Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
43
ZAMONAVIY IQTISODIY QARASHLAR PARADIGMASIDA FILLIPS EGRI
CHIZIG’INING BARQARORLIGI
Kurbonov Хayrilla Abdurasulovich –
TDIU “Moliya” kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.
Karimov Nodbrbek –
Huddersfild universiteti, Buyuk Britaniya, doctorant stajer,
Аnarqulov Аzizjon Davlatkulovich –
O’zR Milliy gvardiyasi XTI
kafedra boshlig’i muovini, podpolkovnik
Annotatsiya.
Ushbu maqolada inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi o’zaro dialеktik bog’liqlikni ifodalovchi Filips egri
chizig’i va uning modifikatsiyalari kеng tadqiq qilingan. Shuningdеk, iqtisodiy taraqqiyot paradigmasida Filips egri chizig’i
nazariyasining Oqilona kutishlar nazariyasini shakllanishining fundamеntal asosi sifatidagi tarixiy roli yoritilgan.
Таняч сўзлар:
Filips egri chizig’i, inflyatsiya, tanlovlar mеnyusi, ishsizlik, Fеdеral zahiralar tizimi, narxnining stabil
darajasi, nominal ish haqi, Fridman-Fеlps gipotеzasi, Istеmolchi narx indеksi, Keynsning fiskal va pul siyosatlari.
Аннотация.
В этой статье широко изучена кривая Филлипса и ее модификации, которые описывают
взаимозависимость между инфляцией и безработицей. Также обоснована историческая роль теории кривая
Филипса как фундаментальный основа в формирование теории рациональных ожиданий в парадигмах
экономических цивилизацией.
Ключевые слова:
кривая Филлипса, инфляция, меню выбора, безработица, система Федерального резерва,
стабильность цен, номинальная заработная плата, гипотеза Фридмана-Фелпса, индекс потребительских цен,
кейнсианская фискальная и денежно-кредитная политика.
Annotation.
This article has extensively studied the Phillips curve and its modifications, which describe the
interdependence between inflation and unemployment. The historical role of the Phillips curve theory is also substantiated as a
fundamental basis for the formation of the theory of rational expectations in the paradigms of economic civilization.
Keywords:
Phillips curve, inflation, choice menu, unemployment, Federal Reserve system, price stability, nominal
wages, Friedman-Phelps hypothesis, consumer price index, Keynesian fiscal and monetary policy.
Oxirgi yarim asrdan ko’proq muddat davo-
mida Filips egri chizig’i (FECh) empiric tatqiqot-
lar vositasida o’rganib kelingan va o’tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab dunyoning rivojlan-
gan davlatlari Markaziy Banklari tomonidan
prognoz vositasi sifati ishlatilgan. 1960-yillarda
ayniqsa AQShda FECh makroiqtisodiy barqaror-
lik diagnostikasida asosiy ko’rsatkich vositalari-
dan biriga aylangan. Chunki Keynsning pul va
fiskal siyosatlari bilan birga FECh hukumatga
tanlovlar menyusi’ tarzida taqdim etilgan, ya’ni
inflyatsiyta va ishsizlik o’rtasidagi “kompro-
miss”ni (trade-off) manipulyatsiya qila olish im-
koniyatini bergan[1;2].
1970-yillarga kelib siyosatchilar e’tibori-
dan chetga chiqib qolganiga qaramay, FECh ol-
dingidan kichikroq darajada bo’lsada tez orada
o’z ahamiyatini tiklab oldi, va xozirgacha jahonda
inflyatsiya va ishsizlikmi o’zaro tasiriga asoslan-
gan holda prognoz qilishning muhim uslubiy
asoslaridan biri sifatida ishlatilib kelinadi[3].
FEChning ilk ko’rinishi oddiy inflyatsiya va ish-
sizlik o’rtasidagi munosabat ko’rinishida bo’lgan.
Lekin keyinchalik uning turli xildagi modellari
rivojlantirilgan. FEChni nafaqat inflyatsiya va
ishsizlik, balki inflyatsiya va iqtisodiy sustlik kabi
munosabat sifatida ham qaralishi mumkin. Masa-
lan, FEChning modellaridagi ishsizlik bo’shlig’i
kabi o’zgaruvchilar o’zlarining ‘proksi’si bo’lgan
YAIM bo’shlig’i bilan ham alamshtiriladi[1;4].
