Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlarining imkoniyatlaridan ta ’Um jarayonida foydalanish va uning ahamiyati haqida so ‘z yuritilgan.
Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligining umumiy holati, dinamikasi va sabablari, voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi va voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishni tashkil etish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Maqola so’nggida xulosa va takliflar berib o’tilgan.
Ushbu maqolada dastlabki tergovga yoki bo`lmasa surishtiruvga voyaga yetmagan shaxslarni jalb etish tartibi, shartlari va o`ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma`lumot keltirib o`tilgan.
Yoshlarning hayotida ularning olamiga bevosita ta'sir etadigan internet muxim o’rin tutib hayotining aksar qismini sarflasmoqda. Yoshlar hozirgi hamdaqtda ijtimoiy tarmoq bilan asosiy hamdaqtini o'tkazishi bu yoshlarning virtuallashuvi keng tus olganidan dalolatdir. Ushbu holatda yoshlar bilan ijtimoiy tarmoq haqida suhbatlar tashkil etish hamda ularga tushintirish ishlarini olib borish kerak. Chunki yoshlar bizning kelajagimiz ularni bilimli, tafakkurli qilib voyaga yetkazish, hamdatan uchun munosib farzand bo'lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar bilan ta'minlash bu bizning burchimizdir. Ushbu maqolada yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari hamda omillari haqida batafsil yoritilgan.
Ушбу мақолада факторинг амалиётининг турлари, қолаверса халқаро ва миллий факторинг операцияларини амалга оширишда мавжуд муаммо ва ютуқлар ҳақида таклиф ва мулоҳазаларимиз шакллантирилган. Шунингдек факторинг турлари ҳақида кенгроқ тўхталиб факторинг операцияларининг жаҳон миқёсида келтирилган рақамлар асосида таҳлил қилинган
Simulyatsiyalar ta'limda muhim rol o'ynaydi, chunki ular nafaqat talabalar real dunyoni boshdan kechirishlari uchun o'zaro aloqada bo'lishlari mumkin bo'lgan real modellarni taqdim etadi, balki ular talabalar jarayonlarni hech qanday xavf-xatarsiz takrorlashlari, sodda tushunchalar va nazariyalarni idrok etishlari uchun xavfsiz muhit yaratadi.[1] Virtual reallik immersiv va interaktiv xususiyatlarni qo'llabquvvatlaydigan yuqori realistik 3D simulyatsiyalarni ishlab chiqish orqali o'quv jarayonini osonlashtiradigan muhim texnologik yutuq sifatida keng e'tirof etilgan. Ushbu maqolaning maqsadi Tibbiy fizika va kimyo fanlarini o'qitishda virtual reallikdan foydalanish ta'sirini tahlil qilish, shuningdek, fizikaviy va kimyoviy tajribalarni simulyatsiya qilish uchun integratsiyalashgan veb-ta'lim muhitini taqdim etishdir.
Ushbu ishning maqsadi O'zbekiston Respublikasining turli biogeokimyoviy mintaqalarida yashovchi bolalar va kattalardagi makro-mikroelementlarning yetishmasligi va ortiqcha suv omilining ko'p elementli tarkibini o’rganishdan iborat edi. Shunday qilib, Urgut tumani va Xorazm viloyati ichimlik suvlarida past konsentratsiyali makroelementlar, kalsiy, kaliy, natriy va xlor mavjud bo'lib, bu mintaqalarni makroelementlar kam bo'lgan biogeokimyoviy mintaqa deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga, Jizzax viloyati ichimlik suvi tarkibida makroelementlar yuqori bo‘lgan biogeokimyoviy mintaqa hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqotlar ichimlik suvi tarkibidagi barcha makroelementlar ko'p bo'lgan Jizzax viloyatining Zafarobod va G'allaorol tumanlari biogeokimyoviy mintaqasida ham ahamiyatga ega. Respublikamizning uch xil mintaqasidagi ichimlik suvlari tarkibidagi abiogen va toksik elementlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, suv tarkibidagi mikroelementlar miqdori turlicha tebranishlar bilan farqlanadi. Bu esa o‘rganilayotgan uchta mintaqaning biogeokimyoviy xususiyatlarini belgilaydi.