«Hibatul haqoyiq» dostonida qadimgi turkiy tilga doir qator so‘zlar qo‘llanishda bo‘lgan. Maqolada mana shu so‘zlarning semalari, etimologiyasi yoritilgan. «Hibatul-haqoyiq»dagi leksik birliklar qadimgi turkiy til, Oltun yorug‘, Turfon matnlari, O‘rxun-Yenisey manbalari, qoraxoniylar davri hamda XIV asr manbalarida qo‘llanilgan so‘zlar bilan qiyosiy tahlil qilingan.