Tarjima turlari va ularning qo'llanilish metodikasi

Annotasiya

Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Demak, o'qituvchi o'z o'quvchilarida turli metodlarni qo'Hay olsa, ularni o'z o'qitish jarayoniga qo'shsa, oldiga qo'ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli tarzda erishadi. Albatta bizning oldimizda savol paydo bo'ladi, ho'sh, bunga qay tarzda erishsa bo'ladi? OTMning birinchi bosqich talabalariga dars berish jarayonida aynan tarjima turlari va ularning qo'llanilishida qanday uslub va metodlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligini quyida ко 'rib chiqamiz.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
  • Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
CC BY f
167-171
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Soipova, K., & Sotlikova, R. (2024). Tarjima turlari va ularning qo’llanilish metodikasi . Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода, 1(1), 167–171. https://doi.org/10.5281/ZENODO.7482130
R Sotlikova, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ilmiy raxbar: PhD., dotsent v.b.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Demak, o'qituvchi o'z o'quvchilarida turli metodlarni qo'Hay olsa, ularni o'z o'qitish jarayoniga qo'shsa, oldiga qo'ygan maqsadiga oson va muvaffaqiyatli tarzda erishadi. Albatta bizning oldimizda savol paydo bo'ladi, ho'sh, bunga qay tarzda erishsa bo'ladi? OTMning birinchi bosqich talabalariga dars berish jarayonida aynan tarjima turlari va ularning qo'llanilishida qanday uslub va metodlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligini quyida ко 'rib chiqamiz.


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

167

TARJIMA TURLARI VA ULARNING QO'LLANILISH

METODIKASI

HTTPS

://DOI.ORG/1O.5281/ZENODO.748213O

Soipova Kamila Alisherovna

O'zMU,

Ilmiy raxbar: PhD., dotsent v.b.

Sotlikova R.A.

Annotatsiya:

Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars

jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli

jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Demak, o'qituvchi o'z o'quvchilarida

turli metodlarni qo'llay olsa, ularni o'z o'qitish jarayoniga qo'shsa, oldiga qo'ygan

maqsadiga oson va muvaffaqiyatli tarzda erishadi. Albatta bizning oldimizda savol

paydo bo'ladi, ho'sh, bunga qay tarzda erishsa bo'ladi? OTMning birinchi bosqich

talabalariga dars berish jarayonida aynan tarjima turlari va ularning qo'llanilishida

qanday uslub va metodlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligini quyida ko'rib

chiqamiz.

Kalit so'zlar:

Metod, metodologiya, tarjima, tarjima turlari, sinxron tarjima,

interferensiya, kompetensiya, konikma.

Metodika atamasi bir necha o'n yilliklardan beri keng ko'lamda qo'llanib

kelinayotgan atamalardan biridir. Bunga asosiy sabab, albatta ta'lim tizimidagi

samarali o'qitishga bo'lgan ehtiyoj, yurtimizga davr talablariga to'laqonli javob

beradigan kadrlarni yetishtirish turadi albatta.Chet tillarni o'qitishda ham, maqsadga

ko'ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib borish kerakli natijani beradi.

O'qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo'lsa, ya'ni maqsadni to'g'ri qo'yib,

unga mos metodni qo'llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o'quvchilar


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

168

darsda o'rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko'nikma va malakalardan

mamnun bo' ladilar.

O'quvchilarning til tajribasi uch tildan yig'ilgani bilim, ko'nikma va malakalar

(kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro

bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga

kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha o'zbek, rus, chet

til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko'nikma va malakasining

hozir o'rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki

ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta'siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi “artikl”

atalmish grammatik hodisani o'rgatish chog'ida, uning o'zbek tilida mavjud emasligi

tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid “artikl” tushunchasi shakllantiriladi.

Oqibatda o'quvchi til tajribasi endi chet tildagi “yangilik” bilan boyiydi. Grammati

kadan hozirgi, o'tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente de

Indicativo, Prasens, Present)ni o'rganishda ularning qo'llanilishi (funksiyasi),

yasalishi (shakli) va ma'nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi.

Fe'l zamonining funksiyaviy tarafi o'quvchilar uchun deyarli qiyinchilik

tug'dirmaydi, chunki grammatik hodisaning “takrorlanib turadigan ish-harakatni

ifodalashi” o‘zbek tilidan ma'lum. Bunday holat o'quvchilar ona tilisi tajribasidan

olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug‘diradi. Demak,

o'quvchilarning til tajribasi chet til o'rganishda g'ov bo'lishi (salbiy ta'sir —

interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir — transpozitsiya) kuzatiladi.

