GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
167
TARJIMA TURLARI VA ULARNING QO'LLANILISH
METODIKASI
HTTPS
://DOI.ORG/1O.5281/ZENODO.748213O
Soipova Kamila Alisherovna
O'zMU,
Ilmiy raxbar: PhD., dotsent v.b.
Sotlikova R.A.
Annotatsiya:
Chet tilini o'qitish va uni o'rganish uchun ko'p soatli dars
jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar minglab o'z oldilariga qo'ygan maqsadli
jarayonlarni amalga oshirishi ko'zda tutiladi. Demak, o'qituvchi o'z o'quvchilarida
turli metodlarni qo'llay olsa, ularni o'z o'qitish jarayoniga qo'shsa, oldiga qo'ygan
maqsadiga oson va muvaffaqiyatli tarzda erishadi. Albatta bizning oldimizda savol
paydo bo'ladi, ho'sh, bunga qay tarzda erishsa bo'ladi? OTMning birinchi bosqich
talabalariga dars berish jarayonida aynan tarjima turlari va ularning qo'llanilishida
qanday uslub va metodlardan foydalanishimiz maqsadga muvofiqligini quyida ko'rib
chiqamiz.
Kalit so'zlar:
Metod, metodologiya, tarjima, tarjima turlari, sinxron tarjima,
interferensiya, kompetensiya, konikma.
Metodika atamasi bir necha o'n yilliklardan beri keng ko'lamda qo'llanib
kelinayotgan atamalardan biridir. Bunga asosiy sabab, albatta ta'lim tizimidagi
samarali o'qitishga bo'lgan ehtiyoj, yurtimizga davr talablariga to'laqonli javob
beradigan kadrlarni yetishtirish turadi albatta.Chet tillarni o'qitishda ham, maqsadga
ko'ra turli metodlar asosida dars jarayonlari olib borish kerakli natijani beradi.
O'qituvchining metod salohiyati qancha yuqori bo'lsa, ya'ni maqsadni to'g'ri qo'yib,
unga mos metodni qo'llay olsa, dars maqsadi albatta amalga oshadi va o'quvchilar
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
168
darsda o'rgangan bilimlaridan, unda orttirgan yangi ko'nikma va malakalardan
mamnun bo' ladilar.
O'quvchilarning til tajribasi uch tildan yig'ilgani bilim, ko'nikma va malakalar
(kompetensiya) majmuasi (sintezi) bo'lib, uning hajmi, qo'llanish ko'lami, o'zaro
bog'liqligi masalalari metodikaning til tajribasini hisobga olish prinsipi doirasiga
kiradi. Til tajribasini hisobga olish deganda, o‘quvchi shu kungacha o'zbek, rus, chet
til (ingliz, ispan, nemis yoki fransuz tili)dan olgan bilim, ko'nikma va malakasining
hozir o'rganayotgan chet til materialini o'zlashtirishga salbiy (interferensiya) yoki
ijobiy (transpozitsiya/fatsilitatsiya) ta'siri tushuniladi. Masalan, chet tildagi “artikl”
atalmish grammatik hodisani o'rgatish chog'ida, uning o'zbek tilida mavjud emasligi
tufayli, mazkur grammatik kategoriyaga oid “artikl” tushunchasi shakllantiriladi.
Oqibatda o'quvchi til tajribasi endi chet tildagi “yangilik” bilan boyiydi. Grammati
kadan hozirgi, o'tgan va kelasi zamonlar (mas. Present Indefinite, Presente de
Indicativo, Prasens, Present)ni o'rganishda ularning qo'llanilishi (funksiyasi),
yasalishi (shakli) va ma'nosi (semantikasi) alohida metodik yondashishni talab etadi.
Fe'l zamonining funksiyaviy tarafi o'quvchilar uchun deyarli qiyinchilik
tug'dirmaydi, chunki grammatik hodisaning “takrorlanib turadigan ish-harakatni
ifodalashi” o‘zbek tilidan ma'lum. Bunday holat o'quvchilar ona tilisi tajribasidan
olgan bilimlari yordamida chet til hodisasini egallashga imkon tug‘diradi. Demak,
o'quvchilarning til tajribasi chet til o'rganishda g'ov bo'lishi (salbiy ta'sir —
interferensiya) yoki yordam berishi (ijobiy ta'sir — transpozitsiya) kuzatiladi.
Binobarin, chet til muallimi o'quvchilaming ona tilisini, ikkinchi tilni va
o'rganilayotgan chet tilni amaliy va nazariy puxta bilmog'i darkor. Shuningdek,
o'qituvchining o‘qitish metodikasidan atroflicha xabardor bo'lishi talab qilinadi.
Tarjima turlari va uning nazariyasi haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalo uning
boshqa fanlardan ajralib turadigan bosh nuqtasi bu materiallarning ko'pligi va
chegaralanmaganligini ta'kidlab o'tish joiz.Tarjima turlari asosan uch turda
bo'ladi:Ketma-ket tarjima,Vizual tarjima qilish (Sight translation),Sinxron tarjima.
Uzoq davrlardan buyon mamlakatimizda asosan yozma tarjima sohasi keng ish
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
169
olib borar edi. Lekin so'nggi yillarda davr talabi bilan og'zaki tarjimaning, jumladan
aynan sinxron tarjimaning salmog'i ortib bormoqda. “Sinxron tarjima masalalari”
fanining maqsadi ham talabada o'zbek tilidan chet tiliga, chet tilidan o'zbek tiliga
tezkor, bexato, adekvat, mantiqiy tarjima qila olish mahoratini shakllantirishdir. Bu
yo'lda fanning vazifalari, avvalo og'zaki tarjimonlik qobiliyati yuqori bo'lgan
talabalarni sinxron tarjima faoliyati, uning prinsiplari, strategiyalari, nazariy
konsepsiyalari bilan tanishtirish, amaliy ko'rsatmalar berishdan iborat. Fanning
predmeti sinxron tarjima va u bilan bog'liq nazariy, amaliy masalalarda o'z ifodasini
topadi. Maxsus uskuna-jihoz sinxron tarjimaning sistemasi bo'lib u odatda stasionar
yoki yig'ma kabina ko'rinishida bo'lib, bu crda ikki juft quloqliklar va tarjimon uchun
mikrofon, yana shuningdek tarjimaga ehtiyoji bor ishtirokchilarning soniga qarab
quloqliklar to'plami yoki ko'chma priyomniklardan tashkil topadi.
Sinxron tarjimonning xabarga ishlov berish ko'nikmasi, yoki strategiyalari, yoki
qobiliyatlariga ega bo'lish. Sinxron tarjima faoliyati og'zaki tarjima ishining eng
yuqori cho'qqisi hisoblanadi. Shuning uchun sinxron tarjimonlarning tayyorgarligiga
juda baland talablar qo'yiladi. Ular quyidagi qobiliyatlarga ega bo'lishlari kerak
bo'ladi:
1.
Chet tili va o'z ona tilida erkin gapira olish; 2. Grammatik va fonetik jihatdan
yaxshi talaffuzli nutq; 3. Ikki tilda ham chuqur so'z boyligi; 4. Turg'un konstruksiya
va klishelar fondini yaxshi bilish va ularni tezkorlik bilan topa olish; 5. Ona tiliga
ham, chet tiliga ham grammatik jihatdan to'g'ri tarjima qila olish;
Sinxron tarjima ma'lumotlarning ancha yuqori darajada yo'qolishi va
assimilyatsiya qilinishining pastligi bilan tavsiflanadi. Bunda tarjimon nafaqat biron
so'z yoki iboraning tarjimasini balki uning linguokulturologiyasini, tarjima
qilinayotgan tilning madaniyati, urf-odatlari bilan ham tanish bo' lishi kerak.bunda
biz qo'llashimiz kerak bo'lgan asosiy metodlardan biri bu nafaqat til va uning
nazariyasi, balki uning tashqi muhit bilan ham chambarchas bog'liqligini ko'rsatib,
misollar bilan yoritib berishimiz kerak.Misol uchun, ingliz tilidagi “Hit the hay”
idiomatic iborasi bir ko'rinishda oddiy ma'noga ega, lekin ingliz xalqining bu iborani
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
170
toliqqanda dam olish uchun ishlatilinishini bilmasa notog'ri tarjima qilgan
hisoblanadi: “Sorry Dad, I have to hit the hay” , “break a leg” oyoqni sindirib olish
emas, balki omad tilaganda aytiladigan ibora hisoblanadi: “Hey, don't you have a
recital today? Break a leg!”
Hulosa o'rnida shuni aytamizki, chet tillarini o'rganish jarayonida tarjima
nazariyasi, hususan sinxron tarjima turi o'rganilishi eng murakkab bo'lgan til
bo'limlaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda ko'p qo'llanib kelinayotgan metodik usul va
texnikalarni jalb etgan holda, o'quvchilarni fanga qiziqtirib darslarni til
kompetensiyalariga, metodik qo'llanmalarga va albatta tarjima usullariga tayanib olib
borishlik har bir pedagog zimmasidagi vazifadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Jamol Jalolov., Chet til o'qitish metodikasi
2.
Общая методика обучения иностранным языкам / Под ред. И. В. Рахманова,
А. А. Миролюбова, В. С. Цетлин. — М.: Просвещение, 1967. — 19—3 1 -
betlar.
3.
Г. В. Рогова, И. Н. Верещагина. Методика обучения английскому языку на
начальном этапе
4.
Hamidov X., Ismatullayeva N., Ergasheva S. Sinxron tarjima (o‘quv qoTlanma).
- T.: TDSHU, 2020. — 144b.
5.
Ochilov E., Xodjaeva N. Tarjima nazariyasi (o‘quv qoTlanma). - T., 2020. —
182 b.
6.
Виссон Л. Синхронный перевод с русского на английский. Приемы.
Навыки. Пособия. — М., 2001.
7.
Гофман Е. А. К истории синхронного перевода. // Тетради переводчика. —
М., 1963. — С. 20-26.
8.
Миньяр-Белоручев Р. К. Как стать переводчиком? — М.: Готика, 1999. —
176 стр. ISBN 5-7834-0035-1
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
171
9.
Чернов Г. В. Основы синхронного перевода. — М., 1987.
10.Чернов Г. В. Теория и практика синхронного перевода. — М.: Межд.
отношения, 1978.
11.
Ширяев А. Ф. Синхронный перевод. — М., 1979.
12.
Barik H. С. Simultaneous Interpretation: Qualitative and Linguistic Data. //
Language and Speech, 1975, vol 18, part 3.
13.
H.Douglas Brown. Teaching by principles . An Interactive approach to
language pedagogy. Second edition.
14.
Махмудова, М. А., and Ш. М. Султанова. "САКРАЛЬНОЕ КАК
КОМПОНЕНТ
УСТОЙЧИВЫХ
ВЫРАЖЕНИЙ." ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 19.6 (2023): 132-142.
15.
Sultonova, Shoxista, and Muslimaxon Otaboyeva. "BILINGV BOLALAR
NUTQIDAGI
AGRAMMATIZMLARNING
PSIXOLINGVISTIK
ASOSLARI." Scientific journal of the Fergana State University 6 (2023): 88-88.
