Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
437
8.
Қозоқов Т.Қ. ХХ аср бошларида Фарғона водийсидаги ижтимоий-
сиёсий аҳвол ва жадидчилик ҳаракати: Тарих фан. номз. дисс. – Т., 2000.
9.
Ўзбекистон Миллий архиви И-1- фонд, 18- рўйхат, 29- иш, 509-515-
варақлар.
10.
Ўзбекистон Миллий архиви И.1- фонд, 31- рўйхат, 540- иш.
11.
Ўзбекистон Миллий архиви И.19- фонд, 1- рўйхат, 14191- иш
12.
Ўзбекистон Миллий архиви И.461- фонд, 1- рўйхат, 1315- иш.
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASINING TURKIYA BILAN
MADANIY HAMKORLIGI
Nuridinov T.Q.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolada BXSRning Turkiya davlati bilan o‘rnatgan madaniy
aloqalari tarixi arxiv manbalari asosida yoritilgan. Unda asosiy e’tibor XX asr boshlarida va
1920-1924 yillarda Buxorodan Turkiyaga yuborilgan talabalar haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘z va iboralar: madaniy aloqalar, madaniy aloqalar, Turkiya, Tarbiyai atfol,
Istanbul, U. Po‘latxo‘jayev, А. Fitrat, Mustafo Kamol, Buxoro MIQ.
Аннотация: В данной статье на основе архивных источников освещается
история культурных связей СССР с Турецким государством. Основное внимание
уделяется студентам, отправленным из Бухары в Турцию в начале ХХ века и в 1920-1924
гг.
Ключевые слова и фразы: культурные связи, культурные связи, Турция, Тарбияи
атфол, Стамбул, У. Полаходжаев, А. Фитрат, Мустафа Камаль, Бухарский МИК.
Annotation: In this article, the history of the cultural relations of the USSR with the
Turkish state is covered based on archival sources. It focuses on the students sent from Bukhara
to Turkey in the early 20th century and in 1920-1924.
Key words and phrases: cultural relations, Turkey, Tarbiyai atfol, Istanbul,
Polatkhojaev, O.Polathojaev, A. Fitrat, Mustafa Kamal, Bukhara MIQ.
Dunyo davlatlari, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirib
borish zaruriyati zamonaviy taraqqiyotning ajralmas xususiyatiga aylandi. Shu
nuqtai nazardan davlatlar o‘rtasidagi tashqi aloqalar, hamkorlik munosabatlarini
yanada kengaytirish va mustahkamlab borish, ularning tarixiy ildizlariga murojaat
qilish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangi
jamiyat qurishda xalqimizning boy tarixi, madaniyati, an’analarini o‘rganish,
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
438
ulardan foydalanish muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Buyuk tarixda hech narsa
izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy
ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni
asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz
siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir»
[1: 29]
. Bu esa
O‘zbekiston va uning hududida mavjud bo‘lgan davlatlar tashqi aloqalari tarixi
bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borishni dolzarb vazifa sifatida
qo‘ymoqda. Zamonaviy tarix fanida xalqimizning qardosh turk xalqi bilan olib
borgan hamkorlik munosabatlarini har tomonlama o‘rganish muhim vazifalardan
biridir.
Markaziy Osiyo xalqlarining Turkiya davlati bilan o‘zaro hamkorlik
munosabatlari tarixi bir necha yuz yillarni o‘z ichiga oladi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi hayotining barcha sohalari ustidan
to‘liq o‘z hukmronligini o’rnatish tadbirlarini amalga oshirdi. 1920-1924 yillarda
mavjud bo’lgan BXSR tarixini yangicha tarixiy tamoyillar asosida o‘rganish
xalqimiz tarixining sobiq sho‘ro davrida kam tadqiq qilingan masalalarini ilmiy
asosda o‘rganish imkoniyatini beradi. Chunki, mamlakat istibdod natijasida og‘ir
ahvolga tushib qoldi. Bu haqda “Yosh buxoroliklar” harakatining rahbarlaridan biri
F.Xo‘jayev “Buxoro o‘lkasi har vaqt ilm va ma’rifat beshigi bo‘lmog‘i bilan faxr
qilur edi. Burun vaqtda chiqqan olimlar birgina ruhoniylar emas, tabiblar,
muarrixlar, shoirlar va muhandislarimizdan dunyoda yashagan ko‘p xalqlar ibrat
olar edilar. Bizning madrasalarimiz vaqti bilan Makka va Madina kabi atrofdagi
xalqlarni o‘ziga jalb qilar edi. Amirlar usuli idorasi va beklar hokimiyati vaqtida
bu maorif chashmalaridan hech narsa qolmadi
[2]
.