Binobarin, chet til muallimi o'quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va

o'rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog'i darkor. Shuningdek,

o'qituvchining o‘qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo'lishi talab qilinadi.

Tarjima turlari va uning nazariyasi haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo uning

boshqa fanlardan ajralib turadigan bosh nuqtasi bu materiallarning ko'pligi va

chegaralanmaganligini ta'kidlab o'tish joiz.Tarjima turlari asosan uch turda

bo'ladi:Ketma-ket tarjima,Vizual tarjima qilish (Sight translation),Sinxron tarjima.

Uzoq davrlardan buyon mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng ish


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

169

olib borar edi. Lekin so'nggi yillarda davr talabi bilan og'zaki tarjimaning, jumladan

aynan sinxron tarjimaning salmog'i ortib bormoqda. “Sinxron tarjima masalalari”

fanining maqsadi ham talabada o'zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o'zbek tiliga

tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini shakllantirishdir. Bu

yo'lda fanning vazifalari, avvalo og'zaki tarjimonlik qobiliyati yuqori bo'lgan

talabalarni sinxron tarjima faoliyati, uning prinsiplari, strategiyalari, nazariy

konsepsiyalari bilan tanishtirish, amaliy ko'rsatmalar berishdan iborat. Fanning

predmeti sinxron tarjima va u bilan bog'liq nazariy, amaliy masalalarda o'z ifodasini

topadi. Maxsus uskuna-jihoz sinxron tarjimaning sistemasi bo'lib u odatda stasionar

yoki yig'ma kabina ko'rinishida bo'lib, bu crda ikki juft quloqliklar va tarjimon uchun

mikrofon, yana shuningdek tarjimaga ehtiyoji bor ishtirokchilarning soniga qarab

quloqliklar to'plami yoki ko'chma priyomniklardan tashkil topadi.

Sinxron tarjimonning xabarga ishlov berish ko'nikmasi, yoki strategiyalari, yoki

qobiliyatlariga ega bo'lish. Sinxron tarjima faoliyati og'zaki tarjima ishining eng

yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Shuning uchun sinxron tarjimonlarning tayyorgarligiga

juda baland talablar qo'yiladi. Ular quyidagi qobiliyatlarga ega bo'lishlari kerak

bo'ladi:

1.

Chet tili va o'z ona tilida erkin gapira olish; 2. Grammatik va fonetik jihatdan

yaxshi talaffuzli nutq; 3. Ikki tilda ham chuqur so'z boyligi; 4. Turg'un konstruksiya

va klishelar fondini yaxshi bilish va ularni tezkorlik bilan topa olish; 5. Ona tiliga

ham, chet tiliga ham grammatik jihatdan to'g'ri tarjima qila olish;

Sinxron tarjima ma'lumotlarning ancha yuqori darajada yo'qolishi va

assimilyatsiya qilinishining pastligi bilan tavsiflanadi. Bunda tarjimon nafaqat biron

so'z yoki iboraning tarjimasini balki uning linguokulturologiyasini, tarjima

qilinayotgan tilning madaniyati, urf-odatlari bilan ham tanish bo' lishi kerak.bunda

biz qo'llashimiz kerak bo'lgan asosiy metodlardan biri bu nafaqat til va uning

nazariyasi, balki uning tashqi muhit bilan ham chambarchas bog'liqligini ko'rsatib,

misollar bilan yoritib berishimiz kerak.Misol uchun, ingliz tilidagi “Hit the hay”

idiomatic iborasi bir ko'rinishda oddiy ma'noga ega, lekin ingliz xalqining bu iborani


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

170

toliqqanda dam olish uchun ishlatilinishini bilmasa notog'ri tarjima qilgan

hisoblanadi: “Sorry Dad, I have to hit the hay” , “break a leg” oyoqni sindirib olish

emas, balki omad tilaganda aytiladigan ibora hisoblanadi: “Hey, don't you have a

recital today? Break a leg!”

