Авторы

  • To‘raboyev Azamat Muxamadullayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124549

Ключевые слова:

Ta’lim-tarbiya kasb-hunar psixika iroda qiziqish layoqat mayl qobiliyat.

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri kasb tanlash va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish masalasini sharq mutafakkirlarining asarlarida yoritilishini o’rganilgan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

229

2181-

3187

ShARQ ALLOMALARINING ASARLARIDA KASB TANLASH

BORASIDAGI FIKIRLARNING PEDAGAGIK VA PSIXOLOGIK TAHLILI

University of Business and Science

pedagogika va psixologiya

kafedrasi stajyor o‘qituvchisi

To‘raboyev Azamat Muxamadullayevich

email:

turaboevazamat@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri kasb

tanlash va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish masalasini sharq mutafakkirlarining

asarlarida yoritilishini o’rganilgan

Kalit so’zlar:

Ta’lim-tarbiya, kasb-hunar, psixika, iroda, qiziqish, layoqat, mayl,

qobiliyat.

Abstract:

This article examines the current issues of choosing a profession and

guiding students towards a profession, which are discussed in the works of Eastern

thinkers.

Keywords:

Education, profession, psyche, will, interest, ability, inclination,

ability.

Аннотация:

В статье рассматриваются актуальные вопросы выбора

профессии и профориентации учащихся, которые обсуждаются в трудах

восточных мыслителей.

Ключевые слова:

Образование, профессия, психика, воля, интерес,

способность, склонность, умение.

Kirish

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng yosh avlodga ta’lim- tarbiya

berish bilan birga mustaqil hayotga tayyorlash va kasb-hunarga yo’naltirish kabi bir

qator ta’lim mazmuniga o’zgarishlar kiritildi. O’quvchilarni mustaqil hayotga

tayyorlash va kasb-hunarga yo’naltirish borasida, umumiy o’rta ta’lim maktablarida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

230

2181-

3187

huquqiy va me’yoriy xujjatlar, kasbiy axborot va maslahatlar, psixologik xizmatlar

bo’yicha uslubiy tavsiyalar psixodiagnostika metodikalar ixtisos tasniflagichlari

tayyorlanib amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli

ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish orqali bo’lajak

kasbiy qarorlarini shakllantirish kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-

hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida

qarash lozim.

Bugungi kunning yana bir dolzarb muammolaridan biri, kasb-hunar tayyorlashda

ota-onalar bilan farzandlarning yoki tashxis natijalari bilan bolalarning fikrlarini mos

kelmasligidir. Bu esa o’quvchilarning psixikasiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazib,

mustaqil hayotdagi ilk qadamni bosishdan tanlayotgan kasbiga qiziqishlari so’nib,

ixlosi qaytishiga olib keladi

Kasb-hunarga yo’naltirish xizmati mutaxassislarning vazifasi har bir bola,

o’quvchi yoshlar kelgusi hayotida o’zining munosib o’rnini topish, o’zi yoqtirgan

kasb-hunar egasi bo’lish, o’zining (munosib o’rnini) va jamiyatning ertangi faoliyatini

ta’minlab berish imkoniyatini yaratib berishdir.

Sharqda yoshlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga kasb – hunar o’rgatish qadimiy

an’analaridan hisoblanadi. Ayniqsa, hunarmand va kosiblar me’mor va naqqoshlar,

dehqon va chorvadorlar o’z farzandlari yoki shogirdlarini tarbiyalashga kasb sirlarini

o’rganishga juda katta ahamiyat berganlar. Xalqimizning yosh avlod tarbiyasiga bu

qadar e’tibor berishini ko’rsatuvchi turli-tuman naqllar va rivoyatlar maqollarning

asrlar osha to’planib kelganligini ham alohida qayd etish o’rinlidir. Jumladan,

“Ustozdan o’zmagan shogird, shogird emas ”, “Hunarli kishi xor bo’lmas” yoki “Bir

yigitga yetmish hunar oz” kabi ko’plab hikmatli so’zlar borki, ular qadim-qadimdan

ota -bobolarimiz yosh avlodni ruhan va jismonan barkamol hamda o’ziga munosib

biror bir kasb-kor egasi bo’lib yetishishlariga da’vat etib kelganlarining yaqqol

isbotidir. Sharq mutafakkirlari ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish

bilan birga ularni kasb hunarga o’rgatish g’oyasi ham muhim o’rin egallaydi. Bundan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

231

2181-

3187

ko’rinadiki, kasb tanlash kasbga yo’naltirish masalalari hozirgi kun uchun yangilik

bo’lmay, balki azaliy muammo sifatida o’rganib kelinmoqda. Jumladan, Abu Nasr

Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Jomiy, Ahmad Donish, Davoniy va boshqalar tomonidan

yozilgan asarlarda muammo atroflicha talqin qilingan. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr

Forobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlarni berganlar

chunonchi ta’lim-so’z va ko’nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat

ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu

kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytgan. Bu mulohazalardan ko’rinib

turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo’lib kelgan.

Abu Nasr Forobiyning ta’kidlashicha, “ta’lim-degan so’z xalqlar va shaharliklar

o’rtasida nazariy fazilatlarni birlashtirish tarbiya esa shu xalq o’rtasidagi tug’ma fazilat

va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir. Ta’lim faqat so’z va

o’rganish bilangina bo’ladi. Tarbiyachi esa amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq shu

millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan

bo’lishi, o’rganishidir”-deydi.

1

Forobiy ta’lim-tarbiya ishlarini ikki yo’l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi:

“Amaliy fazilatlar va amaliy san’at kasb-hunarlar va ularni bajarishga odatlantirish

masalasi”ga kelganda bu odam ikki yo’l bilan hosil qilinadi; bulardan birinchisi-

qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odatda hosil

qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, intilish harakatga

aylantiriladi. Ikkinchi yo’l yoki usul-majbur etish yo’li. Bu usul gapga ko’nmovchi

qaysar shaharliklar va boshqa sahroiy xalqlarga nisbatan qo’llaniladi. Chunki ular so’z

istaklarigacha so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar.

Forobiyning fikricha, insonnnig kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu

fazilat tug’ma emasdir aks holda uning fikru – fazilatida mutlaqo kuch va ulug’lik

bo’lmas edi. Agar kasb-hunar fazilati tug’ma bo’lganda podshohlar ham o’zlari ishlab

1

Brеslаv G.M. Emоtsiоnаlьnые оsоbеnnоsti fоrmirоvаniya lichnоsti v dеtstvе: nоrmа i оtklоnеniya. –

M.: Pеdаgоgikа,

1990.

140 s.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

232

2181-

3187

va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo’lgan,

tabiat talab qilgan tabiiy majburiy bo’lib qolar edi. Nazariy va buyuk fikriy fazilat ulug’

tug’ma fazilat va ulug’ fazilati odat-malaka bo’lib qolgan odamda bu fazilatlar irodani

hosil qilishning va odatga aylantirishning sababi bo’ladi, bunday odamlar cheksiz, juda

kuchli tabiat va irodaga egadirlar. Agar insonda mana shunday go’zal xususiyatlar yoki

fazilatlar birlashsa, uyg’unlashsa, shundan so’ng u o’zidagidek go’zal fazilat va irodani

xalqlar shahar aholilarida axloq, odob, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil

qilgani uchun insondan zo’r kuch va qudrat talab qilinadi. Ta’lim degan so’z xalqlar

va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar

o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.

Forobiyning fikricha, baxtning turli darajalarining bir-biridan afzalligi uch xil

alomatga qarab aniqlanadi. Biz quyida ko’rib chiqayotgan hunar va san’atlarning bir-

biridan afzalligi ham xuddi shu alomatlarga qarab aniqlanadi. Hunar va san’atlar qaysi

tur va sohalarga taalluqli ekanligiga ko’ra bir-biridan afzal ko’rinadi.

Masalan bo’z to’qish, shoyi to’qish, attorlik, hovli supurish, raqs san’ati, fiqx

ilmi, tabiblik yoki so’z san’ati bir-biridan qanchalik afzal bo’lsa, baxtga erishuv

darajalari ham shunga o’xshashdir.

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida

muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo’ladi.

Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini

keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli-olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, xayrixoh

bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar jamiyat ravnaqiga hissa

qo’shuvchilar deb biladi. Shu bilan birga og’ir mehnat qiluvchi konchilar yer ostida

gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish

kerak deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi kerakligini

alohida eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi deb

ta’kidlaydi. Beruniy bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr

yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish kerak deydi.

Mehnat tarbiyasi o’sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

233

2181-

3187

beradi. Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb

egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga

yo’llaganki, bu insonning kamolga yetishida muhim pog’ona bo’lgan. Zero, qadimdan

har bir yetuk inson shohmi yoki oddiy fuqaromi hunarning bir yoki bir nechta turini

bilishi zarur sanalgan. Shunga buyuk shaxslar ham beklar ham, mol-mulk egalari

bo’lgan boylar ham oddiy fuqaro ham o’z farzandini bilimli bo’lish bilan birga hunarli

bo’lishiga ham e’tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan.

Chunki kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab, kishilar o’z mehnati va hunari

bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot taqozosi asoratida qabul qilingan.

Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli

bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi.

2

Abu Ali ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga

sazovordir. Jumladan u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq, shart deydi. Yosh yigit

biron hunarni o’rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani

ta’minlay oladigan bo’lsagina otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi.

O’spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar, balki xarakterning irodaviy

hislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash orqali o’spirinlardan

sabrbardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, zukkolik

kabi insoniy sifatlar shakllanadi. Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan

holda unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlashi tufayli juda katta amaliy ish

qilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Uning fikricha, har bir inson faqat unga tegishli

bo’lgan xususiyatlargagina egadir, unga o’xshash insonlar kamdan-kam bo’ladi.

3

Yusuf Xos Hojibning osha davrda kosib hunarmandlarga naqadar hayrixohligi

o’z-o’zidan emasdi. Chunonchi, davlatning tinch osoyishtaligi, jahonda tutgan mavqei,

boyligi, xalqning farovonligi ana shu toifadagi kishilarga bog’liq edi. Zero, kasb-hunar

ta’limning ijtimoiy-siyosiy, moddiy va ma’naviy taraqqiyotining o’lchov birligi

sanalardi.

2

Brеslаv G.M. Emоtsiоnаlьnые оsоbеnnоsti fоrmirоvаniya lichnоsti v dеtstvе: nоrmа i оtklоnеniya. –

M.: Pеdаgоgikа,

1990.

50 s.

3

O'sha asar -59b


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

234

2181-

3187

Yusuf Xos Hojib jamiyat tarqqiyoti va xalq farovonligida muhim o’ringa ega

bo’lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar, olimlar haqida ham muhim

fikrlar bayon etadi va har birining jamiyatdagi o’rnini ko’rsatib beradi.

Chunonchi, dehqonlar va chorvadorlarning ham ijtimoiy, iqtisodiy hayotda

tutgan o’rnini yuqori baholaydi va ular mehnati eng ulug’ sharafli muqaddas ekanligini

ta’riflaydi. Ko’rinib turibdiki, olim jamiyatning rivojlanishiga hissa qo’shgan har bir

kasb-hunar egasini ulug’laydi va ularni qadrlash zarurligini ta’kidlaydi.

4

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, sharq allomalari asrlaridagi kasb tanlash,

kasbga yo’naltirish borasidagi fikrlarni o’rganish, ularni amaliy hayotga tadbiq etish,

o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli kasb tanlashga yordam beradi, Bu esa bolalarni

yoshligidanoq kasb-hunarga o’rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biri

hisoblanadi. Shuningdek, ularda kasbga xos tushuncha, tasavvur va bilimlarini

boyishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

1.Arziqulov D.N. Farfiyev Yo.I. Kasbiy ko’nikma va malakalarning

shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyati// Oliy ta’lim tizimida psixologiya

fanlarini o’qitishningilmiy-islubiy muammolari. Pespublika ilmiy-amaliy anjumani

materiallari. T.2011.40-43 betlar

2.

Ismoilova Z. Xodjayev A. Kasbiy shakllanish jarayonida kasbiy sifatlarning roli.

Psixologiyaning dolzarb moammolari.Pespublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.

T. 2009.346-349 betlar

3.

Klimov E.I. Ishlab chiqarish asoslari: Kasb tanlash. 2-qism T.1992.

4.

3.Holiеv I, Хusаnоv J. Kаsb-hunar tа’limi: Tехnоlоgiya Mа’nаviyat. Mаhоrаt.

T.: O’qituvchi. 2003 y. 256- bеt.

5.

4.Xodjakulova D. Kasbiy yo’nalganlik muammosi psixologlar talqinida.

Psixologiyaning dolzarb muammolari. Pespublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.

T. 2009.346-349 betlar

4

Brеslаv G.M. Emоtsiоnаlьnые оsоbеnnоsti fоrmirоvаniya lichnоsti v dеtstvе: nоrmа i оtklоnеniya. –

M.: Pеdаgоgikа,

1990.

63 s.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–2_ июня–2025

235

2181-

3187

6.

5.Nishonaliev U.N., SHodiev N.SH., Muslimov N.A. Mehnat ta`limidan

"Kasbga yo'naltirish asoslari" kursi bo'yicha metodik qo'llanma. -Toshkent, 2004. 12

b.

7.

Odilboyevich, J. X. (2025). TA’LIM TIZMDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLLALARNI O ‘QITISHDA INKLYUZIV TA’LIMNING O

‘RNI

VA

AHAMIYATINING

PEDAGAGIK

VA

PSIXOLOGIK

JIXATLARI.

Research Focus

,

4

(Special Issue 2), 132-140.

8.

Odilboyevich, J. X. (2025). O ‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER

AKSENTUATSIYASINING

SHAKLLANISHIGA

IJTIMOIY

MUHITNING

TA’SIRI.

Central Asian Journal of Education and Innovation

,

4

(4), 150-153.

9.

Jurayev, X. O. (2024). Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o ‘z men

konsepsiyasining psixologik mexanizmlari.

Science and Education

,

5

(9), 237-242.

10.

Odilboyevich, J. X. (2025). DEVIANT XATTI XARAKATLARNING

NAMOYON

BO

‘LISHIDA

XARAKTER

AKSENTUATSIYASINI

O

‘RNI.

Международный журнал научных исследователей

,

10

(2), 29-34.

11.

Odilboyevich, J. X. (2024). Yuridik Faoliyatda Psixologik Ta’sir Etish Va

Jinoyatchi Shaxsning Psixologik Xususiyatlarini Aniqlash.

Journal of Research in

Innovative Teaching and Inclusive Learning

,

2

(2), 7-10.

Библиографические ссылки

Arziqulov D.N. Farfiyev Yo.I. Kasbiy ko’nikma va malakalarning

shakllantirishda psixologik bilimlarning ahamiyati// Oliy ta’lim tizimida psixologiya

fanlarini o’qitishningilmiy-islubiy muammolari. Pespublika ilmiy-amaliy anjumani

materiallari. T.2011.40-43 betlar

Ismoilova Z. Xodjayev A. Kasbiy shakllanish jarayonida kasbiy sifatlarning roli.

Psixologiyaning dolzarb moammolari.Pespublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.

T. 2009.346-349 betlar

Klimov E.I. Ishlab chiqarish asoslari: Kasb tanlash. 2-qism T.1992.

Holiеv I, Хusаnоv J. Kаsb-hunar tа’limi: Tехnоlоgiya Mа’nаviyat. Mаhоrаt.

T.: O’qituvchi. 2003 y. 256- bеt.

Xodjakulova D. Kasbiy yo’nalganlik muammosi psixologlar talqinida.

Psixologiyaning dolzarb muammolari. Pespublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.

T. 2009.346-349 betlar6.

Nishonaliev U.N., SHodiev N.SH., Muslimov N.A. Mehnat ta`limidan

"Kasbga yo'naltirish asoslari" kursi bo'yicha metodik qo'llanma. -Toshkent, 2004. 12

b.

Odilboyevich, J. X. (2025). TA’LIM TIZMDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLLALARNI O ‘QITISHDA INKLYUZIV TA’LIMNING O

‘RNI

VA AHAMIYATINING PEDAGAGIK VA PSIXOLOGIK

JIXATLARI. Research Focus, 4(Special Issue 2), 132-140.

Odilboyevich, J. X. (2025). O ‘SMIRLIK DAVRIDA XARAKTER

AKSENTUATSIYASINING SHAKLLANISHIGA IJTIMOIY MUHITNING

TA’SIRI. Central Asian Journal of Education and Innovation, 4(4), 150-153.

Jurayev, X. O. (2024). Shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida o ‘z men

konsepsiyasining psixologik mexanizmlari. Science and Education, 5(9), 237-242.

Odilboyevich, J. X. (2025). DEVIANT XATTI XARAKATLARNING

NAMOYON BO ‘LISHIDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINI O

‘RNI. Международный журнал научных исследователей, 10(2), 29-34.

Odilboyevich, J. X. (2024). Yuridik Faoliyatda Psixologik Ta’sir Etish Va

Jinoyatchi Shaxsning Psixologik Xususiyatlarini Aniqlash. Journal of Research in

Innovative Teaching and Inclusive Learning, 2(2), 7-10.