FEChning barqarorligi har doim o’zining tanqid-
chilari tomonidan munozaraga sabab bo’lib ke-
lingan va ko’pchilikning fikricha “Ulkan Barqa-
rorlik” (The Great Moderation) davridan boshlab
FEChning barqarorligi zaiflashib kelmoqda chun-
ki ayrim iqtisodchilarning fikricha egri chiziq te-
kislashib borgan [4;5;6].
Bundan tashqari, inflyatsiyani prognoz qi-
lishda inflyatsion saqlanuvchanlik tushunchasi
ham keng miqyosda bahslarni keltirib chiqargan.
Inflyatsiyaning shakllanishida oldingi yillar ta’si-
ri yohud inflyatsiya faqatgina progressiv kutish
oqibatida shakllanishi hali ham mutlaq isbotni
talab qilmoqda. Aynan mana shu savol FEChning
ikki turli yo’nalishlarda: asosiy oqim va yangi
Keynes FECh modellari, rivojlanib kelayotgani
sabablaridan biridir[1]. Bularning birinchisiga
ko’ra FECh modellari moslashgan (adaptive) ku-
tish asosida, ikkinchisiga ko’ra esa FECh prog-
ressiv kutish asosida shakllantirilishi lozim.
Ushbu maqolada AQShda FEChni 1949 va
2016 yillargacha blo’gan davrlarda barqarorligi
tеstini amalga oshirishga urindik. Biz FEChning
stabilligini tekshirgan holda uning inflyatsiyani
prognoz qilish vositasi bo’la olish imkoniyatlari-
ni aniqlashga urindik. Shuningdek, ushbu ishda
МАКРОИҚТИСОДИЙ СИЁСАТ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
44
to’rt turdagi FECh modellaridan foydalanilish
tufayli, regressiya natijalariga asoslanib AQShda
inflyatsion saqlanuvchanlikni hamda uning o’r-
ganilayotgan muddat davomidagi ehtimoliy o’z-
garishlarni ham tatqiq qildik.
Ushbu ishda FECh modellarining sodda
versiyalari OLS metodi bilan ishlatiladi. Atkenson
A. va Ohanian L.E. ta'kidlashlaricha[6], odatda
sodda modellardan olingan natijalar Federal Za-
hiralar tizimining mukammal ekonometrik mo-
dellariga asoslangan natijalardan farqi deyarlik
yo’q. FEChning batafsil xronologik ma’lumotlari
berilgan bolib, unda FEChning yillar davomida
shakllantirilgan modellari va ularning shakllani-
shiga sabablar tahlil qilingan
A.U. Fillips (1958) Birlashgan Qirollikda
1861-1957 yillar davomida yig’ilgan dataga asos-
langan xolda ishsizlik va ish haqi inflyatsiyasi
o’rtasida kuchli manfiy munosabatni topadi va
bu ish tez orada makroiqtisodiyotda eng ko’p
bahslashilgan mavzulardan biriga aylanadi.
Uning muhim xulosasi shundan iboratki, o’zining
uzoq muddatli egri chizig’iga asoslangan holda,
narxning ‘stabil darajasi’ ga erishish uchun ish-
sizlik 2.5% darajada bo’lishi kerak [7, 299 b.].
Ammo, Fillips hech qanday siyosiy taklifni olg’a
surmagan[1]. U ishlatgan munosabatning formu-
lasi juda ham oddiy bo’lgan:
bunda,
nominal ish haqi darajasidagi
o’zgarishni ko’rsatadi va ishsizlikni bildiradi.
Keyinchalik, P.A. Samuelson va R.M. Solow-
lar[8] ilmiy ishlaridan so’ng inflyatsiya va ishsiz-
lik o’rtasidagi munosabat Fillips egri chizig’i
(FECh) deb atala boshladi. Ular Fillipsning ishini
AQSh misolida takrorlashadi. Nominal ish haqi
ko’rsatkichini ular o’z formulasida inflyatsiya
(Iste’molchi Narx Indeksi) bilan almashtirishdi:
bunda,
hozirgi narx inflyatsiyasi daraja-
si, ya’ni o’tgan yilgi narx darajasiga nisbatan
o’zgarishdir. Ayni Birlashgan Qirollikdagi singari,
AQSh misolida ishlatilgan data lardan bir xil nati-
jalar olingan, ya’ni ikki makroiqtisodiy ko’rsat-
kich o’rtasida manfiy korrelyatsiya mavjud va
faqatgina Jahon Urushlari va Buyuk Depressiya
paytlari bundan mustasno bo’lgan holos. Fillips
bilan bir xil natijaga erishgan P.Samuelson va
R.Solowlar[8] inflyatsiya va ishsizlik o’rtasida
stabil munosabat bor deya xulosa qilishdi va ular
Fillips qilmagan ishni yani siyosiy taklifni olg’a
surishganlar. Ularning AQSh hukumatiga bergan
taklifiga ko’ra, AQSh davlati “5-6 foiz” ishsizlik
darajasiga bardosh bera olsa inflyatsiyani 0 foiz-
ga tushirish imkoni mavjud va ayni paytda huku-
mat ishsizlik darajasini 3 foizga tushurishi mum-
kin agar “4 yoki 5 foiz” darajadagi inflyatsiyaga
toqat qilsa[8, 192-b.]. Boshqacha qilib aytganda,
ularning ishi inflyatsiya va ishsizlik o’rtasida
kompromis borligini xulosa qilganlar va siyosat-
chilar bundan barqaror iqtisodiyotga erishish
yo’lida foydalana olishlari mumkinligini taklif qi-
lishgan. Chunki, Keynsning ekspansion (kengay-
tiruvchi) va kontraktsion (qisqartiruvchi) siyosa-
tini mos holda qo’llash orqali, ishsizlik yuqori
bo’lsa uni inflyatsiyani biroz ko’tarish yoli orqali
kamaytirish mumkin, ayni paytda yuqori inflyat-
siya og’ir ishsizlikni boshdan kechirish orqali
pasaytirilishi mumkin.
0
1
2
3
4
5
3
4
5
6
7
8
Unempl oyment (%)
In
fla
tio
n
(%
)
1-rasm. Klassik Phillips egri chizig'i platformasi, 1959-1969
Manba:
Data FRED ma’lumotlar bazasidan olingan va EViews8 orqali Figura hosil qilingan.
Bu shuni anglatardiki, hukumat o’z istakla-
riga mos bo’lgan ishsizlik va inflyatsiya darajala-
riga FECh vositasi yordamida erisha oladi. 1960
yillarda FECh makroiqtisodiy vosita sifatida keng
tanildi chunki “FECh kompromisi siyosatchilarga
tanlovlar menyusini taqim etayotgandek ko’ril-
gan”[1]. AQShning Kennedi-Jonson hukumati
ostida kompromis juda ham yaxshi ishladi, Key-
nesning fiscal va pul siyosatlarini ishlatgan holda
hukumat ishsizlik darajasini ancha past ko’rsat-
In
ly
at
si
ya
,
%
da
МАКРОИҚТИСОДИЙ СИЁСАТ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
45
kichlarga tushira olishgan va ayni paytda inflyat-
siyani ancha ko’tarilishiga yo’l qo’yib berish-
gan[9]. Quyidagi rasmda 60-yillarda FECh komp-
romisining qanchalik stabil bo’lganligini ko’rishi-
miz mumkin.
Keyinchalik, ko’pchilik tomonidan P.Samu-
elson va R.Solow siyosatchilarga FECh kompro-
misini foydalanishni taqdim qilganlari tufayli
tanqid ostida qolishgan bo’lsada[1], P.Samuelson
va R.Solow [8] egri chiziqning uzoq muddatda
barqaror bo’lishini qo’llashganmi yoki yo’qmi
munozarali holat sifatida qolganligi ta’kidlana-
di[10]. Lekin, ularning ishlaridan keyingi ilmiy
ishlarda ko’plab iqtisodchilar va Keynschilar to-
monidan FEChni uzoq muddatda ham barqaror
deb qabul qila boshlashgan[11]. Hattoki, FECh-
ning hisoblangan parameterlari makroiqtisodiy
siyosatda hatto o’zgarmas (constant) sifatida
qabul qilingan.
60-yillar oxirlariga kelib egri chiziqning
barqarorligiga qarshi tanqidlar ko’paya boshladi.
Iqtisodchilar egri chiziqni uzoq muddatda barqa-
ror bo’lishligini savol ostiga ola boshlashdi.
E. Phelps[12] va Milton Friedman[13] uzoq mud-
datda FEChning kompromisi barqarorligini rad
etishdi va ularning fikricha inflyatsiya bu nomi-
nal hodisa, ishsizlik esa real hodisadir. Ularning
xulosalariga ko’ra, chiziqning egriligi faqatgina
qisqa muddatlidir, uzoq muddatda esa FECh ver-
tikal holatda bo’ladi chunki vaqtinchalik komp-
romis yo’qolganidan so’ng, ishsizlik o’zining ta-
biy darajasiga (NAIRU - non-accelerating infla-
tion rate of unemployment) qaytadi. Ayni paytda
Keyns siyosati orqali ko’tarilgan inflyatsiya dara-
jasi orqaga qaytmaydi[14].
Ularning qarashlari o’sha davrda keng
miqyosda qabul qilinmagan bo’lsada, FEChning
tez orada buzilishi ko’pchilik iqtisodchilarni
tezda jalb qildi (2-rasm).
0
2
4
6
8
10
12
14
3
4
5
6
7
8
9
Unempl oyment (%)
In
fla
tio
n
(%
)
2-rasm. Klassik Phillips egri chizig'i platformasi, 1969-1979
Manba:
Data FRED ma’lumotlar bazasidan olingan va EViews 8 orqali diagramma hosil qilingan.
Otgan asrimizning 70-yillarida AQShdagi
stagflyatsiya (Iqtisodiyotdagi “Stagnatsiya” bilan
“inflyatsiya” parallеl ravishda kuzatiladi) deb
atalgan hodisa oqibatida FEChning barqarorligi
qattiq tanqidlar ostida qolib ketdi[9]. Huddi
Friedman va Phelpslar ta’kidlashganidek Keyns-
ning fiskal va pul siyosatlari samarasiz bo’lib qol-
di. Chunki ishsizlikni tushurish uchun qilingan
harakatlar inflyatsiyani “parvoz” qilishiga olib
keldi va ayni paytda ishsizlik darajasi o’zgarish-
siz qolar edi.
M.Friedman[13] va E.Phelps[12] inflyat-
siya-ishsizlik o’rtasidagi ehtimoliy kompromisda
“kutish” tushunchasining ahamiyatiga urg’u be-
rishgan. Ularning gipotezasiga ko’ra kutish no-
to’g’ri (yoki kutilmagan) bo’lsagina[15] qisqa
muddatli kompromis mavjud bo’ladi va quyidagi
formula ularning
kengaytirilgan kutish
FEChning
sodda ko’rinishini ifodalashi ta’kidlanadi:
(3)
bu yerda,
va
mos ravishda kutila-
yotgan inflyatsiya va ishsizlikning tabiiy daraja-
sidir. Ikki olimning tanqidiga ko’ra vaqtinchalik
FECh kompromisi faqatgina
kutilmagan inflyat-
siya
va ishsizlik o’rtasida mavjud. Ya’ni, toki
, ishsizlik darajasi
o’zining tabiiy da-
rajasi
dan pastroq bo’ladi. Ammo, odamlar
yangi narxlarga moslashib olishlari bilanoq ish-
sizlik o’zining tabiiy darajasiga qaytadi. O’sha
davrda
uchun
moslashuvchan
(adaptive) me-
xanizm qo’llanilgani uchun[9], formula
orqa-
nazar soluvchi
(backward looking) tavsifga ega
bo’lgan va undagi
ko’rsatkichi
(ya’ni ol-
dingi yilning inflyatsiya darajasi) bilan almash-
tirilgan:
Inf
lya
tsi
ya,
%
da
Ishsizlik,% dа
МАКРОИҚТИСОДИЙ СИЁСАТ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
46
(4)
(4) formula shuni ko’rsatadiki, demak,
FECh endi inflyatsiya-ishsizlik munosabati emas,
balki bu yangi munosabat va u inflyatsiya daraja-
sidagi o’zgarish va ishsizlik o’rtasidagi munos-
batni ifodalaydi.
(4) ga binoan,
ni
dan pastroqda ush-
lash uchun, inflyatsiya har yili oldingi yilga nis-
batan yuqoriroq bo’lishi lozimligi ta’kidlanadi
[16]. Bundan ko’rinib turibdiki, uzoq muddat
ishsizlikni o’zining tabiiy darajasidan past dara-
jada ushlab turishga faqatgina to’xtovsiz o’suvchi
(accelerating) inflyatsiya orqali erishish mumkin.
Shuning uchun ham bu usulni yoqlovchilar
“akseleratsionistlar” deb ham atalgani bejiz emas
[15]. Biroq, ikkala olim ta’kidlashganlaridek, eks-
pansion siyosat to’xtalishi bilanoq ishsizlik o’zi-
ning tabiiy darajasiga qaytadi, ammo inflyatsiya
esa o’zining avvalgi darajasidan ancha yuqori-
roqda bo’ladi.
Kutish tushunchasi makroiqtisodiyotda
muhim rol o’ynay boshlagandan keyin, iqtisod-
chilar oqilona (idrokli) kutish ustida ham ishlay
boshladilar. Kutishni oqilona modellashtirish
birinchi marta Muth [17] tomonidan joriy etilgan
bo’lsada,
Ratsional kutish
yohud
progressiv kutish
yondashuvi FEChga ham qo’llanilgan va bu yon-
dashuv Sargent T.J. (1971) va Lucas[19] va bosh-
qalarning ishlariga asoslangan deb qaraladi. Rat-
sional kutish tarafdorlari qisqa muddatli davr
ichida FECh kompromisi mavjudligini mutlaq rad
etishadi[15]. Bu yondashuvga ko’ra, insonlarning
kutishlari faqatgina oldingi yillar inflyatsiyasiga
bog’liq emas, aksincha ular ratsional tarzda bar-
cha mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda
o’zlarining inflyatsion kutishlarini shakllantiri-
shadi[2]. Ratsional kutishga ko’ra, odamlar joriy
iqtisodiy vaziyatni ratsional tarzda baholashadi
va FECh kompromisiga nisbatan qanday siyosiy
choralar tatbiq qilinishi mumkinligini oldindan
bashorat qilishga urinishadi[11]. Shu sabadan,
siyosatchilar pul siyosati yordamida istiqbolda
FECh kompromisidan foydalanishidan avval,
odamlar istiqboldagi narx darajasiga nisbatan
o’zlarining kutishlarini allaqachon o’zgartirib
bo’lgan bo’lishadi. Oqibatda, ilgari ta’kidlangani-
dek, agar kutilmagan inflyatsiya mavjud bo’lma-
sa qisqa muddatli FECh kompromisi to’liq natija-
ni bermaydi. Siyosatchilar tarafidan inflyatsiyani
ko’tarish orqali ishsizlik darajasini tushurish
uchun qilingan barcha urunishlar yordam ber-
maydi, aksincha faqatgina narxlarning ko’tarili-
shiga olib keladi. Ya’ni, “real o’zgaruvchilarni
avvaldan kutilgan pul siyosati bilan o’zgartirish-
ning” natijasi samarasiz bo’ladi va bu holat
“samarasiz siyosiy taklif” nomini olgan [19;1].
AQShda 1970-yillardagi stagflyatsiya feno-
meni oqibatida inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi
munosabat musbat bo’lib qoladi (2-rasm) va
endi nafaqat uzoq muddatli balki qisqa muddatli
manfiy FECh kompromisi ham g’oyib bo’lganligi-
ni ko’rish mumkin[1]. Asosan stagflyatsiya va
samarasiz siyosiy taklif
lar natijasida ‘FECh ta’li-
moti ikki turli xil yo’nalishlarga bo’linadi’ [1, 21].
Birinchi yo’l, asosiy FECh modeli oqimi
bo’lib, bunda asosan taklif shoklari va o’tgan
inflyatsiya yoki inertsiyaning ahamiyati muhim
rol o’ynaydi. 70-yillardagi musbat inflyatsiya-ish-
sizlik holatini ular o’sha davrdagi taklif shoklari
natijasida bo’lganligini ta’kidlashadi[1]. Quyida
asosiy oqim modeli formulasining ko’rinishi be-
rilgan:
(4)
Bu erda kengaytirilgan kutish FEChi (3)
bilan bir xil bo’lib unga taklif shokini ko’rsatuv-
chi
qo’shilgan. Ayni paytda, muqobil Yangi
Keynschilar FEChi (NKPC) yo’nalishi inflyatsiya-
ni ratsional kutish, pul va fiskal siyosatlarni o’z
ichiga olgan holda (1) taklif shokini e’tiborsiz
qoldirishadi:
(5)
Bunda,
kutilgan inflyatsiyani
angla-tadi (progressiv). Bu model asosan Fischer
(1977) va Taylor (1980) hamda Calvo (1983)
larning ishlariga asoslanib yaratilganligi e’tirof
etiladi.
Keyinchalik, Gali va Gertler (1999) tomoni-
dan ‘gibrid’ (hybrid) NKPC deb ataluvchi yonda-
shuv rivojlantirilgan. Ularning modeli o’tgan va
istiqboldagi kutilgan inflyatsiyalarni o’z ichiga
oladi:
(6)
Ularning aniqlashlaricha istiqbolli kutish
ning qiymati o’tgan inflyatsiya
ning
qiymatidan yuqoriroq va shuning uchun ham is-
tiqbolli kutilgan inflyatsiyaning asl inflyatsiyada
ahamiyati kattaligini ko’rsatishgan (Gali & Gert-
МАКРОИҚТИСОДИЙ СИЁСАТ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3
47
ler, 1999; Gali, Gertler & López-Salido, 2001;
2005). Shunga qaramay bu model ham asosiy
oqim modeli tarafdorlari tomonidan tanqid qilin-
gan (Gordon, 2011). Gibrid modelining eng katta
tanqidi Rudd va Whelan (2005, 2006) ishlarida
keltirilgan bo’lib, ularning xulosasiga ko’ra istiq-
bolli kutish inflyatsiyasi inflyatsiya dinamikasida
hech qanday muhim rol o’ynamaydi.
Xulosa.
Makroiqtisodiyotda inflyatsiya va
ishsizlik o’rtasidagi munosabat juda ham muhim
ro’l o’ynaydi va ushbu masalada ko’plab ilmiy
ishlar mavjud bo’lsada ularning barchasi ma’lum
makroiqtisodiy muhit shart-sharoitlariga asos-
langan. Chunki iqtisodchilar, pul hajmining o’zga-
rishi, monetar siyosat indikatorlariga nisbatan
real o’zgaruvchi bo’lgan ishsizlikka nisbatan
ehtimoliy oqibatlarini aniqlashga urinishgan. Fil-
lips egri chizig’i (FECh) ushbu ikki o’zgaruvchilar
o’rtasidagi munosabatni namoyish qiluvchi ta’-
limotdir.
Manba va adabiyotlar ro`yxati:
1.
Gordon, R. J. (2011). The history of the Phillips curve: consensus and bifurcation. Economica, 78(309), 10-50. doi:10.1111/j.1468-
0335. 2009.00815.x
2.
Hornstein, A. (2008). Introduction to the new Keynesian Phillips curve. Economic Quarterly, 94 (4), 301-309. Retrieved from
3.
Llaudes, R. (2005). The Phillips curve and long-term unemployment. Working Paper Series, No. 441, ECB. Retrieved from
4.
ECB. (2014). The Phillips curve relationship in the euro area. Monthly Bulletin, No. 441, pp. 99-114
5.
Montoya, L.A. & Döhring, B. (2011). The improbable renaissance of the Phillips curve: The crisis and euro area inflation dynamics.
Economic Papers, No. 446, October, EU. Retrieved from: http://ec.europa.eu/economy_finance
6.
Atkeson A. & Ohanian L.E. (2001). Are Phillips curves useful for forecasting inflation? Federal Reserve Bank of Minneapolis
Quarterly Review, 25(1), 2-11. Retrieved from http://library.hud.ac.uk/summon
7.
Phillips, A. W. (1958). The relation between unemployment and the rate of change of money wage rates in the United Kingdom,
1861-1957. Economica, 25(100), 283-299. doi:10.1111/j.1468-0335.1958.tb00003.x
8.
Samuelson, P. A., & Solow, R. M. (1960). Analytical aspects of anti-inflation policy. The American Economic Review, 50(2), 177-194.
Retrieved from http://library.hud.ac.uk/summon
9.
King, R. G. (2008). The Phillips curve and U.S. macroeconomic policy: Snapshots, 1958-1996. Economic Quarterly, 94(4), 311-359.
Retrieved from
10.
Forder J. (2010). Economists on Samuelson and Solow on the Phillips curve. June 24, 2015
11.
Lacker J.M. (2007). President’s message: Lessons of the Phillips Curve. Retrieved from https://www.richmondfed.org. on 21.06.2015
12.
Phelps, E. S. (1967). Phillips curves, expectations of inflation and optimal unemployment over time. Economica, 34(133), 254-284.
doi: 10.2307/2552025
13.
Friedman M. (1968). The role of monetary policy. The American Economic Review, 58(1), 1-17. Retrieved from
http://library.hud.ac.uk/summon
14.
Friedman M. (2006). Tradeoffs in Monetary Policy. Retrieved from http://web.stanford.edu/~johntayl/Friedman2006.pdf on June
24, 2015
15.
Fischer S. (1977). Long-term contracts, rational expectations, and the optimal money supply rule. Journal of Political Economy,
85(1), 191-205. doi:10.1086/260551
16.
Humprey, T.M. (1985). The early history of the Phillips curve. Economic Review, (Sep/Oct), Federal Reserve Bank of Richmond, 17-
24. Retrieved from https://www.richmondfed.org.
17.
Muth, J. F. (1961). Rational expectations and the theory of price movements. Econometrica, 29(3), 315-335. Retrieved from
http://library.hud.ac.uk/summon.
18.
Sargent, T. J. (1971). A Note on the "Accelerationist" Controversy. Journal of Money, Credit and Banking, 3 (3), 721-725. Retrieved
from http://www.jstor.org/stable/1991369
19.
Lucas, R. E. Jr. (1972). Expectations and the neutrality of money. Journal of Economic Theory, 4, 103-124. Retrieved from
http://old.econ.ucdavis.edu
20.
Ball, L. & Mazumder, S. (2015). A Phillips curve with anchored expectations and short-term unemployment. IMF Working Paper,
No. 15/39. Retrieved from https://www.imf.org
21.
Bernanke, B. (2010):
The Economic Outlook and Monetary Policy
.
Speech at the Federal Reserve Bank of Kansas City Economic
Symposium, Jackson Hole, Wyoming. Retrieved from http://www.federalreserve.gov
XУФИЁНA ИҚТИСOДИЁТ – ГЛОБАЛ МУАММО СИФАТИДА
Исраилова Дилфуза Каримовна –
Андижон машинасозлик институти, и.ф.н.
Аннотация.
Мақолада хуфиёна иқтисодиёт миқёслари, унинг асосий соҳалари, ривожланиш сабаблари ҳамда
оқибатлари ёритилган.
Калит сўзлар:
хуфиёна иқтисодиёт, яширин иқтисодиёт, норасмий фаолият, сохта иқтисодиёт, солиқ
тизими, трансакцион ҳаражатлар.
Аннотация.
В статье описаны масштабы, основные секторы, причины развития, а также последствия
теневой экономики.
Ключевые слова:
теневая экономика, скрытая экономика, нелегальная экономика, фиктивная экономика,
трансакционные затраты.
Annotation:
The article describes the scale, the main sectors of the shadow economy, and the consequences of it.
Keywords:
shadow economy, hidden economy, illegal economy, fictitious economy, transaction costs.
МАКРОИҚТИСОДИЙ СИЁСАТ