Hulosa o'rnida shuni aytamizki, chet tillarini o'rganish jarayonida tarjima

nazariyasi, hususan sinxron tarjima turi o'rganilishi eng murakkab bo'lgan til

bo'limlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda ko'p qo'llanib kelinayotgan metodik usul va

texnikalarni jalb etgan holda, o'quvchilarni fanga qiziqtirib darslarni til

kompetensiyalariga, metodik qo'llanmalarga va albatta tarjima usullariga tayanib olib

borishlik har bir pedagog zimmasidagi vazifadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Jamol Jalolov., Chet til o'qitish metodikasi

2.

Общая методика обучения иностранным языкам / Под ред. И. В. Рахманова,

А. А. Миролюбова, В. С. Цетлин. — М.: Просвещение, 1967. — 19—3 1 -

betlar.

3.

Г. В. Рогова, И. Н. Верещагина. Методика обучения английскому языку на

начальном этапе

4.

Hamidov X., Ismatullayeva N., Ergasheva S. Sinxron tarjima (o‘quv qoTlanma).

- T.: TDSHU, 2020. — 144b.

5.

Ochilov E., Xodjaeva N. Tarjima nazariyasi (o‘quv qoTlanma). - T., 2020. —

182 b.

6.

Виссон Л. Синхронный перевод с русского на английский. Приемы.

Навыки. Пособия. — М., 2001.

7.

Гофман Е. А. К истории синхронного перевода. // Тетради переводчика. —

М., 1963. — С. 20-26.

8.

Миньяр-Белоручев Р. К. Как стать переводчиком? — М.: Готика, 1999. —

176 стр. ISBN 5-7834-0035-1


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

171

9.

Чернов Г. В. Основы синхронного перевода. — М., 1987.

10.Чернов Г. В. Теория и практика синхронного перевода. — М.: Межд.

отношения, 1978.

11.

Ширяев А. Ф. Синхронный перевод. — М., 1979.

12.

Barik H. С. Simultaneous Interpretation: Qualitative and Linguistic Data. //

Language and Speech, 1975, vol 18, part 3.

13.

H.Douglas Brown. Teaching by principles . An Interactive approach to

language pedagogy. Second edition.

14.

Махмудова, М. А., and Ш. М. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК

КОМПОНЕНТ

УСТОЙЧИВЫХ

ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.

15.

Sultonova, Shoxista, and Muslimaxon Otaboyeva. "BILINGV BOLALAR

NUTQIDAGI

AGRAMMATIZMLARNING

PSIXOLINGVISTIK

ASOSLARI." Scientific journal of the Fergana State University 6 (2023): 88-88.

Bibliografik manbalar

Jamol Jalolov., Chet til o'qitish metodikasi

Общая методика обучения иностранным языкам / Под ред. И. В. Рахманова, А. А. Миролюбова, В. С. Цетлин. — М.: Просвещение, 1967. — 19—3 1 -bctlar.

Г. В. Рогова, И. Н. Верещагина. Методика обучения английскому языку на начальном этапе

Hamidov X., Ismatullayeva N., Ergasheva S. Sinxron tarjima (o‘quv qoTlanma). - T.: TDSHU, 2020. — 144b.

Ochilov E., Xodjaeva N. Tarjima nazariyasi (o‘quv qoTlanma). - T., 2020. —182 b.

Виссон Л. Синхронный перевод с русского на английский. Приемы. Навыки. Пособия. — М., 2001.

Гофман Е. А. К истории синхронного перевода. // Тетради переводчика. —М., 1963, —С. 20-26.

Миньяр-Белоручев Р. К. Как стать переводчиком? — М.: Готика, 1999. —176 стр. ISBN 5-7834-0035-1

Чернов Г. В. Основы синхронного перевода. — М., 1987. Ю.Чернов Г. В. Теория и практика синхронного перевода. — М.: Мсжд. отношения, 1978.

Ширяев А. Ф. Синхронный перевод. — М., 1979.

Barik Н. С. Simultaneous Interpretation: Qualitative and Linguistic Data. // Language and Speech, 1975, vol 18, part 3.

H.Douglas Brown. Teaching by principles . An Interactive approach to language pedagogy. Second edition.

Махмудова, M. A., and Ш. M. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК КОМПОНЕНТ УСТОЙЧИВЫХ ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.

Sultonova, Shoxista, and Muslimaxon Otaboyeva. "B1LINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOL1NGVISTIK ASOSLARL" Scientific journal of the Fergana State University 6 (2023): 88-88.