Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
A Comparative Analysis of Metadiscourse Markers in
Scientific Discourse: A Contrastive Approach
Bakhtigul UBAYDULLAYEVA
1
Andijan State Institute of Foreign Languages
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2025
Received in revised form
10 April 2025
Accepted 2 May 2025
Available online
25 June 2025
This article analyzes the use of metadiscourse markers in
English and Uzbek scientific discourse. Metadiscourse elements
are considered as tools shaping the interaction between author
and reader within academic texts. Through comparative
analysis of corpora in both languages, the study explores the
frequency, function, and stylistic features of interactive and
interpersonal markers. The paper relies on theoretical
frameworks by Hyland, Crismore, and Vande Kopple to uncover
the functional-stylistic and cognitive characteristics of academic
discourse.
2181-3701
/©
2025 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss6
/S
-pp1
86-192
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
academic discourse,
metadiscourse,
functional stylistics,
cognitive approach,
comparative analysis.
Ilmiy diskursda metadiskurs birliklarining tahlili: qiyosiy
yondashuv
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ilmiy diskurs,
metadiskurs,
funksional stilistika,
kognitiv yondashuv,
qiyosiy tahlil.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek ilmiy diskurslarida
metadiskurs
birliklarining
qo‘llanishi
tahlil
qilinadi.
Metadiskurs birliklari ilmiy matnda muallif va o‘quvchi
o‘rtasidagi muloqotni shakllantiruvchi vositalar sifatida
ko‘riladi. Qiyosiy tahlil asosida ikki tildagi ilmiy maqolalar
korpusida interaktiv va interpersonal birliklarning ishlatilish
chastotasi, funksional yuklanishi hamda stilistik xususiyatlari
ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada Hyland, Crismore va Vande
Kopple’ning nazariy qarashlariga tayangan holda ilmiy nutqning
kognitiv va funksional-stilistik xususiyatlari yoritiladi.
1
Andijan State Institute of Foreign Languages.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
187
Сравнительный анализ метадискурсивных единиц в
научном дискурсе: сопоставительный подход
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
научный дискурс,
метадискурс,
функциональная
стилистика,
когнитивный подход,
сопоставительный анализ
.
В данной статье рассматривается использование
метадискурсивных единиц в английском и узбекском
научном
дискурсе.
Метадискурсивные
средства
рассматриваются
как
инструменты,
формирующие
коммуникацию между автором и читателем в научном
тексте. На основе сопоставительного анализа корпуса
научных статей на двух языках показана частотность,
функциональная нагрузка и стилистические особенности
использования интерактивных и интерперсональных
единиц.
В
статье
освещаются
когнитивные
и
функционально
-
стилистические
особенности
научной
речи, опираясь на теоретические взгляды Хайланда,
Крисмора и Ванде Коппла
.
So
‘
nggi yillarda O
‘
zbekiston Respublikasida ilm-fan, innovatsiya va ilmiy
salohiyatni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo
‘
nalishlaridan biri sifatida e
’
tirof
etilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan
“
Ilm-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi
”
hamda O
‘
zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
faoliyatining takomillashuvi natijasida ilmiy tadqiqotlarga bo
‘
lgan qiziqish sezilarli
darajada ortdi. Shu bilan birga, ilmiy izlanishlarda qatnashayotgan yosh olimlar safi
kengaymoqda, xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda va ilmiy maqolalar
chop etish faolligi oshmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar
natijasida ilmiy-tadqiqot institutlari soni ortib bormoqda, fan doktori (DSc) va falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish tizimi takomillashmoqda. Jumladan, Fanlar
akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, O
‘
zbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi va boshqa tashkilotlar ilm-fan rivojiga tizimli yondashuvni joriy
etmoqda.Ana shunday ijobiy jarayonlar fonida, tilshunoslikning zamonaviy
yo
‘
nalishlaridan biri bo
‘
lgan
ilmiy diskurs
masalasi ham dolzarb mavzuga aylangan. Bu
esa ilmiy diskurs
—
ya
’
ni olimlar, tadqiqotchilar va aspirantlarning ilmiy muloqoti va
matnlari
—
ni rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Ilmiy diskurs tilshunoslikning yangi va muhim tadqiqot yo
‘
nalishlaridan biri
bo
‘
lib, matnlar orqali bilimlar uzatilishini, muallif va o
‘
quvchi o
‘
rtasidagi muloqot
strategiyalarini, til birliklarining funksional va stilistik imkoniyatlarini o
‘
rganishga
yo
‘
naltirilgan. Ayniqsa, ingliz va o
‘
zbek tillarida yaratilayotgan ilmiy matnlarni tahlil
qilish orqali nafaqat lingvistik, balki madaniy, ijtimoiy va kognitiv tafovutlarni aniqlash
mumkin. Bu esa qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan alohida
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonlik ayrim tadqiqotchilar stilistik vositalar, rasmiy uslub va ilmiy yozuv
kompetensiyasi masalalarini o‘rgangan bo‘lsalar
-
da (¹ G‘afforov M. (
2016).
