Badiiy asarda sarlavha poetikasi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
Отрасль знаний
  • проза, заглавие, текст, содержание, рассказ, новелла, роман, интерпретация. Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
CC BY f
92-99
6
52
Поделиться
Расулова, У. . (2023). Badiiy asarda sarlavha poetikasi. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 92–99. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2022-pp92-99
Умида Расулова, проза, заглавие, текст, содержание, рассказ, новелла, роман, интерпретация. Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук (DsC)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq ravshan anglatish imkonini berib, asar estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.
Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy voqea, kalitga ishora beradi.
Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni. Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.


background image

92

ISSN 2181-922X

92

99

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

Umida Rasulova

1

Abstrakt

Mazkur maqolada badiiy asar strukturasida sarlavhaning

ahamiyati xususida mulohaza yuritiladi. Asar sarlavhasida muallif g‘oyaviy,

estetik qarashlarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Ma’no nuqtalarining

yaxlitlik kasb etishi mohiyatni aniq-ravshan anglatish imkonini berib, asar

estetik quvvatini oshiradi. Sarlavhada tabiatdagi unsurlar nomi vositasida

ramziylik, ishoraviylik ortib boradi. Badiiy muloqotga kirishayotgan

san’atkor kitobxonga ma’lum axborot, yangilikni yetkazibgina qolmay, uni

ijodiy yondashuvga chorlashi darkor.

Tarkibdagi ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi,

konsepsiyasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning

ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niyatini

baholash shu lahzadan boshlanadi. “Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham

yig‘laydi”, “Saodat sohili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi.

Makon tasviri estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq

asosiy voqea, kalitga ishora beradi.

Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxonning

g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi. Keyingi holatu

vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muammolar borasidagi ilk

taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faollikni jadallashtirish jarayoni.

Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy niyatni uqishda

muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir zarur ko‘chirma

(she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy, hissiy salmoqdorlikni

oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani, qahramon holatini asoslashi,

fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.

Kalit so‘zlar:

nasr, sarlavha, matn, tarkib, qissa, roman, talqin.

Kirish

Har bir ijodkor sarlavha orqali asarda yoritiladigan mavzu,

1Rasulova Umida Yo‘ldosh

filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

rasulovaumida12@gmail.com

ORCID ID:

0000-9762-4407

Iqtibos uchun:

Rasulova U. 2022. "Badiiy asarda sarlavha poetikasi".

O‘zbekiston:

til va madaniyat

1(2): 92-99.

Uzbekistan: Language and Culture 2022/1(2)


background image

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

93

ifodalanadigan tuyg‘ularini kitobxonga ma’lum qilishga intiladi, shu

fursatdan ular orasidagi muloqot jonlanib boradi. Asar tarkibidagi

ilk semiotik markaz sarlavha bo‘lib, unda muallif g‘oyasi, konsepsi-

yasi jo bo‘ladi. Sarlavha ilk taassurot, muallif hamda kitobxonning

ruhiy muloqoti debochasi. San’atkorlar borlig‘i, iste’dodi, ijodiy niya-

tini baholash shu lahzadan boshlanadi.

“Sarlavha asar predmeti topilishida muhim ochqich, kalit.U

asar turi va aniqlanadigan struktura bilan uzviy bog‘liq” [Feller.1981,

87].

Qissalar sarlavhasini kuzatganda tabiat unsurlari bilan bog‘liq

nomlar kuzatiladi. “Bahor qaytmaydi”, “Yozning yolg‘iz yodgori” kabi

asarlarga fasllar bilan bog‘liq sarlavha belgilanadi. Alisher Navoiy

kishi umrini fasllarga mengzab, yaxlit badiiy polotnoda buning hik-

matini anglatgani ma’lum. Mazkur qissalar tarkibi ham ramziy ma’no

zamirida qahramon qismatiga urg‘u berilgani, turli sinoatlar imkonu

sababdan bahs yuritganini asoslaydi. Inson umridagi muhim lavha,

o‘zgarish, burilish ma’lum vaqtda sodir bo‘lib, xosiyati, oqibati bilan

badiiy niyatni oydinlashtirishi mumkin.

