Xorijiy tillarni o'rganishning dolzarbligi xususida ayrim muloxazalar

  • Андижанский государственный институт иностранных языков
CC BY f
271-272
0
0
Поделиться
Тургунова, Е. (2024). Xorijiy tillarni o’rganishning dolzarbligi xususida ayrim muloxazalar. Актуальные вопросы лингвистики и преподавания иностранных языков: достижения и инновации, 1(1), 271–272. https://doi.org/10.47689/TOPICAL-TILTFL-vol1-iss1-2024-pp271-272
Е Тургунова, Андижанский государственный институт иностранных языков
Кафедра практики английского языка
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda chet tillarini o’rganish borasidagi fikr, mulohazalar bildirilgan. Tezisda chet tillarni o’rganish davr talabiga aylangani, bu sohada turli yoshdagi kishilarni chet tillariga bo’lgan qiziqishlari, uni o’rganishda e’tiborga olish uchun zarur bo’lgan uslub va tavsiyalar xususida mulohazalar berilgan.

Похожие статьи


background image

271

XORIJIY TILLARNI O'RGANISHNING DOLZARBLIGI XUSUSIDA AYRIM

MULOXAZALAR

Turgunova E.

Ingliz tili amaliyoti kafedrasi, Andijon davlat chet tillar instituti


Annotatsiya:
Ushbu tezisda chet tillarini o’rganish borasidagi fikr, mulohazalar bildirilgan.
Tezisda chet tillarni o’rganish davr talabiga aylangani, bu sohada turli yoshdagi kishilarni chet
tillariga bo’lgan qiziqishlari, uni o’rganishda e’tiborga olish uchun zarur bo’lgan uslub va
tavsiyalar xususida mulohazalar berilgan.

Kalit so’zlar

:

yoshlar, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, bilib, ko’nikma, malaka.


Ma'lumki, yurtimizda ro'y berayotgan o'zgarishlar xalqimizning mehnatsevar, vatanparvar,

bir-biriga ko'mak beruvchi, mehr-oqibatli ijodkor ekanidan dalolat beradi. Ko'rinib turibdiki,
xalqimiz qadimiy urf-odat va qadriyatlarimizni nafaqat hurmat qiladi, balki e'zozlaydi. Shu sababli
hamma sohada zamon talabiga javob bera oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash masalasi ta'lim
jarayonida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bunday vaziyat kishilardan
albatta ma’naviyatli, ma'rifatli bo’lishni talab qiladi. Zero, ma’naviyatli kishilar doim peshqadam
bo’ladi. Shu o’rinda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o'zining
"Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" nomli asariga alohida to’talib o’tish joiz. Ushba asarda
muallif ma'naviyat so’ziga alohida urg'u berib, quyidagi fikrni bayon qilgan: "Umuman olganda,
ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai
ekanini, bu hayotda ma'naviyatsiz xech qachon odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat
bo'lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.

Ma'naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak ".
Ushbu fikrni hayotda o'z tasdig'ini topganligi jamiyat ravnaqiga katta hissa qo'shishini

anglab yetgan har bir fuqaro mamlakat ravnaqi uchun bor imkoniyatlarni ishga solib, har bir
sohada olg'a intilmoqda. Ayniqsa, ta'lim-tarbiya sohasida juda katta ahamiyatga molik islohotlar
amalga oshirildi. Ayniqsa, kishilarda chet tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishi
yurtimizda chet tillarini o'rganish davr talabiga aylangani davr talabiga aylangani hech kimga sir
emas. Yoshlar o'rtasida ingliz tiliga bo'lgan qiziqishning ortib borayotgani quvonarli holdir, chunki
ular atrofdagi voqea va hodisalarga befarq emasligi ularning xatti-harakatlaridan ma’lum.
Ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda chet tillarini o'rgatishda noan'anaviy usullardan
foydalanish yaxshi samara berishi kundek ravshanligi hammaga ayondir.

Hozirda kommunikativ malaka, ko'nikma - chet tilida ma'lumot berish va ma'lumot olish

malaka va ko'nikmalarini yanada o'stirishni, ta'lim bilan tarbiyani birga olib borishni talab qiladi.
Bu mas’uliyat nafaqat o’qituvchilar, balki jamiyatdagi har bir soha vakillarining zimmasiga
yuklanadi. Buni ommaviy axborot vositalarida ham ko’rish mumkin. Televidenie orqali bolalar
uchun berilayotgan turli ko'rsatuv va dasturlar buning yaqqol isbotidir. Ayniqsa, bolalar sevib
tomosha qiladigan "Bolajon", "Aqlvoy" kabi dasturlarida bolajonlarning sevimli multfilmlarini
ham turli tillarda (o'zbek, rus,ingliz) berilayotgani amaldagi qonunlarning ijrosini ta'minlaydi. Bu
o'z navbatida o'qiituvchi va til o'rganuvchilar oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishda
tinmay ishlashi va yuqori ko'rsatkichlarga erishishlari uchun samarali mehnat qilishni talab qiladi.
Shuningdek, kelajagimiz bo'lgan yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, ularni bilimli,


background image

272

yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli, siyosiy ongli, jahon andozalariga mos keladigan,
o'zligini, tarixini unutmaydigan barkamol qilib tarbiyalash zarurligini nafaqat maktab
o'qituvchilariga, balki oliy ta'limdagi professor, o'qituvchilar zimmasiga ham katta mas'uliyat
yuklaydi.

Jahon hamjamiyati bilan integrallashgan jarayoni ta'limda ham xorijdagi yangi o'qitish

texnologiyalaridan, boy tajribadan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari, hozirgi
vaqtda erishilayotgan fan va texnika yutuqlaridan, ayniqsa, tilshunoslik, pedagogika, didaktika va
psixologiya fanlarida erishilayotgan ko'rsatkichlaridan ta'lim jarayonining samaradorligini
oshirishda foydalanish taqozo etmoqda. Aynin damda ta'limdagi eng muhim masalalardan yana
biri o'qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari va o'qitish jarayonida
o'rganilayotgan fan materiali asosida tarbiyaviy maqsadni ham amalga oshirishni taqozo etadi.

Shuningdek , uzluksiz ta'lim tizimidagi eng muhim bo'g'inlardan yana biri oliy ta'lim

hisoblanadi, chunki oliy ta'lim xalq xo'jaligining turli sohalari uchun xar taraflama yetuk, bilimdon
va malakali mutaxassislar tayyorlashdagi muhim bo'g'in hisoblanadi. Ta'limda yuqori sifatga
erishishda o'qituvchi omili, uning bilim darajasi, kasbiy mahorati eng muhim omillardan sanaladi.
Shunday ekan, yosh avlodga bilim va tarbiya berishdek sharafli ishga hissa qo'shish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Barkamol avlodga ta'lim- tarbiya berish bilan bir qatorda, ulardagi bilimga chanqoqlikni

yanada yuksak saviyaga ko'tarish bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylanganining o'zi yosh
avlodga ta'lim tarbiya berayotgan maorif xodimlari zimmasiga juda katta mas'uliyat yuklaydi.
Ulardagi intilishni so'nishiga yo'l qo'ymaslik kerak, aksincha undagi qiziqishni yanada oshirish
zarur. Buning uchun interfaol usullardan, axborot texnologiyalaridan, multimediyadan, internet
saytlaridan, kinofilmlardan keng foydalanish mumkin. Umumta'lim maktablarining quyi sinflarida
turli o'yinchoqlardan, qiziqarli o'inlardan, kichik sahna ko'rinishlaridan foydalanish bola xotirasida
uzoq vaqt saqlanib qoladi va chet tilini o'rganishga yordam beradi. Yuqori sinflarda esa kundalik
hayotda sodir bo'layotgan voqea, hodisalarni ingliz tilida talqin qilish malaka va ko'nikmalarini
hosil qilish maqsadga muvofiqdir.

Oliy ta'limda talabalardan tinglab tushunish, o'qigan matnini so'zlab berish va yozma tarzda

bayon qilishni mukammal tarzda o'zlashtirish talab qilinadi. Buning zamirida esa ular o'z ustida
ishlab ijod qilish imkoniyatlarini ishga soladi. Kimki o'z ustida ishlamas ekan, yangiliklardan
boxabar bo'lmas ekan, u oldinga siljishdan to'xtab qoladi, chunki kishilar doim yuksaklikka intilib
yashaydi. Ko'rinib turibdiki, inson jamiyatda yashar ekan hamisha uzoqni ko'zlab reja tuzishi va
uni amalga oshirishda doim faollik ko'rsatishi, duch kelgan to'siqlarni hech qanday qiyinchliklarsiz
yengib o'tish qobiliyatini shakllantirish imkonini shakllantirib borishi zarur. Shundagina u
ko'zlagan maqsadiga erishadi. Ijodkorga yo'lda uchragan har qanday to'siq uning faoliyatiga hech
qachon qiyinchilik tug’dirmaydi, aksincha undagi natijani bilishga bo'lgan ishtiyoqi tobora ortib
boraveradi.

Ko’rinib turibdiki, chet tillarni o’rganish davr talabiga aylangani yoshlarning jamiyatda o’z

o’nini topishiga, xalqi uchun manfaatli ishlarni amalga oshirishga o’zining hissasini qo’shishida
muhim omillardan biriga aylanib ulgurgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 2008, 29-b

2.

Ommaviy axborot vositalari.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 2008, 29-b

Ommaviy axborot vositalari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов