Maqolada o‘zbek tilida turlicha nomlar bilan ataladigan shifobaxsh o‘simlik nomlarini lingvistik izohlash, keng omma uchun tushunarli bo‘lgan variantlarni o‘rganish, dorivor o‘simlik nomlarining etimologik tavsiflari xususiyatlari xususida so‘z boradi.
Bu maqolada hozirgi zamon tilshunosligida fe’l nisbat kategoriyasi nazariy asoslarining tadqiqi haqida aytilgan
Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib kelinmoqda. O‘z darslarida musiqa, rolli o‘yinlar, jamoaviy til o‘qitish usuli, suggestopediani qo‘llovchi o‘qituvchilar, allaqachon NLPning ahamiyatini idrok etishadi. Chunki neyrolingvistik dasturlash neyronlar hamda psixologiya bilan bog‘liq bo‘lib, har bir o‘quvchining miya faoliyati, har biri alohida shaxs sifatida o‘rganish uslubiga ega ekanligi, va shunga ko‘ra dars o‘tilsa, har birida samarali muloqot uchun imkoniyat mavjud ekanligiga asoslanadi.
Ostinning “So’zlаr bilаn qаndаy muomаlаdа bo’lmoq dаrkor?”аsаri nаshr qilingаndаn bеri nutqiy аkt nаzаriyаsidа kаttа hаjmdаgi ish qilindi. Ushbu rеjаdаgi mаqsаdim qo’shmа gаplаrdа prаgmаtik mа’no xususiyаtlаrini tаhlil qlishdаn iborаtdir[5]. Nutqiy аktlаr bo'yichа qilingаn judа ko'p ishlаr Sеаrlning shаrtlilik yondаshuvigа аsoslаnаdi[21]. Bu rеjаdаn mеning mаqsаdim Sеаrlning ishini o’rgаnish, uning dolzаrb vа muаmmoli tomonlаrini аniqlаshdir. O'z nаvbаtidа, bu ish tilshunoslаr tomonidаn yаrаtilаjаk ishlаrgа foydаli bo’lаdi.