“Yur, tog‘larga ketamiz”, “Qoyalar ham yig‘laydi”, “Saodat so-

hili” kabi qissalar maskan nomi bilan quvvatlanadi. Makon tasviri

estetik zavq beribgina qolmay, shu maskan bilan bog‘liq asosiy vo-

qea, kalitga ishora beradi. Tog‘ viqori, qoya salobati, sohil halovati te-

grasiga bosh qahramon istagi, orzusi, armoni muvofiqlashib borishi

kutiladi. Bu nomlar kurrai zamindagi yaratiqlar mohiyatini uqishga,

yashirin mantiqiy tizimni kashf etishga undaydi.

“Jayhun ustida bulutlar”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Oydinda

yurgan odamlar” sarlavhasi badiiy tafakkurda samo jismlari man-

zarasini jonlantiradi. Bulut, yulduz, oy kabi metaforik ifoda sirli-

lik, g‘ayri oddiylik hissini paydo qiladi. Masalan, oydin – yorug‘lik,

nurafshonlik belgisi. Odamlarning oyga bog‘liqligi, u bilan birligida

sinoat mavjud. Muallif oyning yog‘dusida tasvirlayotgan kishilar siy-

rati, tabiati, pokligi, ezguligi bois yuksaklikka ko‘tarayotgandir. Inson

zaminiy makondan yuksakka evrilishida tasavvur qudrati namoyon

bo‘ladi. Qissalarda olamdagi tartibotu nizomga bo‘ysundirilganlar

qismatidagi mo‘jaz tilsimlar zuhurlanib boradi.

“Sarlavha muallif tomonidan shunchaki tanlanmaydi, uni

vaziyat, maqsad, sharoit, emotsiya (hissiyot) yo mushohadaga

yo‘nalgan fikrlash doirasi taqozo etadi” [Feller.1981, 90].

Sarlavha asardagi asosiy ma’no qatlamiga ishora berib, mual-

lif bilan kitobxonning ichki muloqotini jadallashtiradi. Unda bor-

liqdagi nabotot, hayvonot, osmondagi jismlar nomi keltirilib, tasvi-


background image

94

riylik, ifodaviylik darajasini orttiradi.

“Ovul oralagan bo‘ri”, ”Ot kishnagan oqshom”, ”Ena bo‘ri”, ”Uv-

layotgan it” kabi asarlarda hayvon nomlari aks ettiriladi. Bular obraz

shaklida taqdim etilib, vafo, sadoqati insoniy fazilatga parallel yo

kontrast beriladi. Qissalar poetikasida turli hudud, iqlim, sharoit ke-

simida ongli hamda ongsiz mavjudotlar hayot tarzi namoyon bo‘ladi.

Hayvonlar tasvirida mifologik elementlar, totemistik qarashlar qo-

rishib boradi. Kishilik olamidagi qonuniyatlar silsilasida jonzotlar

o‘rni, vazifasi ham tushunib boriladi.

Endi muayyan qissalarda ilk jumla masalasiga ahamiyat qa-

ratamiz.

“Saodat sohili” asarida “Usta Binoqul, qani turing, shom

tushmay, huv dovonga yetib olaylik!” deya beriladi [Sultonov 1983,

159].

Birinchi jumlada vaqt (shom) hamda makon (dovon) tasvi-

ri aniq keltirilib, safar, yo‘l tadorigi motividan voqif etiladi. Voqeani

rivojlantirishda shom oraliq dam-kechga ishorani anglatayotgani,

kengroq qaraganda umrga mengzash, zarur ishni bitirishga oshiqish

anglashiladi. Dovon maqsadga erishishdagi aniq mo‘ljal, u iroda,

sabr yanglig‘ qabul qilinib, olis manzil mashaqqatini, psixologik omi-

lini belgilaydi.

“Quyosh qaerdadir tog‘ ortidan, qaerdadir cho‘l adog‘idan,

qaerdadir asriy muzlar orasidan bosh ko‘taradi” deya boshlanadi”

[Tohir Malik 1989, 3].

Jumlada shamsning kurrai zaminning turli maskaniga nur

taratishi obrazli ifodalanadi. Qaerdadir gumon olmoshi uch hudud:

tog‘, cho‘l, muzlik sathidagi tadrijlanishga e’tiborni tortadi. Ma’lumki,

quyosh yorug‘lik, issiqlik manbai bo‘lib, uning taftidan bahramandlik

hammaga bir xil nasib etmaydi. Badiiy asarda quyosh baxt, shodlik

ulashish, ruhiyatga epkinlik bag‘ishlash ma’nosida qo‘llanar ekan, bu

ne’matga sazovorlik yoxud mahrumlik borasida mushohada yuri-

tishga to‘g‘ri keladi.

“Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi “Mashrabning oti nega Mash-

rab? Ona qornida yig‘lagani uchunmi?” jumlalari so‘roq ohangida

berilib, tarixiy shaxs nomi yodga olingani bilan ahamiyatli” [O‘ktam

A’zam. 2002, 6].

Murg‘ak vujudning volida jismidagi yig‘isida qanday hikmat

mujassamligini bilish dushvor. Mashrab ismi yodga olinishida shoir

siyratidagi haqiqatparastik, ma’rifatga oshuftalik xislatlari nazarda

tutiladi. Bu g‘ayrishuuriy, noodatiy fitratli go‘dak qismati kitobxonni

o‘yga toldiradi.

Umida RASULOVA


background image

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

95

“O‘n sakkizga kirmagan men bor” qissasi “Kun bo‘yi osmon-

ning zardasi bosilmadi” satri bilan boshlanadi [Qo‘chqor Norqobil

2004, 90].

Tasvirdagi samo holatida xavotir hissi yetakchilik qiladi.

Zarda bulut, momaqaldiroq kabi tabiiy hodisotga urg‘u berib, tasvir

zamiriga zulmat tushunchasini biriktiradi. Kishi fitratidagi zarda

osmonga nisbat berilishida ma’lum ishora sezilib, bo‘lajak voqea oqi-

batidan ogoh etadi.

Ilk jumla muloqotning ibtidosi, qahramon hamda kitobxon-

ning g‘aybona uchrashuvi, kompozitsion sathning muhim belgisi.

Keyingi holatu vaziyat, dialogu monolog debochasi. Mavzu, muam-

molar borasidagi ilk taassurot, bu keyingi bosqichga ko‘tarilish, faol-

likni jadallashtirish jarayoni.

Qissada epigraf poetik mazmunni umumlashtirish, badiiy ni-

yatni uqishda muhim sanaladi. Muallif yoritayotgan masalaga doir

zarur ko‘chirma (she’r, hikmat, maqol, hadis kabi)ni kiritib, g‘oyaviy,

hissiy salmoqdorlikni oshiradi. U asosiy ma’noni o‘zida jo aylagani,

qahramon holatini asoslashi, fikrni tasdiqlashi bilan e’tiborni tortadi.

“Yolg‘onchi farishtalar” qissasidagi epigraf quyidagicha:
Koinot gultoji insondir azal,

Undadir eng oliy tafakkur, amal.

U hatto tubanlik ichra ham tanho,

Yo falak, ijoding buncha mukammal [Oripov 1983, 3].
Ne’mat Aminov asarida moddiyat hamda ma’naviyat tushun-

chasiga monand she’r ikki qutbni izohlaydi. Olamdagi darajalanish

nuqtai nazaridan odam tafakkuri ila yuksalib boradi. Afsuski, nafs

qutqusiga oshnolik kishini zabuni xor aylab, tanazzulga ro‘baro‘ qila-

di. Ko‘rinadiki, mezonni asrash murakkab , dushvor, bunga erishish

sabru qanoatni talab etadi. Koinot, falakning kichik zarrasi, bo‘lagi

inson fitrati murakkab bo‘lib, undagi ezgulik hamda yovuzlik, olija

-

noblik va tubanlik aro ziddiyat barham topmagan. Adib ojiz inson-

ning a’moli borasidagi mushohadasini shu misralar bilan to‘ldirib

boradi.

“Yolg‘izlik” qissasidagi she’r shaklidagi epigraf muallif niyati-

ni tiniqlashtiradi:

Parcha-parcha bo‘ldim qaydasan?

Yuragimda jarlik, qaydasan,

Qulab tushmoqdaman, qaydasan?

Yolg‘izligim zo‘rlik, qaydasan,

Parcha-parcha bo‘ldim, qaydasan? [Ulug‘bek Hamdam. 2010,


background image

96

10].

Ulug‘bek Hamdam kishi tiynatidagi ruhiy po‘rtanalarni obra-

zli tasvirlab, botindagi g‘alayonni bo‘rttirib boradi. Qahramon ichki

olami, yuragi tubidagi armonga malham izlab bo‘zlaydi. Vujud sokin

ko‘rinsa ham ruhiyatdagi bezovtalik “parcha” so‘zini ta’kidlash, dard

darajasini sezdirish orqali bildiriladi. Butunning bo‘lakka ajralishi,

qayg‘u, alam, armonning hislar oqimini yuzaga keltirishi ma’no

nuqtalarini tutashtiradi. Tanholikdagi dardmand mujda ilinjida

o‘zga makon, maskanga parvoz istaydi. Adib ong ostidagi tushuniksiz

holat, kayfiyatni tahlil etib, intilish, mayllarini jilovlashga kirishadi.

Hayot murakkab, har kim uni o‘z maqsad, muddaosiga ko‘ra

anglashga noil bo‘ladi. Turmushdagi sinoatni bardosh ila yengishda

donishlik, zakiylik bilan munosabatda bo‘lish muhim. “Qaydasan”

so‘zi inson tuyg‘u, iztirobini his ettirishi, to‘g‘ri qaror mashaqqatini

anglatishi bilan diqqatni jalb qiladi. Adibning qahramon ruhiyatidagi

bezovtalik, yo‘lsizlikni savollar doirasiga biriktirish usuli samarasini

beradi. Yolg‘izlikka mubtalo kishi ko‘nglidagi dardni tuyishda so‘zlar

zamiridagi ma’no qatlamini sinchiklab kuzatishni taqozo etadi.

“Bahor qaytmaydi” qissasiga Abdulla Oripovning “Ketmoqda-

man” she’ri kiritilgan. Bu Alimardon tomonidan aytilar ekan, sami-

miylik, soflikdan yiroqlashib, tubanlikka yaqinlashgan qahramon

vaziyatini tiniqlashtiradi.

.

..Yaxshi qol, ey dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,

Ishq aro endi holim zeru zabar, ketmoqdaman,

Na ishonchu, na quvonchu, na ko‘nguldan ochma gap,

Barchasidan ushbu kun yo‘qdir samar, ketmoqdaman

[Hoshi-

mov. 2011, 40].

Obraz mantig‘iga monand satrlar ruhiy holat darajasini asta

balandlab boradi. Aql yo‘rig‘iga bo‘ysunmay, hoyu, havas, shonu

shuhrat asiriga aylangan erkak nafs sirtmog‘iga bo‘yin egadi. Yo‘l

motivi o‘zlikdan ayrilish, mayl, istak qurboni bo‘lish, barchasidan

voz kechish nuqtai nazaridan belgilanadi. Qahramon kolliziyalar

qurshovida o‘zga manzilni ixtiyor aylasa ham ishq, vafo bobidagi

zabunligini tan oladi. “Ketmoq” so‘zi zamirida xudbinlik, takabburlik

illatidan haqiqat manziliga intilishga ishora beriladi.

Yuqoridagi qissalar tarkibida she’riy parcha keltirilishi mu-

allif badiiy niyatini teranlashtirish, obraz mantig‘ini asoslash, voqe-

likni falsafiy, estetik jihatdan to‘yintirishga imkon beradi. Nasriy

matn poetikasida mumtoz yo zamonaviy she’riy lavhalar ruhiyat

manzarasi, tuyg‘ular oqimini jonli, ta’sirli yetkazib, ifodaviylik, tas-

Umida RASULOVA


background image

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

97

viriylik, ohangdorlikni ta’minlaydi. Kuzatishlar natijasida Abdulla

Qodiriy (“Obid ketmon”) asarida zamonasoz she’r vaziyat talabi, Oy-

bek (“Bolalik”) qissasida Mashrab, Fuzuliy, Muqimiy, Tavallo she’rlari

ehtirom maqsadida kiritilgani ma’lum bo‘ladi. G‘afur G‘ulom (“Shum

bola”), Tog‘ay Murod (“Oydinda yurgan odamlar”), Murod Muham-

mad Do‘st (“Galatepaga qaytish”) asarlarida xalq qo‘shiqlari, Abdulla

Qahhor (“O‘tmishdan ertaklar”), O‘tkir Hoshimov (“Bahor qaytmay-

di”), Ne’mat Aminov (“Yolg‘onchi farishtalar”), Nabijon Boqiy (“Qatl-

noma”)lar zamondosh shoir she’rlaridan g‘oyaviy, falsafiy mazmunni

mustahkamlashda foydalanganlar.