Ilmiy uslub va
til
vositalari
.
Toshkent:
Fan
nashriyoti.
² Rahmatullayeva G. (2018).
Akademik yozuv va lingvistik kompetensiya
.
Filologiya
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
188
masalalari
, 2(3), 45
–
52.), metadiskurs birliklarining aniq tahlili hali yetarli darajada
o‘rganilmagan. Shu nuqtayi nazardan, ingliz va o‘zbek ilmiy diskursida metadiskurs
birliklarini qiyosiy tahlil qilish ushbu yo‘nalishdagi ilmiy bo‘shliqni to‘ldiradi.
Ushbu maqolada ingliz va o‘
zbek tillaridagi ilmiy matnlarning qiyosiy tahlili orqali
metadiskurs birliklarining funksional va stilistik xususiyatlarini aniqlash maqsad
qilingan. Bu tahlil orqali nafaqat ikki tildagi ilmiy ifoda vositalari o‘rganiladi, balki milliy
stilistik yondashu
vlar, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi diskurs strategiyalari ham ochib
beriladi. Tadqiqot natijalari esa O‘zbekistonda ilmiy matn yozish madaniyatini
takomillashtirish, ESP va EAP kurslarida metodik yondashuvlarni ishlab chiqish uchun
muhim manba bo‘lib x
izmat qiladi.
Metadiskurs birliklari: nazariy asoslar“Metadiskurs” atamasi ilk bor 1980
-yillarda
amerikalik tilshunos William Vande Kopple tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lib,
u matndagi asosiy mazmun (propozitsional ma’lumot)dan tashqari, o‘quvchi bilan
kommunikativ aloqa va matn tuzilmasini boshqaruvchi birliklar mavjudligini ilgari
surgan (Vande Kopple, 1985). Vande Kopple metadiskursni “yozuvchining matn ustidan
nazorati va o‘quvchi bilan aloqa o‘rnatish vositasi” sifatida tavsifl
agan.
Ushbu yondashuv 1990-yillarda Crismore, Markkanen va Steffensen (1993)
tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular metadiskurs birliklarini ikki turga
—
metatekstual
(matnni boshqaruvchi) va interpersonal (muallif-
o‘quvchi munosabatini ifodalovchi)
birlik
larga ajratdilar. Bu tasnif, ayniqsa, o‘quvchining matnga bo‘lgan qiziqishini
shakllantirishda muhim deb qaraldi.Eng yetuk va keng qo‘llaniladigan nazariy model esa
britaniyalik tilshunos Ken Hyland tomonidan ishlab chiqilgan (2005). Hyland
metadiskursni i
nteraktiv va interpersonal birliklarga bo‘lishni taklif qiladi:
Interaktiv birliklar: matn tuzilmasini boshqaradi va o‘quvchiga mazmunni
tushunishda yordam beradi. Bularga quyidagilar kiradi:
Transitions
(e.g., however, therefore)
Frame markers
(e.g., in conclusion, my purpose is...)
Endophoric markers
(e.g., see Table 1, as noted above)
Evidentials
(e.g., according to X, as X claims...)
Code glosses
(e.g., namely, such as)
Interpersonal birliklar: muallifning shaxsiy munosabatini, ishonch darajasini,
o‘quvchiga murojaatini bildiradi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hedges
(e.g., might, perhaps, it seems)
Boosters
(e.g., clearly, obviously, in fact)
Attitude markers
(e.g., unfortunately, surprisingly)
Engagement markers
(e.g., consider, note that, you can see)
Self-mentions
(e.g., I, we, the author)
Hyland (2005) metadiskurs birliklarining asosiy funksiyasi sifatida quyidagilarni
ko‘rsatadi:
O‘quvchini yo‘naltirish va e’tiborini boshqarish;
Matnni mantiqiy tuzish;
O‘z fi
kriga ishonch bildirish yoki ehtiyotkorlik bilan taqdim etish;
O‘quvchi bilan muloqotda bo‘lish;
Muallif sifatida o‘z ishtirokini ko‘rsatish.
Shuningdek, u metadiskurs birliklarining ishlatilishi madaniy va janr xususiyatlari
bilan bevosita bog‘liq ekanini
ta’kidlaydi. Masalan, g‘arbiy ilmiy matnlar, ayniqsa, ijtimoiy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
189
fanlarda “I argue that...” kabi ochiq subyektiv ifodalarni ko‘p ishlatsa, o‘zbek ilmiy
matnlarida esa betaraf va kollektiv uslubdagi ifodalar ustuvor bo‘ladi (“ushbu maqolada
ko‘rib chiqiladi”
kabi).
Demak, metadiskurs birliklari matnning muloqotga xosligi, tushunarliligi va
o‘quvchiga yo‘naltirilganligini belgilovchi muhim pragmatik
-
stilistik vosita bo‘lib, ilmiy
diskursda ularni o‘rganish —
zamonaviy tilshunoslikda dolzarb tadqiqot yo‘nalishl
aridan
biridir.
Ingliz va o‘zbek ilmiy diskursida metadiskurs birliklarining qiyosiy tahlili
Ushbu bo‘limda ingliz va o‘zbek tillarida yozilgan ilmiy maqolalarning
metadiskurs birliklari asosida qiyosiy tahlili keltiriladi. Tadqiqot uchun har ikkala tilda
ijtimoiy-gumanitar sohalarga oid 10 tadan maqola tanlab olindi (nashr yillari: 2018
–
2023). Maqolalar tanlovida bir xil mavzudagi, ilmiy uslubda yozilgan, nashr etilgan
manbalar korpusi asos qilib olindi.
Tahlil davomida Hyland (2005) tomonidan ishlab chiqilgan metadiskurs modeli
(interaktiv/interpersonal birliklar) asos qilib olindi.
Interaktiv birliklar: matnni boshqarishdagi yondashuvlar
Ingliz ilmiy matnlarida interactive birliklar, ayniqsa,
frame markers
va
code glosses
faol ishlatiladi:
e.g.,
In this paper, we aim to explore...
,
That is to say...
,
For example...
Bu birliklar o‘quvchining e’tiborini asosiy g‘oyaga jalb qilish, fikrlar oqimini
aniqlashtirish va ma’noni tushunarli yetkazish vositasi sifatida xizmat qiladi.
O‘zbek ilmiy matnlari
da esa bu turdagi birliklar odatda rasmiy va betaraf shaklda
ifodalanadi:
e.g.,
Mazkur maqolada...
,
Bu fikrni quyidagicha izohlash mumkin...
,
Bunday holat...
orqali kuzatiladi.
O‘zbek matnlarida strukturani boshqaruvchi vositalar kamroq ko‘llaniladi, ko‘proq
nominal uslub ustuvor bo‘ladi.
Interpersonal birliklar: muallif
–o‘quvchi munosabatlari
Ingliz matnlarida, yozuvchi subyektiv nuqtai nazarini ochiq bildiradi, o‘z fikrini
ta’kidlovchi yoki cheklovchi birliklardan foydalanadi:
We argue that
,
It is clear that
,
It seems that...
Engagement markers orqali o‘quvchi suhbatga jalb qilinadi (
consider the
following...
,
note that
), bu esa diskursni interaktiv qiladi.
O‘zbek ilmiy diskursida esa “biz”, “muallif” kabi self
-
mentions kam qo‘llaniladi.
Aksariyat hollarda:
Ushbu maqolada muhokama qilinadi...
,
Tadqiqot davomida aniqlash mumkin bo‘ldi...
kabi betaraf, masofali ifodalar ishlatiladi. Hedges (e.g.,
muhim bo‘lishi mumkin
,
ehtimol
)
oz, boosters esa umuman kam kuzatiladi.
Stilistik va madaniy farqlar
Yozuvchining matndagi ishtiroki ingliz tilida individuallikka asoslangan, ya’ni
muallif o‘z fikrini ochiq bildiradi, muhokama qiladi. O‘zbek ilmiy matnlarida esa
kollektivizm va rasmiylik ustuvor bo‘lib, “muallif”ning shaxsiy pozitsiyasi emas, balki
ilmiy obyektivlik namoyon bo‘ladi.
Bunday farqlar, albatta, madaniy tamoyillar bilan bevosita bog‘liq:
G‘arb diskursida muloqot interaktiv va ochiq,
O‘zbek diskursida esa ehtiyotkor, struktura markazli va rasmiy.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
190
Umumiy kuzatuvlar
Tur
Inglizcha matnlar
O‘z
bekcha matnlar
Transitions
Keng
Kamroq
Frame markers
Aniq
Betaraf
Engagement markers
Faol
Deyarli yo‘q
Self-mentions
“I”, “we”
Kam yoki yo‘q
Hedges/Boosters
Faol
Noyob
O‘quvchiga murojaat
Bevosita
Bilvosita
Tahlil shuni ko‘
rsatadiki, ingliz ilmiy matnlarida metadiskurs birliklari matnni
muloqot vositasi sifatida shakllantiradi, o‘zbek matnlarida esa bu birliklar ko‘proq
matnni rasmiy struktura bilan ta’minlaydi. Bu holat O‘zbekistonda ilmiy matn yozish
uslubini yangilash, ayniqsa, xalqaro andozalarga moslashtirish zaruratini yuzaga
keltiradi.Tahlil natijalari
da ko’rinib turganidek
, ingliz va o‘zbek ilmiy matnlarida
metadiskurs birliklarining qo‘llanishi o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Ushbu tafovutlar
nafaqat tilning grammatik va stilistik xususiyatlari, balki madaniy qadriyatlar, diskurs
an’analari va ilmiy yozish mantiqiga asoslangan.
Ingliz ilmiy matnlarida, muallif o‘z fikrini aniq va ochiq bayon etishga intiladi. Bu
uslub ko‘pincha “muallif–o‘quvchi” o‘rtasidagi bevos
ita aloqani kuchaytirish, matnni
interaktiv qilish va ishonch uyg‘otish strategiyasi sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa,
engagement markers
,
hedges
,
boosters
kabi birliklar orqali o‘
quvchi suhbatga jalb qilinadi
yoki fikrga ijobiy/negaiv munosabat bildiriladi. Bunday uslub individualistik
madaniyatlarda shakllangan yozuv an’analari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, muallif o‘z
pozitsiyasini ochiq ifodalashga haqli deb hisoblanadi (Hyland, 2005).
O‘zbek ilmiy diskursida esa rasmiylik, ehtiyotkorlik va betaraflik ustuvorlik qiladi.
Bu holat o‘zbek madaniyatidagi kollektivizm, ijtimoiy ierarxiyaga hurmat va
muhokamada “men” emas, “tadqiqotning o‘zi” markazda bo‘lishi kerak degan
yondashuvga
mos keladi. Natijada, muallif matndan chekinadi, o‘z fikrini iloji boricha
betaraf shaklda bayon qiladi. Bu esa metadiskurs birliklarining, ayniqsa,
self-mentions
va
engagement
birliklarining cheklangan qo‘llanishiga olib keladi.
Shuningdek, o‘zbek ilmiy m
atnlarida stilistik vositalarning cheklanganligi, qattiq
struktura va rasmiy uslubga bo‘ysunishi natijasida matn ko‘pincha biryoqlama va kam
kommunikativ bo‘lib qoladi. Bunday uslubda matnni muloqot vositasi sifatida emas, balki
“hisobot berish” vositasi s
ifatida tasavvur qilish mumkin.
Muhimi, ingliz va o‘zbek yozma diskursidagi bu farqlar faqat lingvistik emas,
diskurs strategiyasi va kommunikativ madaniyat bilan bog‘liqdir. Inglizcha matn “muallif
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
191
fikrining kuchi va ishonchliligini” ko‘rsatishga intilsa,
o‘zbek matni “ilmiy neytrallik” va
“sodda rasmiylik”ni afzal ko‘radi.
Ushbu holat xalqaro miqyosda maqola yozayotgan o‘zbek tadqiqotchilari uchun
muhim muammo bo‘lishi mumkin. Chunki xalqaro jurnal muharrirlari va hakamlar
ko‘pincha matnda muallif pozitsiyasi, dalilning aniqligi va o‘quvchi bilan aloqaning
ochiqligini kutishadi. Demak, metadiskurs birliklaridan xabardorlik nafaqat lingvistik
kompetensiya, balki ilmiy yozish madaniyatining bir qismi sifatida qaralishi lozim.
Yuqoridagi tadqiqo
t natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek ilmiy
diskurslari o‘rtasida metadiskurs birliklarining ishlatilishida sezilarli farqlar mavjud
bo‘lib, bu farqlar til strukturasi va grammatikasidan ko‘ra, diskurs strategiyalari,
kommunikativ uslublar va m
adaniy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Tahlil qilingan ingliz ilmiy matnlarida muallifning shaxsiy ishtiroki, o‘quvchi bilan
muloqot va fikrni ishonchli taqdim etish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Metadiskurs
birliklari (hedges, boosters, self-mentions, engagement markers) orqali matnning
interaktiv va tushunarli bo‘lishi ta’minlanadi. Bu uslub o‘quvchini faollashtirish, matnga
jalb etish va muallif pozitsiyasini ochiq ifodalash imkonini beradi.
Bunga qarama-
qarshi tarzda, o‘zbek ilmiy matnlarida stili
stik ehtiyotkorlik,
rasmiylik va muallif pozitsiyasining yashirinligi kuzatiladi. Engagement markers,
boosters, va self-mentions singari birliklar deyarli ishlatilmaydi, bu esa matnning
kommunikativligi va argumentativ kuchini pasaytiradi. O‘zbek yozma dis
kursida mavjud
bo‘lgan ushbu xususiyatlar ilmiy neytrallikni ta’minlasa
-
da, matnni o‘quvchiga
yo‘naltirish va argumentativ tuzilma yaratishda yetarli darajada samarali bo‘lmasligi
mumkin.
Shunday qilib, metadiskurs birliklarining tahlili nafaqat tilshunoslikda, balki ilmiy-
pedagogik amaliyotda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ularni chuqur o‘rganish va faol
qo‘llash ilmiy matnlarning sifatini oshirish, xalqaro talablarga mos maqolalar
tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mirziyoyev, Sh. M. (2020). Ilm-
fan va innovatsiyani rivojlantirish bo‘yicha
ustuvor vazifalar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PQ–
4947-
son. https://lex.uz/docs/4705880
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2020). O‘zbekiston
Respublikasida ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent: Fan va
texnologiyalar agentligi. https://lex.uz/docs/4761470
3.
Crismore, A., Markkanen, R., & Steffensen, M. S. (1993). Metadiscourse in
persuasive writing: A study of texts written by American and Finnish university students.
Written
Communication,
10(1),
39
–
71.
https://doi.org/10.1177/0741088393010001002
4.
Dafouz-Milne, E. (2008). The pragmatic role of textual and interpersonal
metadiscourse markers in the construction and attainment of persuasion: A cross-
linguistic study of newspaper discourse. Journal of Pragmatics, 40(1), 95
–
113.
https://doi.org/10.1016/j.pragma.2007.10.003
5.
Hyland, K. (2005). Metadiscourse: Exploring interaction in writing. London:
Continuum.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
6 (2025) / ISSN 2181-3701
192
6.
Hyland, K., & Tse, P. (2004). Metadiscourse in academic writing: A
reappraisal.
Applied
Linguistics,
25(2),
156
–
177.
https://doi.org/10.1093/applin/25.2.156
7.
Mauranen, A. (1993). Cultural differences in academic rhetoric: A
textlinguistic study. Frankfurt: Peter Lang.
8.
Salager-Meyer, F. (1994). Hedges and textual communicative function in
medical English written discourse. English for Specific Purposes, 13(2), 149
–
170.
https://doi.org/10.1016/0889-4906(94)90013-2
9.
Vande Kopple, W. J. (1985). Some exploratory discourse on metadiscourse.
College
Composition
and
Communication,
36(1),
82
–
93.
https://doi.org/10.2307/357609
10.
Williams, J. M. (1990). Style: Toward clarity and grace. Chicago: University of
Chicago Press.
11.
Swales, J. M. (1990). Genre analysis: English in academic and research
settings. Cambridge: Cambridge University Press.
12.
Rustamova, D. A. (2020). Ingliz va o‘zbek tillarida ilmiy diskursning stilistik
xususiyatlari. Filologiya masalalari, (2), 94
–98. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti.
13.
Yo‘ldoshev, B. (2018). Tilshunoslikka zamonaviy yondashuvlar: nazariya va
amaliyot. O‘zbek tilshunosligi jurnali, (1), 22–
29. Toshkent: Fan nashriyoti.
14.
Madvaliyev, A. (2016). Nutq madaniyati va uslubiy kompetensiya. Toshkent:
O‘qituvchi nashriyoti.
15.
Jo‘rayev, S. (2021). Stilistika va matnshunoslikda zamonaviy yondashuvlar.
Til va adabiyot ta’limi, (3), 45–
52.
16.
Jo‘raev, N. (2019). Qiyosiy stilistika va tarjimashunoslik: nazariy va a
maliy
masalalar. Sharq tillari va tarjima masalalari, (4), 60
–
67.
