Maqolada respublikamizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini texnik modernizatsiyalash holati bayon qilingan bo‘lib, bu borada hozirda yuzaga kelgan muammolarning kelib chiqishi sabablari ochib berilgan. Shuningdek, kelgusida sohani innovatsion asosda rivojlantirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.