Авторы

  • To‘raboyev Azamat Muxamadullayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124548

Ключевые слова:

Ta’lim tarbiya iste’dod psixika iroda qiziqish layoqat mayl qobiliyat motiv motivatsiya intellectual iqtidor.

Аннотация

 Ushbu maqolada shaxs taraqqiyotida motivatsiyaning ahamiyati, motiv va motivatsiyaning turlari, motavatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari ularni keltirib chiqaruvchi omillari tahlil etilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

236

2181-

3187

SHAXS TARAQQIYOTIDA MOTIVATSIYANING ROLI VA AXAMIYATI

University of Business

and Science

pedagogika va psixologiya kafedrasi

stajyor o‘qituvchisi

To‘raboyev Azamat Muxamadullayevich

email:

turaboevazamat@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada shaxs taraqqiyotida motivatsiyaning ahamiyati,

motiv va motivatsiyaning turlari, motavatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari ularni

keltirib chiqaruvchi omillari tahlil etilgan.

Kalit so’zlar:

Ta’lim, tarbiya, iste’dod, psixika, iroda, qiziqish, layoqat, mayl,

qobiliyat, motiv, motivatsiya, intellectual, iqtidor.

Аннотация:

В статье анализируется значение мотивации в развитии

личности, виды мотивов и мотивации, положительные и отрицательные стороны

мотивации, а также факторы, их обусловливающие.

Ключевые слова:

Образование, воспитание, талант, психика, воля,

интерес, способность, склонность, умение, мотив, мотивация, интеллектуал,

талант.

Abstract:

This article analyzes the importance of motivation in personal

development, types of motives and motivation, positive and negative aspects of

motivation, and factors that cause them.

Keywords:

Education, upbringing, talent, psyche, will, interest, ability,

inclination, ability, motive, motivation, intellectual, talent.

KIRISH

Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning

ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi

yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini toliq amalga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

237

2181-

3187

oshirishga e’tibor berishga bogliq boladi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev o’zining nutqida ―Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech

og’ishmasdan, qat‘iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu

siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga

ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy

salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida oz tengdoshlariga hech qaysi sohada bosh

kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun davlatimiz va

jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz, deb takidlagan edi.

Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning ozoq muddatli rivojlanishini

taminlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O’zbekiston

Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishlari

boyicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo’lmadi. Darhaqiqat, yetuk kadr

bo’lish uchun shaxs nafaqat o’z iqtidori, bilimi va saviyasini nazariy jihatdan oshirishi

zarur.

Inson tomonidan yangi yutuqlarga erishish uchun say-harakatlar qanday

taqsimlanishi va buning uchun xatti-harakatning qanday turi tanlanishi mumkinligini

tahlildan о‘tkazadi.

Motivatsiya bu harakatga undash; inson xatti-harakatini boshqaruvchi, uning

uyushganligi, faolligi va barqarorligi yо‘nalishini belgilovchi fiziologik va psixologik

ma’nodagi harakatchan jarayon, insonning о‘z ehtiyojlarini faoliyat orqali qondirish

salohiyatidir.

Motivatsiya intelektual asosga ega bо‘ladi, hissiyotlar jarayonga faqat bilvosita

ta’sir kо‘rsatadi (bu jarayonni faqat insonga nisbatan qо‘llash mumkin).

Motivatsiya tushunchasini motiv tushunchasi belgilab beradi.

Motiv

–bu moddiy

yoki ideal narsa bо‘lib, unga erishish faoliyatning ma’nosi sifatida yuzaga chiqadi.

Motiv insonga muayyan predmetni qо‘lga kiritish borasidagi umidlardan paydo

bо‘ladigan ijobiy hissiyotlar yoki hozirgi holatning mukammal emasligi bilan bog‘liq

salbiy hissiyotlar bilan xususiyatlanuvchi о‘ziga xos kechinmalar kо‘rinishida ta’sir

kо‘rsatadi. Motivni anglab yetish uchun ichki ish taqozo etiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

238

2181-

3187

Motivatsion menejment – bu ish harakatni motivatsiyalash ustivorligiga ya’ni, ish

faoliyati natijasida manfaatdorlik sharoitlarini yaratish hamda tashkilot maqsadlarga

intilish asosida barpo etilgan boshqaruvdir.

Bugungi kunga kelib jahondagi eng rivojlangan kompaniyalarda keng qо‘llab-

quvvatlanayotgan 15 ta eng muhim tamoyil yaqqol kо‘zga kо‘rinib qoldi. Bu

tamoyillar umuman korporatsiyadan tortib bо‘limlar va bо‘linmalargacha bо‘lgan

barcha bosqichlarda tо‘liq hajmda qо‘llanilmoqda, bular:

-

Mustahkam e’tiqod, qadriyatlar, madaniyat;

-

Shaxsga hurmat;

-

Umrbod bandlik;

-

Yuksak toifadagi xodimlarni yollash;

-

Lavozimda kо‘tarilish imkoniyatlari;

-

Davomli tayyorgarlik;

-

Yagona maqom;

-

Attestatsiyalar va suhbatdan о‘tkazish;

-

Oylik ish haqqi darajalari tizimi;

-

Xodimlarga bir butun munosabat;

-

Xodimlarning boshqaruvda ishtiroki;

-

Imkon qadar yuksak mas’uliyat;

-

Boshqaruvga rejalashtirilgan cheklanishlar;

-

Gorizontal aloqalar;

-

Qarashlardagi farqlarni rag‘batlantirish

1

.

Avvalroq motivatsiyalashning turli tuman usullari haqida sо‘z yuritildi, bu

fikrlardan kelib chiqqan holda motivlash – harakat qilishga undash, biror harakatni

amalga oshirish kerakligi sababini kо‘rsatish, buning uchun kerakli sharoitni

yaratishdir. Motivatsiya olish – о‘z hayotingizga о‘zgartirish kiritish uchun yetarli

1

http://mirznanii.com/a/162404/protsessualnye-teorii-motivatsii



background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

239

2181-

3187

sabablarga ega bо‘lish va ushbu о‘zgarishlar yо‘nalishida harakat qilishdir - deb, aytish

mumkin. Kо‘rinib turganidek, motivatsiya bu nimagadir intilish, harakat qilishdir.

Mutaxassislarning fikrlariga kо‘ra, motivatsiya ichki yoki tashqi motivatsiya

bо‘lishi mumkin.Ichki motivatsiya – bu о‘z komandamizni va tashkilotimizni tashkil

qilish uchun har kuni bor kuchimizni sarflab, harakat qiladigan narsamizdir. Bu

qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizliklar davrida sо‘nib qolmasligingizga yodam

beruvchi va qо‘llab-quvvatlovchi qudratdir. Ichki motivatsiya harakat qilishga

undaydi. Yuqori ichki motivatsiyaga ega bо‘lgan odam uchun faoliyatning о‘zi

mukofot bо‘ladi. Bu odamga ushbu jarayonning о‘zi, bu jarayon tufayli yuzaga

keladigan о‘zgarishlar qiziqdir. U tabiiy ravishda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish

oladi. Natijada aynan yuqori ichki motivatsiyaga ega bо‘lgan va bunday qaraganda pul

uchun ishlamayotgan odamlar tarmoqli marketingda eng katta daromadga ega

bо‘lishadi.

Oldingizga qо‘yilgan maqsadga erishganingizda nima olishingiz muhim emas,

unga intilayotib kimga aylanishingiz muhimdir.

Ichki motivatsiya

– bu:

• orzu, amalga oshganlik;

• g‘oyalar, ijodiyot;

• о‘ziga bо‘lgan ishonch;

• qiziqish, qiziquvchanlik;

• salomatlik;

• kimgadir keraklik;

• shaxsiy yuksalish;

• muloqotga ehtiyoj.

Tashqi motivatsiya

– bu atrofingizdagi ijtimoiy muhitdagi narsalarga ega

bо‘lishga intilishdir:

• pullar;

• martaba;

• maqom;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

240

2181-

3187

• e’tirofga sazovor bо‘lish;

• qadrlanuvchi narsalar(uy, boshqa moddiy ne’matlar);

• sayohat qilish imkoniyati…

Homiy sifatida faqatgina tashqi motivatsiyadan foydalanib va ichki motivatsiyani

rivojlantirmasdan biz “pufak” samarasiga erishamiz – u hamisha havo qо‘yib

yuboraveradi, biz esa uni cheksiz marta qaytadan puflashimiz kerak bо‘ladi. Albatta

bularning hammasi – pul ham, martaba ham, sayohatlar ham muhim. Lekin ular doimiy

ravishda о‘zgaraverishadi.

Kechagina uyingizni ta’mirlatish sizni qoniqtirayotgan bо‘lsa, bugun yangi uy

qurishni boshlaysiz, chunki daromadlaringiz bunga imkon beryapti. Kecha siz huddi

yovvoyilarga о‘xshab ochiq osmon ostida dam olayotgan bо‘lsangiz, bugun shahardagi

eng zо‘r mehmonxonada qolyapsiz. Bizning moddiy imkoniyatlarimiz о‘zgarishi bilan

tashqi motivatsiya ham о‘zgara boradi

2

.

Motivatsiyaning ijobiy va salbiy omillari.

Hayotda bо‘lishi mumkin bо‘lgan

motivatsion omillarning hammasini hissiy ravishda tushunarli bо‘lgan ikkita g‘oyaga

ajratish mumkin:

og‘riqlardan xolos bо‘lish;

lazzatlanish.

Bu holda ikkala omil ham ichki yoki tashqi bо‘lishi mumkin. Agar sizning

harakatlaringizda ikkala omil ham ishtirok qilayotgan bо‘lsa, juda kuchli oldinga siljish

bо‘ladi. YA’ni bu omillarning bittasi orqadan turtki beradigan, ikkinchisi esa oldinga

yetaklovchi vazifasini bajaradi.

Motivatsiyaning bu turlari turli yо‘nalishlarda, turli natijalar bilan va turlicha

ta’sir kо‘rsatadi. Hamma odamlar ma’lum darajada ikkala motivatsiya turidan ham

foydalanishadi. Lekin bunda ularning bittasini kо‘proq afzal kо‘rishadi.

О‘z jamoangizni ham, о‘zingizni ham motivlashingiz mumkin. Bunda ikkita

narsaga e’tibor bering:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

241

2181-

3187

kimnidir ilxomlantirish, orzusiga erishishga ishonch hosil qilish uchun oldin

о‘zingizning ichingizda alanga bо‘lishi kerak;

imkon qadar muvaffaqiyatga faqat ichki va tashqi motivatsiyalar orasida

muvozanat bо‘lgandagina erishish mumkin.

Shunday qilib sizning oldingizda uchta vazifa turibdi:

ichki motivatsiyani alangalatish;

boshqalarga g‘alabaga undash;

muvozanatga erishish.

Muvozanatda о‘z-о‘zini motivlash.

Agar siz qayerdan kelayotganingiz va

qayerga ketayotganligingizni bilsangizgina har qanday harakatingizni oldindan

rejalashtirishingiz va uniga erishishingiz mumkin. Har qanday muvaffaqiyatli harakat

xohishdan boshlanadi.

Yetakchi – bu ichki motivlar asosida harakat qiluvchi va ma’lum vaqt davomida

tashqi motivlardan voz kecha oladigan (kechiktirilgan mukofot) kishidir. Shunday

ekan yetakchining motivatsiyasi faqat ichki ijobiy yoki salbiy motivatsiyadir, ya’ni:

u orzudan boshlanadi;

orzuga erishishi uchun uzoq muddatli maqsadlar aniqlanadi va yozib qо‘yiladi;

uzoq muddatli maqsadlar qisqa vaqt bо‘laklariga – qisqa muddatli maqsadlarga

ajratiladi;

qisqa muddatli maqsadlar uchun kundalik reja tuziladi.

Mana shunday ilhomlantiruvchi jarayonda bunday zerikarli ishlarni qilishning

nima keragi bor deb sо‘rarsiz? Bu shuning uchunki, motivatsiya – bu faqat oldinga

yetaklovchi kuchdir. Maqsadga erishishi uchun manzil qayerdaligini biladigan

boshqaruvchi, bu manzilga eltadigan yо‘llar va ushbu ulovning sozligini ta’minlovchi

kishilar kerak bо‘ladi. YA’ni, aniq maqsadlarsiz motivatsiya – bu mushakbozlikka

о‘xshaydi. Shovqini ham, yorug‘i ham kо‘p bо‘ladi, lekin foydasi bо‘lmaydi.

Motivlar anglanmagan holatda ya’ni, agar inson о‘zini u yoki bu harakatni sodir

etishga nima turtki berayotganini anglamasa, uning ruhiy holati alohida kо‘rinishda –

harakatlarning hissiy tusi kо‘rinishida tasavvur qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

242

2181-

3187

Muayyan

vaziyatlarda

ayrim

ehtiyojlar

xatti-harakatning

murakkab

motivatsiyalariga aylanishi, bir-biri bilan tо‘qnashishi, bir-biriga bо‘ysunishi mumkin.

Biron bir sohada keskin motivlar qarama-qarshiligi oson hal bо‘lmaydi. Masalan,

orkestr ijrosidagi konsertda dirijerga tobe’lik faoliyati asarning yaxlit qiyofasi ustidan

hukmronlik qiluvchi yakkaxon ijroning mustaqilligi qо‘shilib ketadi.

Xulosa qilib aytganimizda, zamonaviy psixologiyada “motiv” “motivlashtiruvchi

omil” atamasi bilan instinktiv tuyg‘ular, biologik moyilliklar, qiziqishlar, istaklar,

hayotiy maqsadlar va orzular singari butkul turlicha hodisalar ifodalanadi. Ehtiyoj

birinchi marta qondirilmaguncha о‘z predmetini topa olmaydi. San’at har qanday

darajadagi motivatsiya uchun о‘z predmetini taqdim eta oladi, masalan musiqiy

kechinmalarga bо‘lgan ehtiyoj ham jismoniy hissiyotlar (organizm tomonidan)

shuningdek, hissiyotlarga bо‘lgan psixologik ehtiyojlar va о‘quvchining (talabaning)

musiqa orqali о‘ziga о‘xshaganlarga intilishga majbur etuvchi “ijtimoiy Men”idan

kelib chiqishi mumkin. Faqat shunday topish natijasidagina ehtiyoj о‘z predmetiga

erishadi. Bu demak, о‘z kechinmalarini ifodalash hamda san’at shakllarida qayd

qilingan boshqa kishilar va elatlar о‘tkazgan kechinmalarni ifodalash ehtiyoji

san’atning qandaydur turi bilan shug‘ullanish jarayonidagi mashg‘ulotlarda

mustahkamlanadi (yoki mustahkamlanmaydi), ya’ni hissiyotlar bilan almashish motivi

о‘zining ustuvor predmetli sohasiga, boshdan kechirilgan kechinmalar, qiyofalar,

g‘oyalarni tanib qolish uchun til tushunarli bо‘lib qoladi hamda bu til boshqa kishilar

tajribasi va о‘z-о‘zi bilan muloqotga kirishish tiliga - avtomuloqot tiliga aylanadi.

Demak, san’at mashg‘ulotlariga motivatsiyaning ildizi sifatida his qilingan tajriba

bilan almashuv ehtiyojini qondirish yuzaga chiqadi. Bunday almashuv ozmi kо‘pmi

muvaffaqiyatli bо‘lishi mumkin, ya’ni о‘z о‘zini ifodalashda ustivor deb hisoblanuvchi

jihat о‘qituvchilar, ota-onalar, atrofdagilar tomonidan mustahkamlanishi yoki

mustahkamlanmasligi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI

1.

G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya psixologiya mutaxassisligi uchun. -

Toshkent, 2002. -542 b


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

243

2181-

3187

2.

Haydarov F.I., Jо‘rayev N.S. Psixologiya tarixi. О‘quv qullanma. –Toshkent,

2008. -170 b.

4.

Haydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya bakalavriat yо‘nalishi:

pedagogika va psixologiya talabalari uchun darslik. -Toshkent, 2010. “Nizomiy

nomidagi TDPU”

3.

Zaynutdinov SH.N.va boshqalar. Menejment asoslari-T.Moliya, 2001 y.

4.

G‘oziyev.E.G‘., Jabborov A.M. Faoliyat va xulq atvor motivatsiyasi. -

Toshkent: Universitet, 2003.

5.

Odilboyevich, J. X. (2025). TA’LIM TIZMDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLLALARNI O ‘QITISHDA INKLYUZIV TA’LIMNING O

‘RNI

VA

AHAMIYATINING

PEDAGAGIK

VA

PSIXOLOGIK

JIXATLARI.

Research Focus

,

4

(Special Issue 2), 132-140.

6.

Odilboyevich, J. X. (2025). O ‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER

AKSENTUATSIYASINING

SHAKLLANISHIGA

IJTIMOIY

MUHITNING

TA’SIRI.

Central Asian Journal of Education and Innovation

,

4

(4), 150-153.

7.

Jurayev, X. O. (2024). Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o ‘z men

konsepsiyasining psixologik mexanizmlari.

Science and Education

,

5

(9), 237-242.

8.

Odilboyevich, J. X. (2025). DEVIANT XATTI XARAKATLARNING

NAMOYON

BO

‘LISHIDA

XARAKTER

AKSENTUATSIYASINI

O

‘RNI.

Международный журнал научных исследователей

,

10

(2), 29-34.

9.

Odilboyevich, J. X. (2024). Yuridik Faoliyatda Psixologik Ta’sir Etish Va

Jinoyatchi Shaxsning Psixologik Xususiyatlarini Aniqlash.

Journal of Research in

Innovative Teaching and Inclusive Learning

,

2

(2), 7-10.

10.

Muxamadullayevich,

T.

R.

A.

(2025).

SHAXSDA

HISSIY

ZO’RIQISHLARNING

NAMOYON

BO’LISHINING

PSIXOLOGIK

MEXANIZMLARI. Международный журнал научных исследователей, 10(2), 99-

102.

Библиографические ссылки

G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya psixologiya mutaxassisligi uchun.

Toshkent, 2002. -542 b2.

Haydarov F.I., Jо‘rayev N.S. Psixologiya tarixi. О‘quv qullanma. –Toshkent,

-170 b.

Haydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya bakalavriat yо‘nalishi:

pedagogika va psixologiya talabalari uchun darslik. -Toshkent, 2010. “Nizomiy

nomidagi TDPU”

Zaynutdinov SH.N.va boshqalar. Menejment asoslari-T.Moliya, 2001 y.

G‘oziyev.E.G‘., Jabborov A.M. Faoliyat va xulq atvor motivatsiyasi.

Toshkent: Universitet, 2003.

Odilboyevich, J. X. (2025). TA’LIM TIZMDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLLALARNI O ‘QITISHDA INKLYUZIV TA’LIMNING O

‘RNI

VA AHAMIYATINING PEDAGAGIK VA PSIXOLOGIK

JIXATLARI. Research Focus, 4(Special Issue 2), 132-140.

Odilboyevich, J. X. (2025). O ‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER

AKSENTUATSIYASINING SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY MUHITNING

TA’SIRI. Central Asian Journal of Education and Innovation, 4(4), 150-153.

Jurayev, X. O. (2024). Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o ‘z men

konsepsiyasining psixologik mexanizmlari. Science and Education, 5(9), 237-242.

Odilboyevich, J. X. (2025). DEVIANT XATTI XARAKATLARNING

NAMOYON BO ‘LISHIDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINI O

‘RNI. Международный журнал научных исследователей, 10(2), 29-34.

Odilboyevich, J. X. (2024). Yuridik Faoliyatda Psixologik Ta’sir Etish Va

Jinoyatchi Shaxsning Psixologik Xususiyatlarini Aniqlash. Journal of Research in

Innovative Teaching and Inclusive Learning, 2(2), 7-10.

Muxamadullayevich,

ZO’RIQISHLARNING

T.

R.

NAMOYON

A.

(2025).

SHAXSDA HISSIY

BO’LISHINING

PSIXOLOGIK

MEXANIZMLARI. Международный журнал научных исследователей, 10(2), 99