Buxoroning ilg‘or jamoatchiligi Rossiya mustamlakachiligidan xalos bo’lish
uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu davrda Buxoro amirligining
ijtimoiy hayotida jadidlar o’zgarishlar, islohotlar tarafdorlari bo‘lib maydonga
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
439
chiqdilar. Buxoro ziyolilari, ilg’or savdo-sanoat doiralari orasida yoshlarni xorijiy
mamlakatlarga o‘qishga yuborish harakatlari boshlab yuborildi.
Buxoro jadidlari tomonidan 1910 yilda yoshlarni chet elda tahsil olishlarini
tashkil qilish maqsadida “Tarbiyai atfol” jamiyati tuzildi
[3: 84]
. Mazkur jamiyat
garchi 1917 yil fevraliga qadar yashirin ravishda ish olib borgan bo’lsada, Buxoro
yoshlarini xorijga tahsil olish uchun yuborishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu
davrda Buxoro yoshlarini xorijga, asosan, Turkiyaga o‘qishga yuborish Buxoro
jadidlari faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan hisoblangan. Buxoro jadidlari
xorijga yoshlarni tahsil olishga yuborish orqali mamlakatni asriy qoloqlik va
mustamlakachilikdan xalos qilishni mo‘ljallagan edilar. Ma’lumotlarga ko’ra, 1910
yilda Istanbulda 50 nafar Buxoro yoshlari tahsil olgan edi
[4]
.
S. Ayniyning ma’lumotlariga ko‘ra 1912 yilda Buxoro yoshlaridan 30 nafari
Turkiyada tahsil olgan bo’lib, ularning orasida U.Po‘latxo‘jaev, O.Po‘latxo‘jaev,
A. Fitrat kabi yosh buxoroliklarning bo‘lg‘usi arboblari ham bor edi
[5: 88]
.
XX asr boshlarida Buxoroning turli ijtimoiy tabaqalari orasida Turkiya bilan
yaqinlashishga intilish bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixan qisqa muddat davomida,
murakkab vaziyatga qaramasdan juda faol tashqi siyosat olib borganligini alohida
e’tirof etish lozim. Buxoro Respublikasi hukumati dunyo bozoriga chiqish, xalq
xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash masalalarida Turkiyaning ahamiyatini to‘g‘ri
baholagan edi. BXSR hukumati a’zolarining ko’pchiligi XX asr boshlarida
Turkiyada tahsil olganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, har ikki mamlakat
o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo’yishda o’zaro bir-birini tushunish ijobiy
bo‘lganligini ko‘rsh mumkin. Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi BXSR hukumati
Turkiya bilan munosabatlarda asosiy e’tiborni siyosiy, diplomatik va madaniy
hamkorlik masalalariga qaratdi. Biroq, BXSR barcha sohalarda sovet
hukumatining Turkkomissiya, Turkbyuro, O‘rta Osiyo byurosi, SredazEKOSO
tashkilotlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi
[6: 239]
. Ikki tomon o‘rtasida
tuzilgan davlatlararo shartnomalar rasman mustaqil bo‘lgan BXSRni qaram
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
440
qilishga qaratildi. Ayniqsa, respublikaning tashqi aloqalari sovet organlari
tomonidan kuchli nazoratga olinishiga, Sharq, G‘arbiy Yevropa va boshqa
davlatlar bilan olib boriladigan savdo aloqalari RSFSR vakolatida bo‘lishiga
qaramasdan respublika hukumati o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari
o‘rnatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etdi.
Buxoro yoshlarini Turkiyaga o‘qishga yuborish masalasi BXSR
hukumatining mazkur mamlakat bilan aloqalarida muhim o‘rin egallaydi.
Buxoroda amirlik tuzumi mavjud bo‘lgan davrdayoq taraqqiyparvar ziyolilar
tomonidan «Ma’rifat» xayriya tashkiloti orqali iste’dodli yoshlarni nafaqat
Rossiyaning yirik markazlariga, balki xorijiy mamlakatlarning Istanbul va Qohira
kabi shaharlariga o‘qishga yuborish harakati boshlab yuborilgan edi. BXSR tashkil
etilgach, hukumat raisi F.Xo‘jaev, maorif noziri A.Fitrat Buxoro talabalarini
xorijga, jumladan, Turkiyaga yuborish tashabbuskorlari bo‘ldilar. Bundan
ko‘zlangan maqsad–Buxoro xalq xo‘jaligi uchun zamonaviy kadrlarni tayyorlash
edi.
Yangi jamiyat qurayotgan Buxoro respublikasi uchun kadrlar tayyorlash
masalasi dolzarb masalalardan bo’lib, bu borada Turkiya alohida o‘ringa ega
bo‘lgan. Bunga sabab sifatida bir tomondan, BXSR hukumati a’zolari
ko’pchiligining Turkiyada tahsil olganligini ta’kidlash lozim. Shuningdek,
Turkiyaning RSFSR bilan tuzgan o‘zaro do‘stlik shartnomalari ham muayyan
darajada rol o‘ynadi. Buxorodan 1922 yil 7 oktyabrda 25 nafar talaba BXSR
maorif nozirligi tomonidan nozir muovini Ismoil Sadir rahbarligida tahsil olish
uchun Turkiyaga yuborildi
[7].
Buxoro talabalari Boku orqali Tiflis va Botumi
yo‘nalishida BXSR vakillari Sulaymon va Ibrohimlar rahbarligida Turkiyaning
Samsun shahriga yetib bordilar
[8].
Buxorodan Turkiyaga yuborilgan talabalarning moddiy ta’minoti masalasi
doimiy ravishda BXSR hukumati, xususan, maorif nozirligining doimiy nazoratida
bo‘ldi. Lekin, pul mablag‘lari Buxorodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natilmasdan,
Rossiya orqali Turkiyaga yuborilishi muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
441
BXSR xalq maorif nozirligining Buxoro MIQga 1921 yil 5 oktyabrda yozgan
maktubida Turkiyadagi Buxoro talabalari uchun jo‘natilgan pul mablag‘lari
RSFSR konsullari tomonidan o‘zlashtirib olinganligi uchun ikkinchi yordam
hay’ati Hoji Mushrif boshchiligida Turkiston nomidan yuborilishi ma’lum qilindi.
BXSR maorif noziri Turkiyadagi Buxoro talabalaridan olingan xabarlarga ko‘ra,
Istanbuldagi ahvol og‘irligi uchun moliyaviy yordamni bir oz kechiktirib turishga
to‘g‘ri kelganligini bildirdi
[9]
.
Yuqoridagi faktlar sovet davlat organlari Buxoroning chet mamlakatlarga va
sovet respublikalariga yuborilgan talabalariga nisbatan bir xilda salbiy
munosabatda bo’lganligi va uning mablag‘larini talon-taroj qilganligini ko’rsatadi.
BXSR hukumati Turkiyaga yuborilgan talabalar moddiy ta’minoti masalasiga
alohida ahamiyat qaratganligi bejiz emas. Chunki bu davrda ko‘pgina davlatlarda
bo‘lgani kabi Turkiyada ham oziq-ovqat masalasidagi qimmatchilik, yashash
uchun zarur bo‘lgan narsalar narxining balandligi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan edi.
Mazkur masala bir necha marta hukumat darajasida ko‘rilib, tegishli qarorlar qabul
qilindi. Chunonchi, 1921 yil 23 oktyabrda Buxoro MIQ majlisida Turkiyada tahsil
olayotgan BXSR talabalariga moddiy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
[10].
Turkiya jamoatchiligi BXSRdagi madaniy-ma’rifiy sohalarga imkon qadar
yordam ko‘rsatdi. Masalan, 1923-1924 yillarda Buxoro shahridan tashqari
BXSRning bir qator shaharlarida mavjud bo‘lgan kutubxonalar Turkiyadan
keltirilgan kitob, gazeta va jurnallar bilan ta’minlandi
[11: 103]
.
SSSR tashkil topgandan keyin barcha sohalarda bo‘lgani kabi BXSRning
Turkiya bilan hamkorlik doirasi qisqarib bordi. 1923 yildan Buxoroni
sovetlashtirish siyosatining kuchayishi bilan BXSRning chet mamlakatlardagi
davlat tashkilotlarini tugatish jarayoni avj oldirildi, respublikaning xorijiy davlatlar
bilan madaniy aloqalarini tugatish jarayoni kuchaytirildi. Sovet hukumati xorijga
tahsil olish uchun yuborilgan talabalarni ortga qaytarish siyosatiga Buxoroni
sovetlashtirishning tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaragan edi. SSSR tashkil
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
442
topgach, rasman uning tarkibiga kirmagan BXSR ichki va tashqi siyosatida jiddiy
o‘zgarishlar yuz berdi. 1923 yil bahoridan Buxoro hayotining barcha sohalarini
sovetlashtirish siyosati jadallik bilan amalga oshirila boshlandi. Avvalo, hukumat
tarkibidan ilg‘or fikrli yosh buxoroliklar namoyondalari chiqarilib, ular o‘rniga
ma’lumoti yetarli darajada bo‘lmagan oddiy xalq vakillari hukumat mas’ul
lavozimlariga tayinlandi. BXSR tarixan qisqa muddat davomida mavjud bo‘lishiga
qaramasdan, sovet respublikalari, xorijiy mamlakatlar bilan keng hamkorlik
munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga harakat qildi va bu masalada muayyan
natijalarga erishdi. BXSRning Turkiya davlati bilan hamkorligi, ayniqsa, maorif va
madaniy sohalarda bir muncha samarali bo‘ldi. Turkiya uchun og‘ir bo‘lgan chet el
bosqini davri bo‘lishiga qaramay, Mustafo Kamol hukumati qardosh Buxoro xalqi
bilan hamkorlik munosabatlarini samarali olib borishga harakat qildi. O’z
navbatida boshidan murakkab davrni kechirayotgan BXSR hukumati xorijiy
mamlakatlarga tahsil olish uchun o’z talabalarini yubordi. Bir tomondan, Buxoro
hududida ko‘p ming kishilik sovet armiyasining mavjud bo’lishi, mamlakatda qizil
armiyaga qarshi kuchli qurolli qarshilik harakatining uzoq vaqt mobaynida davom
etishi, BXSR tashqi aloqalariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ikkinchidan, Buxoro xorijiy
SHarq mamlakatlari bilan sovet hukumati vakillari ishtirokida aloqalar olib bordi.
Ayniqsa, SSSR hukumatining 1923 yildan sovet respublikalari va xorijiy
davlatlarda faoliyat olib borgan BXSR vakolatxonalarini tugatish tomon yo‘l
tutishi BXSRning xalqaro hamkorligi barham topishiga olib keldi. BXSR tarixan
qisqa muddat davomida mavjud bo‘lishiga qaramasdan, sovet respublikalari,
xorijiy mamlakatlar bilan keng hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga
harakat qildi va bu masalada muayyan natijalarga erishdi. BXSRning Turkiya
davlati bilan hamkorligi, ayniqsa, maorif va madaniy sohalarda bir muncha
samarali bo‘ldi. Turkiya uchun og‘ir bo‘lgan chet el bosqini davri bo‘lishiga
qaramay, Mustafo Kamol hukumati qardosh Buxoro xalqi bilan hamkorlik
munosabatlarini samarali olib borishga harakat qildi. O‘z navbatida boshidan
murakkab davrni kechirayotgan BXSR hukumati xorijiy mamlakatlarga tahsil olish
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
443
uchun o‘z talabalarini yubordi. Bir tomondan, Buxoro hududida ko‘p ming kishilik
sovet armiyasining mavjud bo‘lishi, mamlakatda qizil armiyaga qarshi kuchli
qurolli qarshilik harakatining uzoq vaqt mobaynida davom etishi, BXSR tashqi
aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchidan, Buxoro xorijiy Sharq mamlakatlari
bilan sovet hukumati vakillari ishtirokida aloqalar olib bordi.
Фойдаланилган манба ва адабиётлар:
1. Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом
эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2018.
2. “Озод Бухоро”, 1924 йил, 2 сентябрь.
3. Айний. С. Материалы по истории Бухары.
4. ЎзМА, 3-фонд , 1-рўйхат, 155-иш, 4, 8-варақлар
5. Айний.С. Материалы по истории Бухары..
6.Ўзбекистoннинг
янги
тариxи.
2-китоб.
Ўзбекистон
совет
мустамлакачилиги даврида. Илмий муҳаррир М. Жўраев –Тошкент: Шарқ,
2000.
7. ЎзМА, Р 56-фонд, 1-рўйхат, 38-иш, 89-варақ.
8. Бухоро ахбори, 1922 йил, 27 март, № 76.
9. ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 109-иш, 1-варақнинг орқаси.
10. ЎзМА, Р 47-фонд, 1-рўйхат, 29-иш, 121-варақ.
11. Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихи матбуот
саҳифаларида. – Тошкент: Abu matbuot-konsalt, 2012.
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA
ELEKTRLASHTIRISH MASALASI (O‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari
asosida)
Akbarov R.M.
Namangan davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi
akbarov.rahmatillo.1993@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda
mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirish va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yirik, o‘rta
va kichik turdagi gidroelektrostansiyalarning barpo etilishi hamda elektrlashtirish bilan bog‘liq
boshqa jarayonlar tarixi o‘zbek milliy matbuoti ma’lumotlari asosida xronologik tartibda tahlil
qilindi.