Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Creative skills and customization tools in the “Utgan
kunlar” of Abdulla Qadiri
Ranokhon SOBIROVA
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2024
Received in revised form
10 April 2024
Accepted 25 April 2024
Available online
25 July 2024
In the development of modern linguistics, attention has been
paid to studying the linguistic consciousness and thinking of the
language owner in connection with factors such as
social environment and national culture. At the end of the
20th century, the widespread spread of the anthropocentric
approach led to the formation of such linguistic trends as
cognitive linguistics, psycholinguistics, linguoculturalism,
sociolinguistics, pragmalinguistics, ethnolinguistics, and today
the integration of linguistics with other fields has become one of
the main factors. In particular, the issue of interaction between
the language owner, society, and culture has begun to be
thoroughly studied.
2181-3663
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp14-19
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
society,
culture,
social environment,
linguistics,
thinking,
ethnolinguistics,
consciousness.
Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asarida ijodkorlik
mahorati va xususiylashtirish vositalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
jamiyat,
madaniyat,
ijtimoiy muhit,
tilshunoslik,
tafakkur,
etnolingvistika,
ong.
Zamonaviy tilshunoslik taraqqiyotida til egasining lisoniy ongi
va tafakkurini ijtimoiy muhit, xalq madaniyati kabi omillar bilan
bog‘liqlikda o‘rganishga e’tibor kuchaydi. XX asr so‘nggida
antropotsentrik
yondashuvning
keng
yoyilishi
kognitiv
lingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika,
pragmalingvistika, etnolingvistika kabi lingvistik yo‘nalishlarning
shakllanishiga olib keldi va bugunga kelib tilshunoslik fanining
boshqa sohalar bilan integratsiyalashuvi asosiy omillardan biriga
aylandi.
Jumladan, til egasi, jamiyat va madaniyatning o‘zaro
munosabati masalasi ham atroflicha o‘rganila boshladi
.
1
Associate Professor, Department of Interfaculty Foreign Languages (Social Sciences and Humanities), Andijan State
University.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
15
Творческие навыки и инструменты кастомизации
в произведении «Минувшие дни» Абдуллы Кадири
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
общество,
культура,
социальная среда,
языкознание,
мышление,
этнолингвистика,
сознание.
В развитии современного языкознания особое внимание
уделяется изучению языкового сознания и мышления
носителя языка, учитывая такие факторы, как социальная
среда и национальная культура. В конце XX века широкое
распространение
антропоцентрического
подхода
способствовало формированию таких лингвистических
направлений,
как
когнитивная
лингвистика,
психолингвистика,
лингвокультурология,
социолингвистика, прагмалингвистика и этнолингвистика.
Сегодня интеграция лингвистики с другими научными
областями стала одним из ключевых факторов её развития.
Особое внимание в исследованиях уделяется вопросам
взаимодействия языка, общества и культуры.
Tilshunoslikda birinchilardan bo‘lib V.
Gumboldt til va madaniyatning o‘zaro ta’siri
muammosini hal qilishga urindi.
So‘nggi ikki asr davomida ilmiy jamoatchilik ushbu olim
tomonidan ilgari surilgan olamning universal tasviri haqida gapirish kerakmi yoki har bir
millat voqelikni idrok etishi va uning tildagi in’ikosini turlicha ifodalaydimi, degan masala
xususida bahs yuritadi. V.
Gumboldtning fikriga ko‘ra, “har qanday tilga murojaat qilib,
milliy xarakter haqida xulosa qilish mumkin” [1]. A.A.
Potebnya, E. Sepir, Uorf kabi
olimlarning gipotezalari V.
Gumboldt g‘oyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Xorijiy va
rus
tilshunoslari,
N.L. Shamne,
M. Bucholtz,
M. Rijkens,
C. White,
P. Zima,
Ye.M.
Vereщagin, S.G.
Ter-Minasova, L.V. Bazarova, V.G. Kostomarov, N.A. Krasavskiy,
M.V.
Milovanova va boshqalar, aynan, lisoniy birliklar ma’nosining lingvokulturologik
xususiyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratdilar. O‘
zbek tilshunosligida M.Mirtojiyev,
N.
Mahmudovning hammualliflikdagi “Til va madaniyat” kitobida birinchi marta tilning
etnomadaniy xususiyatlari tadqiq etilgan [2]
bo‘lsa, bugungi kunda z
amonaviy
metodologik tamoyillar asosida til hodisalari va til birliklarining lingvokulturologik
jihatlarini tadqiq qilish muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi va bu borada qator
tadqiqotlar olib borilmoqda [3]
V.A.
Maslova til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatlarni quyidagicha tavsiflaydi:
Til
–
madaniyat uzvi deb ayta olamiz, chunki:
1) ota-bobolarimizdan qolgan madaniyatning ajralmas qismi;
2)
madaniyatni o‘zlashtirishda asosiy vosita;
3) til madaniy tarkibdagi barcha hodisalarning eng muhimidir, chunki agar biz
madaniyatning mohiyati
–
ilm-fan, din, adabiyotni tushunishni istasak, bu hodisalarni
tilda shakllangan kodlar deb hisoblashimiz kerak, chunki eng yaxshi ishlab chiqilgan
model tabiiy tilda aks etadi. Shuning uchun madaniyatni konseptual anglash faqat tabiiy
til orqali yuzaga kelishi mumkin [4].
Muayyan xalqning ijtimoiy hayoti va turmush tarzi, ilmiy va mehnat faoliyati,
madaniy saviyasi, etnik jihatlarini o‘rganishda shu xalq tilidagi til birliklarini, xususan,
lug‘at qatlamini chuqur tahlil qilish katta ahamiyatga ega.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
16
Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik oralig‘idagi fan bo‘lib,
til birliklarida madaniyatning aks etishini o‘rganadi. M.R.
Galiyeva “O‘zbek
lingvomadaniyatida
diniy
dunyo
tasvirining
verballashuvi”
maqolasida
Lingvokulturologiya vazifasini quyidagilarni o‘rganishda deb hisoblaydi:
1) madaniyatning aks etishida tilning rolini aniqlash;
2) har bir tilning milliy-
madaniy o‘ziga xosligini ochib berish;
3) milliy-
madaniy bo‘yoqdor til birliklarini aniqlash va tahlil
etish;
4) madaniy konseptlarning tildagi verballashuv usullarini aniqlash
.
[5].
Til milliy madaniyat va ijtimoiy voqelikni o‘zida aks ettiruvchi vosita sifatida inson
ongida olam manzarasi to‘g‘risidagi tasavvurlarni, shuningdek, muayyan xalq
mentalitetidagi barcha o‘zgarishlarni aks ettirar ekan, jamiyat tomonidan uzoq yillar
davomida qabul qilinadigan rasm-
rusumlar, an’ana va odatlar, hayot tarziga oid turli
tushuncha va qarashlardan tortib, qardoshlik aloqalari, milliy turmush tarziga xos narsa-
buyum, kiyim-
kechak va hokazolar orqali o‘z ifodasini topgan
milliy-
madaniy o‘ziga
xoslik inson hayoti va uning barcha rang-
barangliklarini o‘zida namoyon etadi.
Madaniy-
etnografik xususiyatlar, turli millatlarning o‘ziga xosligi, ekologik
sharoitlarning har xilligi, jamiyat a’zolarining ijtimoiy jihatdan farqlanishi so‘zlarning
ifoda ma’nolari turlicha shakllanishiga olib keladi. Shu jihatdan lingvokulturologiya
falsafa, aksiologiya va xalqning milliy-madaniy mentalit
eti bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
jumladan, uy-
ro‘zg‘or buyumlari mikromaydoni ham muayyan tillar lisoniy olamining
an’anaviy qadriyatlari va o‘ziga xos milliy
-
madaniy xususiyatlarini ma’lum darajada ochib
beruvchi leksemalardir.
Zamonaviy tilshunoslik uchun nomlarning kelib chiqishi, predmetlar va
tushunchalarning so‘z orqali
ifodalanishi va ularning milliy madaniyat bilan aloqasi kabi
masalalar keyingi o‘n yilliklarda juda dolzarb sanala boshladi. Ma’lumki, til –
doimiy
o‘zgarib turadigan va takomillashib boradigan ochiq turdagi universal belgilar tizimi.
Ijtimoiy-iqtisodiy turmushdagi sifat
o‘zgarishlari
til evolyutsiyasining tezlashuviga turtki
beradi va bu jarayon o‘zaro muloqot vositasi bo‘lgan ijtimoiy
-etnik guruh nutqida aks
etadi. Biroq ularni tilning ichki qonuniyatlariga, til me’yoriga muvofiq amalga oshirish
talab etiladi. Shunday qilib, aksariyat til yangiliklari eng to‘liq tushunish talablari bilan
cheklanadi, nutqiy faoliyat doirasida va ma’lum bir tilning muloqot qonunlariga
bo‘ysunadi.
Har bir tilda dunyoni anglashning o‘ziga xos usuli, ya’ni ma’lum bir tilda
gaplashuvchilar uchun olamning o‘ziga xos lisoniy tasvirlari bor va til egalari har bir
so‘zdan
ana shu tasvirga muvofiq foydalanadi. Demak, insonlar olamni tildagi so‘zlar
orqali shakllangan in’ikosi yordamida idrok etadilar. So‘zlovchi
o‘z nutqiy faoliyati orqali
obyektiv olamni va o‘z ichki dunyosini so‘zda aks ettirgan holda ifodalaydi.
“Olam tasviri, jumladan, lisoniy tasviri tushunchasi insonning olam haqidagi bilim
va tasavvurlarini o‘rganishga asoslangan. Agar dunyo inson va u bilan o‘zaro ta’sirdagi
muhit bo‘lsa, olamning lisoniy tasviri –
atrof-
muhit va inson haqidagi ma’lumotlarni
qayta ishlash natijasidir. Shunday qilib, kognitiv tilshunoslik vakillari haqli ravishda
olamning lisoniy tasviri ko‘rinishida namoyish etilgan bizning konseptual tizimimiz
jismoniy va madaniy tajriba bilan bevosita bog‘liqdir, deb ta’kidlaydilar” [6] .
Dunyodagi har bir millatning, jumladan, o‘zbeklarning ham milliy mentaliteti o‘ziga
xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning
uy-
ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan munosabati ham o‘ziga xos tarzda bo‘lishi shubhasiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
17
Mavzuga oid leksemalarni tahlil qilish orqali ularning lingvokulturologik
xususiyatlarini o‘rganishda badiiy matnlar nihoyatda boy manba bo‘la oladi. Chunki
mahoratli o‘zbek yozuvchilari asarlarida milliy kolorit, millatimizning hayot tarzi, o‘ziga
xos tabiati yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangan o‘rinlar juda ko‘p. Masalan, Abdulla
Qodiriyning “O‘t
g
an kunlar” romanidan olingan quyidagi parcha orqali ro‘zg‘or buyumlari
shaxsning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy mavqeini belgilashda muhim omil bo‘la olishini
yaqqol kuzatishimiz mumkin:
“Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir
hujra, anovi hujralarga
kiygiz
to‘shalgani holda bu hujrada qip
-qizil
gilam,
uttalarda
bo‘z
ko‘rpalar
ko‘rilgan bo‘lsa, munda
ipak va adras ko‘rpalar
, narigilarda
qora charog‘
sasig‘anda, bu hujrada
sham’
yonadir, o‘zga
hujralarda
yengil tabi’atlik,
serchaqchaq
kishilar bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda”.
(A.
Qodiriy “O‘tkan
kunlar”) Yozuvchi oddiy ro‘zg‘or buyumlarini qiyoslash orqali
kigiz-
gilam, bo‘z ko‘rpa
–
ipak va adras ko‘rpa, qora charog‘
-
sham’
kontekstual antinomiyalarini hosil qilib, ikki
qarama-qarshi ijtimoiy guruh turmush tarzidagi farqni tasvirlash vositasi sifatida
voqelikni aniq tasavvur qilishga, Otabek timsolidagi ayrichalikning ijtimoiy ildizlarini
ochib berishga erishgan.
Uy-
ro‘zg‘or buyumlarining lingvokulturologik xususiyatlari, o‘ziga xos milliylikni
aks ettiruvchi darajasi haqida so‘z borar ekan, belgilarning quyidagi ikki turi asosida
tasniflash o‘rinli deb hisoblaymiz: a) milliy
-
madaniy ma’noga ega leksik qatlam,
b) madaniy komponentli ma’noga ega so‘z
[7].
Qumg‘on
–
choy qaynatish uchun ko‘pincha misdan yasaladigan, ichi qalay bilan
oqartirilgan, ko‘zacha shaklidagi dastali va qopqoqli idish; katta choydish
[8].
(teapot,
often made of copper, tin-plated, with a cup-shaped handle and lid
)
“Toyir aka qumg‘onni yana olov tomong‘a itarib qo‘ydi:
–
Hozir
damlaymiz, taqsir, hozir”.
(A.
Qodiriy “Mehrobdan chayon”)
Aytish mumkinki,
qumg‘on
so‘zi milliy
-
madaniy ma’noga ega leksik qatlamga
mansub bo‘lib, bu buyum asrlar davomida xalqning o‘ziga xos turmush tarzining bir
parchasi sifatida ishlatilib kelinadi.
Joynamoz
islom dinida namoz o‘qish uchun ishlatiladigan maxsus buyum
. (it is the
item when someone use it during the prayer)
Tabiiyki, boshqa din vakillari uchun bu
buyum ijtimoiy-
madaniy ahamiyatga ega emas. Shunday ekan, o‘z
-
o‘zidan, ushbu buyum
foydalanuvchilarining qanday etnik-madaniy guruhga mansublik belgisini yaqqol
ifodalaydi.
Yasovul poygakdagi eshikdan Sulton Ali mirzoni boshlab kirganda Shayboniyxon hali
ham shahnishinda o‘sha
joynamoz
ustida o‘ltirgan edi.
(P.
Qodirov “Yulduzli tunlar”)
Sandiq
–
arabcha quti, yashik, sandiq. Turli buyumlarni, bisotlarni solib qo‘yishga
mo‘ljallangan, ochilib
-yopiladigan qopqoqli, qulf-kalitli, yashik shaklidagi uy-
ro‘zg‘or
buyumi [9]. (
Arabic box. Household item in the form of a box with a lid, lock and key,
designed for storage of various items
) Sandiqdan turli millat vakillari foydalanadilar, lekin
o‘zbeklarda uning ayricha xususiyati ham mavjud. Xuddi mana shu xususiyat
leksemaning madaniy komponentli ma’noga ega so‘z sifatida izohlashga imkon beradi.
A. Mirsaidov leksemalarning milliy-
madaniy o‘ziga xos tafovutlarini o‘rganar ekan,
sandiq
leksik birligini quyidagicha izohlaydi: “Sandiq, odatda, uy
-
ro‘zg‘or jihozi
hisoblanadi. Lekin, qadimdan o‘zbek xalqi sandiqni uyning mehrobiga joylashtiradi va
ustiga
ko‘rpa
-
to‘shaklar yig‘ib qo‘yadi. Bundan tashqari, o‘zbek xalqi rasm
-rusumlariga
ko‘ra, kelinning ota
-
onasi kelin kuyov xonadoniga ketayotgan paytda beriladigan “kelin
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
18
sepi” deb atalgan turli uy
-
ro‘zg‘or anjomlari, ko‘rpa
-
to‘shaklar qatorida sandiq ham
bo‘ladi. Sandiqning mana shu qo‘shimcha ma’nolari uning madaniy komponent ma’nolari
hisoblanadi [10].
O‘zbek xotin
-qizlari azal-
azaldan kashtachilik bilan shug‘ullanib, uy
-
ro‘zg‘or uchun
ishlatiladigan ko‘plab buyumlarni tayyorlaganlar, qizlarni ham yoshlikdan shunga
odatlantirib borganlar. Kelin sepining asosiy qismini ham shunday buyum va matolar tashkil
qilgan. Masalan,
joypo‘sh
[f-t],
taxmonpech,
[f-t],
jukka solma
(sheva)
–
ko‘rpa va
ko‘rpacha taxlami ustidan tashlab qo‘yishga mo‘ljallangan, turli xil rangli ipak bilan
kashtalangan 2x3 m chamasidagi mato
(2x3 m embroidered fabric of different colors of silk,
designed to be laid on the bed and bed sheets
)yoki
zardevor
[f-t]
–
uy devorining yuqori
qismiga osib qo‘yish uchun turli rangdagi iplar bilan bezak berib tikilgan mato
[11].
(a sewn
fabric embellished with threads of different colors to hang on the top of the wall).
Maslovaga ko‘ra, M.
Xaydegger “tasvir” deganda, avvalambor, biron bir narsani
namoyish qilinishi haqida o‘ylaymiz, “mohiyatan anglashilgan olam tasviri esa dunyoni
aks ettiruvchi tasvirni emas, balki tasvirdek anglangan dunyoni ifodalaydi”,
–
deb yozgan
edi. Haqiqiy dunyoning aksi sifatida olamning real tasviri bilan lisoniy tasviri o‘rtasida
murakkab munosabatlar mavjud. Olam tasvirini makon (yuqori-
pastki, o‘ng
-chap,
sharqiy-
g‘arbiy, uzoq
-yaqin), vaqt (kunduzi-kecha, qish-yoz), miqdoriy, axloqiy va boshqa
parametrlar asosida aks ettirish mumkin. Uning shakllanishiga til, urf-odatlar, tabiat va
landshaft, ta’lim
-
tarbiya va boshqa ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi
[12].
O‘zbek etnografiyasida to‘y va boshqa turli marosimlar, bola tarbiyasi, milliy sport
o‘yinlari, xalqning yashash tarzida uy
-
ro‘zg‘or buyumlari bilan chambarchas bog‘liq
odatlar juda ko‘p. Ular xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan bo‘lib, o‘ziga
xos milliy belgi va xususiyatlarning muhim jihatlarini namoyon etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
И.В.
Лингвокультурологические
и
эколингвистические
аспекты
неономинации. Дисс.канд.филол. наук. Волгоград,
2014.
–
С.12
-13
2.
Mirtojiev ., М., Maxmudov N. Til va madaniyat. –
Toshkent: O’zbekiston, 1992.
3.
A.Mo‘minova Lingvokulturologiyaning zamonaviy tilshunoslikdagi o’rni
xususida. http://www.journal.fledu.uz; D.Xudoyberganova Matnning antroposentrik
tadqiqi.
–
Toshkent: Fan, 2013
; O’zbek tili o’xshatishkarining izohli lug’ati. N. Maxmudov,
D. Xudoyberganova.
–
Toshkent:Ma’naviyat Маънавият, 2013; Xudoyberganova D
.
Lingvokulturologiya
terminlarining qisqacha izohli lug‘ati
.
–
Toshrkent: Turon zamin
ziyo, 2015;
Baxranva D.K. Аntropooformizmlarning semantik va lingvokulturologik
xususiyatlari ( o’zbek va ispan tillari materiallarida) . Filol. fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(Phd) diss. avtoref.
–
Тoshkent, 2017; Kadirova B.P. Belgi bildiruvchi leksemalarning
lihgvokulturologik xususiyatlari. Filol. fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd) diss. avtoref .
–
Тоshkent, 2019
4.
F.F. Usmonov O‘zbek tilida o‘xshatishlarning lingvomadaniy . Filol. fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (Phd) diss. avtoref . –
Тоshkent, 2020
5.
Маслова В.А. Лингвокултурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб.
заведений. –
Москва: Издателский центр «Академия», 2001. –
С.62
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
3 (2024) / ISSN 2181-3701
19
6.
М.R.Galieva O‘zbek lingvomadaniyatida diniy dunyo tasvirining verballashuvi //
Tilshunoslikning dolzarb masalalari: VI.
–
Toshkent: Аkademnashr, 2012. –
B.77.
7.
А.Мirsaidov O‘zbek tilidagi milliy
-madaniy leksik birliklarni ingliz tiliga tarjima
muammolari // Zamonaviy tilshunoslik va lingvodidaktikaning Kommunikativ aspektlari.
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.
–
Samarqand, 2019.
8.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik 5
-jild,
–
Тоshkent: O‘zME, 2008. –
B.378.
9.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.
Besh jildlik 5-jild,
–
Тоshkent: O‘zME, 2007. –
B.439.
10.
A.
Mirsaidov O‘sha joyda.
11.
N.Мirzaev O‘zbek tili etnogrofizmlarining izohli lug‘ati . –
Тoshkent: Fan,
1991.
–
B. 32
12.
Маслова В.А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб.
заведений. –
Москва: Издательский центр «Академия», 2001. –
С.64.