Xayriddin Sulton (“Saodat sohili”), Erkin A’zam (“Otoyining

tug‘ilgan yili”), Isajon Sulton (“Munojot”), Shomirza Turdimov (“Me-

zon”) qissalarida Hofiz, Rumiy, Navoiy, Bobur, Mashrab she’rlari diniy,

ma’rifiy qatlamni boyitadi. Ulug‘bek Hamdam “Yolg‘izlik” qissasida

shoirlik qobiliyatini ham yorqin namoyon etadi. Xurshid Do‘stmu-

hammadning “Men - sensiz, sen -mensiz” qissa poetikasida mozaika

usulidagi she’rlar jamlanmasi lirik pafosni quyuqlashtiradi. Mak-

tub (noma)lar zamiridagi Men va Sen tilsimining asosi Cho‘lpon va

Pushkin izhori ishqidan oziqlanadi. Bu obrazlar tiynatidagi oshiqlik-

ni kitobxonga anglatish maqsadida Huvaydo, Erkin Vohidov, Usmon

Azim, Muhammad Yusuf, Farida Afro‘z, Abduvali Qutbiddin, Zebo

Mirzo kabilar she’ri hamda Aleksandr Fet (rus), Baxtiyor Vahobzo-

da(ozar) bayti uyg‘unlashtiriladi. Muallif muhabbat, ishq qissasini

sinkretik yo‘nalishda tashkillashtirib, tuyg‘u, kechinmani obrazli ifo-

dalashga, so‘zning metonimik, metaforik sifatini anglatishga, badi-

iy samaradorlikni oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Ijodkorlar mavzuga

yondashish, janr xususiyatini boyitish, inson botinini ta’sirli aks et-

tirishda bunday poetik usuldan o‘rinli foydalanadilar. Muhimi, qis-

salar strukturasida she’rlar turli mazmun qirralarini ochib, badiiy

obraz ruhiyatini teran yoritib, yaxlit matnning uzviy qismiga aylanib,

asarning estetik qimmatini boyitishga xizmat qiladi.

Adabiyotshunos B.Karimov: “Yozuvchining badiiy-estetik ide-

ali, badiiy-estetik tafakkuri matnda ob’ektivlashgan harf, so‘z, ibora,

gaplardagi-poetik nutqdagi tafakkurga nisbatan kengdir. Badiiy asar

matniga yaxlit organizm sifatida qarash va germenevtik doirani (bu-

tunning qismlarga ajrashi va qismlardan butunning yuzaga kelishi-

ni) his etish eng to‘g‘ri va xolis adabiy - ilmiy tafakkurga xos xususi-

yatdir”, - deya e’tirof etadi [Karimov 2014, 45].

Qissa janri inson siyrati-yu suratini turli rakursda qamrab

oladi. Qahramon tadrijini yoritishda fitratidagi fazilatu nuqsonni

markazga birlashtirib boradi. Uning etik, estetik olami botindagi sirli


background image

98

tebranish, betizgin tuyg‘ularini qabartirib ko‘rsatadi.

Asardagi mayda bob, qismlar aro uzviylikni anglash matn

mohiyatiga kirib borishga turtki beradi. Strukturada ma’no-mazmun

toblanishi, qat-qatligi, har zamonda yangi qatlami namoyon bo‘lishi

muhimdir. Tarkib (struktura) – tirik hodisa. Unda botiniy estetik quv-

vat mavjud. Mana shu quvvat tashqi estetik kuch – kitobxon bilan

uchrashgach, asar tarkibidagi hayot o‘zini namoyon eta boshlaydi.

Ijodkor so‘z vositasida hayot qonuniyatini badiiy aks ettirib, umum-

bashariy muammolarni diniy, ma’rifiy qadriyatlar sathiga biriktiradi.

Qissa poetikasida zamon hamda makon voqeligini qiyosiy yoritish,

badiiy obraz psixologiyasidagi ilohiy, dunyoviy qarashlarni asoslash,

ruhiyatdagi poklanish jarayonini anglatishga intilish kuchaydi. Qis-

sa janri kompozitsiyasida obrazlar ko‘p qirraligi, konflikt o‘tkirligi,

tasvirda ramziylik ortishi, botiniy mazmunning teranlashishi ko‘zga

tashlanadi. Dunyodagi hodisotlarni inson taqdiri bilan uzviylikda

tasvirlash, tarixiy haqiqatni badiiy gavdalantirish, fojeiy holatlarni
qiyosiy aspektda tahlil etish tamoyili ortadi.

Adabiyotlar

Феллер, М. 1981.

Структура произведения.

Москва: Книга.

Sultonov, X. 1983.

Bir oqshom ertagi.

Тошкент.

Malik, T. 1989.

Alvido...bolalik

. Тошкент: Yosh gvardiya.

A’zam, E. 2002.

Kechikayotgan odam.

Тошкент: Sharq.

Norqobil, Q. 2004.

Kulib tur, azizim.

Тошкент: Sharq.

Aminov, N. 1983.

Yolg‘onchi farishtalar.

Тошкент: G‘afur G‘ulom nomidagi adabi

-

yot va san’at nashriyoti.

Hamdam, U. 2010.

Uzoqdagi Dilnura.

Тошкент: Akademnashr.

Hoshimov, O‘. 2011.

Saylanma.

Тошкент: Sharq.

Karimov, B. 2014.

Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur.

Тошкент.

Poetics title in a work of fiction (art)

Umida Rasulova

1

Abstract

The article discusses the importance of the title in the structure of

a work of art.The title of the work emphasizes the manifestation of the au-

thor’s ideological and aesthetic views. The integrity of the semantic points

1Umida Rasulova

- Doctor of science in philology (DsC) Tashkent State University

of uzbek language and literatute named after Alisher Navo'i.

E-pochta:

rasulovaumida12@gmail.com

ORCID ID:

0000-9762-4407

For citation:

Rasulova Umida. 2022. Poetics title in a work of fiction (art).

Uzbekistan Language and Culture

1(2): 92-99.

Umida RASULOVA


background image

Badiiy asarda sarlavha poetikasi

99

allows you to clearly express the essence, increases the aesthetic power of

the work. The integrity of the semantic points allows you to clearly express

the essence, increases the aesthetic power of the work. With the name of

the element in nature, the simbolizm in the title increases. An artist enter-

ing into an artistic dialogue must not only convey certain information and

novelty to the reader, but also encourage him to a creative approach.

The first semiotic center in the content is the title, which contains

the author's idea, concept. The title is a preface to the first impression, the

dialogue between the author and the reader. Assessing the essence, talent,

and creative intent of artists begins at this point. Stories such as "Let's go

to the mountains", "Rocks also cry", "The coast of Happiness" are strength-

ened by the name of the place. The image of the place not only gives aes-

thetic pleasure, but also points to the main event, the key related to this

place.

The first sentence is the beginning of the dialogue, the unseen meet

-

ing of the character and the reader, an important sign of the composition-

al level. The next situation and condition is the prelude to dialogues and

monologues. The subject, the first impression of the conflicts are the pro

-

cess of moving to the next level, the acceleration of activity. In the story,

the epigraph is important to generalize the poetic content, to read the ar-

tistic intention. The author increases the ideological, emotional weight by

inserting the necessary extract (such as a poem, a saying, proverb, hadith)

on the subject covered. It draws attention by the fact that it has the main

meaning in itself, justifies the state of the character.

Key words:

prose, title, text, content, story, novella, novel,

interpretation.

References

Feller, M. 1981.

Struktura proizvedeniya.

Moskva: Kniga.

Sultonov, X. 1983.

Bir oqshom ertagi.

Toshkent.

Malik, T. 1989.

Alvido...bolalik

. Toshkent: Yosh gvardiya.

A’zam, E. 2002.

Kechikayotgan odam.

Toshkent: Sharq.

Norqobil, Q. 2004.

Kulib tur, azizim.

Toshkent: Sharq.

Aminov, N. 1983.

Yolg‘onchi farishtalar.

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

adabiyot va san’at nashriyoti.

Hamdam, U. 2010.

Uzoqdagi Dilnura.

Toshkent: Akademnashr.

Hoshimov, O‘. 2011.

Saylanma.

Toshkent: Sharq.

Karimov, B. 2014.

Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur.

Toshkent.

Библиографические ссылки

Феллер, М. 1981. Структура произведения. Москва: Книга.

Sultonov, X. 1983. Bir oqshom ertagi. Тошкент.

Malik, T. 1989. Alvido...bolalik. Тошкент: Yosh gvardiya.

A’zam, E. 2002. Kechikayotgan odam. Тошкент: Sharq.

Norqobil, Q. 2004. Kulib tur, azizim. Тошкент: Sharq.

Aminov, N. 1983. Yolg‘onchi farishtalar. Тошкент: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.

Hamdam, U. 2010. Uzoqdagi Dilnura. Тошкент: Akademnashr.

Hoshimov, O‘. 2011. Saylanma. Тошкент: Sharq.

Karimov, B. 2014. Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur. Тошкент.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов