Необходимость совершенствования законодательной базы использования беспилотных летательных аппаратов и подготовки специалистов по их управлению

CC BY f
293-300
5
7
Поделиться
Муракаев, И., & Камолов, А. (2023). Необходимость совершенствования законодательной базы использования беспилотных летательных аппаратов и подготовки специалистов по их управлению. Реформы в сфере подготовки юридических кадров в Узбекистане: анализ результатов и перспективные задачи, 1(1), 293–300. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/legal-personnel/article/view/22390
Ильяс Муракаев, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

доцент

Абдулло Камолов, Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

самостоятельный соискатель 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещается порядок применения дронов, являющихся на сегодняшний день одним из передовых технических устройств, и вопросы совершенствования правовой базы их использования на основе большого опыта развитых стран.

Похожие статьи


background image

293

UCHUVCHISIZ UCHADIGAN APPARATLARDAN FOYDALANISHNING

HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA ULARNI

BOSHQARISH BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH

ZARURATI

Ilyas MURAKAYEV,

dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Abdullo KAMOLOV,

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

mustaqil izlanuvchisi;

НЕОБХОДИМОСТЬ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЗАКОНОДАТЕЛЬНОЙ

БАЗЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЕСПИЛОТНЫХ ЛЕТАТЕЛЬНЫХ

АППАРАТОВ

И ПОДГОТОВКИ СПЕЦИАЛИСТОВ ПО ИХ

УПРАВЛЕНИЮ

Ильяс МУРАКАЕВ

,

доцент

,

Университет общественной безопасности Республики Узбекистан

Абдулло КАМОЛОВ

,

самостоятельный соискатель Университета общественной безопасности

Республики Узбекистан

THE NEED TO IMPROVE THE LEGISLATIVE FRAMEWORK FOR THE

USE OF UNMANNED AERIAL VEHICLES AND THE TRAINING OF

SPECIALISTS FOR THEIR MANAGEMENT

Abdullo KAMOLOV

,

independent applicant of the University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Ilyas MURAKAEV,

Associate Professor

, University of Public Safety of the Republic of Uzbekistan

Annotatsiya:

Ushbu makolada bugungi kunning ilg‘or texnik qurilmalaridan

biri bo‘lgan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish tartibi, rivojlangan

davlatlar keng tajribasi asosida ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini

takomillashtirish masalalari keng yoritib o‘tilgan.


background image

294

Аннотация

:

В данной статье освещается порядок применения дронов

,

являющихся на сегодняшний день одним из передовых технических устройств

,

и вопросы совершенствования правовой базы их использования на основе

большого опыта развитых стран

.

Abstract:

In this thesis, the procedure for using drones, which are one of today's

advanced technical devices, and the issues of improving the legal basis for their use

based on the extensive experience of developed countries, are covered in detail.

Kalit so‘zlar:

uchuvisiz uchadigan apparat,

sun’iy intellekt, robot,

sintez, pribor,

jinoyat kodeksi,

jinoyat-protsessual, Luftfahrt-Bundesamt aviatsiya,

obyekt,

monitoring, a

tom inshootlari, geodeziya,

ekstremal,

projector, landshaft, 3D xarita.

Ключевые слова

:

дрон

,

искусственный интеллект

,

робот

,

синтез

,

устройство

,

уголовный кодекс

,

уголовное судопроизводство

,

авиация

Люфтфарт-Бундесамт

,

объект

,

мониторинг

,

ядерные объекты

,

геодезия

,

экстрим

,

проектор

,

ландшафт

, 3D-

карта

.

Keywords:

drone, artificial intelligence, robot, synthesis, device, criminal code,

criminal procedure, Luftfahrt-Bundesamt aviation, object, monitoring, nuclear

facilities, geodesy, extreme, projector, landscape, 3D map.

Zamonaviy jamiyat tobora ko'proq raqamlashtirish ob'ektiga aylanib bormoqda

va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning o'sishi doimiy ravishda o'sib bormoqda

[11]. Butun dunyoda keng qo‘llanayotgan, jahonning barcha mintaqalarida

foydalanilayotgan qurilmalardan biri bu – uchuvchisiz uchadigan apparatlardir.

Albatta, kunning yangiliklarida ushbu qurilmaning yangi modellarini ko‘rib qolamiz.

Ammo foydalanish huquqi-chi? Bu savolga javob berishdan avval ushbu qurilma o‘zi

nima va qanday imkoniyatlarga ega ekanligi to‘g‘risida to‘xtalish lozim deb topdik.

Uchuvchisiz uchadigan apparatlar nisbatan arzon yuqori manyovrlik

xususiyatlariga ega va keng ko‘lamli vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yengil

qurilma hisoblanadi. O‘tmishda faqat rivojlangan, boy davlatlar bu robotlashtirilgan

uchar apparatlardan foydalangan bo‘lsa, bugungi kunda texnologik taraqqiyot va


background image

295

raqobatbardosh bozor tufayli ko‘plab davlatlar uchuvchisiz uchadigan apparatlardan

o‘zlarining mudofaa rejalariga kiritib, ulardan dengiz, quruqlik va chegara nazorati

faoliyatida keng foydalanmoqda

.

Bu qurilmalar shu darajada taraqqiyot cho‘qqisiga

yettiki,

olimlar va tadqiqotchilar uchuvchisiz uchadigan apparatlarning sun’iy

intellektga ega robotlashgan tizimlarni ishlab chiqdi. Xo‘sh bu qurilma qanday

ishlatiladi va nima foydasi bor?

Ø

Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda (suv toshqini, yong‘in, epidemiologik

kasalliklar tarqalganda, kuchli yer qimirlash holatlari sodir bo‘lganda va h.k.);

Ø

Jangovar holatlarda qulay kuzatuv faoliyatini amalga oshirish;

Ø

Obyektlar xavfsizligini ta’minlashda patrullik xizmatini olib borish;

Ø

Atom inshootlarida va yirik avariyalar sodir bo‘lganda inson omilisiz

hududni nazorat qilish;

Ø

Sog‘liqni saqlash sohasida tezkor tibbiy vositalarni yetkazish va h.k[1].

Uchuvchisiz uchadigan apparatlar qutqaruv ekipajlari yuqori aniqlikdagi

kameralar, sensorlar va radarlar tufayli kengroq ko‘rish maydoniga kirishlari mumkin,

bu esa boshqariladigan vertolyotlarga bo‘lgan ehtiyojni va ular bilan bog‘liq

xarajatlarni yo‘q qiladi. Masalan, huquqlarni muhofaza qilish organlari tomonidan

doimiy ravishda giyohvand o‘simliklarni o‘stirayotgan va bu harakatlar bilan jinoyat

sodir etayotgan (O‘zR JK 270-moddasi)[2] shaxslarni qo‘lga olishda vertolyotlardan

keng foydalaniladi. Aynan shu sohada drondan foqdalanishi ancha qulayroq bo‘ladi.

Bittagina yo‘nalishni, ya’ni dastlabki hisob-kitob qiladigan bo‘lsak misol tariqasida

olingan MI-8 vertolyotiga yoqilg'i narxi o‘rtacha olganda

16675

so‘mni tashkil qiladi

[3]. “Vertolyotga 100 kmli yo‘lga

347

litr yoqilg'i kerak” [4]. Demak, 100 kmli yo‘lga

faqat yoqilg‘i yo‘liga

5 786 225

so‘m sarflanadi.

“Uchuvchisiz uchadigan apparatlar (UUA) bilan vertolyotlarni narx jihatidan

solishtiradigan bo‘lsak UUAlarning narxlari

100

AQSh dollaridan boshlanadi”[5].

“MI-8 vertolyotlar narxi esa

14,5 mln

. AQSh dollaridan

17,5 mln.

AQSh dollarigacha”

[6]. Ko‘rinib turibdiki, davlat uchun bu yerda faqat narx va yoqilg'i narxi bo‘yicha

tejamkorligi katta bo‘ladi.


background image

296

Masofadan yoki ichki kompyuter tizimlari tomonidan boshqarilishi mumkin

bo‘lgan uchuvchisiz uchadigan apparatlar (UUA) bugungi kunga kelib avtomatik

boshqaruv dasturiga ega hamda sun’iy intellekt orqali boshqarilish darajasiga yetdi.

UUA kichik o‘lchamlari tufayli kattaroq havo samolyotlari xavfli yoki samarasiz

bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarni yaqindan ko‘rishi mumkin. Sun’iy intellektga

asoslangan, o‘z vazifalarining bir qismini yoki barchasini avtomatlashtiradigan holda

bajaradigan uchuvchisiz uchadigan apparatlar keng tarqalgan. Sun’iy intellektni UUA

sensorlari, kameralari va o‘rnatilgan uskunalaridan olingan ma’lumotlar bilan

birlashtirgan holda, UUA endi vizual va atmosfera ma’lumotlarini to‘plashi va ulardan

foydalanishi mumkin. Avtonom yoki yordamchi parvozni yoqish orqali bu

ma’lumotlar foydalanish imkoniyatini oshiradi va ishlashni osonlashtiradi. UUAlardan

kompaniyalar va jismoniy shaxslar hozirgi kunda aqlli mobillik xizmatlarining bir

qismi sifatida tijorat maqsadida foydalaniladi. Sun’iy intellekt tomonidan

boshqariladigan UUAlar asosan kompyuter ko‘rish qobiliyatiga tayanadi. UUAlar endi

havoda bo‘lgan narsalarni aniqlay oladi va bu texnologiya tufayli yerdagi

ma’lumotlarni tahlil qiladi va yozib oladi.

O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni

tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabr kunidagi 658-

sonli qarori mavjud[7]. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston

Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston

Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-son qonuniga muvofiq:

– uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini

qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;

– uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni

boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda

foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan[2].

Mamlakatimizda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish butunlay

cheklab qo‘yilgan emas. Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish


background image

297

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan

apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

tomonidan ruxsat beriladi. UUA lardan foydalanish bo‘yicha ariza bergan shaxs arizasi

Agentlik ko‘rib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatning texnik holatini o‘n ish

kunidan oshmaydigan muddatda baholaydi [7]. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat

kodeksi oltinchi bo‘lim, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarga

bag‘ishlangan XVII bobining jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar qatorida 2444-

moddasi “Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish,

o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish”, 2481-moddasi “Uchuvchisiz

uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish”[2] kabi

moddalar asosida belgilab qo‘yilgan.

1-rasm.

Aslini olganda, aviatsiya tizimida ham xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan

Jinoyat kodeksi moddalarida qo‘yilgan bunday cheklovlarni xato deb ham bo‘lmaydi.

Ammo shuni ham unutmasligimiz kerakki qonunlar insonlar uchun ishlashi kerak,

zamon taraqqiy etmoqda, har soniya texnologiyalar va yangicha qarashlar zudlik bilan

butun internet tarmog‘i bo‘ylab tarqalmoqda. Rivojlangan davlatlar ularning keng

qamrovli qonunchiligidagi o‘zgarishlar bu davlatlarning rivojlanish cho‘qqisiga yetib

kelmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir necha yil oldin Germaniyada dronlar,

kvadrokopterlar va boshqa kichik uchuvchisiz uchish apparatlarini ancha qimmat

bo‘lgan, Rossiyada esa korrupsiyaga qarshi kurashuvchilargina shaxslarni kuzatish


background image

298

maqsadida sotib olingan edi. Germaniya tajribasini oladigan bo‘lsak og‘irligi 2 kgdan

ortiq bo‘lgan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish uchun egasi haydovchilik

guvohnomasiga o‘xshash uchuvchisiz uchadigan guvohnomasini olishi kerak ekan.

Og‘ir katta uchuvchisiz uchadigan apparat modellari uchun haydovchilik

guvohnomalariga 16 yoshdan boshlab ruxsat etiladi. Ruxsat Germaniyaning Luftfahrt-

Bundesamt aviatsiya idorasi tomonidan tan olingan parvoz maktablarida 5 yil

muddatga beriladi. 5 yillik bu guvohnoma asosida siz aviatsiya tizimiga xavfsiz

hududlarda istaganingizcha bunday qurilmalardan foydalanishingiz mumkin ekan.

Agar bola 14 yoshdan boshlab ikki kilogrammli modelni uchishni xohlasa,

Luftsportverein havo sport klubidan maxsus litsenziya olgan holda bemalol

UUAlardan foydalanishi mumkin[8].

Shu bilan birga esdan chiqarmaslik kerakki, texnik vositalarni sotib olishdan

tashqari ushbu uskunalarini boshqarilishi ham katta ahamiyatga ega. UUA bundan

mustasno emas. Ushbu sohadagi mutaxassislarga turli bilim va ko‘nikmalarga ega

bo‘lishiga talablar qo‘yilmoqda, ya’ni UUAni boshqarish, uning xavfsizligini nazorat

qilish, vazifalarni bajarish, maxsus uskunalarda tegishli komandalarni kiritish va

dasturiy ta’minotini bilish. Undan tashqari, u havoda qonunchilikka muvofiq o‘chish

qoidalarini bilish, texnik xarakteristkalarni baholash va nostandart vaziyatlarda qarorni

qabul qilish kerak [9]. Xalqaro tajribalarga nazar soladigan bo‘lsak, hozirgi kunda

Rossiyaning ham fuqaroviy, ham harbiy UUA operatorlarni bir nechta markazlarda

o‘rgatmoqda. Masalan, harbiy UUA operatorlarni Yu.A.Gagarin nomidagi Harbiy-

havo akademiyasi (Voronej sh.), A.F.Mojayskiy nomidagi Harbiy-kosmik

akademiyasi (Sankt-Peterburg sh.) va boshqa markazlarda o‘rgatadi [9]. Ukrainada

ham bu yo‘nalishga talabi mavjud: ularda Lvov va Kiyevda o‘z faoliyatini olib

bormoqda [10]. Germaniyada ushbu sohaga o‘rgatishi maktab to‘garaklardan

boshlangan. O‘zbekistonda bu yo‘nalish hozirgi kunda deyarli rivojlanmagan.

Xulosa o‘rnida quyidagi ma’lumotlarni keltirishimiz mumkin. Mehnat va

sog‘liqni saqlash federal agentligining hisobotiga ko‘ra, 2017-yilda kuzatilgan jami

4674 ta o‘lim holatidan 20,7 foizi qurilishda sodir bo‘lgan [12]. UUA yordamida


background image

299

ularning sonini kamaytirish mumkin – dronlar qurilishning eng xavfli hududlariga kira

oladi. Zamonaviy dronlar devorlar orqasini ko‘ra oladi, materiallarni skaner qilib,

to‘siqlar ortida ko‘rinmaydigan konstruksiyalarning 3D xaritalarini yuqori sifatda tuza

oladi. Bu texnologiya nafaqat qulay modellarni yaratish, balki osmono‘par bino va

ko‘priklar kabi xavfli konstruksiyalarni xavfsiz kuzatish imkonini beradi. Atrof-

muhitni muhofaza qilish tashabbuslarida yordam berishda va odamlarga so‘nggi bir

necha yil ichida bedarak yo‘qolganlarni topishga yordam berishdi. Favqulodda

holatlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar (yong‘in, suv toshqinlari, ommaviy

tartibsizliklarda va h.k)ni oldindan baholaydi va zararlarni kamaytiradi.

Bunday imkoniyatlardan foydalanish yurt taraqqiyotiga o‘zining ijobiy ta’sirini

ko‘rsatadi. Qonunchiligimizdagi yuqorida ta’kidlab o‘tilgan moddalarga qo‘shimcha

va o‘zgartirishlar kiritish o‘zining samarasini sezilarli darajada beradi degan

umiddamiz. Aynan bizning yurtimizda ham rivojlangan davlatlar keng tajribasiga

tayanib maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida UUAlardan foydalanish bo‘yicha

o‘quv kurslarini joriy etish, ushbu kurslarni tugatgan shaxslarga esa UUAlardan

foydalanish imkoniyatini beruvchi maxsus guvohnomalar berilsa, davlatning deyarli

barcha sohalardagi rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Адабиётлар рўйхати

;

Библиографические ссылки

; References:

1. https://kun.uz/uz/news/2022/09/08/suniy-intellekt-va-xavfsizlik-robotlar-

odamlar-ustidan-hukmronlik-qilishi-mumkinmi

2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi O‘zbekiston Respublikasining

2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son

3.

Заправка вертолетов

. - https://heliclub.ru/services/refill/

4.

Сколько топлива нужно вертолёту на

100

километров пути

.

https://dzen.ru/a/XMibf4t1gwC098rn

5.

Сколько стоит хороший дрон

?

https://dronomania.ru/top/cheap-

camera.html

6.

МИ

8.

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B8-8


background image

300

7. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz

uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ilova.

8.

Помощь в иммиграции в Германию и жизнь в ФРГ

© 2008

2023

Степан

Бабкин

.

Астахова Н.Л

.,

Лукашов В.А

.

Дроны и их пилотирование с нуля БХВ

-

Петербург

, 2020

9.

Где

участ

военных

операторов

.

https://uav-

bpla.com/bespilotniki/pilot/?utm_referrer=https%3A%2F%2Fwww.google.com%2F

10.

Школы для

«

Армии дронов

».

Где в Украине учат пилотов для

беспилотников

. - https://dev.ua/ru/news/shkoly-droniv

11.

Муракаев И

.

И

.,

Холиков Ш

.

Н

.

Применение инновационных

vr/ar-

технологий в качестве аппаратуры военного назначения

(

опыт армий

зарубежных стран

) //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2022. –

Т

. 2. –

. 1.

12.

МЧС

[

Электронный ресурс

].

Режим доступа

.

URL:

http://www.mchs.gov.ru

13.

Рустамбаев

,

М

.

Х

., and

А

.

С

.

Якубов

. "

Уголовное законодательство

Узбекистана

:

история

создания

,

действительность

,

перспективы

развития

."

Илмий амалий конференция материаллари тўплами

.–

Т

.:«

ТДЮИ

нашриёти

».–2010.–

Б

. Vol. 8. 2002.

Библиографические ссылки

https://kun.uz/uz/news/2022/09/08/suniy-intellekt-va-xavfsizlik-robotlar-odamlar-ustidan-hukmronlik-qilishi-mumkinmi

0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 0‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.202 l-y„ 03/21/683/03 75-son

Заправка вертолетов. - https://heliclub.ru/services/refill/

Сколько топлива нужно вертолёту на 100 километров пути. -https ://dzen.ru/a/XM ibf4t 1 gwC09 8m

Сколько стоит хороший дрон? - https://dronomania.ru/top/cheap-camera.html

МИ-8. - https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B8-8

0‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga 1-ilova.

Помощь в иммиграции в Германию и жизнь в ФРГ © 2008-2023 Степан Бабкин. Астахова Н.Л., Лукашов В.А. Дроны и их пилотирование с нуля БХВ-Петербург, 2020

Где участ военных операторов. - https://uav-bpla.com/bcspilotniki/pilot/?utm_rcfcrrcr=https%3A%2F%2Fwww.googlc.com%2F

Школы для «Армии дронов». Где в Украине учат пилотов для беспилотников. - https://dev.ua/ru/news/shkoly-droniv

И. Муракаев И. И., Холиков Ш. Н. Применение инновационных vr/ar-технологий в качестве аппаратуры военного назначения (опыт армий зарубежных стран) //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2022. - T. 2. - №. 1.

МЧС [Электронный ресурс]. - Режим доступа. - URL: http://www.mchs.gov.ru

Рустамбаев, М. X., and А. С. Якубов. "Уголовное законодательство Узбекистана: история создания, действительность, перспективы развития." Илмий амалий конференция материаллари туплами.-Т.:«ТДЮИ нашристи».-2010.-Б. Vol. 8. 2002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов