, ma’lum


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

4

www.iqtisodiyot.uz

ma’muriy hudud chegarasida joylashgan destinatsiyalar oʻzaro raqobatlashsa, milliy
darajada, Oʻzbekistondagi barcha destinatsiyalar bir-biri bilan raqobatlashadi.
Xalqaro darajada esa, Oʻzbekiston destinatsiya sifatida boshqa turistik potensialga
ega hududlar bilan raqobatda boʻladi. Shunday ekan, mahalliy, milliy va xalqaro
darajada muvaffaqiyat qozonishda raqobatbardosh destinatsiyalarni shakllantira
oladigan turistik taklif tizimlarini boshqarish belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Ya’ni,
Oʻzbekistonda davlat miqyosida turizmni yanada rivojlantirish, mahalliy, milliy va
xalqaro destinatsiyalarni turistik paket sifatida (uyushgan turizm) taklif qiluvchi
turoperatorlar va destinatsiyalarning taklif tizimlari (individual turizm)ni
boshqaruvchi destinatsion menejment kompaniyalarining qanday faoliyat yuritishiga
bog’liq.

Aytish joizki, “Oʻzbekturizm” MKning ma’lumotlariga koʻra, ayni kunda

Oʻzbekistonda 559 ta turoperatorlar va 477 ta mehmonxona faoliyat olib bormoqda.
2013-yilda sohada toʻg’ridan-toʻg’ri 111 ming ishchi band boʻlib, aholi umumiy
bandligining 0,8 %ini tashkil etadi. Turizm sohasining bandlikda multiplikativ
samarasini hisobga olganda, 368,5 ming kishidan iborat boʻlib, umumiy aholi
bandligining 2,6 %ini tashkil qilgan[5]. Ushbu statistik ma’lumotlar, Oʻzbekistonda
turistik infratuzilma tez sur’atlarda rivojlanayotganidan dalolat beradi. Shakllangan
infratuzilmadan yuqori samarada foydalanish hamda yaratilgan ish joylarining
muntazamligini

ta’minlashda

Oʻzbekistondagi

turistik

hududlarning

raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadga muvofiq. Xorijlik mutaxassislarning
fikricha, destinatsiyalarning mahalliy, milliy va xalqaro darajada raqobatbardoshligi
ma’lum parametrlarga asoslanib, 6A modelida oʻz aksini topgan.

Destinatsiyalarning mahalliy, milliy va xalqaro darajada raqobabardoshligini

aniqlash 6A modeliga asoslanadi [3-4]. Ushbu model ingliz tilidagi 6A
raqobatbardoshlik kategoriyalarining bosh harflaridan olingan boʻlib, ular
quyidagilarda oʻz aksini topadi:

1.

Access

,

destinatsiyagacha kelish va uning ichida sayohat qilishning

oddiyligi.

2.

Attractions

,

diqqatga sazovor joylarning mavjudligi.

3.

Accommodation

,

joylashtirish muassasalarining mavjudligi.

4.

Amenities

,

integratsiyalashgan

taklifni

shakllantirishda

oʻzaro

raqobatlashuvchi barcha qoʻshimcha xizmatlar (ovqatlanish muassasalari, tijorat
markazlari va boshqalar)ning shakllanganligi.

5.

Ancillary services

,

tur va ekskursiyalarni tashkil etish, hamda mahalliy

davlat korxonalarining muntazam faoliyat yuritishi.

6.

Assemblage

,

turistik taklif tizimini tashkil etuvchi barcha korxonalar

oʻrtasida hamkorlik aloqalarini shakllantiruvchi faoliyatning yoʻlga qoʻyilganligi,
ya’ni turoperatorlar va Destinatsion menejment tashkilotlarining mavjudligi.

Dastlabki raqobatbardoshlik kategoriyasi (

access

) milliy darajada shakllangan

transport infratuzilmalarini mahalliy mijozlar uchun Oʻzbekiston hududida qulay
sayohat qilishga, xorijliklarning mahalliy tillarni bilmasliklarini e’tiborga olgan holda
sayohatini mustaqil uyushtirgan, gid va tuoperator xizmatlarini inkor qiladigan
tashrif buyuruvchilar segmentlariga moslashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni
taqozo etadi.


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

5

www.iqtisodiyot.uz

Ikkinchi raqobatbardoshlik kategoriyasi (

attractions

) diqqatga sazovor

joylarning mavjudligini bildirib, barqaror rivojlanishi hamda muntazam faolligini
ta’minlash uchun ularni asrab-avaylash, ziyon yetqazmaslik, haddan tashqari
ekspluatatsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi vazifalarni bajarishni talab etadi.

Oʻzbekiston nihoyatda katta turistik imkoniyatlarga ega. Bu, birinchi navbatda,

mamlakatimizdagi noyob madaniy yodgorliklardir. Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shahrisabz va boshqa qadimiy shaharlar mamlakatimizning koʻp ming yillik
tarixi in’ikosi va Buyuk ipak yoʻli oʻtgan muhim shaharlar hisoblanadi. Undan
tashqari, respublikamiz geografik jihatdan nihoyatda qulay, Markaziy Osiyoning qoq
oʻrtasida joylashgan. Oʻzbekistonda nihoyatda keng qamrovli tabiiy-iqlimiy jihatdan
diqqatga sazovor makonlar mavjud. Bu yerda turli iqlimiy hududlar: qumli sahro,
choʻl, tekislik vohalari, g`aroyib tog`lari va hatto subtropiklari mavjud.
Mamlakatning bioiqlimiy sharoiti turizm bilan faol shug`ullanishga keng sharoit
yaratib beradi. Sog`liqni tiklash va sport bilan yil davomida shug`ullanish mumkin.
Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan 9 ta milliy qoʻriqxonalar, istirohat bog`lari, tabiat
yodgorliklari, dendrologik va botanik bog`lar mavjud. Shunga qaramay, madaniy
turizm ayni paytda Oʻzbekiston uchun turizmning asosiy shaklidir. “Oʻzbekturizm”
MK ma’lumotlariga koʻra [6,8], Oʻzbekiston hududida hammasi boʻlib 4134 ta
tarixiy yodgorliklar mavjud boʻlib, shulardan 1548 ta memorchilik obyektlari va
2586 ta arxeologik yodgorliklardir.

Uchunchi raqobatbardoshlik kategoriyasi (

accommodation

) turistik resurslarga

boy hududlarda joylashtirish muassasalarining mavjudligini bildiradi. Bu masalada
oxirgi 20 yil ichida juda koʻp ishlar qilingan boʻlib, ayni kunga kelib respublika
miqyosida 477 ta mehmonxona “Oʻzbekturizm” MK litsenziyasi asosida faoliyat
yuritmoqda.

Toʻrtinchi raqobatbardoshlik kategoriyasi (

amenities

), integratsiyalashgan

taklifni shakllantirishda oʻzaro raqobatlashuvchi barcha qoʻshimcha xizmatlar
(ovqatlanish muassasalari, tijorat markazlari, teatr, kino, sport bilan shug’ullanish
maskanlari va boshqalar)ning mavjudligini bildirib, mavjud qoʻshimcha xizmatlarni
keng targ’ibot qilishni, turistik paketlarga yangi qoʻshimcha xizmatlarni kiritishni,
ularni tijoratlashtirish kanallarini yaratishni talab etadi.

Beshinchi raqobatbardoshlik kategoriyasi (

ancillary services

) tur va

ekskursiyalarni tashkil etish, hamda milliy va mahalliy davlat korxonalari xizmatlari
(telekomunikatsiya, pochta, ichki ishlar, tibbiyot)dan bahramand boʻlish imkoniyati
bilan barchani ta’minlashni bildiradi.

Soʻnggi raqobatbardoshlik kategoriyasi (

assemblage

) turistik taklif tizimini

tashkil etuvchi barcha korxonalar oʻrtasida vertikal va gorizontal hamkorlik
aloqalarini shakllantiruvchi faoliyatning yoʻlga qoʻyilganligi, huquqiy bazaning
shakllanganligi, ya’ni turoperatorlar va destinatsion menejment tashkilotlarining
mavjudligi bilan ajralib turadi.

Ayni kunda, milliy darajada 559 ta turoperator “Oʻzbekturizm” MK

litsenziyasi asosida tashkil qilingan turizm segmenti ehtiyojlarini qondirib kelmoqda.

Joriy qilish taklif etilayotgan destinatsion menejment kompaniyalari esa

marketing boshqaruv

organidirki, u Oʻzbekiston uchun turistik oqimlarni

shakllantirish va yoʻnaltirish faoliyatida bevosita qatnashadi. Tijorat qilish bilan


background image

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2015 йил

6

www.iqtisodiyot.uz

emas, balki hududda sayohatni amalga oshirishda tovar va xizmatlar, hamda turistik
jozibadorlik omillari haqidagi ma’lumotlarni yetkazish, ularni tanlash imkoniyatini
berish va ularga erishish (xarid qilish va yetkazib berish) kanallarini boshqaruvchi
marketing, aralash mulk asosida shakllanadigan tashkilotdir. U turistik oqimni
vujudga keltiruvchi bozorlarda oʻz hududida sayohat qilish imkoniyatlari bilan
potensial tashrif buyuruvchilarni tanishtirish va sayohat davomida barcha sayohatga
oid ma’lumotlar bilan ularni ta’minlashni oʻz oldiga maqsad qilib oladi. Oqibatda oʻz
sayohatini oʻzi boshqarishga moyil boʻlgan tashkil qilinmagan turizm segmentining
ehtiyoj va afzalliklariga moslashgan milliy va mahalliy turistik taklif tizimlari
shakllanadi.

Xullas, destinatsiyalar, birinchidan, mahalliy, milliy va xalqaro darajada

raqobatlashsa, ikkinchidan, ularning raqobatbardoshligi 6A modeliga asoslanadi.
Oʻzbekistonda bu kabi destinatsiyalarni shakllantirishning muhim omili ularni
raqobatbardoshlik 6A modelining barcha kategoriyalariga javob bera oladigan turistik
taklif tizimlarini joriy etish va menejmentning innovatsion konsepsiyalariga
asoslangan boshqaruv usullarini qoʻllash belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Ya’ni
vertikal va gorizontal integratsiyalashgan turistik taklif tizimlarini shakllantirish va
ularni destinatsion menejment tashkilotlari orqali boshqarish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻg‘risida”

Ozbekiston Respublikasi qonuni, 1996-yil 27-dekabr 355-I-son.

2.

http://osnmarketing.ru/index.php/konkurentnaya-sreda/87-ponyatie-i-vidy-

konkurentsii

[14.08.2014].

3. Ibragimov N.S. Destinatsion menejment: davlat miqyosida turizmni bozor

usulida boshqarish san’ati. –T.: Turon zamin ziyo. 2014. 148 bet.

4.Valentina Della Corte, Mauro Scierelli, Destination management e logica

sistemica: un confronto internazionale. G.Giapichelli Editore – Torino, 2012. 215 p.

5. Сафарова Н. Цепная реакция туризма. //Экономическое обозрение.

http://review.uz/ru/article/855

[15.08.2014].

6. Назарова Г., Хусанбаев Б., Ли Д., Стратегия развития туризма в

Узбекистане: экономический анализ возможностей и перспектив. -Т., 2000. - 87
с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов