www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
36
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA O‘RTA MUDDATLI
INFLYATSION TARGETLASH REJIMIGA O‘TISHNING AHAMIYATI
Jiyanov Uktam Panjiyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
To
‘
lqunova Durdonaxon Ravshan qizi
O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli davrda inflyatsiyani
pasaytirib, iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishining
mamlakatdagi holati, bu maqsad yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidag
i amaliy tajribalar
to‘g‘risida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, mamlakatimizning yaqin istiqbolida inflyatsiyaning yuqori
ko’rsatkichlarini pasaytirish va uni rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishga qaratilgan choralar
samaradorligi bo’yicha ilmi
y xulosalar chiqarilgan.
Kalit so‘zlar
:
pul massasi, monetar siyosat, pul-kredit siyosati, inflyatsion kutilmalar, foiz stavkasi,
narxlarning barqarorligi ta’minlash.
В СРЕДНЕСРОЧНОМ ПЕРИОДЕ ЗНАЧЕНИЕ РЕАЛИЗАЦИИ ИНФЛЯЦИОННО
-
ТАРИГЕНТИРОВАННОГО ПЛАНА РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Джиянов Уктам Панджиевич
Международная исламская академия Узбекистана
Толкунова Дурдонахана Равшан кизи
Международная исламская академия Узбекистана
Аннотация.
В данной статье анализируется состояние перехода Республики Узбекистан к
режиму инфляционного таргетирования, направленного на снижение инфляции и развитие
экономики в среднесрочной перспективе, работа, проводимая в этом направлении, и будущий
практический
опыт. Также сделаны научные выводы об эффективности мер, направленных на
снижение высокого уровня инфляции и доведение ее до уровня развитых стран в ближайшем
будущем нашей страны.
Ключевые слова
:
денежная масса, денежно
-
кредитная политика, инфляционные
ожидания, процентная ставка, обеспечение ценовой стабильности.
IN THE MEDIUM-TERM PERIOD, IMPORTANCE OF IMPLEMENTATION TO THE INFLATION
TARGETING PLAN OF PROGRESS OF NATIONAL ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Dzhiyanov Uktam Panjiyevich
International Islamic Academy of Uzbekistan
Tolkunova Durdonakhan Ravshan kizi
International Islamic Academy of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes the state of the Republic of Uzbekistan's transition to the inflation
targeting regime aimed at reducing inflation and developing the economy in the medium term, the work
carried out towards this goal, and future practical experiences. Also, scientific conclusions were drawn on
the effectiveness of measures aimed at reducing the high rate of inflation and bringing it to the level of
developed countries in the near future of our country.
Keywords:
money supply, monetary policy, inflation expectations, interest rate, price stability.
I SON - MAY, 2023
www.e-itt.uz
36-41-sahifalar
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
37
Kirish.
Bugungi jahon iqtisodiyotining globallashuvi davrida pulning qadrsizlanishi, ya
’
ni inflyatsiya
barcha mamlakatlar uchun makroiqtisodiy siyosatning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Aytish
mumkinki, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholi jon boshiga to
‘
g
‘
ri keladigan daromad pastligi fonida
yuqori inflyatsiyaning kuzatilishi mamlakatda yaratilgan iqtisodiy tizimning mukammal
ishlamayotganligidan ogohlantiruvchi belgilardan deyishimiz mumkin. Asosiy makroiqtisodiyotning
maqsadi past inflyatsiyani saqlab qolish orqali barqaror iqtisodiy o
‘
sishga erishishdir. Valyuta kursi,
davlat xarajatlari, pul massasi, foiz stavkalari, resurslar narxlari inflyatsiya ko
‘
rsatkichi darajasini
belgilab beruvchi asosiy mezonlari hisoblanadi. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida
iqtisodiyot tarmoqlari, jamg
‘
arma va iste
’
mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari,
xo
‘
jaliklardagi pul massalari hamda unga bo
‘
lgan talab o
‘
rtasidagi nomutanosiblik va Markaziy
bankning kredit ekspansiyasini ko
‘
rishimiz mumkin. Ushbu omillar inflyatsiyaga turli darajada ta
’
sir
etadi. Shuningdek, bu omillarni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Masalan, ichki omillar asosan
pul-monetar siyosati va xo
‘
jalik faoliyati bilan bog
‘
liq, tashqi omillar esa jahon iqtisodiyotida yuz
berayotgan inqirozlar (xomashyo, resurslar tanqisligi kabi) va davlatning valyuta siyosati kabilar bilan
bog
‘
liq. Inflyatsiyaga endogen va ekzogen ta
’
sir omillarning avj olishi mamlakatda siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy holatning yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun jahonda iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarida inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish uchun nazariy va
amaliy tajribalar to
‘
plangan. Ammo inflyatsiya ko
‘
tarilishiga sabab bo
‘
ladigan omillarni to
‘
liq bartaraf
etishning iloji yo
‘
q. Shuning uchun asosiy maqsad uni butunlay yo
‘
qotish emas, balki salbiy iqtisodiy-
ijtimoiy oqibatlarini kamaytirishdan iborat. Asosan davlatda inflyatsiyaga qarshi kurashishda byudjet,
soliq, narx, moliya-kredit, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog
‘
liq antiinflyatsion
siyosat amalga oshiriladi (1-rasm).
1-rasm. Antiinflyatsion siyosat turlari
Antiinflyatsion siyosat rivojlanayotgan davlatlarda turli usullar bilan olib boriladi. Bunda
iqtisodchilar tomonidan inflyatsiya ko‘rsatkichlarining yillik va choraklik ma’lumotlaridan foydalanib,
uni kelgusi davrlarda qanday barqarorlashtirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yillik
prognozlashtirish tahlillari amalga oshi
rildai. Ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar bu yo‘lda asosan pul
-
kredit, valyuta kursi va fiskal siyosatlaridan foydalanishadi. Shular jumlasidan, O‘zbekistonda ham
1994-yildan boshlab inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati va pul massasining keskin
o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash chora
-tadbirlari amalga
oshirilib kelinmoqda.
Inflyatsiyani jilovlash va faol pul-kredit siyosatini olib borishning navbatdagi chorlari sifatida
Ant
iin
fla
tsi
on
siy
os
at
Byudjet siyosati – soliqlar va yig‘imlar asosida yig
‘
ilgan davlat moliya
resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlash
Soliq siyosati – zaruriy moliya mablag
‘
larini yig
‘
ish uchun xo
‘
jalik yurituvchi
subyektlar va aholidan soliqlar, to
‘
lovlar hamda ajratmalarni belgilash
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to'lovga qobiliyatli talab
o
‘
rtasidagi mutanosiblikka erishish va ularni tartibga solish
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy Bank tomonidan qayta moliyalashtirish
stavkasi, majburiy zaxiralar meyori orqali mamlakat bank kredit tizimini
boshqarish
Sanoat-investitsiya siyosati – bu YaIM o'sishini ta
’
minlovchi mamlakat
sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan
Tashqi oqtisodiy faoliyat siyosati – iqtisodiy faoliyatni boj-ta
’
rif dastaklari
yordamida tartibga solish
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning
holatiga asosan muomalaga qog
‘
oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga
solish
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
38
O’zbekiston Respublikas
i Prezidentining 2017-yil 13-
sentabrdagi “Pul
-kredit siyosatini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan Markaziy bankning o’rta muddatli
istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-
bosqich o’tish taklif qilindi.
Mamlakatimizda inflyatsiyaning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni jamoatchilikka
yetkazish, pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflyatsion jarayonlarni boshqarish
maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli instrumentlari
ni qo’llash, amalda qo’llanilayotgan
mexanizmlarning samaradorligini baholash, makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish, pul-
kredit siyosati maqsadlarini keng jamoatchilikka yetkazish muammolari tadqiqot mavzusining
dolzarbligini belgilab beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Inflyatsion targetlashning nazariy asoslari va unga o’tish sharoitida monetar siyosatni amalga
oshirishning amaliy jihatlari K.Viksell, B.Bernanke, F.Mishkin, J.Taylor, D.Velles, R.Mandell kabi yetakchi
xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy-tadqiqotlarida atroflicha yoritilgan.
Jumladan, Inflyatsiyani targetlash g’oyasini birinchi marta ilgari surgan olim shvetsiyalik Knut
Viksell hisoblanadi. U 1896-
yilda Shvetsiya iqtisodchilar assotsiatsiyasida o’tkazilgan yig’ilishda
“Markaziy bank siyosatining asosiy maqsadi narxlar darajasini barqarorlashtirish bo’lishi kerak” degan
g’oyani ilgari suradi (Orphanides, 2009).
Zamonamizning taniqli iqtisodchi olimlaridan, Nobel mukofoti sovrindori Bernanke (1997)
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda qator sanoati rivojlangan mamlakatlarning inflyatsion targetlash
rejimiga o’tishi, jarayon bosqichlari va shart
-
sharoitlari haqida so’z
yuritilgan.
Amerikalik iqtisodchi olim, Prinston, Chikago hamda Kolumbiya universitetlari professori Fredrik
Mishkin(2001)ning “Inflation targeting” nomli maqolasida inflyatsion targetlash strategiyasi monetar
siyosatining narxlar darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan samarali strategiya ekanligini ta’kidlaydi
va uni qo’llashning beshta asosiy
shartlari mavjudligini aytilgan. Maqolada, mazkur rejimni qo’llagan
mamlakatlar narxlar barqarorligini ta’minlash orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirishda muayyan
yutuqlarga erishganligi aytiladi.
Iqtisodchi olim Velles (2010) AQSHda
o’z izlanishlari
ni
inflyatsion targetlash rejimiga o’tish
bosqichlari, inflyatsion targetlash sharoitida monetar siyosatning taktik va strategik maqsadlarining
belgilanishi va ularga erishish jarayonlarini tadqiq etishga qaratgan.
O’zbekistonlik iqtisodchi
olimlarning ilmiy ishlarida monetar siyosatni amalga oshirishning ayrim
nazariy-
uslubiy va amaliy jihatlari o’rganilgan, ammo bu izlanishlar inflyatsion targetlash rejimining
joriy etilishi yuzasidan ilmiy maqolalar doirasidagina ko’rib chiqilgan va tadqiq etilgan. Juml
adan,
Yakubova (2019)
o’zining ilmiy ishlarida inflyatsion targetlashni pul
-kredit siyosatini
takomillashtirishning zamonaviy yo’nalishi sifatida tadqiq etgan. SHuningdek, inflyatsion
targetlashning elementlarini o’rganib, har bir elementning inflyatsion targetlashga o’tish bosqichidagi
ahamiyatini yoritib bergan. Bundan tashqari, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda
inflyatsion targetlashga o’tish jarayonlarini tadqiq etgan.
Bahriddov (2019) esa inflyatsion targetlash siyosatinining xususiyatlari, inflyatsion targetlasning
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi va O’zbekistonda bu amaliyotni qo’llash
imkoniyatlari tahlil qilingan.
Umuman olganda, O’zbekiston iqtisodiyotini monetar siyosat instrumentlari orqali tartibga
solishnin
g ayrim jihatlari atroflicha yoritilgan bo’lsada, ammo inflyatsion targetlashga o’tish sharoitida
monetar siyosatni amalga oshirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, zamonaviy monetar
siyosat yo’nalishlarini yaxlit va kompleks tarzda tadqiq etish o’z ahamiyatini yo’qotmaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni olib borishda ekspert baholash usuli, tahlil va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan.
Shuningdek, inflyatsion targetlash va monetar siyosat yuritish masalalari ilmiy mushohada, induktsiya
va deduktsiya metodlariga asosan ko’rib chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ma’lumki,
mamlakatimizda olib borilayotgan keng
ko’lamli
islohotlar va iqtisodiyotni komleks
rivojlantirish dasturlari negizida moliya sektorini erkinlashtirish, milliy valyuta barqarorliogini
ta’minlash
masalalari ham yotadi. Xususan, 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va
bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
39
istiqbolda bank tizimi va pul-
kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi .
Shu munosabat bilan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va undan ko‘p o‘tmay
“Pul
-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va pul
-
kredit siyosatini 2017-2021-yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichga-bosqich
o‘tish bo‘yicha chora
-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi
17
.
Xalqaro Valyuta Fondining statistik ma’lumotlariga ko‘ra 41 ta rivojlanayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish uchun inflyatsion targetlash siyosati qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, yurtimizda ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 18-noyabrdagi PF-5877-
sonli “Inflyatsion ta
rgetlash rejimiga bosqichma-
bosqich o‘tish orqali pul
-kredit siyosatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2025
-
yilga qadar inflyatsiya ko‘rsatkichini 5% gacha
tushirish maqsad qilib qo‘yildi. Mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Va
zirlar Mahkamasi va
Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi
harakatlari konsepsiyasi tasdiqlandi va ushbu Konsepsiyaga muvofiq, 2020-yilda bu konsepsiyani
amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” ma’qu
llandi. Makroiqtisodiy barqaror
likni ta’minlash uchun esa
iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari va instrumentlarini qo‘llashni kengaytirish,
narxlarni barqarorlashtirish, shuningdek, pul-
kredit siyosati samaradorligini oshirish talabi qo‘y
ildi
18
.
Narxlar barqarorligini ta’minlash deganda, inflyatsion ko‘rsatkichni nolga tushirish emas, balki uni past
darajada o‘sishi nazarda tutiladi. Chunki narxlarning barqaror holatda asta
-
sekin o‘zgarib turishi ham
iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta
’minlaydi. Konsepsiyaga binoan, pul
-kredit siyosatini amalga
oshirishning monetar targetlash rejimi narxlarni barqarorlashtirish uchun pul agregatlari, rezerv pullar
va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi. Bundan tashqari kons
epsiyaga
valyuta kursini targetlash rejimi ham kiritilgan. Chunki bu rejim asosan iqtisodiyotida eksport hajmidan
ko‘ra iste’mol savatida import tovarlari kattaroq ulushlarni tashkil qiladigan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Bu rejim inqiroz davrida inflyatsiyani pasaytirish uchun tez samara beradi. Valyuta kursini targetlash
rejimiga oddiy va aniqligi tufayli bozorning xo‘jalik yurituvchi subyektlari va oddiy aholi oson tushunadi.
Valyuta kursi qadrsizlanishini oldini olish uchun mamlakat oltin zaxiralarining
yetarlicha bo‘lishini
ta’minlash, xufyona valyuta bozorini kamaytirish talab etiladi. Bularning barchasi inflyatsiya
ko‘rsatkichini imkon qadar bosqichma
-bosqich pasaytirishga qaratilgan hisoblanadi.
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda aholi va
biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari muhim ahamiyat kasb etishi tufayli olib borilayotgan pul-
kredit siyosatiga jamiyatning ishonchini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Inflyatsiyani ta
rgetlash rejimiga o‘tish iqtisodiy siyosatni keng ko‘lamda takomillashtirishni talab etadi.
Lotin Amerikasining inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanilganligi soliq
-byudjet siyosatinining ham qayta
ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston
da ham pul-monetar va barqaror iqtisodiy
rivojlanish makroiqtisodiy siyosatlarning qayta ko‘rilishiga sabab bo‘ldi deya olamiz. O‘rta va uzoq
muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlashda inflyatsion targetlashning samarali usullaridan
biri sifatida ichki valyuta bozorini liberallashtirilishi pul-
kredit siyosati tamoyillari qo‘llanilishi nazarda
tutilgan. Bu rejimning asosiy yo‘nalishlari makroiqtisodiy prognozlash salohiyatini mustahkamlash,
banklararo pul bozori faoliyati shaffofligini oshirish, Markaziy bankning institutsional bazasini
rivojlantirish, umuman olganda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, inflyatsion xatarlarni pasaytirish uchun
majburiy zaxira talabla
rini o‘rtachalash tartibini joriy etish masalasi ham ko‘rilgan. Bunga ko‘ra
majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar ro‘yxatiga jismoniy shaxslar depozitlari va boshqa
moliyaviy resurs manbalari kiritilishi zaxiralash tartibidagi nomutanosibliklarni kamaytirilishiga imkon
yaratadi. Bu bilan banklarning moliyaviy holatini yaxshilash va resurslar qiymatini maqbullashtirishga
erishiladi.
Markaziy bank tomonidan likvidlilikni tartibga solishning bozor instrumentlaridan biri ochiq
bozor operatsiyal
ari hisoblanadi. Bunga ko‘ra Markaziy bank bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini
o‘zi belgilaydi, masalan:
•
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi kimoshdi savdolari;
•
garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;
•
davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular bo‘yicha RYePO operatsiyalari;
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/
https://review.uz/uz/post/inflyatsion-targetlash-va-uning-ziga-xos- xususiyatlari
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
40
•
milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish tajribasini yakunlash uchun uzoq muddatli oraliq davrda pul
-
kredit siyosatini amalga oshirish orqali narxlarni barqarorlashtirish va zaruriy makroiqtisodiy
sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Shunga qaramay, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish bo‘yicha bir qancha xatar va
cheklovlarga duch kelishimiz mumkin.
Asosiy cheklovlardan biri xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
inflyatsion kutilmalarining yuqori darajada saqlanib qolayotgani hisoblanadi. Bunga inflyatsion
bosimning oshishi sabab bo‘lmoqda. Inflyatsion kutilmalar darajasini pasaytirish va barqaror ushla
b
turish vazifasini amalga oshirishda nomonetar omillar yuqori bo‘lganligi sababli inflyatsion
targetlashda to‘siqlar vujudga kelishi mumkin. Mahalliy bozorlar monopollashuvi, energiya sarfi
yuqoriligi, ishlab chiqarish samaradorligi pastligi va yaxshi rivojlanmagan infratuzilmalarni bunday
omillar qatoriga kiritish mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda inflyatsion targetlash uchun yangi instrumentlardan foydalanish
avvalo qisqa va o‘rta muddatli depozitlar jalb qilish, kredit auksionlari tashkil
qilish va foiz stavkasini
pasaytirish amaliyoti qo‘llanildi. Ayni vaqtda foiz stavkasi ko‘rsatkichi 7
-8% ni, 2022-yil oxirida
inflyatsiya darajasi 12,3% ni tashkil etdi. Markaziy bankning kommunikatsiya siyosati orqali keyingi
inflyatsion kutilmalarni prog
nozlash ishlari olib borilmoqda. Jamg‘armalarning ma’lum bir qismi
investitsiyalarga jalb qilindi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qo‘llanilayotgan pul
-kredit siyosati
instrumentlari samaradorligi hamda milliy valyutadagi aylanmalarning ko‘payib borishi
xorijiy
valyutaga bo‘lgan talab o‘zgarishlarining inflyatsiyaga ta’siri pasayib borishiga xizmat qilmoqda. Hozirgi
kunda bu ta’sir 0,3
-
0,4% tashkil etgan bo‘lsa, oldingi davrlarda qariyb 0,8
-
0,9% ga teng bo‘lgan. Bu esa
narxlarga nisbatan ta’sirning ikki m
arta qisqarganini anglatadi.
2021-
yilda qabul qilingan ınflyatsion targetlash rejimi bo‘yicha inflyatsiya darajasini 10% gacha
pasaytirishga erishildi. Ammo 2022-
yilda global vaziyatning beqarorligi, jahon yoqilg‘i va energetika
narxlarining ko‘tarilishi,
yaqin hamkor davlatlardagi siyosiy keskinliklar, sanksiya va embargolarning
kuchayib borishi inflyatsion targetlash bo‘yicha maqsadli prognoz parametrlarni o‘zgartirilishiga sabab
bo‘ldi. Xususan, 2023
-
yildagi 5% ga tushirish bo‘yicha target ko‘rsatkichin
i 2025-yilga qadar erishilishi
maqsad qilib qo‘yildi. Ma’lumot uchun, 5% li inflyatsion ko‘rsatkich bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi
davlatlar darajasiga tengdir. Bunga erishish uchun, bozorda to‘g‘ri raqobat sharoitini ta’minlash, import
tovarlar, oziq-o
vqat mahsulotlari tarif cheklovlari kamaytirish, ularni bojxonadan olib o‘tish sharoitlari
yengillashtirish, iste’mol savatchasidagi umumiy hisobda 510 turdagi mahsulot va xizmatlarni yanada
ko‘paytirish kabi chora
-
tadbirlar amalda qo‘llanila boshladi. Bun
dan tashqari, hududlardagi mahalliy
hokimliklarga biriktirilgan bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirib berish bo‘yicha tadbirkorlarga imkoniyat
yaratib berildi. Makroiqtisodiyotdagi talab va taklif omillari barqarorligini ta’minlash uchun taklif
omilini ko‘paytirishga, ya’ni ishlab chiqarish salmog‘ini oshirish uchun tadbirkorlarga imtiyozli
kreditlar ajratilmoqda. Bu siyosatlarning barchasi narxlarning pasayishiga va inflyatsiya ko‘rsatkichini
kamaytirishga sabab bo‘ladi.
Xulosa va takliflar
.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda olib borilayotgan inflyatsiyani targetlash rejimiga doir siyosat
iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishi, rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishimiz va turmush tarzimiz
farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu rejim bo
‘yicha hali to‘liq maqsadga
erishilmagan bo‘lsa
-da, asta-sekinlik bilan iqtisodiy infratuzilmani takomillashuvi, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar barqarorlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2025
-yilga qadar inflyatsion kutilmalar va
foiz stavkalari yanada kamayib (5% gacha) aholi turmush tarzi yaxshilanib borishi uchun kerakli chora-
tadbirlar amaliyotda qo‘llanilib bormoqda.
Mutasaddilarning o‘tgan yilda yillik inflyatsiyani 8
-9% gacha pasayishini prognoz qilganligiga
qaramay, yuzaga kelgan geosiyosiy vaziy
at va uning tovar hamda mahsulotlar ta’minoti zanjirlariga
ta’siri va buning oqibatida jahon bozoridagi asosiy turdagi oziq
-ovqat mahsulotlari, xomashyolar va
energiya resurslari narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi inflyatsiya darajasini yuqori ko’rsatkic
hlarda
qolishiga sabab bo’ldi. Shunga qaramay, kutgan natijaga erishish uchun milliy valyuta barqarorligini
ham ta’minlash kerak. Buning uchun esa xorijiy va ichki xarid qobiliyatini oshirish, narxlar darajasini
pasaytirish, YaIM tarkibidagi soliq yuklarin
i 28% ga yetkazish kabi amaliyotlarni ko‘rishimiz mumkin.
Hozirda rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha 4
-5% ni tashkil qilmoqda. Bu
barqarorlikka erishishda ular joriy qilgan antiinflyatsion siyosatidagi usullarini, ularni makroiqtisodiy
tahlillarini, yillik o‘sish ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rganish kerakligini taqozo etadi. Misol uchun,
www.e-itt.uz I SON. 2023
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may
41
rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Germaniyani oladigan bo‘lsak, 2023
-2024-
yil uchun “Inflyatsiya
konpensatsiyasi” nomli qonunini imzoladi.
Bunda
inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan asosiy omil sifatida fiskal siyosat ya’ni iste’molchilar
va ishlab chiqaruvchilarning soliq yuklarini muvozanatlashtirib, muhtoj oilalarni qo‘llab
-quvvatlash,
deb belgilandi. Bunga ko‘ra, soliq to‘lamaslik kerak bo‘lg
an daromad kelgusi yilda 561 yevrodan 10908
yevrogacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 42% lik eng yuqori foiz stavkasi soliqqa
tortiladigan daromad 62827 yevroga yetmaguncha qo‘llanilmaydi. Bu albatta inflyatsiya
ko‘rsatkichining barqarorlashuvi
ga olib keladigan omillardan biri hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki,
soliqlarni deyarli 2 barobar kamaytirilgan holda ham inflyatsiya barqarorligiga erishish mumkin.
Hozirda bu amaliyotni qo‘llash orqali inflyatsiya ko‘rsatkichining hozirgi darajasi 10%
dan kelgusi
2023-2024-yilga qadar 5-7% gacha pasaytirish maqsad qilingan. Shu kabi boshqa davlatlar
anntiinflatsion targetlash siyosatlari ustida kuzatuv-
tahlillar o‘tkazish orqali ham inflyatsiyani
pasaytirib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning maq
bul yo‘llarini topishimiz va amaliyotda
qo‘llab ko‘rishimiz mumkin. Bu, albatta, yurtimiz iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlashga zamin
yaratadi.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Bernanke, Ben S., and Frederic S. Mishkin. (1997) “Inflation Targeting
: A New Framework for
Monetary Policy?” Journal of Economic Perspectives, 11 (2).
Frederic S. Mishkin. (2001) “Inflation targeting” // Graduate School of Business, Columbia
University and National Bureau of Economic Research. URL: https://notendur.hi.is/ajonsson/
kennsla2013/01ENCYC.pdf
Orphanides A. (2009) “Reflections on inflation targeting” // Speech at the 6th Norges Bank
Monetary Policy Conference on Inflation targeting twenty years. URL:
bank.no/en/about/Research/Conferences/2009-The-6th-Norges-Bank-MonetaryPolicy-Conference/
Баҳриддинов В.А.
(2019)
Инфляцион таргетлаш сиёсатинининг хусусиятлари ҳамда уни
ўзбекистонда жорий этиш истиқболлари. // Ўзбекистон республикаси ҳаракатлар стратегияси:
макроиқтисодий барқарорлик, инвестицион фаоллик ва инновацион ривожланиш
истиқболлари [Электрон тўплам]. –Т.: «Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар» илмий
электрон журналининг махсус сони.
Якубова Ш.Ш.
(2019)
Таргетирование инфляции –
современное направление
совершенствования денежно
-
кредитной политики. “Инновацион иқтисодиёт шароитида банк
-
молия тизимини ривожлантиришнинг устувор йўналишлари” мавзусидаги республика илмий
-
амалий конференцияси материаллари тўплами. 28 сентябрь.
